Respublikamiz hukumati va rahbariyati tomonidan ta’lim tizimini tubdan isloh qilish


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana10.09.2022
Hajmi0.67 Mb.
#803945
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KIRISH. 1-maruza
xrpt m1r2e2bhxg5itt7skfz6va6pgb6adi3p0ige0ilvog6022rc8f8sg40n56n9efndouin5uai36h, xrpt m1r2e2bhxg5itt7skfz6va6pgb6adi3p0ige0ilvog6022rc8f8sg40n56n9efndouin5uai36h, Fan dasturi, AIB va A baholash mezonlari, 1, M 2 temp, M 3, M 16, Azizbek, Azizbek, Inomov Jasurbek 2-lab, Inomov Jasurbek 2-lab, 1-mavzu (2), 5-sinf portfolio, 7


KIRISH 
 
Respublikamiz hukumati va rahbariyati tomonidan ta’lim tizimini tubdan isloh qilish
zamonaviy axborot texnologiyalarini hayotga joriy etish va yoshlarning ularni o‘rganishlari 
kerakligi haqida ko‘plab huquqiy-normativ hujjatlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martdagi PQ-1730 sonli “Zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
gi qarori va ushbu qarorni bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan 
Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha 
muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishida 2012-2014 yillarda O‘zbekistonda zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha dasturi, 
O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirsh agentligining 2005-yil 1-iyundagi “Kompyuterlashtirish va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash 
huzuridagi ishchi guruhlar tarkibi va ularning ish rejalari to‘g‘risida” gi buyrug‘i, Vazirlar 
Mahkamasining 2012-yil 30-avgustdagi “Axborot tizimlari va telekommu-nikatsiyalar masalalari 
axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori va shu
kabi 
hujjatlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. 
«Turizmda axborot texnologiyalari va tizimlari» fani doirasida talabalarga servis va turizm 
sohasida axborot texnologiyalarini qo‘llashda va joriy etishda bilimlar berish bilan bir qatorda 
ularda tizimli yondashuvni shakllantirishdan iborat. Shu bois ushbu fan axborot texnologiyalari va 
unda amaliy dasturlar paketi bilan ishlashni o‘rganish va turizmda avtomatlashtirilgan ish joylarida 
mavjud axborot tizimlarining integratsiyasini tahlil qilishga qaratilgan.
Turizm sohasida mutaxassislarni tayyorlash zamonaviy axborot texnologiyalaridan chuqur 
bilimlarga ega bo‘lishlarini va ular yordamida iqtisodiy va xizmat ko‘rsatish sohasidagi 
masalalarini yecha olishlarini taqozo etadi.
“Turizmda axborot texnologiyalari va tizimlari” fani bo‘yicha o‘quv dastur “Ta’lim 
to‘g‘risida” gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish maqsadida ishlab 
chiqilgan bo‘lib, quyidagi mavzulardan tashkil topgan, masalan: “Mehmonxonada axborot 
texnologiyalarini joriy etish va qo‘llash omillari”; “Bronlash tizimlari”; “ Mehmonxona faoliyatini 
avtomatlashtirish dasturiy ta’minotlari”; “Mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini boshqarishda axborot 
tizimi”; “Turizmni tashkillashtirishda geoaxborot texnologiyalari” va boshqalar. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling