Rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazimiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universituti


Download 456.46 Kb.
bet1/4
Sana03.06.2020
Hajmi456.46 Kb.
#113953
  1   2   3   4
Bog'liq
kompyuterlarni tashkellashtirish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALAR VA KOMNUKATSIYALARINI

RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-

XORAZIMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITUTI

Kompyuterni tashkellashtirish fanidan



MUSTAQIL ISHI
Mavzu:Zamonaviy kompyuterlarda qo‘llanadigan mikroprotsessorlar

(ularning arxitekturasi, ko‘rsatkichlari va xususiyatlari).



Bajardi: CAO003 - guruh

Talabasi Tilovova Baxtigul

Toshkent 2020
Zamonaviy kompyuterlarda qo‘llanadigan mikroprotsessorlar

(ularning arxitekturasi, ko‘rsatkichlari va xususiyatlari).

Reja:

  1. Mikroprosessorlarni guruhlarga ajratish

  2. Zamonaviy Mikroprosessorlar.

  3. Mikroprosessorning turlari

  4. Mikroprosessor tuzilishi.

Birinchi mikroprosessor 4004 mikroprosessori Intel firmasi (AQSH) tomonidan 1971 yilda chiqarilgan. Hozirgi vaqtda bir necha yuzlab turli mikroprosessorlar chiqarilmoqda, lekin eng ommaviy va keng tarqalgani Intel va Intelga o’xshash firmalarning mikroprosessorlaridir.

Barcha mikroprosessorlarni 3ta guruhga bo’lish mumkin :

— CISC tipidagi (Complex Instruction Set Command) to’liq to’plamli buyruqlar tizimi bilan MP;

— RISC tipidagi (Redused Instruction Set Command) qisqartirilgan to’plamli buyruqlar tizimi bilan MP;

— MISC tipidagi (Minimum Instruction Set Command) minimal to’plamli buyruqlar tizimi bilan va etarlicha yuqori tezkor MP (hozirgi vaqtda bu modellar ishlab chiqish bosqichida turibdi).



CISC tipidagi mikroprosessorlar

IBM PC tipidagi ko’pchilik zamonaviy SHKlar CISC tipidagi MPlarni ishlatadi.

1. MP 80386,80486 mikroprosessorlarida SX, DX, SL va b. harfli o’zgartirish kiritilganlari bor (80486SX, 80486DX), ular bazaviy modeldan shinalar razryadliligi, taktli chastota, ishlash ishonchliligi, o’lchamlari, energiya iste’moli, kuchlanish amplitudasi va boshqa kattaliklar bilan farq qiladi:

— DX bazaviy model bilan deyarli mos keladi;

— SX va SL, xususan kichikroq shinalar razryadliligiga ega;

— SL va ayniqsa SLE energiyani tejaydigan, ixcham SHKda (Lap Top, Notebook) ishlatishga mo’ljallangan.

80486DX — bu MP 80486ning boshlang’ich versiyasidir. U sozlangan matematik soprotsessor va o’lchami 8 Kbayt bo’lgan birinchi darajali kesh-xotiraga ega. Uning uchun maksimal chastota — 50 MG; chastotani yanada oshirish MP uchun ma’noga ega emas edi, chunki ko’pchilik tizimli platalar bunday tezliklarda ishlay olmas edilar.

486SX modeli DXga o’xshash, lekin unda soprotsessor bloklangan. Bu ishlab chiqaruvchiga soprotsessorni testlash harajatlaridan xalos bo’lish va shu bilan maxsulot narxini kamaytirishga imkon bergan.

80486DX va undan yuqori mikroprosessorlar ichki chastotasini ko’paytirib ishlashi mumkin. Ko’paytirilgan chastota bilan MPning faqat ichki sxemalari ishlashi mumkin. MPga nisbatan hamma tashqi sxemalar, shu jumladan tizimli platada joylashganlari ham, oddiy chastotada ishlaydi.

486DX2—bu 486DXning ichki ikkilangan chastotali variantidir: masalan, 486DX266 tashqi 33 MGli chastotaga (tizimli plata ishlaydigan chastota) ega (shu MPli SHK 486DX50li SHKga taxminan o’xshash), lekin periferiya, tizimli plata, 2-darajali kesh-xotira, asosiy xotira, videokarta va b. sifatiga kamroq qat’iy talablar tufayli arzonroqdir.

486DX4 - bu 4-avlod mikroprosessoridir (to’rt aynan shuni bildiradi, to’rtlangan chastotani emas); u DX2dan ichki kesh-xotirani 16 Kbaytgacha ko’paytirilganligi, uch marta orttirilgan chastotada ishlay olish imkoniyati (486DX4 100) va 5 Vm emas, balki 3,3 V kuchlanishli ta’minoti bilan farq qiladi.

2. Elementlar soni — bu MP integral sxemasiga joylashtirilgan oddiy yarim o’tkazgichli elementlar soni. Texnologiya odatda elementning mikronlardagi o’lchami bilan tavsiflanadi.

3. Pentium Pro MP ikkita kristalldan: MPning o’zi va kesh-xotiradan tashkil topgan, ikkinchi kristall uning 256 yoki 512 Kbayt xotirasiga bog’liq ravishda 15,5 yoki 31 mln. yarim o’tkazgichli elementlarni o’z ichiga oladi. Bu 2-darajali kesh-xotira protsessor chastotasida ishlaydi, odatda esa 2-darajali kesh-xotira tizimli plata chastotasida ishlaydi.

Zamonaviy Mikroprosessorlar ikkita ish rejimiga ega:

• haqiqiy (bitta masalali), unda faqat bitta dastur bajarilishi mumkin va kompyuter asosiy xotirasining faqat 1024 Kbayti bevosita adreslanishi mumkin, qolgan (kengaytirilgan) xotiraga esa faqat maxsus drayverlar ulangandagina murojaat qilish mumkin;

• himoyalangan (ko’p masalali), bu rejimda birdaniga bir nechta dasturlarning bajarilishi, bevosita adreslash va SHKda bor bo’lgan barcha asosiy xotiraga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish (qo’shimcha drayverlarsiz), uning bajarilayotgan dasturlar o’rtasida avtomatik taqsimlanishi va mos ravishda uni, begona dasturlar tomonidan murojaat qilinishidan himoyalash ta’minlanadi;

• 80386 va undan yuqori MPlarda virtual mashinalar tizimi rejimini qo’llab-quvvatlash.

Virtual mashinalar tizimi ko’p masalali ish rejimining yanada rivojlanishi bo’lib, unda har bir masala o’zining operatsion tizimi boshqaruvi ostida bajarilishi mumkin, ya’ni bitta MPda go’yo, parallel ishlaydigan va turli xil operatcion tizimlarga ega bo’lgan bir nechta kompyuterlar modellashtiriladi.



Pentium Mikroprosessorlari


Download 456.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling