Rivojlantirish Farg'ona viloyati Oltiariq tumani 2-idum maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi Zilolaxon Karimova Annotatsiya


Download 11.13 Kb.
Sana01.11.2021
Hajmi11.13 Kb.
#169904
Bog'liq
10. Karimova


Boshlang’ich sinflarning ta’lim jarayonida o’quvchilarning o’qish motivlarini rivojlantirish

Farg'ona viloyati Oltiariq tumani 2-IDUM maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi Zilolaxon Karimova

Annotatsiya; ushbu maqolada boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchilar bilimini oshirish va o’quv - bilim salohiyatini rivojlantirish haqida ma’lumot berilgan.

Kalit so’zlar ; o’quvchilar, ta’lim jarayoni, motiv, ko’nikma.

Ta’lim jarayonida o’quvchilarning o’quv-bilim faoliyatini rivojlantirishda o’qituvchi juda muhim o’rin egallaydi. Chunki u ta’lim jarayonini tashkil etuvchi va boshqaruvchi subyekt sifatida o’quvchining o’quv-bilim faoliyatini ham bevosita boshqarib boradi. O’qituvchi darsda boshqaruvchi, o’quvchilar esa, ishtirokchiga aylanmog’i kerak. Boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim maktablarining bosh bo’g’ini bo’lganligi sababli ana shu jarayonida o’quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko’proq e’tibor berish kerak. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ma’suliyatlari cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina qadam qo’ygan o’quvchilarni maktab hayotiga ko’niktirib, zamonaviy bilim olishlariga yo’l ochib beradilar. Boshlang’ich sinfda ta’lim jarayonida o’quvchilarning o’qish motivlarini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Chunki motiv o’quvchilarni ta’lim jarayoniga qiziqtiradi, darsda faol qatnashishga, bilim, ko’nikma egallashga undaydi. Boshlang’ich sinflarda ko’proq bolaning yoshini, ongini, bilim saviyasini inobatga olgan holda, o’quvchilarga oson va oddiy, kam vaqt sarflanadigan o’yin mashqlarni o’ynatish ko’p samara beradi. V . A. Suxomlinskiy shunday degan ; ’’ Bola - bu dunyoni o’rganadigan, o’yin orqali yangi kashfiyotlar qiladigan tadqiqotchidir ’’. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’yin - bu bolalar o’rganadigan faoliyat. Bu bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va mustahkamlash uchun pedogogik amaliyotda va nazariyada tasdiqlangan vositadir. Hozirgi kunda boshlang’ich sinf o’qituvchilari tajribasida ’’Charxpalak, Klaster, Bumerang, Dumaloq stol, Aqliy hujum, Baliq skleti, Venn dioggrammasi" kabi metodlari bor. Ushbu metodlarni dars jarayonida qo’llash, ta’lim samaradorligini oshiradi. O’quvchining mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda mavzuni o’rganishga ishtiyoq va qiziqishni orttiradi, bilimlarni mustahkamlash, o’zlashtirish ulardan amaliyotga erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi. Xulosa qilib aytganda, innovtsion texnologiyalardan foydalanib o’tilgan darsda o’quvchilar o’z qobilyati va imkoniyatlarini namayon qilishga erishadilar, jamoa bilan ishlash imkoniga ega bo’ladilar. Bu esa, darsning samaradorligini oshirib, ta’lim sifatini kafolatlashga xizmat qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga tarbiya va ta’lim berishda ilg’or pedogogik texnologiyalarning o’rni beqiyos. Darslarni shunday texnologiyalar asosida olib borish dars samaradorligini oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Pedogogika o’qitish metodikasi.



2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini bilim faoliyatin shakllantirishning didaktik asoslari. Toshkent.2005. 320-bet.
Download 11.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling