Romitan tumani 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Nazarova Gulrux Shokirovnaga tavsiyanoma


Download 14.56 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi14.56 Kb.
#1349445
Bog'liq
tavs


Romitan tumani 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Nazarova Gulrux Shokirovnaga
TAVSIYANOMA
Nazarova Gulrux Shokirovna 1995-yil 27-fevralda Romitan tumanida tug‘ilgan. 2018-yilda BuxDUning filologiya fakultetini tamomlagan. O‘z ish faoliyatini tumandagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida boshlagan. Bugungi kunda 18-maktabda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Gulrux Nazarova yosh bo‘lishiga qaramay, o‘z kasbiga sadoqatli, jonkuyar, yangiliklar yaratuvchi mohir pedagog sifatida tanilgan. U maktab o‘qituvchilari orasida ilmiy va amaliy salohiyati bilan ajralib turadi. O‘zining ta’lim sohasida olib borayotgan islohotlarining faol tashkilotchisi va ishtirokchisi sifatida kata obro‘-e’tibor qozongan. Shuningdek, respublika miqyosida o‘tkazilayotgan tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Jumladan, 2021-yil “Yosh kitobxon” Respublika tanlovining Romitan tuman bosqichida faxrli 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichida faol ishtirok etdi. Shu bilan birga shu yilning may oyida Romitan tumani Axborot kutubxona markazi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi kitobxon oila” tanlovida faxrli 1-o‘rinni egalladi.
O‘qituvchi o‘z darslarini zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda multimedia vositalari asosida tashkil etib kelyapti. Yil davomida 3 va 4 marotaba ochiq dasrlar tashkil etib, o‘z mahorati va tavsiyalari bilan hamkasblariga namuna vazifasini o‘tayapti. Darslarida “To‘plam va tasnif”, “Meni tushun”, “Kimoshdi savdosi”, “Bloom”, “To‘liqsiz maktub”, “Men rassom” kabi interfaol usullardan foydalanmoqda. Shu bilan birga o‘qituvchi yangi loyihalar ustida ish olib borib, 2020-yildan buyon har oyda tug‘ilgan adiblar xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Tuhfalar” nomi asosida badiiy kechalar tayyorlamoqda. Jumladan, “Dekabr tuhfalari”, “Mart tuhfalari”, “Buyuk adiblarga ehtirom” nomli tadbirlar o‘quvchi yoshlarning ma’naviy va ma’rifiy tarbiyasida alohida ahamiyat kasb etmoqda.
O‘qituvchining tashabbusi bilan o‘quvchilari tuman miqyosida o‘tkazilgan turli tanlovlar, bilimlar bellashuvi va olimpiadalarda faxrli o‘rinlarni egallaydilar.
Jumladan, 2020-yil “Boburnoma menga nima berdi?” tuman insholar tanlovida 10-“A” sinf o‘quvchisi Boboniyozova Marjona 2-o‘rin, 2021-yil tuman 4-sektorida “Haftada kitob o‘qiymiz” tanlovida 7-“B” sinf o‘quvchisi Zayniyeva Sharofat 2-o‘rinni egalladi. Sinf rahbarlik faoliyatida ham ota-onalar bilan muntazam hamkorlik olib boradi va o‘quvchilarni iqtidorini to‘g‘ri yo‘naltira oladi.
Gulrux Nazarovaning olib borayotgan ibratli ilg‘or ish tajribasi va u ilgari surayotgan “Besh tashabbus maktabi” loyihasi hisobga olingan holda “Yilning eng faol yosh xalq ta’limi xodimi” nominatsiyasiga tavsiya qilinadi.
Romitan tumani 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori: M. O‘rinova
Download 14.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling