Respublikmizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi sharoitlar yaratilgan
Download 43.55 Kb.
|
5-10 variantlar
industrial oraliq, nobank, Rumiy-Ichingdagi ichingdadur(Kutubxona), tolov balansi, kurs ishiga, Qosimbekov Ulug`bek Kurs ishi 2020, Шайхонтоҳур1, Mustaqil ish, Davlat byudjetining ijrosi va uning iqtisodiy tahlili (4), Mavzu 3 ee1e3, Mavzu 3 ee1e3, Mavzu 3 ee1e3, Mavzu 3 ee1e3, бизнес ва тадбиркорлик
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Kichik biznesda
- Lisenziya beruvchi organlar Vazirlar Mahkamasi
- Markaziy bank
- Sog’liqni saqlash vazirligi
- O’zbekiston pochta va telekommunikasiyalar agentligi
6-variant 1. 2017-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 53,3 foizni yoki 119301 mlrd so‘mni tashkil etdi. (Yaponiyada - 55%, Germaniyada - 54%, AQSH da - 52%, Qozog‘istonda - 25,6%, Rossiyada - 20%). Mamlakatda band aholining 78,3 foizi kichik biznesda faoliyat yuritmoqda, vaholanki 2000 yilda ushbu ko‘rsatkich 49,7 foizni tashkil etgan. Kichik biznesning sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 2000-yilda 12,9% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda ushbu ko‘rsatkich 39,6% ni tashkil etdi, qishloq xo‘jaligida - 99% ni, qurilish sohasida - 65,1% ni, chakana savdo aylanmasida - 88,4% ni tashkil etdi. Kichik biznesning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 27% ni, importda - 50% ni, investitsiyada esa - 32% ni tashkil etdi. Amaldagi qonunchilikka binoan, yillik o‘rtacha xodimlar soni qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida - 50 kishigacha, sanoatda faoliyat turiga qarab - 100 dan 270 kishigacha; savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida - 25 dan 50 kishigacha ishchilarga ega bo‘lgan sub'yektlar kichik korxonalar tasnifiga kiradi. Respublikmizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi sharoitlar yaratilgan: 1. Kichik biznes sub'yektlarining ro‘yxatdan o‘tish vaqti 30 daqiqani tashkil etadi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun faqat bir dona, yuridik shaxs sifatida kichik korxonani ro‘yxatga olishda esa - ikki dona hujjat talab etiladi. 2. Deyarli barcha tarmoqdagi kichik korxonalar kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning muhim omili hisoblanadigan yagona soliq to‘lovi stavkasi, realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlar hajmining 5% ni tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda kichik biznes sub'yektlari uchun yagona ijtimoiy to‘lovning amaldagi stavkasi 15% ni tashkil etadi. 3. Yangi tashkil etilgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarga besh yil davomida ular ro‘yxatdan o‘tgan kunidagi soliq va majburiy to‘lovlar stavkasini qo‘llash huquqi beriladi. 2018-yildan boshlab 1 gektardan ko‘proq yer maydoniga ega bo‘lgan kichik korxonalar yagona er solig‘i to‘lashi belgilab qo‘yildi. 4. Kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘llar orqali amalga oshirilmoqda: banklar tomonidan imtiyozli stavkalar bo‘yicha kreditlar berish; tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining tadbirkorlik faoliyatiga berilgan kredit mablag‘larining 50% miqdoridagi kafillik va tijorat banklari kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz xarajatlarini qoplash*. 5. Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga mas'ul institut tomonilan biznes manfaatlari himoyalangan. O‘zbekistonda kichik biznes sub'yektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirish bekor qilindi, shuningdek birinchi marta sodir etilgan moliyaviy-xo‘jalik huquqbuzarlik uchun tadbirkorlik sub'yektlari ma'muriy jarimalarning barcha turlaridan ozod etilgan**. 6. Respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlik sub'yektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi “yagona darcha” tamoili ostida faoliyat ko‘rsatadigan markazlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi markazlar tashkil qilingan. Tadbirkorlik faoliyatini endi boshlovchi sub'yektlar uchun o‘zlarining biznes rejalarini tuzish, huquqiy va amaliy ko‘mak berish, shuningdek faoliyatlari uchun zarur ma'lumotlarni olishlari uchun “biznes-inkubatorlar tashkil etilgan. 7. Respublika bo‘yicha tadbirkorlarga biznes yuritish bo‘yicha o‘quv kurslari, xususiylashtirilgan ob'yektlar bazasida loyihalar amalga oshirish, 5 yil muddatga nol stavkada ijara asosida yer maydonlari ajratish orqali yosh tadbirkorlar uchun klasterlar tashkil etildi. 2018-yil 1-aprel holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes sub'yektlari soni (dehqon va fermer xo‘jaliklaridan tashqari) 238,5 mingtani (2001 yilda 99,4 mingta) tashkil qildi. Jumladan ularning 8,2 foizini kichik korxonalar va qolgan 91,8 foizini esa mikrofirmalar tashkil etmoqda. Ushbu ko‘rsatkichni tarmoqlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak 9,1 foiz kichik biznes sub'yektlari qishloq xo‘jaligida, 20,9 foiz sanoatda, 11 foiz qurilishda, 34 foiz savdo va umumiy ovqatlanishda, 5,2 foiz yuk tashish va 19,7 foiz boshqa sohalarda faoliyat yuritayotganini ko‘rishimiz mumkin. Hududlarda kichik biznes sub'yektlarining sanoatdagi ulushini ko‘radigan bo‘lsak, Toshkent shahrida 71,3 foiz, Namangan viloyatida 68,4 foiz, Jizzax viloyatida 61,3 foiz va Samarqand viloyatida 55,5 foizni tashkil etgan. Xuddi shu ko‘rsatkich Toshkent viloyatida 29,6 foiz, Qashqadaryo viloyatida 23,1 foiz, Navoiy viloyatida 18,8 foiz va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 18 foizni tashkil etgan. Shu bilan bir qatorda kichik biznes salohiyatini to‘liq amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan muammolarni ta'kidlab o‘tishimiz lozim. 1. Kichik biznesda bandlarning 62 foizidan ko‘prog‘i yakka tartibdagi tadbirkorlikda band bo‘lsa, atigi 16 foizi kichik korxona va mikrofirmalarga to‘g‘ri kelmoqda. Kichik korxonalarning bandlikdagi past darajalari Navoiy (11,3 %), Qashqadaryo (12,4 %) va Toshkent viloyatiga (13,2%) to‘g‘ri kelmoqda. Kichik biznesda bandlarning 34,2 foizi qishloq xo‘jaligida, 12,7 foizi - sanoatda, 11,6 foizi qurilishda, savdoda 13,4 foizi va 28,1 foizi xizmatlar sohasida band. Yuqoridagi bandlarning tarmoqlar kesimidagi tahlilidan ko‘rinib turibdiki, boshqa tarmoqlarga nisbatan yaratilayotgan ish o‘rinlari samaradorligi yuqori bo‘lgan sanoat tarmog‘ida kichik biznesning nisbatan past darajadagi o‘rnini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu ko‘rsatkichni hozirgi o‘sish darajasining saqlanib qolishi kelgusida aholining ish haqi va tadbirkorlik faoliyatidan oladigan real daromadlarining oshishi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat davlatning aholiga ajratadigan ijtimoiy kafolatlarini cheklashiga olib kelishi mumkin. 3. Kichik bisnes sub'yektlari sonining savdodagi ulushi yuqori darajada saqlanib qolmoqda (jami kichik biznes sub'yektlarining 26,7%i yoki 63,7 mingta sub'yekt). Chakana savdo tovar aylanmasida esa, 20,2%ni kichik bisnes va mikrofirmalarning ulushi tashkil etgan bo‘lsa, yakka tartibdagi tadbirkorlarning ulushi 69,4% ni tashkil etganini ko‘rishimiz mumkin, bu bank sektoriga pul tushumiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi va kichik biznes sub'yektlarining soliq solinadigan bazasida nomuvofiqliklarni keltirib chiqaradi. 4. Hududlar kesimida kichik biznes sub'yektlari sonini qaraydigan bo‘lsak eng ko‘p sub'yekt Toshkent shahrida (22,6%), Toshkent (9,6%), Farg‘ona (8,8%) va Andijon (8,7%) viloyatlari o‘z faoliyatlarini yuritishmoqda. Bu to‘rt hududda kichik biznes sub'yektlarining umumiy sonining 50%i atrofida o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, Sirdaryo (3,2%), Navoiy (3,3%) va Jizzax (4,2%) kabi respublikamizning boshqa viloyatlarida kichik biznes sub'yektlarining mavjud potensialidan yetarli darajada foydalanilmayotganidan darak bermoqda. Mamlakatimizda kichik biznesning rivojlanishida qurilish va pardozlash materiallari, asbob - uskunalar, mashinasozlik ehtiyot qismlari va uskunalari, elektrotexnika, kimyo, farmatsevtika mahsulotlari, iste'mol tovarlarining ko‘plab turlarini ishlab chiqarish va boshqalar yuqori potensial ega sohalar hisoblanadi. Kichik biznesning mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasini oshirilishini, kichik sanoat zonalarining yaratilishi, investitsion muhit va raqobat muhitini yaxshilanishi, kichik biznes bilan davlat-xususiy sherikchiligi doirasida davlat xaridlari hajmini kengaytirilishi, yirik va kichik korxonalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlanishi, innovatsiya jarayonlariga tadbirkorlik sub'yektlarini jalb qilish orqali ko‘rishimiz mumkin. Shuni ham ta'kidlash joizki, yetarli eksport salohiyatiga ega bo‘lgan, biroq ayni paytda yanada rivojlanish uchun yetarli darajada kapitalga ega bo‘lmagan muvaffaqiyatli va istiqbolli kichik korxonalarni moliyaviy qo‘llab quvvatlash katta ahamiyatga ega. Ushbu chora-tadbirlarlarni samarali kichik biznes sohasida ko‘proq ish o‘rnini yaratishga, jahon bozoriga kirish imkoniyatlarini oshirishga yordam berib, mamkalatni eksport salohiyatini oshirishga va aholi daromadlarini oshishiga imkon yaratadi. * O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdani Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil qilish to‘g‘risidagi qarori. ** O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni. 2. Marketingni boshqaruv tizimida bozor segmentasiyasi muhim ahamiyatga ega va bozorda talabni o’rganish yoki marketologlar atamasi bilan aytganda «iste’molchini tahlil etish»- bozorlar holatini tahlil etishdagi birinchi bosqich hisoblanadi. U uch tarkibiy qismga bo’linadi: 1) bozor segmentasiyasi; 2) iste’molchi talabi sabablarini o’rganish; 3) qondirilmagan ehtiyojlarni aniqlash. Bozor segmentasiyasi talabni qondirishga tabaqalangan holda yondashuv, tovarlarning turi, sifati va miqdoriga ko’ra har xil talab qo’yadigan iste’molchilarni guruhlarga ajratishda turli mezonlar qo’llashga asoslanadi, ya’ni bozor bir jinsli hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim segmentlar majmui tarzida, har bir segment doirasida alohida o’ziga xos bir talab namoyon bo’ladigan hodisa tarzida olib qarabadi. Bozorda xaridorlarning ma’lum bir tovarga talablari xilma-xildir, har bir xaridorning o’z didi bor. Xaridorning talabi, xohishi, ehtiyoji, turmush tarzi, tovar sotib olishdagi xulq-atvori haqidagi ma’lumotlar samarali marketing tadbirlari ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Ya’ni bozor segmentasiyasi xaridorlarning talabiga muvofiq tovarning taklif etilishi va tovarga talabning qat’iyligini ta’minlaydi. Demak, xaridorlarning tovarlarni sotib olishdagi xulq-atvorlari, talabi va tovarlarga munosabatidagi xususiyatlariga qarab, guruhlarga ajratishni bozor segmentasiyasi deyiladi. Bozor segmentasiyasining tamoyillari quyidagilardir: geografik tamoyil; psixografik tamoyil; demografik tamoyil; xulq-atvor tamoyili; holat tamoyili. Bozorni segmentlash orqali, xo’jalik yurituvchi subyekt quyidagi maqsadlarni ko’zlaydi: - iste’molchilarni xohish va talabini maksimal ravishda hisobga olish; -tovarni (xizmatni) va xo’jalik yurituvchi subyektni raqobatbar-doshligini ta’minlash 3. Marketing - iste’molchilar muammolarini anglash va bozor faoliyatini tartibga solishga va maksadga yo‘naltirishga jarayon xisoblanadi. Turli xil mulk shaklidagi kichik biznes korxonalari ishlab chikarish, sotish faoliyati marketing rejasi bilan o‘zaro yaqindan bog‘langan bo‘lishi kerak. Marketing konsepsiyasi bozorda kichik biznes korxonasining umumiy yutuqlarini ta’minlash nuqtai nazaridan uning faoliyatining barcha soxalarida qarorlar qabul qilishini ko‘zda tutadi. Bu xolat tashkiliy, boshqaruv va sotish ishlarining xar xil turlarida o‘z aksini topishi kerak.Kichik biznesdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar har doim aniq haridorni mo‘ljal qilib quyidagi savollarga javob topishlari kerak: Qancha? Kay darajada sifatli? Nimadan? Qachon mahsulot ishlab chiqarilishi kerak? Bundan ma’lumki kichik tadbirkorlik tarkiblari soni, sifati va vaqt o‘lchamlari bo‘yicha cheklanganligidan kelib chiqadi. Ular bozorni egallash uchun amalga oshirayotgan xo‘jalik operatsiyalarining harajatlarini haridorlar uchun olib boriladigan raqobat kurashida yutib chiqish uchun kamaytirib borishlari zarur. Natijada potensial haridor uning taklif etgan tovarini harid qiladi. Bu muammoni yechishda marketing muhim dastak hisoblanadi. Marketing (inglizchadan market - bozor) - bu mahsulotni ishlab chiqarishdan boshlab toki uni sotishni tashkil etilishigacha bo‘lgan majmuaviy tizimdir. U aniq haridorlarni talabini qondirish, bozorni o‘rganish va oldindan ko‘ra bilish asosida foyda olishga mo‘ljallangan. Kichik biznes korxonalarining bozorga chiqargan maxsulotlari xolatiga qarab marketingning quyidagi turlari qo‘llanilishi mumkin: konversion marketing, remarketing, qo‘llovchi, taraqqiyot toptiruvchi, rag‘batlantiruvchi, sinxron marketing. Kichik biznesda marketingni samarali ishlash shartlari quyidagilardan iborat: taraqqiy topgan bozorni mavjudligi, ishlab chiqaruvchini erkinligi, axborot to‘plash tizimini barcha uchun tushunarligi, tadbirkorlarning tayyorlanganligi va xokazo. Kichik shakldagi xo‘jalik yuritish subyektlarini kundalik amaliyotida marketingni strategik masalalarini amalga oshirishni quyidagi yo‘nalishlarida olib boradi: eng ko‘p axborotni bozorni egallab turgan muhit to‘g‘risida o‘z vaqtida olish va uni to‘g‘ri tahlil qilish; marketing maqsadlarini to‘g‘ri qo‘yish va ularga erishishning asosiy yo‘llari; resurslarni maqsadlar bilan, maqsadlarni esa iste’molchilar talabi bilan maqbul birlashtirish; mahsulot turi va assortimentini bozor talabini yuqori darajada qondirish uchun shakllantirish; jamoa bilan ishlash, shaxsiy tadbirkorlik faoliyatini potensial haridorlar, ishlovchilar orasida tan olish va qo‘llashga erishish uchun tashviqot ishlarni olib borish; bozorda sotish tarmog‘ini bunyod etish orqali, reklamalar, sotuvni rag‘batlantiruvchi tadbirlarni o‘tkazish, sotuvchi vositachilarni, o‘z haridorlarini va bozor maydonini topish uchun harakat qilish; marketing tizimini yangi firma sharoitiga moslashtirish uchun kundalik boshqaruv ishini tashkil etish Hozirgi sharoitda bozorga moslashish strategiyasini shakllantirish orqali kichik biznes korxonasini raqobot kurashida yengib chiqishi mumkin. 7-variant 1. 2018-yilga mo‘ljallangan davlat byudjeti xalqaro moliya institutlari tomonidan tan olingan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, narx indekslari asosida tuzilgan. Jumladan, 2018-yilda YaIM 290,6 trillion so‘m miqdorida bo‘lishi, YaIM deflyatori 14,1 foizni tashkil etishi, iste’mol narxlari indeksi 12-13 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Davlat byudjetining parametrlari yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,02 foiz profitsit bilan bajarilishi kutilmoqda.2018-yilgi soliq-byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari soliq yuki yanada kamaytirilishini, bir xil soliqqa tortish bazasiga ega soliq va majburiy to‘lovlar miqdorining qisqartirilishini, mahalliy byudjetlarning daromad bazasi mustahkamlanishini va ularning mustaqilligi oshirilishini, resurslardan oqilona foydalanilishini hamda byudjetga tushumlarning to‘liq tushishi ta’minlanishini ko‘zda tutadi.Xususan, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari o‘rtacha 30 foizga kamaytirilishi nazarda tutilmoqda, bu esa, o‘z navbatida, aholining tadbirkorlikka intilishini yanada oshirishga olib keladi. 2018-yilga mo‘ljallangan Davlat byudjeti xarajatlarining asosiy yo‘nalishlari mamlakat byudjet siyosatining ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolishni nazarda tutadi. Xususan, 2018-yilda ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan xarajatlar 34,7 trillion so‘mni tashkil etadi. Qabul qilingan davlat dasturlarini amalga oshirishga esa 8,5 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish taklif etilmoqda. 2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish Dasturi doirasida maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlashga 815 milliard so‘m yoki 2017-yildagiga nisbatan qariyb 3 barobar ko‘proq mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. 48 ta oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini yaxshilashga 559,1 milliard so‘m yoki 2017 yildagiga nisbatan 1,5 barobar ko‘p mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan. 296 ta tibbiyot muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlariga 803,6 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Mamlakatimizning bosh moliyaviy hujjatida uy-joy kommunal ishlarini bajarish hajmini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu ishlarga 230,3 milliard so‘m ajratiladi, shu jumladan, ko‘p qavatli uylarga tutash hududlarni obodonlashtirishga 47,2 milliard so‘m, ko‘p qavatli turar joy fondining lift uskunalarini ta’mirlash va yangilariga almashtirishga 22,4 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Sog‘liqni saqlash muassasalarining dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish maqsadida 915,4 milliard so‘m hajmida yoki 2017-yil parametrlarida nazarda tutilganidan 2,5 barobar ko‘p mablag‘ yo‘naltiriladi. 2. respublikada kichik va xususiy biznes korxonalarini rivojlanishi mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotiga quyidagi muhim yo‘nalishlarda ta‘sir ko‘rsatadi: 1) ichki bozorni zarur iste‘mol tovarlari bilan to‘ldirish va tashqi bozorlar uchun raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaris h muammosini hal qilis h; 2) iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish va uning eksportga yo‘naltirilgan tarkibini shakllantirish 3)kichik va xususiy biznes subyektlari bozor talablariga tez moslasha olganliklari, doimiy raqobat kurashi ta‘sirida bo‘lganliklari sababli ularda kapital aylanishi tez bo‘lib, uni qisqa davrda qoplash va foyda olish imkoniyatlari mavjud. Shu sababli ushbu soha vakillari xorijiy kapitalni jalb qilishda ko‘proq imkoniyatlarga ega; 4)kichik va xususiy biznes korxonalarining rivojlanishi oqibatida yangi ish o‘rinlari yaratiladi, aholining o‘zinio‘zi ish bilan band qilishi o‘sadi,aholi daromadlarining ko‘payishi va turmush darajasining o‘sishi ta‘minlanadi. 5) kichik va xususiy biznes sohasi turli mulk va xo‘jalik shakllarida rivojlanadi. Shu boisdan ham u turli ijtimoiy-iqtisodiy ukladlarning vujudga kelishid a muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega; 6) chinakam o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish . Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish natijasida kapital egasi mulkdan foydalanadi va uning natijalarini o‘zlashtiradi. O‘zlashtirish oqibatida kapital jamg‘arib, ma‘lum muddatdan so‘ng kapital egasi mulk egasiga aylanad i.Shuning uchun ham kichik va xususiy biznesni rivojlantirish haqiqiy mulkdorlar sinfi ni shakllantirishning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, kichik biznes va tadbirkorlik mulkdorlar sinfining shakllanishiga ta‘sir ko‘rsatish orqali bozor munosabatlarining demokratiyalashuviga olib keladi. Buning oqibatida bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo‘naltirilganligi ortib boradi.Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish aholining turmush darajasini va farovonligini yanada oshirishda, respublikaning iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim o millardan biri bo‘lib qoladi. Bu esa o‘z-o‘zidan kichik va xususiy biznes korxonalarining rivojlanishi mamlakatda o‘ziga xos iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini bildiradi
3. 2018 yilning 28 dekabrida 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi 2019 yilning Bosh hujjati deb o‘ylayman. Prezidentimiz ushbu murojaatnomada 2018 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2019 yil va kelgusida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, umuman barcha sohalardagi eng muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tdilar. 2019 yilga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nom berildi. Yilga bunday nom berilishi barchaga qanday qilib invstitsiya muhitini yaxshilash, qanday qilib ijtimoiy muammolarni yechish kabi juda katta vazifa va mas’uliyat yuklashini ta’kidladilar. Yalpi ichki mahsulotda “yashirin” iqtisodiyotning ulushi katta bo‘lib, bu mamlakat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini aytib o‘tdilar. Yurtboshimizning iqtisodiyotning tayanchi bo‘lgan insofli, halol soliq to‘lovchi tadbirkorlarni rag‘batlantirish, yashirin faoliyat yuritadiganlarni esa jazolash, yangi tahrirdagi soliq kodeksida ko‘zda tutilishi shart deganlari o‘ylaymanki, barcha tadbirkorlar va xalqimizga juda ma’qul keldi. Chunki soliq yukining kamayishi bilan bog‘liq budjet daromadlarining kamayishi iqtisodiy o‘sish va yashirin iqtisodiyot sub’ektlarining legal faoliyat yuritishi natijasida tushadigan soliqlar hisobiga nafaqat qoplanishi balki, yanayam ko‘payishi mumkin. Albatta barcha tadbirkorlik sub’ektlariga bir xil sharoit yaratilishi, investitsiya muhitining yaxshilanishi, ularga nisbatan har-xil byurokratik to‘siqlarning olib tashlanishi tadbirkorlarning qonuniy faoliyat yuritishiga rag‘bat uyg‘otadi.Prezidentimiz iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya o‘zaro bir-biriga bog‘liqligi, ularni bir-biridan ajratgan holda rivojlantirib bo‘lmasligini ta’kidladilar. Bunda aholining bandligini ta’minlash, ularning daromadlarini oshirish, kam ta’minlangan qatlamning ijtimoiy himoyasi bo‘yicha ishlarni uzluksiz davom ettirish, ta’limning barcha bosqichlarida ta’lim sifatini oshirish, tibbiy xizmatlarning sifatini oshirish, fan, madaniyat, sport sohasini rivojlantirish zarurligiga batafsil to‘xtalib ijtimoiy sohani rivojlantirish borasidagi amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalarni belgilab berdilar. Prezidentimiz o‘z murojaatnomasidagi rejalarga to‘xtalib, bu rejalar hozircha bor yo‘g‘i reja va ular qog‘ozdaligi, uni amalga oshirish va natijaga erishish uchun barcha bo‘g‘indagi rahbarlar va butun xalqimiz hamjihatlikda o‘zlariga belgilangan vazifalarni sidqidildan va shijoat bilan bajarishi zarurligini qat’iy ta’kidladilar. 8-variant 1. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug’ullanish uchun davlat tomonidan vakil qilingan organlardan lisenziya olgandan keyingina ijozat beriladi. Lisenziya korxonani boshqarishdan manfaatdor bo’lgan shaxsning ta’sis hujjatlari nusxasi ilova qilingan arizasiga qarab beriladi. Kerakli hujjatlar va ariza berilgandan so’ng, 30 kun ichida lisenziya berish haqida qaror qabul qilinadi. Agar lisenziya berish uchun kerakli qaror qabul qilishda ekspertiza talab qilinsa, bu ekspertizani vazifasi nazorat qilishdan iborat davlat organ-lari amalga oshiradi. Ekspertiza xulosasi olingandan so’ng, 15 kun mobaynida ariza va zarur hujjatlar topshirilgach, 60 kundan kechiktirmay, qaror qabul qilinadi. Bunda ekspertiza o’tkazish uchun ketgan xarajatlarni ariza beruvchi to’laydi. Lisenziya ikki nusxada bo’lib, hujjatt berishga javobgar shaxs tomonidan qo’l qo’yilib, berayotgan organning muhri bosilib, bir nusxada ariza beruvchiga topshiriladi. Lisenziya beruvchi organlar Vazirlar Mahkamasi -raketa-kosmik majmui;-aloqa tizimlari;-qimmatbaho metallar;-qimmatbaho toshlar qazib olish;-qimmatbaho toshlar va mettallardan zargarlikbuyumlari yasash;-havo taransporti va boshqa faoliyat turlari. Adliya vazirligi -yuridik shaxslarning yuridik faoliyat bilan shug’ullanishga, masalan, advokatlik maslahati, notarial idora va boshqalar Moliya vazirligi -qimmatli qog’ozlarni chiqarish;-lotereya o’yinlarini o’tkazish va boshqalar. Markaziy bank -valyuta qiymatliklari bilan operasiyalar o’tkazish;-tijorat banklari ochish va boshqalar. Ichki ishlar vazirligi -ovchilik va sport o’qotar qurollari va ularga o’qdorilar ishlab chiqarish, tuzatish va sotish; -sovuq qurollar ishlab chiqarish va sotish; -tarkibida narkotik moddalar bo’lgan yekinlarni yekish, qayta ishlash va sotish;-narkotik moddalar tayyorlash, sotish va boshqalar. Sog’liqni saqlash vazirligi -farmakologik preparatlar ishlab chiqarish va sotish;-tibbiy xizmat ko’rsatish;-parfyumeriya va kosmetika buyumlari, aishiykimyo tovarlarini tayyorlash va boshqalar. Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari -sog’lomlashtirish va bolalar, o’smirlar hamda yoshlar lagerlarini tashkil qilish; -xususiy o’quv muassasalarini ochish va boshqalar. O’zbekiston pochta va telekommunikasiyalar agentligi Aloqa xizmati ko’rsatish. 2. Bozorni segmentlash, bozor muhitini o‘rganishning asosiy usulidir. Bozor segmenti – bu iste’molchilar, tovarlar, raqobatchilarning shunday ajratilgan qismiki, ular uchun umumiy xususiyatlar xosdir. Bozorni to‘g‘ri segmentlash, segmentlangan bozorni har xil ehtiyojlarga qat’iy rioya qilin-gan holda kamroq xarajatlar qilish maqsadida amalga oshiriladi.Makrosegmentlash – davlatlararo, mintaqalar bo‘yicha, hududlar va bozor hududlari bo‘yicha iste’molchilarni segmentlarga ajratish.Mikrosegmentlash – bitta mamlakat doirasida iste’molchilarni guruh- larga bo‘lib, ularning talablarini o‘rganib borish va segmentlarga ajratish tushuniladi.Keng segmentatsiya – iste’molchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda ularni katta guruhlarga bo‘lib segmentlash jarayoni tushuniladi.Tor segmentatsiya – iste’molchilarni dastavval kichik guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi, ularning ehtiyojlarini to‘liq darajada qoplash choralari ko‘rilgandan keyin esa tadbirkor ushbu bozorga qanchalik moslashganiga qarab katta guruhlarga o‘tishi ham mumkin. Oraliq segmentlash – marketing tadqiqotlarining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Bozor muhitini yaxshiroq segmentlash imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Yakuniy segmentlash – bozor tahlilining yakunlovchi bosqichi hisoblanib, tadbirkor bozorda o‘zining aniq segmentiga ega bo‘lgan holat tushuniladi. Bozorni segmentlash xususiyatlari turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Bozorni segmentlashning asosiy tamoyili quyidagilardan iborat: 1. Ijtimoiy-iqtisodiy va demografik xususiyatlar, daromad va bilim darajasi, mashg‘ulot turi, ijtimoiy guruh. 2. Etnik guruh – millati. 3. Demografik guruh – yoshi, jinsi, dini, oila a’zolari soni. 4. Hayot tarzi – hayotiy faolligi, qiziqishlari, darajasi va demografi-yasi. 5. Geografik omillar – shahar, qishloq joyi, iqtisodiy rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatlar. 6. Psixologik omillar – xarid motivlari, o‘rganishlari yoki tanlovla-rining individual xususiyatlari.
3. 2018 yilning 28 dekabrida 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi 2019 yilning Bosh hujjati deb o‘ylayman. Prezidentimiz ushbu murojaatnomada 2018 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2019 yil va kelgusida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, umuman barcha sohalardagi eng muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tdilar. 2019 yilga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nom berildi. Yilga bunday nom berilishi barchaga qanday qilib invstitsiya muhitini yaxshilash, qanday qilib ijtimoiy muammolarni yechish kabi juda katta vazifa va mas’uliyat yuklashini ta’kidladilar. Yalpi ichki mahsulotda “yashirin” iqtisodiyotning ulushi katta bo‘lib, bu mamlakat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini aytib o‘tdilar. Yurtboshimizning iqtisodiyotning tayanchi bo‘lgan insofli, halol soliq to‘lovchi tadbirkorlarni rag‘batlantirish, yashirin faoliyat yuritadiganlarni esa jazolash, yangi tahrirdagi soliq kodeksida ko‘zda tutilishi shart deganlari o‘ylaymanki, barcha tadbirkorlar va xalqimizga juda ma’qul keldi. Chunki soliq yukining kamayishi bilan bog‘liq budjet daromadlarining kamayishi iqtisodiy o‘sish va yashirin iqtisodiyot sub’ektlarining legal faoliyat yuritishi natijasida tushadigan soliqlar hisobiga nafaqat qoplanishi balki, yanayam ko‘payishi mumkin. Albatta barcha tadbirkorlik sub’ektlariga bir xil sharoit yaratilishi, investitsiya muhitining yaxshilanishi, ularga nisbatan har-xil byurokratik to‘siqlarning olib tashlanishi tadbirkorlarning qonuniy faoliyat yuritishiga rag‘bat uyg‘otadi.Prezidentimiz iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya o‘zaro bir-biriga bog‘liqligi, ularni bir-biridan ajratgan holda rivojlantirib bo‘lmasligini ta’kidladilar. Bunda aholining bandligini ta’minlash, ularning daromadlarini oshirish, kam ta’minlangan qatlamning ijtimoiy himoyasi bo‘yicha ishlarni uzluksiz davom ettirish, ta’limning barcha bosqichlarida ta’lim sifatini oshirish, tibbiy xizmatlarning sifatini oshirish, fan, madaniyat, sport sohasini rivojlantirish zarurligiga batafsil to‘xtalib ijtimoiy sohani rivojlantirish borasidagi amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalarni belgilab berdilar. Prezidentimiz o‘z murojaatnomasidagi rejalarga to‘xtalib, bu rejalar hozircha bor yo‘g‘i reja va ular qog‘ozdaligi, uni amalga oshirish va natijaga erishish uchun barcha bo‘g‘indagi rahbarlar va butun xalqimiz hamjihatlikda o‘zlariga belgilangan vazifalarni sidqidildan va shijoat bilan bajarishi zarurligini qat’iy ta’kidladilar. 9-variant 1. O’zbekiston amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Bu borada jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi xatarlariga qarshi chora tadbirlarni belgilash, bu inqiroz mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan har qanday salbiy oqibatlarni oldini olish va qarshi kurashish, “2009-2012 yillarga mo’ljallangan inqirozga qarshi choralar dasturi”da belgilangan vazifalar muvaffaqiyatli amalgam oshirilishini ta’minlash bugungi kunda barchamiz uchun ustuvor vazifadir. Kichik tadbirkorlik subyektlariga mustaqillik berish ular faoliyatining yakuniy natijalari uchun javobgarlik hissini oshiradi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biridir. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga kredit berishni ko`paytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2011 yil 11 martda imzolangan PQ-1501-sonli Qarori, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muҳitini shakllantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2011 yil 24 avgustda chiqarilgan PF-4354-sonli Farmoni va boshqa bir qator me`yoriy-huquqiy ҳujjatlarga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari uchun turli imtiyoz va qulayliklar berildi, imtiyozli kreditlash tizimi soddalashtirildi. Xususan:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining kreditlar ajratish haqidagi arizalarini ko`rib chiqish muddati uch bank ish kunidan oshmaydigan muddat qilib belgilandi; tijorat banklariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta`minotini rasmiylashtirish bilan bog`liq xarajatlarni hisobga olish huquqi berildi; kichik biznes sub`ektlaridan tijorat banklarida milliy valyutada hisobvaraq ochgani uchun to`lov undirish bekor qilindi; imtiyozli kreditlash hajmini kengaytirishni rag`batlantirish maqsadida tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamg`armasi mablag`lari hisobidan kreditlar ajratishdan oladigan daromadlari 2016 yilning 1 yanvariga qadar foyda solig`idan ozod qilindi. 2. Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tashkil etiladi. Oilaviy korxona, agar uning ta’sis shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, nomuayyan muddatga tashkil etiladi. Oilaviy korxona kichik tadbirkorlik subyektlari uchun nazarda tutilgan soddalashtirilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar ariza beruvchini oilaviy korxona sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha talablar belgilashga haqli emas. Ariza beruvchini oilaviy korxona sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etganlik, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda, ular ariza beruvchiga oilaviy korxonani ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etganlik yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzganlik tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplaydi va ma’naviy zarar uchun kompensatsiya to‘laydi.
3. 2018 yilning 28 dekabrida 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi 2019 yilning Bosh hujjati deb o‘ylayman. Prezidentimiz ushbu murojaatnomada 2018 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2019 yil va kelgusida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, umuman barcha sohalardagi eng muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tdilar. 2019 yilga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nom berildi. Yilga bunday nom berilishi barchaga qanday qilib invstitsiya muhitini yaxshilash, qanday qilib ijtimoiy muammolarni yechish kabi juda katta vazifa va mas’uliyat yuklashini ta’kidladilar. Yalpi ichki mahsulotda “yashirin” iqtisodiyotning ulushi katta bo‘lib, bu mamlakat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini aytib o‘tdilar. Yurtboshimizning iqtisodiyotning tayanchi bo‘lgan insofli, halol soliq to‘lovchi tadbirkorlarni rag‘batlantirish, yashirin faoliyat yuritadiganlarni esa jazolash, yangi tahrirdagi soliq kodeksida ko‘zda tutilishi shart deganlari o‘ylaymanki, barcha tadbirkorlar va xalqimizga juda ma’qul keldi. Chunki soliq yukining kamayishi bilan bog‘liq budjet daromadlarining kamayishi iqtisodiy o‘sish va yashirin iqtisodiyot sub’ektlarining legal faoliyat yuritishi natijasida tushadigan soliqlar hisobiga nafaqat qoplanishi balki, yanayam ko‘payishi mumkin. Albatta barcha tadbirkorlik sub’ektlariga bir xil sharoit yaratilishi, investitsiya muhitining yaxshilanishi, ularga nisbatan har-xil byurokratik to‘siqlarning olib tashlanishi tadbirkorlarning qonuniy faoliyat yuritishiga rag‘bat uyg‘otadi.Prezidentimiz iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya o‘zaro bir-biriga bog‘liqligi, ularni bir-biridan ajratgan holda rivojlantirib bo‘lmasligini ta’kidladilar. Bunda aholining bandligini ta’minlash, ularning daromadlarini oshirish, kam ta’minlangan qatlamning ijtimoiy himoyasi bo‘yicha ishlarni uzluksiz davom ettirish, ta’limning barcha bosqichlarida ta’lim sifatini oshirish, tibbiy xizmatlarning sifatini oshirish, fan, madaniyat, sport sohasini rivojlantirish zarurligiga batafsil to‘xtalib ijtimoiy sohani rivojlantirish borasidagi amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalarni belgilab berdilar. Prezidentimiz o‘z murojaatnomasidagi rejalarga to‘xtalib, bu rejalar hozircha bor yo‘g‘i reja va ular qog‘ozdaligi, uni amalga oshirish va natijaga erishish uchun barcha bo‘g‘indagi rahbarlar va butun xalqimiz hamjihatlikda o‘zlariga belgilangan vazifalarni sidqidildan va shijoat bilan bajarishi zarurligini qat’iy ta’kidladilar. 10-variant 1. Uncha ko'p bo'lmagan yangi ishbilarmonlar o'z ishlarini o'zlari moliya bilan ta'minlaydilar. Ko'pchilik kishilar oz miqdorda bo'lsa ham, tashqi manbalarga muhtoj bo'ladilar. Pul resurslarining 4 ta toifasi mavjud: 1.Savdo krediti. Bu turdagi Pul” to'g'ri ma'noda zayom vositasi hisoblanmaydi, haqiqatan bu tovarlar qiymati hisoblanadi. Uni sizning yetkazib beruvchilaringiz sizga pul to'lamasdan qarz qilib beradilar va qarzni eslatilgan muddatlarda to'lash sharti bilan. 2.Qisqa muddatli kredit. Banklar va boshqa kredit beruvchilar, bu kabi kreditlar maxsus maqsadlar -muddatli kreditlar ehtiyot sifatida kelgusi mavsumda sotish uchun beriladi. Bu kabi kredit uchun qarz bir yilga yetmasdan uziladi. 3.Uzoq muddatli kredit. Bu zayomlar bir yildan ortiq muddatga korxonani kengaytirish yoki takomillashtirish uchun beriladi. 4.Aksionerlik investorining qatnashishi. Bu kabi resurslar qaytarilmaydi. Siz vositalarni olasiz va foydaning bir qismini investorga berasiz. Boshqacha qilib aytganda, siz o'z korxonangizning bir qismini sotasiz. Pullarni qayerdan olish mumkin? Moliyaviy ta'minotning imkonli manbalari quyidagilardir:• tijorat banki;• moliyaviy kompaniyalar;• investitsion kompaniyalar;• investitsion fondlar;• kreditidoralari;• xaridorlar;• mahsulot beruvchilar; • do'st va tanishuvlar;• xayriya tashkilotlari;• trans kompaniyalar va banklarning trast bo'linmalari;• davlat, xalqaro va jamiyat tashkiloti va idoralar, kichik bimesni qo'llab-quvvatlash dasturida ishtirok etuvchilar;• ishlovchilar;• dastgoh ishlab chiqaruvchilar;• sug'urta kompaniyalari;• nafaqa fondlar;• xususiy investorlar;• moliyaviy maslahatchilar
Umuman, tadbirkorlik – bu madaniyat. Aytishlariga haraganda, madaniyatli odam tadbirkor bo’lishi shart emas, ammo tadbirkor inson madaniyatli bo’lishi lozim. Arastu (Arеstotеl) o’z zamonida birinchi bo’lib axloq to’g’risida gapirib: “Axloq – nimani qilishimiz va nimadan o’zimizni tiyishimiz kеrakligini aniqlashimizga yordam bеradi”, - dеgan edi. Prеzidеntimiz I. Karimov axloq tushunchasiga quyidagicha ta'rif bеrdi: “Axloq – ma'naviyatning o’zagi. Inson axloqi shunchalik salom-alik, xushmuomaladangina iborat emas. Axloq bu, avvalo, insof va adolat tuyqusi, iymon, halollik dеgani”. Darhaqiqat, axloq biz uchun – avvalo, insoniy munosabatlarni shuningdеk, insonlarning fе'l-atvorlarini, ularning qanchalik maqbul nuqtai-nazardan ko’rib chiqishga va baholashga imkon bеruvchi bilim sohasidir. Taraqqiy etgan davlatlarda, ayniqsa, Yaponiya va AQShda firmalarning “Etika kodеksi” va biznеsmеnlarning alohida kasb ustalari guruhlarining “Ishbilarmonlik kodеksi” kеng qo’llaniladi. “Biznеsmеnlarning axloq koеdksi” birinchi marta AQShda 1913 yili ishlab chiqilgan bo’lib, unda tadbirkorlik faoliyatini yuritishning asosiy qoidalari qabul qilingan. Bu qoidalar yagona asosga jamlangan bo’lib, ular biznеs sohasidagi usul va siyosatni baholashda, haqiqat va adolatlilik tushunchalari bilan uyg’unlashishi bеlgilangan. Vaqt o’tishi bilan kodеks bir nеcha bor takomillashdi. Natijada, bu borada turli firmalar va kompaniyalar tomonidan to’plangan, ularning tajribasiga asoslangan, umumlashgan harb ishbilarmonlik dunyosida kеng ma'lum bo’lgan quyidagi “Biznеsmеnning axloq kodеksi” shakllandi 3. Marketing - iste’molchilar muammolarini anglash va bozor faoliyatini tartibga solishga va maksadga yo‘naltirishga jarayon xisoblanadi. Turli xil mulk shaklidagi kichik biznes korxonalari ishlab chikarish, sotish faoliyati marketing rejasi bilan o‘zaro yaqindan bog‘langan bo‘lishi kerak. Marketing konsepsiyasi bozorda kichik biznes korxonasining umumiy yutuqlarini ta’minlash nuqtai nazaridan uning faoliyatining barcha soxalarida qarorlar qabul qilishini ko‘zda tutadi. Bu xolat tashkiliy, boshqaruv va sotish ishlarining xar xil turlarida o‘z aksini topishi kerak.Kichik biznesdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar har doim aniq haridorni mo‘ljal qilib quyidagi savollarga javob topishlari kerak: Qancha? Kay darajada sifatli? Nimadan? Qachon mahsulot ishlab chiqarilishi kerak? Bundan ma’lumki kichik tadbirkorlik tarkiblari soni, sifati va vaqt o‘lchamlari bo‘yicha cheklanganligidan kelib chiqadi. Ular bozorni egallash uchun amalga oshirayotgan xo‘jalik operatsiyalarining harajatlarini haridorlar uchun olib boriladigan raqobat kurashida yutib chiqish uchun kamaytirib borishlari zarur. Natijada potensial haridor uning taklif etgan tovarini harid qiladi. Bu muammoni yechishda marketing muhim dastak hisoblanadi. Marketing (inglizchadan market - bozor) - bu mahsulotni ishlab chiqarishdan boshlab toki uni sotishni tashkil etilishigacha bo‘lgan majmuaviy tizimdir. U aniq haridorlarni talabini qondirish, bozorni o‘rganish va oldindan ko‘ra bilish asosida foyda olishga mo‘ljallangan. Kichik biznes korxonalarining bozorga chiqargan maxsulotlari xolatiga qarab marketingning quyidagi turlari qo‘llanilishi mumkin: konversion marketing, remarketing, qo‘llovchi, taraqqiyot toptiruvchi, rag‘batlantiruvchi, sinxron marketing. Kichik biznesda marketingni samarali ishlash shartlari quyidagilardan iborat: taraqqiy topgan bozorni mavjudligi, ishlab chiqaruvchini erkinligi, axborot to‘plash tizimini barcha uchun tushunarligi, tadbirkorlarning tayyorlanganligi va xokazo. Kichik shakldagi xo‘jalik yuritish subyektlarini kundalik amaliyotida marketingni strategik masalalarini amalga oshirishni quyidagi yo‘nalishlarida olib boradi: eng ko‘p axborotni bozorni egallab turgan muhit to‘g‘risida o‘z vaqtida olish va uni to‘g‘ri tahlil qilish; marketing maqsadlarini to‘g‘ri qo‘yish va ularga erishishning asosiy yo‘llari; resurslarni maqsadlar bilan, maqsadlarni esa iste’molchilar talabi bilan maqbul birlashtirish; mahsulot turi va assortimentini bozor talabini yuqori darajada qondirish uchun shakllantirish; jamoa bilan ishlash, shaxsiy tadbirkorlik faoliyatini potensial haridorlar, ishlovchilar orasida tan olish va qo‘llashga erishish uchun tashviqot ishlarni olib borish; bozorda sotish tarmog‘ini bunyod etish orqali, reklamalar, sotuvni rag‘batlantiruvchi tadbirlarni o‘tkazish, sotuvchi vositachilarni, o‘z haridorlarini va bozor maydonini topish uchun harakat qilish; marketing tizimini yangi firma sharoitiga moslashtirish uchun kundalik boshqaruv ishini tashkil etish Hozirgi sharoitda bozorga moslashish strategiyasini shakllantirish orqali kichik biznes korxonasini raqobot kurashida yengib chiqishi mumkin. Download 43.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling