Ro‘yхаtgа оlindi


Download 86 Kb.
Sana16.11.2020
Hajmi86 Kb.
#146627
Bog'liq
bolalar musiqa adabiyoti-1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI











Ro‘yхаtgа оlindi
BD-5111100 -3.12
2015- yil “___” ____




Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

___________________

2015- yil “___” ____













BOLALAR MUSIQA ADABIYOTI


FAN DASTURI

Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar


Ta’lim sohasi : 110000 - Pedagogika
Bakalavriat yo‘nalishi: 5111100 - Musiqa ta’limi

Toshkent – 2015

Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha o’quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2015-yil “____”________ ____- son majlis bayoni bilan ma’qullangan.

Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ishlab chiqilgan.


Tuzuvchilar:

Karimova D.A. – Nizomiy nomidagi TDPU «Musiqa ta’limi» kafedrasi dotsenti.

Rejemetova N.- Nizomiy nomidagi TDPU «Musiqa ta’limi» kafedrasi o’qituvchisi.
Taqrizchilar:

Xalilov F.N.- Nizomiy nomidagi TDPU professori p.f.d.

Lutfullayev A.K. – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori

Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o’quv-uslubiy kengashida tavsiya qilingan (2015 - yil «____» _________ dagi ___- sonli bayonnoma).



K I R I SH
Mazkur fan dasturi: 5111100 - Musiqa ta`limi yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda bo`lg`usi musiqa madaniyati o`qituvchilari egallashi zarur bo`lgan bilim, malaka va ko`nikmalar minimumi belgilab berilgan. Dastur ta`lim sohasida olib borilayotgan tub islohotlar, zamonaviy o`qituvchiga qo`yilayotgan talablar, boy ma`naviy, madaniy va musiqiy merosimizga yangicha yondashuvlarni hisobga olib tuzilgan bo’lib, unda talabalarga umumta’lim maktablari o’quvchilari uchun bolalar musiqa adabiyoti fanida bilim va ko’nikmalarni berish yo’l-yo’riqlari bayon etilgan.
Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o`qitishdan maqsad: bolalar musiqa adabiyotini o`rganish va o`zlashtirish jarayonida amaliy faoliyatga, ularni tarixiy – nazariy va musiqiy pedagogik tahlil qlish, bolalar va o`smirlar uchun yozilgan musiqiy asarlar va kompozitorlar ijodini o`rgatishdan iborat.

Fanning vazifasi: musiqa san`atining alohida soha sifatida bolalar va o`smirlar uchun musiqa uning o`ziga xos haqida tasavvur hosil qilish; mahsus va umumiy musiqiy ta`lim jarayonida, o`sib kelayotgan avlodni musiqiy estetik va ma`naviy madaniyatni shakllantirishda bolalar va o`smirlar musiqasining rolini yoritib berish; professional bolalar musiqasini yaratish aholi va xalq pedagogikasining muhim bo`g`ini – bolalar musiqi y folklor hakida ma`lumotlar berish; O`zbekistonda va chet elda bolalar musiqasi rivoji ga haida bilim berish; maktab musiqiy madaniyat kursi repertuari bilan bolalar va o`smirlar musiqasining alohida bo`limi sifatida tanishtirish; bolalar musiqa markazi va maktab repertuarini tarixiy – nazariy va musiqiy pedagogik tahlil qilish, ularni bolalar va o`smirlar auditorisiga taqdim etish, obrazli namoyish etishga oid ko`nikma va malakalarni shakllantirish;bolalar musiqa asarlari, bolalar musiqa adabiyotini (nota, ommabop, metodik va o`quv adabiyotlar) tanlash va qo`llash ko`nikmalarinri hosil qilish; o`kuvchilarga musiqani emotsional ongli tushinishini shakllantirishga oid ko`nikmalar ustida ishlash: musiqiy ta`lim yo`nalishi talabalarini musiqa madaniyati o`qituvchisi amaliy faoliyatiga tayyorlaydi.
Fanni o`zlashtirishga qo`yiladigan talablar
“Bolalar musiqa adabiyoni” fanni o`zlashtirish jarayonida amalga oshiradigan masalalar doirasida

Bakalavr:

- Talablar bilim, malaka va ko`nikmalariga talabalar: bolalar musiqasining musiqa san`ati va madaniyati bilan uzviy aloqasi; bolalar musiqa adabiyotining o`ziga xos qirralari, xarakteri, unga qo`yiladigan talablar; musiqiy estetik - tarbiya va ta`limga bolalar va o`smirlar uchun musiqaning ahamiyati; bolalar musiqiy folklori; O`zbekistonda va chet elda bolalar musiqa adabiyotining rivojlanish bosqichlari; bolalar va o`smirlarga mo`ljallangan mahalliy va chet el musiqa adabiyoti; maktab repertuari xaqida tasavvurga ega bo`lishni bilishi kerak;

- bolalr musiqa adabiyoti; maktab repertuarini tanlash tamoyillari mezonlari; bolalar va o`smirlar auditorisiga musiqiy taqdim etish; musiqani idrok etishni maqsadli rivojlantirish, musiqiy estetik madaniyatni shakllantirish uchun bolalar musiqa adabiyotini bilish va amaliy faolitda qo`llay olish; ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak;

- bolalar musiqa adabiyoti va maktab repertuari musiqani tinglash bilimi asarlarini tarixiy nazariy taxlil; musiqiy – pedagogik tahili, musiqa adabiyoti va maktab repertuarini tahlili, tanlash va ishlash;

maxsus musiqiy, metodik adabiyotlar bilan ishlash; bolalar musiqasining badiiy obrazli yetkazib berish, bolalar va o`smirlar auditoriyasini musiqani tinglash va idrok etishga tayyorlash va tahlil etish ko`nikmalariga malakalarga ega bo`lishi kerak.
Fanning boshqa fanlar bilan bog`liqligi
Fanning boshqa turdosh fanlar bilan o`zaro aloqadorligi va uzviyligi haqida ma`lumot beriladi hamda mazkur bandni aynan fan dasturidan olish tavsiya etiladi.

Bolalar musiqa adabiyotini o`rganish talabalarning musiqiy tarixiy va nazariy fanlardan: o`zbek, rus va chet el musiqasi tarixi, garmoniya, tahlil kabilardan egallagan bilimlarga asoslanadi.

Musiqa o`kitish nazariy va metodikasi, maktab repertuari praktikumi, pedagogik amaliyot bilan ko`p jihatli aloqalar kursni o`rganishda muhim, zero musiqiy – pedagogik tahlil, asarni tinglash, yetkazib berish, ishlash, musiqa darsi va darsdan tashqari paytda maktab musiqa repertuarini samaralari o`rganish metodikasi ko`zda tutiladi.

Badiiy – obrazli namoyish uchun talaba ijro va badiiy malaka va ko`nikmalar komleksini (musiqa asbobi, vokal, xor, dirijyorlik kabi) ijrochilik fanlarida egallagan bilishi zarur.

Dasturni amalga umumiy pedagogika, umumiy psixologiya, maktab repertuari praktikumi, o`qutuvchi nutq madaniyati shuning bilan musiqa ta`limining asosiy kursi musiqa nazariyasi, musiqa tarixi, dirijyorlik, vokal ijrochiligi kabi fanlar bilan bog` iq.

Musiqiy - nazariy predmetlar bo`lajak o`qituvchilarga musiqa san`atini bolalarga samarali yetkazish yo`larini ularga hayotning musiqiy obrazlarda aks etishini, musiqa ifoda vositalarini amalda qo`lashga yordam beradi.

Musiqa tarixi, asosiy yo`nalishlar uslub va janrlarning rivojlanishi, yirik kompozitorlarning o`ziga xos ijod yo`li hahidagi bilimlar ta`lim oluvchilarning musiqiy didini tarbiyalash, ularning dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. har bir ijrochilik sinfi – yakka kuylash, dirijyorlik, musiqa asbobi, maxsus musiqa repertuari faqatgina ijrochi – musiqachini tayyorlabgina qolmay, balki kelajakda maktab o`quvchilari bilan ishlashda ularning ovozini saqlash va rivojlantirish, xor bilan ishlash, musiqiy asarni ijroda ko`rsatish va tahlil qilish malakalarini shakllantirish mohir pedagogni tarbiyalashga ko`maklashadi.

Psixologiya, pedagogika fanlari hozirgi paytda jamiyat oldida turgan vazifalar, umumta`lim maktablari va o`qituvchilar oldiga qo`yiladigan talablar, o`quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari va shakllari, o`quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, umumiy musiqiy ta`limda musiqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari, uning tuzilishini aniq ashga yordam beradi.



Fanning tahlimdagi o`rni

Bolalar musiqa adabiyotini fanini o`zlashtirish musiqa madniyati va umumta’lim maktablarda, shuningdek, kasb – xunar kollejlariga, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida, musiqiy tahlim va estetik tarbiya beruvchi o`qituvchilarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik faoliyat uchun lozim bo`lgan bevosita usul metod va yo`nalishlarni o`z ichiga oladi. Fan musiqiy tahlim yo`nalishi talabalarini nazariy va amaliy faoliyatini musiqa madaniyati o`qituvchisini amaliy faoliyatida muvoffakiyatli qo`llash imkonini beradi.



Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va’edagogik

texnologiyalar
Fanni bilimlarini o‘zlashtirish uchun ta’limning muammoli, rivojlantiruvchi o‘qituv, ‘edagogik o‘yinlar, interfaol usullar axamiyatga xususiy-’edagogik, individual yondashuv kabi zamonaviy ‘edagogik texnologiya va metodlardan foydalanish tavsiya etiladi. Fanni o‘tkazish jarayonida quyidagi interfaol metodlar ishlatish mumkin: «muammoli savollar», «asosiy terminlar», «aqliy hujum», «bumerang», «tarmoqlar», «fikrlar bilan almashuv», «birgalashib qidiruv», «markaziy nuqtaga qaratilgan savollar».
Asosiy qism

Fanning nazariy mashg`ulotlari mazmuni



O`zbekistonda XX asrning 30-40 yillaridagi bolalar musiqasini rivoji va musiqiy folklore
O`zbek bolalar musiqiy folklori bolalar rivojlanishi va ma`naviy tarbiyasining muhim omili.

O`zbekistonda XX asrning 30-40 yillarida bolalar musiqasi rivoji. Musiqa bo`yicha ilk metodik qo`llanmalar, bolalar uchun ilk qo`shiq to`plamlarini yaratilishi. Ye.Romanovskayaning I.Akbarov, Yu.Rajabiylar musiqiy folklor asarlarini to`plash borasida ishlar olib borishi: xalq qo`shiqlarini qayta ishlanishi.


XX asrning 50-70 yillarida o`zbek bolalar musiqasi
50-70 yillarda bolalar musiqasi. G.Qodirov, D.Zokirov, B.Gienko, S.Yudakov, Sh.Ramazonov, F.Nazarov, G.Mushel, A.Muxamedov kabi komozitorlarning bolalar uchun yaratgan asarlari. B. Nadejdin, B.Gienko, X.Azimov, A.Mushel kabi kompozitorlarning bolalar va o’smirlar uchun instumental musiqa asarlari. A.Berlin, K.Kenjaev, S.Boboev kabi kompozitorlarning maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun yaratgan asarlari. S.Boboevning «Yoriltosh», V.Xoet «Etik kiygan mushuk», S.Varelasning «Olovidining sehrli chirogi» operalarini yaratilishi.
O`zbekistonda XX asrning 80-90 yillaridagi zamonoviy

bolalar musiqasi
80-90 yillarda Sh.Yormatov, A.Mansurov, N.Norxo`jaev, R.Abdullaev, D.Omonullaeva kabi kompozitorlar ijodlarida bolalar estrada qo`shiqlari. Bolalr uchun syuita, kontata va operalarning yozilishi. «Sehrli doira», «Oygulda farishtaning sovg`asi» (E.Solixov), «Tuyaqush - boyaqush», (N.Norxo`jaev yosh musiqachilar uchun yangi instrumetal asarlar yozilishi bolalar uchun kino musiqasining rivojlanishi. Bulbulcha bolalar xorini tashkil topishi. Bolalar dastalari; «Tomosha», «Binafsha» kabilarning faoliyati. Zamonoviy o`zbek bolalar musiqa adabiyoti.
XVII – XVIII va XIX asr boshlaridagi chet el bolalar

musiqasi
Bolalar musiqiy adabiyoti qadimdan shakllanishi. Bolalar musiqiy folklor o`sib kelayotgan avlodning ma`naviy madaniyati va bola shaxsini tarbiyalashda muhim axamiyat kasb etishi.

Ma`rifatparvarlik davri (XVII - XVIII asr) bolalar va o`smirlar uchun prfessional musiqa yaratilishining ahamiyati.


XIX va XX asr boshlarida Yevropadagi bolalar

musi-qasi
XIX asr va XX asr boshlarida yashab ijod etgan kompozitorlar musiqa asarlari xozirga qadar bolalar musiqasining eng yaxshi namunalari sanalishi. R.Shumanning. o`smirlar uchun albomi boshlovchilar uchun fortepiano pesalari, o`smirlar uchun qo`shiqlar albomi yaratilishi. Frantsiyada: J.Bize. 4 qo`l uchun 12 pesadan iborat fortepiano uchun syuita «Kichik syuita» Simfonik orkestr uchun 5 pesadan iborat. «Alla» qo`g`rchoq, Ekspromt Volchok, va b. Germaniya: I.Brams. «Bolalar xalq qo`shiqlari to`plami». E.Grig. Bolalar uchun mahsus asarlar yozgan bo`lmasada, uning ijodiga xos bo`lgan obrazlik, fantastik ertak obrazlari va boshqa jihatlar uni bolalar va o`smirlar ijrosi uchun qulay, qiziqarli yratdi: «Lirik pesalar», fortepiano uchun, musiqa Norvegiya xalq qo`shiq va raqslari, «Bolalar qo`shiqlari» bolalar xori uchun qayta ishlagan syuita.
XX asr xorijiy mamlakatlari da bolalar va o`smirlar musiqasi
XX asr kompozitorlari o`tish davri musiqasining eng yaxshi an`analarini davom ettirib, musiqa ta`limi va musiqiy estetik tarbiya ishiga munosib hissa qo`sha oladilar. 1953 yil Brosselda – Musiqiy tarbiya bo`yicha xalqaro (ISME) tashkilotni tuzilishi.

XX asr impresionizm: Klod Debyussi. «Bolalar burchagi» fortepiano pesalari: to`plami, «O”yinchoqlar qutisi», Moris Ravel. Sh.Pero ertaklari motivlari asosida «Florina tushi», «Bola va mo`jiza» opera balet. Vengriya: Bella Batrok ijodi, Zoltan Koday ijodi. Germaniya: Paul Xindemit ijodi: K.Orf ijodi (Shulverk)


XIX va XX asr boshlarida rus bolalar musihasi
XIX asrning 2 yarimida Rossiyada bolalar va o`smirlar uchun professional musiqa yaratilishi. Boshlovchilar uchun bolalar qo`shiqlari to`plamlari pesalari, dastlabki bolalar operalarini yozilishi. Rossiya kompozitorlarining bolalar uchun asarlari:

P.I.Chaykovskiy. «Bolalar albomi», bolalar uchun fortepiano pesalari, rus shoirlari sherlariga 16 qo`shiq: «Yil fasllari» albomiga 12 pesa. Ertak – baletlar: «Oqqush ko`li»,«Uyqudagi go`zal», «Qarsildoq». M.P.Musorgskiy. «Bolalar» qo`shiq sahnalar vokal sikli, kompozitorning o`z ishlariga yozilgan, «Ko`rgazmadagi sura`atlar». N.A.Rimskiy – Korsakov. Ertak- operalar: «Shoh, Saltan xaqidagi ertak», «qorqiz», «Oltin ko`zacha», «Shahrizoda» simfonik syuitasi, rus xalq qo`shiqlari. Bu asarlarni bolalar va o`smirlar uchun pedagogik – tarbiyaviy ahamiti.



Mustaqil ta’lim topshiriqlari bo’yicha tavsiyalar
Darslik va o`quv qo`llanmalardan foydalanib, barcha mavzularni o`rganish. Tarqatma materiallar bo`yicha ma’ruza qismlarini o`zlashtirish.

Mustaqil ta'lim mavzulari talabalarning mustaqkam professional ko`nikmalarini o`zlashtirish bilan birga nazariy bilimlarini chuqur egallashlariga qaratilgan. Mustaqil ta'lim mavzusi talabalarning mustaqkam professional ko`nikmalarini o`zlashtirish bilan birga nazariy bilimlarini chuqur egallashlariga qaratilgan.

Talabalarning mustaqil ta’limi har bir amaliy mashg’ulotlar mavzusi asosida tashkil etiladi. Fanni o`rganish jarayonida mustaqil ta’limning bir necha turlaridan foydalaniladi:


  1. adabiyotlar bilan ishlash;

  2. ijodiy ish;

  3. ba’zi mavzular bo`yicha referatlar tayyorlash;

Mustaqil ta’limni tashkil etishda internet va axborot manbalaridan doimiy foydalaniladi.

Fanni o`qitish jarayonini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha

tavsiyalar

Mazkur bandda fanni o`qitish jarayonida talabalarning o`quv faoliyatini tashkil etish shakllari, foydalaniladigan interfaol metodlar va zamonaviy texnologiyalar keltiriladi.



Didaktik vositalar

Jihozlar va uskunalar, moslamalar: fortepiano, elektron doska-Hitachi, LCD-monitor, elektron ko‘rsatgich (ukazka). Video-audio uskunalar: video va audiomagnitofon, mikrofon, kolonkalar. Kompyuter va multimediali vositalar: kompyuter, Dell tipidagi proektor, DVD-diskovod, Web-kamera, ovoz apparati anatomik tablitsalari.


O`quv-uslubiy adabiyotlar va elektron ta`lim resurslari ro`yxati

Asosiy darslik va o`quv qo`llanmalar



  1. Ibrohimov O. 4, 7 sinf «Musiqa» darsliklari T.,2001-2002

  2. Шаинская Э. Н. Детская музыкальная литература T., 2001



2. Qo`shimcha adabiyotlar

1. Nurmatov H. va boshqalar. 1-3 sinf «Musiqa» darsliklari. T.,2001

2. Karimova D.. 5 sinf «Musiqa» darslik. T., 2001.

3. Begmatov S. va b. 6 sinf «Musiqa» darslik. T., 2001.




3. Elektron ta`lim resurslari

1. www. tdpu. uz

2. www. pedagog. uz

3. www. Ziyonet. uz

4. www. edu. uz

5. tdpu-INTRANET. Ped





Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling