Ro’yhatga olindi


IV. Amaliy mashg’ulоtlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar


Download 53.57 Kb.
bet4/5
Sana09.09.2022
Hajmi53.57 Kb.
#803417
1   2   3   4   5
Bog'liq
suyuqlik vagaz mehanikasi dastur 4-kurs mehanika
666- Йиғилиш баённома - 16-МАКТАБ, PHPda ma'lumotlar bazasiga yozish, 2IAT3.docx jurnal, DNK ajratish, DNK ajratish, DNK ajratish, DNK konsentratsiyasini aniqlash, DNK konsentratsiyasini aniqlash, L-24, 2-laboratoriya ishi topshiriq. Mavzu Plazmoliz va deplazmoliz h, Leksikologiya, Практическое руководство по иглорефлексотерапии Медпресс юбилейное издание, Практическое руководство по иглорефлексотерапии Медпресс юбилейное издание, Amaliy mashg'ulot, Tajriba mashg'ulot Informatika 1-kurs IO'M Tayyor
IV. Amaliy mashg’ulоtlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg’ulotlarda talabalar suyuqlik va gaz mehanikasi fanining muhim qismlarini chuqurroq o’rganish uchun zarur bo’lgan aniq masalalarni tahlil qiladilar, ularni tushuntirish uchun kerak bo’lgan tenglamalarni yozadilar va o’qituvchi yordamida yechadilar. Bu ish davomida ular differensial tenglamalarni yechish usullarini eslaydilar, yechimlarni grafik usulida namoyon qilishni o’rganadilar.
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda professor-o’qituvchi tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalariniamaliy masalalar yechish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek darslik va o’quv qo’llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo’yicha ko’rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etildi.
Amaliy mashg`ulotlar quyidagi mavzular bo’yicha o’tkaziladi
Suyuqlik va gazlarning asosiy fizik xossalari. Asosiy fizik parametrlar: zichlik; bosim; temperatura. Asosiy fizik xossalar: siqiluvchanlik; sirt taranglik; qovushoqlik; issiqlik sig’imi; issiqlik o‘tkazuvchanlik.
Suyuqlikning turlari. Suyuqlikning asosiy fizik xossalari.
Kuchlar klassfikatsiyasi.Kuchlanish tenzori.
Gidrostatik bosim va uning hossalari.
Suyuqlik va gaz kinematikasi.
Suyuqlikning statsionar va nostatsionar harakat tenglamalari.
Suyuqlik zarrachasining deformatsiyalanishi.
Uzviylik tenglamasi.
V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
“Suyuqlik va gaz mehanikasi” fani bo`yicha talabaning mustaqil ta`limi shu fanni o`rganish jarayonining tarkibiy qismi bo`lib, uslubiy va axborot rеsurslari bilan to`la ta`minlanishi zarur.
Talabalar auditoriya mashg`ulotlarida profеssor-o`qituvchilarning ma`ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar еchadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspеkt qiladi, uyga vazifa sifatida bеrilgan misol va masalalarni еchadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kеngroq o`rganish maqsadida qo`shimcha adabiyotlarni o`qib rеfеratlar tayyorlaydi hamda mavzu bo`yicha tеstlar еchadi. Mustaqil ta`lim natijalari rеyting tizimi asosida baholanadi.
Uy vazifalarini bajarish, qo`shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o`rganish, kеrakli ma`lumotlarni izlash va ularni topish yo`llarini aniqlash, intеrnеt tarmoqlaridan foydalanib ma`lumotlar to`plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to`garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma`ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta`limsiz o`quv faoliyati samarali bo`lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tеkshirish va baholash amaliy mashg`ulot olib boruvchi o`qituvchi tomonidan, konspеktlarni va mavzuni o`zlashtirish darajasini tеkshirish va baholash esa ma`ruza darslarini olib boruvchi o`qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.

Mustaqil ta’lim uchun ajratilgan soatlarda talabalar ushbu ishlarni bajaradilar:


- amaliy mashg’ulotlarga tayorgarlik;
- nazariy tayorgarlik ko’rish;
- o’z vazifalarini ajarish;
- o’tilgan materiallar mavzularini qaytrish;
- mustaqil ish uchun mo’ljallangan nazariy bilim mavzularini o’zlashtirish.

Download 53.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling