Respublikasi


Download 282.9 Kb.
bet1/4
Sana11.11.2021
Hajmi282.9 Kb.
  1   2   3   4

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI



TOSHKENT AVTOMOBIL VA YO„LLAR INSTITUTI “AVTOMOBIL YO„LLARI VA AERODROMLARNI LOYIHALASH”

KAFEDRASI



KURS ISHI


Bajardi: 426 – 11 guruh Erkinov S. Qabul qildi: dots. Salimova B.D.


Assistent: Xudoyqulov R.M.


Toshkent 2015


K I R I SH

Ma‘lumki, O‗zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridanoq iqtisodiy yuksalishning mustahkam asosini yaratilishini ta‘minlagan muhim kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Faol investitsiya siyosati, ishlab chiqarish va sanoat tarmoqlari infratuzilmasini tubdan texnik modernizatsiya qilish avtomobilsozlik, elektrotexnika, gaz-kimyo, farmatsevtika, mashinasozlik kabi yuqori texnologiyali sohalarni yaratishga, to‗qimachilik, mebel va qurilish materiallarini ishlab chiqarish kabi sohalarning yanada rivojlanishiga imkon yaratib, bugungi kunda O‗zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida etakchi sanoat markaziga aylanishini ta‘minladi.

Tadbirda ta‘kidlanganidek, iqtisodiyotning va tashqi savdoning barqaror o‗sib borish sur‘atlari respublika transport-kommunikatsiyalar majmuini jadal rivojlantirishni, uning tranzit salohiyatini yanada oshirishni, shuningdek, xalqaro transport yo‗laklarini diversifikatsiya qilishni talab etadi. O‗tgan yillar mobaynida bu borada keng ko‗lamli ishlar olib borildi. Respublikaning xalqaro transport kommunikatsiyalariga integratsiyasini ta‘minlash, bu jaryonning huquqiy bazasini shakllantirish borasida aniq maqsadli tadbirlar amalga oshirildi va bu izchil siyosat kutilgan samarani bermoqda.

Hozirgi kunda respublikada shimoliy-g‗arbiy tomondan Beyneu orqali, janubiy-g‗arbiy tomondan Olot orqali, janub tomondan Termiz orqali va sharqiy tomondan O‗sh orqali qo‗shni davlatlarga chiqadigan O‗zbek milliy avtomagistrali mavjud bo‗lib, uning uzunligi 2 755 km.ni tashkil qiladi. Mustaqillikning dastlabki davrlarida O‗zbekiston eksport-import yuklarini tashish asosan shimoliy yo‗nalishdagi 2-3 transport yo‗laklari orqali amalga oshirilgan bo‗lsa, bugungi kunga kelib tashqi savdo yuklarini 10 ga yaqin yo‗nalishlar orqali jahon bozoriga etkazish imkoniyati yuzaga keldi.

Hozirda Ozarboyjon, Gruziya va Turkiya tomonlari hamkorligida amalga oshirilayotgan ―Baku – Tbilisi – Axalkalaki – Kars‖ temir yo‗lini qurish va rekonstruksiya qilish loyihasining yaqin kelajakda yakunlanishi O‗zbekiston eksport yuklarini Kavkaz davlatlari orqali bevosita turk portlariga va qurilishi tugallanayotgan ―Marmaray‖ tonneli orqali Evropa davlatlariga temir yo‗l transporti bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri tashish imkonini yaratadi.

Bundan tashqari, Xitoy va O‗zbekiston davlatlari o‗rtasidagi o‗zaro iqtisodiy aloqalarning transport ta‘minotida an‘anaviy yo‗laklardan foydalanishga bo‗lgan ehtiyojni kamaytirish maqsadida, eksport yuklarni ―Xorgos‖ chegara o‗tish halqaro markazi orqali va Qozog‗iston orqali Xitoyga temir yo‗l orqali tashishni tashkil qilish yuzasidan ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur yo‗nalishning ishga tushirilishi yuklarni O‗zbekiston va Xitoy davlatlari o‗rtasidagi masofani 700 km qisqarishi hisobiga transport harajatlarining kamaytirilishiga va o‗z navbatida,

O‗zbekiston eksport tovarlarining Xitoy bozorida raqobatbardoshligini yanada oshirishga zamin yaratadi.

SHu bilan birga ishtirokchilar mustaqillik yillarida mamlakatimizda yangi avtomobil va temir yo‗llarini qurish, mavjud tranzit yo‗nalishlarni xalqaro standartlarga mos ravishda rekonstruksiya qilish, temir yo‗llarni elektrifikatsiya qilish va harakatlanuvchi tarkibni yangilash, xalqaro logistika markazlarini va terminallarni barpo etish, aeroportlarni modernizatsiya qilish bo‗yicha bir qator yirik loyihalar amalga oshiralayotganligiga etiborlarini qaratishdi.

Jumladan, ―Navoi-Uchquduq – Sultonuvaiztog‗ – Nukus‖ va ―Toshg‗uzor - Boysun – Qumqo‗rg‗on‖ temir yo‗llarini qurish bo‗yicha bosqichma-bochqich amalga oshirilgan loyihalar mamlakatimizning janubiy, shimoliy va markaziy xududlari o‗rtasida uzluksiz temiryo‗l aloqasini ta‘minlabgina qolmasdan, balki mazkur xududlarning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan yanada rivojlanishiga muhim omil bo‗ldi.

SHuningdek, mazkur temir yo‗llar respublika tranzit salohiyatini yanada oshirishga hissa qo‗shadi. Oxirgi besh yil davomida faqatgina Afg‗onistonga tranzit tashilayotgan yuklar xajmlari yiliga 20% dan o‗sib borayotganligini inobatga olganda ―Toshg‗uzor - Boysun – Qumqo‗rg‗on‖ temir yo‗li kelajakda respublika tranzit yo‗nalishlari orasida salmoqli o‗rin tutadi.

O‗zbekistonlik temiryo‗lchilar Afg‗oniston hududida muvaffaqiyatli amalga oshirgan ―Xayraton – Mozori SHarif‖ yangi temir yo‗lini qurish loyihasi respublika tranzit salohiyatini yanada oshirish borasida qilingan muhim qadamlardan biridir. CHunki, yangi temir yo‗l eksport va tranzit yuklarni bevosita Afg‗onistonning Naybobod va Mozori SHarif shaharlarigacha to‗g‗ridan-to‗g‗ri etkazish imkoniyatini yaratib, yuk oqimlari tezligining Xayraton stansiyasi imkoniyatlariga bog‗liqlik darajasini pasaytiradi. Bu esa o‗z navbatida yuk egalari uchun ham vaqt, ham mablag‗ tejash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.

SHu munosabat bilan, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 21 dekabrdagi “2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to„g„risida”gi qaroriga asosan o‗zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‗llarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturiga muvofiq jami 2011- 2015 yillar davomida 2306 km avtomobil yo‗llari shundan 474 km sementobeton, 1832 km asfaltobeton qoplamali yo‗l hamda 1910 pogonometr ko‗priklar va yo‗l o‗tkazgichlar, 7 ta transport echimlarini qurish ko‗zda tutilgan.

Bundan tashqari, avtomobil tashuvlari va respublika avtotransport majmuasini modernizatsiya qilish maqsadida ―MAN‖ rusumli yuk avtotyagachlarni ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi.

Ishtirokchilar so‗nggi yillarda respublikamizda bir qator logistika markazlari tashkil etilayotganligiga alohida e‘tibor qaratishdi. Jumladan, Navoi aeroporti negizida ―Navoi‖ xalqaro intermodal logistika markazini, Toshkent viloyatida

―Angren logistika markazi‖ni, shuningdek, poytaxtimizning Sergeli tumanida

―Toshkent‖ logistika markazini barpo qilish va rivojlantirish bo‗yicha jadal sur‘atlarda amalga oshirilayotgan loyihalar mamlakatimiz tranzit salohiyatini oshirish va tranzit imkoniyatlaridan to‗laqonli foydalanishda muhim o‗rin tutadi.

Ma‘lumki, xozirda ―Navoi‖ aeroporti orqali Milan, Bryussel, SHanxay, Dehli, Mumbay, Bangkok, Frankfurt, Dakka, Istambul yo‗nalishlarida yuk tashuvlari amalga oshirilmoqda. YAqin kelajakda Dubay, Moskva, Almati yo‗nalishlarida ham tashuvlarni tashkillashtirish ishlari olib boriladi.

Download 282.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling