Respublikamiz hukumati va rahbariyati tomonidan ta’lim tizimini tubdan isloh qilish


 Axborotlashtirish sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana10.09.2022
Hajmi0.67 Mb.
#803945
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
KIRISH. 1-maruza
xrpt m1r2e2bhxg5itt7skfz6va6pgb6adi3p0ige0ilvog6022rc8f8sg40n56n9efndouin5uai36h, xrpt m1r2e2bhxg5itt7skfz6va6pgb6adi3p0ige0ilvog6022rc8f8sg40n56n9efndouin5uai36h, Fan dasturi, AIB va A baholash mezonlari, 1, M 2 temp, M 3, M 16, Azizbek, Azizbek, Inomov Jasurbek 2-lab, Inomov Jasurbek 2-lab, 1-mavzu (2), 5-sinf portfolio, 7
5. Axborotlashtirish sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar 
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida” gi (2003-yil 11-dekabr) 
qonuniga asosan Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot 
texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon 
tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 
- har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga 
oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta’minlash; 
- davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik 
hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O‘zbekiston Respublikasining yagona 
axborot makonini yaratish; 
- xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan erkin foydalanish uchun sharoit 
yaratish; 
- davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, 
ularning bir-biriga mosligini va o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash; 
- axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish; 
- axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga ko‘maklashish; 
- dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag‘batlantirish; 
- tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay 
sharoit yaratish. 
Bundan tashqari axborot resurslari va axborot tizimlarining huquqiy rejimi quyidagilarni 
belgilovchi normalar bilan aniqlanadi: 
1. Axborotni hujjatlashtirish, axborot resurslarini shakllantirish va axborot tizimlarini 
yaratish tartibi; 


2. Axborot resurslariga va axborot tizimlariga bo‘lgan mulk huquqi; 
3. Axborot resurslarining ulardan erkin foydalanish darajasi bo‘yicha toifasi; 
4. Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish tartibi; 
5. Axborot tizimlarining tarmoqlararo ulanishi tartibi. 
Hozirgi zamon talabidan kelib chiqqan holda ushbu qonunning 4-bandi juda muhim 
hisoblanadi va bu borada qonunda axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish 
quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi, deb quyidagilar e’tirof etilgan:
- shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash; 
- axborot resurslarining tarqalib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, buzib talqin etilishi, 
to‘sib qo‘yilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin 
foydalanilishining oldini olish; 
- axborotni yo‘q qilish, to‘sib qo‘yish, undan nusxa olish, uni buzib talqin etishga doir 
ruxsatsiz harakatlarning hamda axborot resurslari va axborot tizimlariga boshqa 
shakldagi aralashishlarning oldini olish; 
- axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy axborotni saqlash. 
Shulardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda axborotlashtirishga qaratilgan dasturlar 
qabul qilingan. Shulardan biri “Elektron hukumat” dasturi bo‘lib, uning doirasida davlat reyestriga 
kiritilgan axborot tizimlari turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, bularga quyidagi veb-
saytlarni keltirish mumkin: 
-“O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasining rasmiy internet-sayti (http://www.uzbektourism.uz/). 
- O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
(http://mfer.uz/). 
- O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (http://mfa.uz/). 
- Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali (http://my.gov.uz/). 
-“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining rasmiy internet-sayti
(https://www.uzairways.com/ ).
-“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining rasmiy internet-sayti
(http://www.uzrailway.uz/).
-“O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi” ning rasmiy internet-sayti (http://stat.uz/).
Turizm sohasida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar quyidagi qonunlar va normativ-
huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi: 
1. O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” gi 
(2002-yil 12-dekabr) qonuni.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida” gi (1999-yil 20-avgust) qonuni. 
3. O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida” gi (1998-yil 25-dekabr) qonuni. 
4. O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida” gi (1996-yil 26-aprel) qonuni. 
Turizm sohasida yuzaga keladigan munosabatlarda axborotga bo‘lgan ehtiyojni 
qondirishga qaratilgan faoliyatni tartibga solishda quyidagi tamoyillar asos qilib olingan: 
- axborot bilan ishlashda erkinlik; 
- axborotni cheklash faqatgina qonun bilan belgilab qo‘yiladi; 
- davlat organlari axborotlari bilan ishlashning ochiqligi;
- axborot xavfsizligini ta’minlashda ma’sulligi;
- axborotlarning haqqoniyligini va o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlash;
- inson huquqlarini buzishga qaratilgan axborotlarni to‘plash va tarqatishga yo‘l 
qo‘ymaslik. 
Ushbu tamoyillar bevosita O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida” gi 
2003-yil 11- dekabrdgi qonuni va “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” gi 
(2002-yil 12-dekabr) qonunlaridan kelib chiqadi. Ikkinchi qonunning 6-moddasida maxfiy 
axborotdan tashqari barcha axborotlar ochiq va oshkora bo‘lishi kerakligi ta’kidlab o‘tilgan. 
Bularga quyidagilar kiradi: 


- fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni ro‘yobga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi, 
shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish 
organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini 
belgilovchi qonun hujjatlari; 
- ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik, favqulodda vaziyatlar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda aholining, aholi punktlarining, ishlab chiqarish obyektlari va 
kommunikatsiyalarning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotlar; 
- kutubxonalarning, arxivlarning va O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat 
ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarga tegishli axborot tizimlarining ochiq fondlaridagi mavjud 
ma’lumotlar. 
- davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 
jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taalluqli 
voqealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
ommaviy axborot vositalariga xabar berishi shart. 
Bundan tashqari ushbu qonun bilan axborotdan hamma erkin foydalanishi mumkinligi 
ta’minlanishi va haqqoniy bo‘lishi belgilab berilgan. O‘z navbatida qonunda axborotni buzib 
talqin etish va soxtalashtirish taqiqlangan. Shu bilan birga ommaviy axborot vositalari o‘zlari 
tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi uchun ham axborot manbai va muallifi bilan birgalikda 
qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi qayd qilingan. 
O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida” gi (1999-yil 20-avgust) qonuniga 
asosan turistning huquqlaridan biri bu: “sayohatga taalluqli to‘liq va ishonchli axborot olish” 
bo‘lsa, turistik faoliyat subyektining majburiyatlarida “turistlarga turni tashkil qilish, ularning 
huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida to‘liq axborot berishi” belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” 
gi (1996-yil 26-aprel) qonunining 4-moddasida iste’molchilarning huquqlaridan biri – “ tovar 
(ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq 
ma’lumot olish” huquqiga ega deb belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari ushbu qonunning 7-
moddasida "Tovar (ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilgan taqdirda iste’molchining 
huquqlari” belgilab qo‘yilganidek, agar tovar (ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri yoki yetarli darajada 
to‘liq bo‘lmagan ma’lumot berilganligi aniqlansa va u zarur iste’mol xossalariga ega bo‘lmagan 
tovar (ish, xizmat) sotib olinishiga sabab bo‘lsa, iste’molchi shartnomani bekor qilishga va o‘ziga 
yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir.
Shundan kelib chiqqan holda turist mijoz sifatida unga qanday turistik xizmat ko‘rsatilishi, 
kim tomonidan ushbu xizmat amalga oshirilishi haqida ma’lumot olish huquqiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasining yana bir muhim qonunlaridan biri “Reklama to‘g‘risida” gi 
(1998-yil 25-dekabr) qonun bo‘lib, unga binoan reklamada quyidagilar taqiqlanadi: 
- ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulot 
to‘g‘risida axborot tarqatish; 
- jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeiga qarab, 
boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoki o‘zga shaxslarning mahsulotini badnom etish; 
- qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, fuqarolarning sog‘lig‘i yoki 
hayotiga va atrof muhitga zarar yetkazuvchi yoxud zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan, 
shuningdek, xavfsizlik vositalariga e’tiborsizlik tuyg‘usini uyg‘otuvchi harakatlarga da’vat qilish; 
- majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo‘lgan yoki ishlab chiqarilishi yoxud realizatsiya 
qilinishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) bo‘lishi talab etiladigan mahsulotning tegishli 
sertifikati, litsenziyasi bo‘lmay turib reklama qilish; 
- agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida 
nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa mahsulot reklamasida qo‘llaniladigan umumiy yechim, matn, 
tasvir, musiqali yoki ovozli ohanglarni aynan takrorlash (taqlid yoki o‘xshatma qilish); 
- jismoniy shaxsning nomi yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish; 
- pornografiyani tarqatish; 


- axborot mazmunining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xorijiy so‘z va iboralardan 
foydalanish;
- mahsulot davlat organlari yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan ma’qullanganligini 
ko‘rsatish;
- ishtirok etish uchun muayyan mahsulotni olish sharti qo‘yilgan rag‘batlantiruvchi lotereya
tanlov, o‘yin yoki shunga o‘xshash boshqa tadbir o‘tkazishni tadbirning tashkilotchisini, uning 
o‘tkazish qoidalari va muddatlarini, bunday tadbir haqidagi axborot manbaini, mukofotlar yoki 
yutuqlar miqdorini, ularni olish muddatlari, joyi va tartibini ko‘rsatmagan holda reklama qilish;
- mahsulotning tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi reklama qilish taqiqlangan yoxud 
reklama qilishga nisbatan tegishli cheklovlar yoki talablar belgilangan mahsulotning tovar belgisi 
yoki xizmat ko‘rsatish belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoxud unga aynan 
o‘xshash bo‘lgan boshqa mahsulotning reklamasi ko‘rinishida reklama qilish. 
Bundan tashqari noaniqligi, ikki xil ma’noni anglatishi, bo‘rttirib yuborishi, yashirib ketishi 
oqibatida, reklamani tarqatish vaqti, joyi va usuliga nisbatan qo‘yilgan talablarni va qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni buzishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni 
chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan, shaxslarga, shuningdek davlatga zarar va 
ma’naviy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan reklama noto‘g‘ri (insofsiz, bilaturib yolg‘on) reklama 
hisoblanadi va u taqiqlanadi. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling