Respublikamiz hukumati va rahbariyati tomonidan ta’lim tizimini tubdan isloh qilish


 – Mavzu. “Turizmda axborot texnologiyalari va tizimlari (”Turizmda ATT) fanining


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana10.09.2022
Hajmi0.67 Mb.
#803945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KIRISH. 1-maruza
xrpt m1r2e2bhxg5itt7skfz6va6pgb6adi3p0ige0ilvog6022rc8f8sg40n56n9efndouin5uai36h, xrpt m1r2e2bhxg5itt7skfz6va6pgb6adi3p0ige0ilvog6022rc8f8sg40n56n9efndouin5uai36h, Fan dasturi, AIB va A baholash mezonlari, 1, M 2 temp, M 3, M 16, Azizbek, Azizbek, Inomov Jasurbek 2-lab, Inomov Jasurbek 2-lab, 1-mavzu (2), 5-sinf portfolio, 7
1 – Mavzu. “Turizmda axborot texnologiyalari va tizimlari (”Turizmda ATT) fanining 
maqsadi va vazifalari ( 1-ma’ruza – 2 soat) 
Asosiy savollar. 
1. “Turizmda ATT” fanining maqsadi va vazifalari 
2. Turizm va mehmonxonada zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning asosiy 
yo‘nalishlari 
3. Turizm va mehmonxona biznesi taraqqiyotida axborot texnologiyalarining o‘rni va ta’siri. 
4. Axborot madaniyati va axborotlashgan jamiyat 
5. Axborotlashtirish sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar.
Tayanch so‘z va iboralar: Turistik industriya, Turoperator, turagent, “Axborotlashtirish 
to‘g‘risida” qonun va “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” gi qonun
“Turizm to‘g‘risida” gi qonun, “Reklama to‘g‘risida” gi qonun. 
1-savol bayoni 
1-savol bo‘yicha dars (o‘qituvchi) maqsadi: “Turizmda axborot texnologiyalari va
tizimlari” fani tarkibi talabalarga beriladi va shundan kelib chiqqan holda maqsad va vazifalarga 
mosligi aniqlanadi. 


1. 
“Turizmda ATT” fanining maqsadi va vazifalari
 
Turizm iqtisodiy sohalar ichida daromad keltirishi bo‘yicha yetakchi sohalardan biridir. 
Mamlakatimizda ham ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha ko‘pgina ishlar olib borilmoqda.
Yurtimizga tashrif buyurgan turist eng avvalo uning tarixi, madaniyati, ijtimoiy hayoti, tabiat 
resurslari bilan Internet orqali tanishib oladi. Internet o‘zining ko‘p qirraligi, axborot resurslari 
manbailigi, daromadliligi va boshqa jihatlari bilan turistlarning mamlakat haqidagi bilimlarini
shakllanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. 
“Turizmda ATT” fani turizm sohasida ta‘lim olayotgan talabalar uchun juda ham 
ahamiyatlidir. Ushbu kursdan talabalar turizm sohasida Internet xizmatlarini sifatli tashkil etish va 
samarali foydalanish haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. 
“Turizmda ATT” fanini o‘qitishdan maqsad - talabalarni mamlakatimizning boy tarixiy 
merosi bilan tanishishni istagan mijozlarga Internet orqali ularga qanday xizmatlar taklif 
qilinganligi va ularni shakllantirish va ulardan turizm sohasida samarali foydalanish bo‘yicha 
bilimlar berishdir. “Turizmda axborot texnologiyalari va tizimlari” fanining o‘qitish jarayonida 
talabalar zamonaviy kompyuterlarga doir bilimlarni o‘zlashtirgan holda o‘z mutaxassisligi 
bo‘yicha yechiladigan masalalarga ularni tadbiq qilish ko‘nikmasini hosil qilishi kerak. 
Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun fanning oldida quyidagi asosiy vazifalar 
belgilab qo‘yilgan: 
 Axborot tizimlari va texnoligiyalarining mazmun-mohiyatini tushuntirish
 Ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotlar bilan ishlashni o‘rgatish; 
 Zamonaviy kompyuter texnologiyalari vositalaridan foydalana olish; 
 Turizmda axborot tizimlarini tasniflashni o‘rgatish; 
 Turizmda axborot tizimlari va texnologiyalariga qo‘yilgan talablarni o‘rgatish; 
 Mehmonxona ishini tashkil etish hamda boshqarishda axborot tizimlari va texnologiyalaridan 
oqilona foydalanishni o‘rgatish; 
 Turistik xizmatlarni tayyorlashda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish; 
 Maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish; 
 Mehmonxonalarni Internet yordamida qidirish usullarini o‘rgatish; 
 Mehmonxona biznesini avtomatlashtirish jarayonini ishlab chiqishni va joriy etishni o‘rgatish; 
 O‘zbekistonning tarixiy-me’moriy yodgorliklariga virtual ekskursiya
xizmatini tashkil qilish 
asoslarini o‘rgatish. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling