Roman-german filologiyasiga kirish


Download 39.07 Kb.
bet1/4
Sana03.10.2022
Hajmi39.07 Kb.
#829890
  1   2   3   4
Bog'liq
3.06 Roman - German filologiyasiga kirish NEW (3) (5) (2)
020-19 ibrohim, 3, METOD BIRLASHMA YILLIK ISH REJASI, сирож, SST-19 variant, 12-mavzu, Amir Temur haqida hikoya, @majburiy fanlar kanali uchun maxsus, 01 11 2021 1 1 taqdimot Baholash nazariyasining asoslari Xalqaro, 22222, Harakatlarga o\'rgatish bosqichlari, Murodullayev Shahrom 306, СНиП 2.09.02-85rus, IaKt, 109-ãóðóõ ó÷óí ôèçèêàäàí 1-ìóñòàêèë òàúëèì ìàâçóëàðè

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI







TASDIQLAYMAN” _______________
(OTM rеktori)
2022 yil___ ______






ROMAN-GERMAN FILOLOGIYASIGA KIRISH

O’QUV DASTURI
Ilm soxasi: 100000 Gumanitar fanlar
Ta’lim soxasi: 120000 Filologiya va tillarni o’qitish
Ta’lim yo’nalishi: 60230100 Gumanitar soxa(roman-german filologiyasi)

Termiz-2022


Fan/modul kodi
RGFK3062

O’quv yili 2022-2023

Semestr
8

ECTS - Kreditlar
2

Fan/modul turi Majburiy

Ta’lim tili
Ingliz

Haftadagi dars soatlari 2

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Roman-german filologiyasiga kirish

30

30

60




  1. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy taʼlimdagi o’rni.

Mazkur fan roman va german tillari guruxiga kiruvchi tillarning umumiy va farqlanuvchi belgilari va shu asosda ularning guruxlanishi, tarixiy tarakkiyotining umumiy qonuniyatlari, ushbu tillarning shakllanishi va rivojlanishi jarayonlari, ularning fonetik, grammatik strukturalari va lugat tarkibida sodir bulgan asosiy voqealar va ularning tillar taraqqiyotiga ko’rsatgan taʼsiri kabi masalalrni o’z qamroviga oladi. “Roman-german filologiyasiga kirish” ixtisoslik fanlari blokiga kiritilgan bo’lib 2- kursda o’qitilishi maqsadga muvofiqdir.

  1. O’quv fanining maqsadi va vazifasi.

Roman-german filologiyasiga kirish fanining maqsadi talabalarga o’zlari o’rganadigan asosiy chet tilining dunyodagi tillar orasida tutgan o’rni, unga oiladosh bo’lgan tillar hamda o’zi tegishli bo’lgan til guruxiga mansub bo’lgan (roman yoki german) tillarining boshqa til guruxlari yoki oilalaridan farqlanuvchi asosiy xususiyatlari bilan tanishtirishni o’z oldiga maqsad qilib belgilagan. Fanni o’rganishining amaliy axamiyati shunda-ki roman yoki german tillariga ixtisoslashayotgan talaba ayrim xayotiy situatsiyalarda o’zi o’rganmagan ammo o’zi o’rganayotgan til guruxiga mansub tildagi axborotni uqiy olishi va mazmunini tushuna olish ko’nikmasiga ega bo’ladi.
Fanning asosiy vazifasi talabaga o’zi o’rganayotgan tilning dunyodagi tillar o’rtasidagi o’rni va axamiyatining tushunish, undagi strukturaviy, funksional o’zgarishlar sabab-oqibatlarini tushunib olish bilim va ko’nikmalarini yaratishdir.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, kunikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:
• o’rganilayotgan chet tilining dunyodagi tillar o’rtasida egallab turgan o’rnini to’g’ri tushunib olish;
• o’rganilayotgan roman yoki german tilining qayerda, qachon, qaysi bobo tildan, qanday paydo bo’lganligi haqida haqiqiy ilmiy axborot berish;
• o’rganilayotgan roman yoki german tilining fonetik, grammatik va leksik-semantik qonuniyatlarini bilish va qo’llay olish ko’nikmalarini egallashlari;
• o’rganilayotgan roman yoki german tillarida so’zning morfologik strukturasi, grammatik maʼnoni ifodalash usullari, grammatik kategoriyalarning funksional nuqtai nazardan rivojlanganligi/ rivojlanmaganligi xaqida tasavvurga ega bo’lish;
• roman yoki german tillarining jaxonda yoyilganlik darajasi, ularning turli til vaziyatlardagi mavqeyi, til siyosati va tilni rejalashtirish;
• roman yoki german tillarning tarixiy taraqqiyotida bosqichlar va ularning o’ziga xosligi, bosqichlarni shakllanish davrlari va ularga ta’luqli ijtimoiy-siyosiy-iqtisodiy omillarning roli va o’rni;
• roman va german tillarida so’zlashuvchi xalklar tomonidan qo’llanib kelingan va hozirda foydalaniladigan alifbolar va ularda sodir bo’lgan o’zgarishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
• roman va german tillarining xududiy tarqalishi, bo’linishi va ulardagi farqlarning paydo bo’lish sabablarini tushuna olish;
• umum-hind Yevropa tillarining fonetik, grammatik strukturasi va tug’at tarkibida saqlanib qolish salmog’ini izohlab bera olishi;
• o’rganilatyotgan chet tilida umum german va umum roman belgilarning saqlanib qolganlik ko’lami va ularning fonetik, grammatik qurilishi va lug’at tarkibida tutgan o’rnini tahlil qila olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

Download 39.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling