Rez`bali birikmalar. Reja: Rez`ba haqida umumiy ma`lumot


Download 1.44 Mb.
bet1/6
Sana04.10.2022
Hajmi1.44 Mb.
#830232
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Vocabulary fun and game, 2. tema OzR auditorliq iskerligin sholkem huq (1), 3-tema. Audit standartlari, Bayonnoma, Bayonnoma, Ф.Шопен мақола Махфуза, kompyuterning tashkil etuvchilari va ishlash printsiplari, 2 5438373377871973187, 9 amaliy mathcad, 2 5195435605110034428, 2 5195435605110034428, 1-Obektga yo`nzltirilgan dasturity taminot, Solijonov Barkamol 19.07 guruh 1, 3 labara malumot, 4-sinf-3

2-modul. Birikmalar.
2-mavzu. Rеzbali birikmalar.
Mavzu: Rez`bali birikmalar.
Reja:
1. Rez`ba haqida umumiy ma`lumot
2. Gaykaga qo`yilgan burovchi moment bilan vintga o`q bo`ylab ta`sir etuvchi kuch
orasidagi bog’lanish
3. Rez`baning mustahkamligini hisoblash.


Ushbu mavzuni o’zlashtirishdan maqsad: Birikmalar haqida to’liq ma`lumotga ega bo’lish, birikmalarning mashinasozlikdagi va sanoatdagi rolini o’rganish, ishlatilish sohalarini va birikmalarga qo’yiladigan talablar bilan batafsil tanishish. Rezbali birikmalar haqida umumiy ma`lumotga ega bo’lish, ularning qo’llanilish sharoitlari bilan tanishish va ularni sanoatga qo’llashni o’rganish.
Tayanch iboralar: Rez`bali birikma, rez`ba, silindrik, konussimon, bolt, vint, shpilka, gayka, metrik rezba, dyuimiy rezba, ichki diametr, tashqi diametr, birikma, ichki rezba, tashqi rezba, metchik, flesher, bir kirimli, ikki kirimli, uch kirimli va boshqalar.
Detallarni rez`ba vositasida biriktirish qadimdan ma`lum bo’lib, ajraladigan birikmalarning eng ko’p tarqalgan va muhim turidir. Bolt, vint, shilka vositasida ajraladigan birikma hosil qilish rez`bali birikmalarning xususiy hollari bo’lib, mashinalarning ular vositasida yig’ilish uzellari kerak bo’lgan vaqtda ayrim detallarga ajratilishi va zarur vaqtda yana yig’ilishi mumkin. Bunday birikmalar hosil qilishga imkon beradigan asosiy qism rez`ba bo’lganligi uchun ularning hammasi rez`bali birikmalar deyiladi.
Rez`bali birikmalarning afzalliklari shundan iboratki, ular nisbatan katta nagruzka ta`sirida yetarli darajada ishonchli ishlaydi; ularni ajratish va yig’ish qiyinchilik tug’dirmaydi; turli sharoitda ishlaydigan rez`bali detallar ko’plab ishlab chiqarilishi mumkin; nisbatan arzon turadi; hamma o’lchamlari standartlashtirilgan (GOST 9000-59, GOST 8724-58, GOST 9150-59).
O’zgaruvchan kuch ta`siriga chidamliligi yetarli emasligi va ayrim hollarda maxsus rez`bali detallar tayyorlashning texnologik nuqtai nazardan birmuncha qiyinligi rez`bali birikmalarning kamchiligidir.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling