Rossiya federatsiyasi
Download 17.91 Kb.
|
10-mavzu
ROSSIYA FEDERATSIYASI Rossiya Federatsiyasi nataqat Yevroosiyo qit’asida, balki jahondagi eng yirik mamlakat hisoblanadi. Maydoni - 17,1 mln. km2. Rossiyaning Yevropa qismiga mamlakat umumiy maydonining 1/3, Osiyo qismiga esa qolgan 2/3 hududi to’g’ri keladi. Aholisi 141,4 mln. kishidan (2007 yil) iborat bo’lib, bu ko’rsatkich bo’yicha dunyoda 8-o’rinda turadi. Quruqlikdagi chegarasi uzunligi 14,3 ming km bo'lgani holda dengizbo’yi hududlari uzunligi 44,3 ming kmni tashkil etadi. Rossiya Federatsiyasi poytaxti - Moskva shahri. Tabiiy sharoiti va resurslari. Rossiyada 120 mingdan ortiq daryo mavjud bo’lib, ularning eng yirik va sersuvlari Shimoliy Muz okeaniga qo’shiladi. Mamlakat hududidan makon topgan ikki mingga yaqin ko’ldan Baykal ko’li mashhur bo'lib, u dunyodagi eng chuqur ko'l hisoblanadi. Rossiya maydoni jihatidan eng yirik davlat bo'lgani uchun deyarli barcha tabiiy boyliklarga egadir. Jumladan, jahon ko’mir resurslarining yarmi, nett zaxiralarining 28 toizi, tabiiy gaz boyliklarining esa 65 toizi Rossiya hissasini tashkil etadi. Tabiiy gaz zaxirasi bo’yicha mamlakat dunyoda birinchi o’rinni egallaydi. Rossiya nett resurslarining 70 toizi, tabiiy gaz boyliklarining 80 toiz, ko’mir zaxiralarining 50 toizi g’arbiy Sibir hududida joylashgan. Markaziy- Chernozem tumanida Rossiya temir rudasining 55 toizi makon topgan. Xrom rudasi Perm viloyatida, mis rudasi esa Ural, Shimoliy Kavkaz, Sharkiy Sibirda, nikel rudasi Noril ruda havzasi va Kol yarimorolida, kaliy tuzi asosan Perm viloyatida, osh tuzi esa Ural, Sibir, Kaspiybo'yi tekisliklarida, voltram Kabardino- Balkariyada, tostor o ’g’itlarini tayyorlashda beqiyos bo'lgan apatit rudasi Kol yarimoroli va Sharqiy Sibirda, tostorit zaxiralari esa Moskva va Leningrad viloyatlarida joylashgan. Aholisi. M3ttll3Rat ahsilsiRiog 76 tetei RessiyaRiHg Yevrepa qismida, 22 toizi esa osiyo qismida istiqomat qiladi. Aholi zichligi 1 km2 ga 8,7 kishi bo’lib, mazkur ko’rsatkich Rossiyaning Yevropa qitasiga tegishli qismida 27 kishidan ortib ketadi. So’nggi o’n yillikda o’lim sonining ko'payayotgani va immigratsiya darajasining pasaygani tutayli aholi tabiiy kamayishi kuzatilmoqda. Rossiya aholisining asosiy qismi ruslardan (79,8 toiz) tashkil topib, mamlakatda tatarlar (3,8 toiz), ukrainlar (2 toiz), boshqirdlar (1,2 toiz), chuvashlar (1,1 toiz) ham istiqomat kiladi. Diniy e’tiqodi bo’yicha aholining aksariyat qismi pravoslav xristianlardan iborat bo’lib, tatarlar, boshqirdlar hamda Shimoliy Kavkaz aholisi islom diniga e’tiqod qiladi. Tuva, Kalmikiya va Buryatiyada esa asosan buddistlar yashaydi. Taxminan 73 toiz aholi shahariarda yashaydi. Yirik shaharlari qatoriga Moskva, Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod, Rostov-na-Donu. Volgograd, Novosibirsk, Samara, Ekaterinburg va boshqalar mansubdir. Rasmiy tili - rus tili. Davlat tuzumi . Rossiya Federatsiyasi tarkibida 89 subyekt mavjud: 21 respublika, 6 o’lka, 10 avtonom yoki milliy okrug, 1 avtonom viloyat, 49 viloyat va ikki tederal ahamiyatga ega bolgan shahar - Moskva va Sankt-Peterburg. Rossiya - demokratik federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1993 yil 12 dekabrda kabul qilingan. Davlat boshlig ' i prezident bo' lib, u 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organ vakolati ikki palatali parlament zimmasida: Federatsiyalar Kengashi va Davlat Dumasi. Ijroya hokimiyatini bosh vazir boshchiligidagi hukumat boshqaradi. Sanoati. Rossiya sanoati yuqori baholanadigan mamlakatlar qatoriga kiradi. Mamlakat tabiiy gaz qazib olish bo'yicha dunyoda birinchi, elektroenergiya ishlab chiqarish bo'yicha ikkinchi (AQShdan keyin), neft va ko'mir qazib olish bo'yicha esa uchinchi o’rinni egallaydi. Rossiyaning neft qazib olinadigan yirik hududlaridan harbiy Sibir sarhadlarini misol keltirish mumkin. Uning hissasiga mamlakatda qazib olinadigan neftning 60 foiz to’g’ri keladi. Gaz qazib olish ham aynan g'arbiy Sibir mujassam bo'lib, mamlakat bo'yicha 92 foiz qazib olinadigan gaz mazkur o'lkada markazlashgan. Ko'mir zaxiralarining 90 foizi mamlakatning sharqiy sarhadlarida joylashgan. Elektroenergetika sanoati mahsulotlarining asosiy iste'molchisi Rossiyaning Yevropa qismi bo'lib, 90 foiz ishlab chiqarish aynan shu yerda amalga oshiriladi. Mamlakat boylab issiqlik elektrostansiyalarida elektroenergiyaning 70 foizi, gidravlik va atom elektrostantsiyalarida esa uning tegishli ravishda 20 va 10 foizi ishlab chiqariladi. Rossiyada qora metallarni ishlab chiqarish sakkiz yirik metallurgiya kombinatlarida amalga oshiriladi. Ularning hissasiga mamlakatda ishlab chiqariladigan cho'yanning 90 foizi, po'latning 80 foizi, prokatning 82 foizi, to'gri keladi. Rossiyada rangli metallurgiya sanoati mahsulotlaridan asosan alyuminiy, mis, qalay, rux va qoYgoshin singari metallar qazib olish va qayta ishlash yo’lga qo'yilgan. Mashinasozlik sanoati og'ir, energetik, transport, qishloq xo'jaligi va stanoksozlik mashinasozligini qamrab olib, ularning sanoat mahsuloti tarkibidagi ulushi katta hisoblanadi. Rossiya kimyo sanoati mineral o'g' itlar, organik kimyo mahsulotlari, kaliy tuzi kabi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtsoslashgandir. Mamlakat o’rmon xo’jaligi sanoatning alohida tarmog'i hisoblanib, binokorlik materiallarini ishlab chiqarish bo'yicha Rossiya birinchi o'rinda turadi. Mamlakat hududining taxminan 45 foizi o'rmonlar bilan qoplangan bo'lib, ular asosan sharqiy sarhadlardan o’rin olgan. Mazkur sanoat asosida sellyuloza- qog'oz sanoati ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritadi. Qishloq xo’jaligi. Qishloq xojaligi Rossiya yalpi ichki mahsulotining 5 foizi ni beradi. O ' simlikchilik asosan dalachilik, bog'dorchilik va uzumchilikdan tarkib topgan bo'lib, qishloq xo'raligining muhim tarmog’i don mahsulotlarini, awalo, bug'doyni yetishtirish hisoblanadi. Javdari bug'doy, arpa, suli, jo'xori, tariq, guruch, shakarqamish, kartoshka etishtirsh ham muayyan hududlarda yo’lga qo’yilgan. Chorvachilikning ko'plab tarmoqlari ham rvoj topgan. Transport Transport har handay mamlakat iqtisodiyotida asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Yuk tashish hajmi bo'yicha quvur transport hissasiga Rossiyada foiz, temiryo’’ transportiga esa 32,5 foiz to’g'ri keladi. Buni mamlakatda neft va gaz eksportining keng yo'iga qo’yilgani bilan izohlash mumkin. Temiryo’l yo’laklarining umumiy uzunligi 87,2 ming km bo’lib, mazkur ko'rsatkich boiyicha Rossiya AQShdan keyin ikkinchi o'rinni egallaydi. Avtomobil yo'llarining uzunligi esa 87t ming km ni tashkil etib, yo’lovchilarning 90 foizi mazkur transport turida tashiladi. Daryo transporti ham rivojlangan bo’lib, asosiy qatnovlar Volgo- Kamskiy, G’arbiy-Sibir, Shimoliy daryo havzalarida amalga-oshiriladi. Dengiz transporti Rossiyada yuk tashish hajmi bo’yicha quvur va temiryo’l transportidan keyin uchinchi Orinda turadi. Neft quvurlari umumiy uzunligi taxminan 72,3 ming km, gaz quvurlariniki esa 156,3 ming kmni (2006 yil) tashkil etadi. Havo transporti asosan yo’lovchilarga mo’ljallangan bo’lib, 80 foiz qatnovlar aynan yo'lovchilarni tashish bilan bevosita bog’liq. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Rossiya 2006 yilda 303,9 mlrd.doll. miqdoridagi mahsulot va xizmatlar eksporti bilan dunyoda 12-o’rinni egalladi. Asosiy eksport mahsulotlari qatoriga neft va neft mahsulotlari, tabiiy gaz, yog’och va yog’och mahsulotlari, turli metallar, kimyoviy vositalar, fuqarolik va harbiy tovarlar, mashinalar taalluqlidir. Rossiya 164,7 mlrd.dollga teng bo'lgan (2006 yil) mahsulot va xizmatlar importyori hisoblanadi. Xorijdan olib kiriladigan mahsulotlar tarkibida mashina va asbob-uskunalar, iste'mol mollari, dori- darmonlar, go’sht, don, shakar, yarimtayyor metall mahsulotlarining ulushi katta. Rossiyaning asosiy tashqi savdo hamkorlari Germaniya, Xitoy, ItaHya, Niderlandiya va Ukrainadir. Download 17.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling