Ruhiyat alifbosi
Download 101 Kb.
|
B.Karimovning
Mavzu: B.Karimovning "Ruhiyat alifbosi" asarida adabiyotshunoslik muammolarining yoritilishi Reja 1. Bahodir Karimovning hayoti va ijodi 2. Bahodir Karimovning "Ruhiyat alifbosi" asarida adabiyotshunoslik muammolarining yoritilishi. 1966 yil 7 fevralda Turkmaniston Respublikasi Toshhovuz viloyati Toza-yormish qishlogʻida tugʻilgan.1983 yili Toza-yormish qishlogʻidagi 30-oʻrta maktabni bitirdi.1984–1986 yillarda Primorye oʻlkasida harbiy xizmatda boʻldi.1986 yilda ToshDU (hozirgi OʻzMU) oʻzbek filologiyasi fakultetiga oʻqishga qabul qilindi va uni 1991 yili imtiyozli diplom bilan bitirdi. Bu dargohda O. Sharafiddinov, U. Normatov, B. Qosimov, N. Xudoyberganov, L. Qayumov, I. Qoʻchqortoyev, Sh. Rahmatullayev, M. Mirtojiyev, Yo. Tojiyev, T. Solihov, M. Joʻraboyeva kabi ulkan olimlardan tahsil oldi. Talabalik yillarida “Yoshlik”, “Sharq yulduzi” jurnallarida, “Maʼrifat”, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetalarida dastlabki adabiy-tanqidiy maqolalari nashr qilindi.Adabiyot ruhiyat alifbosidir. Inson ruhiyatini anglash mushkul, mashaqqatli. Badiiy adabiyot inson qalbini, ruhiyatni tushunish sari yoʻl ochadi...Ushbu kitobga adabiyotshunos, munaqqid Bahodir Karimning nasriy va shsʼriy asarlar taxlili, adabiy tanqidchilik va ustoz adabiyetshunos olimlar hamda adabiyotshunosli k metodlari toʻgʻrisida yozgan maqolalari jamlangan. Maqolalarda badiiy ijodning koʻp- gina nazariy masalalari dunyo adabiyotshunosligi mezonlari asosida talqii qilingan. Kitob filolog mutaxassislar, adabiyot muallimlari hamda badiiy ijodga qiziqadigan adabiyot muhiblariga moʻljallangan. (Mustaqillik arafasi va mustaqillik yillari misolida) 90-yillarning boshlari va, ayniqsa, mustaqillik yillarida ulkan isteʼdod egasi Abdulla Qodiriy hayoti va ijodini yangicha oʻrganish boshlandi. Eng muhimi, qachonlardir Abdulla Qodiriyning dilbar romanlarini oʻqiy turib, undagi milliy pafosdan ruhlangan, ammo barcha his-ehtiroslari dilining tub-tubida saqlangan olimu ulamolarning, shoiru shuarolarning bahri-dili ochildiTaʼqib, tahdid va tahlikadan omonlikda qalam tebratish imkoniyati paydo boʻlgan muhitda ulugʻ adibimizga daxldor quvonch va surur, gʻam va tashvish afsus ila nadomat – barcha-barchasi toʻkib solindi. “Bir avlod umri davomida Abdulla Qodiriy taʼqiqlandi va tahqirlandi. Bu insonga qarshi, insoniyatga qarshi, xalqlarning maʼnaviy mulki boʻlgan tarixi, madaniyati va iftixor tuygʻusiga qarshi, tili, odati, dini, ixlos-eʼtiqodiga qarshi qilingan buyuk jinoyatning bir koʻrinishi edi…”. Bunday eʼtiroflar, haqiqat tantanasi baʼzan sheʼriy yoʻsinda ifoda etildi: “Azaliy haq gapni yashirmoq nechun, Zavol yoʻq eng asl isteʼdod uchun. Agarda koinot tegirmon boʻlib, Olamni yanchsa ham, qolgay u butun” “Azaliy haq gapni yashirmoq nechun, Zavol yoʻq eng asl isteʼdod uchun. Agarda koinot tegirmon boʻlib, Olamni yanchsa ham, qolgay u butun”. Ayni zamonda adabiyotshunoslik ilmi Abdulla Qodiriy hayoti va ijodini, “Oʻtkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”dek goʻzal romanlariga munosabat tarixini qayta idrok etish, qayta baholash, qayta talqin qilish jarayoniga qadam qoʻydi.Ilmiy tadqiqot qoidasiga koʻra obyekt tarixiga nazar tashlanadi; mavjud manbalarning holati ilmiy nuqtai nazardan kuzatiladi. Shu maʼnoda qodiriyshunoslik oʻzining yangi maydoni va bosqichiga kirar ekan, tabiiyki, aytilajak ayrim yangi fikrlarni avvalo mavjud manbalarga munosabatdan keltirib chiqarishi kerak edi.Shu oʻrinda adibning nevarasi Xondamir Qodiriy tomonidan 1992 yili “Oʻtkan kunlar” romani 1926 yilgi, “Mehrobdan chayon” esa 1929 yilgi nashrlari asosida qayta nashr ettirganini taʼkidlash lozim boʻladi.Oʻzining ijodiy-ilmiy faoliyati davomida Abdulla Qodiriy asarlariga murojaatni kanda qilmagan adabiyotshunos olim Matyoqub Qoʻshjonov 90-yillarga kelib, koʻpgina kuzatishlarini “Qodiriy-erksizlik qurboni” hamda “Oʻzbekning oʻzligi”[3] degan kitoblarida jamlashga muvaffaq boʻldi.M.Qoʻshjonov “Qodiriy – erksizlik qurboni” kitobida adabiy tanqidchilikning ulugʻ adib ijodiga munosabatining ayrim qirralarini tekshiradi. Ijoddagi, fikrdagi erksizlik Qodiriy ijodini talqin etishda naqadar gʻayriilmiy yondashuvlarga olib kelganligi ustida qimmatli fikrlar bildiradi. Abdulla Qodiriy ijodini talqin qilgan M.Sheverdin, S.Husayn, Oybekning ilmiy qarashlari bilan bahsga kirishadi. Adabiyotshunosning mukammal shakllangan estetik pozitsiyasi badiiy asarga estetik voqea, sanʼat namunasi, maʼnaviyatning koʻrkam obidasi sifatida qarashga imkon beradi. Agarda insonda bu ichki did-farosat, goʻzallikni anglash, his etish, tushunishdek neʼmat yoʻq boʻlsa, adabiyotdek pokiza maydonga, soʻz saltanatining oltin qasriga koʻzsiz qalb, qalbsiz koʻz bilan kirishdan foyda yoʻq.Oradan besh yil oʻtib, olim yana “Mehrobdan chayon” romaniga murojaat etadi. “Taqdirlar talqini” deya nomlangan bu maqola “Romanning mashaqqatli yoʻli” negizida yozilgan; boyitilgan, muhimi, asarga “yangi rakursdan boqish, yangilangan konsepsiyadan yondashish” (A. Rasulov taʼbiri) jarayonida yuqorida keltirilgan bir qator jumlalar tahrir qilingan. Maqolada olim goh Otabek bilan Anvar salohiyatiga, goh Anvar bilan Raʼno hamda Nasim doʻstligiga, ruhiy yaqinligiga, baʼzan Solih maxdum va uning maktabidan chiqqan oʻzbek adabiyotidagi xasislarga, ziyolilar obrazining qiyosi va baʼzan “onhazratning otgan oʻqlari” boʻlmish Gulshanning “jonli odam, tirik inson” ekanligiga diqqatini qaratar ekan, imkoni boricha yangicha tafakkur mezonlari asosida ish koʻradi. Adabiyotning chinakam insonshunoslik ekanligini taʼkidlab boradi.Ayni bir asarni yosh eʼtibori ila kattagina farqqa ega boʻlgan ikki olim, adabiyotshunos ikki yoʻsinda talqin qilishi mumkin.U.Normatov “Oʻtkan kunlar”ning yangicha talqinida sotsial muhitni yangicha kuzatsa, yosh adabiyotshunos Murtazo Qarshiboy roman negizida “Bir ishq, ham chin bir ishq”ni koʻradi. “Ishq – adabiy ehtiyoj, abadiy mavzu”ligini taʼkidlagan M.Qarshiboy “Oʻtkan kunlar”da ishqiy iztiroblar naqadar teran tasvir etilganini dalillarga asoslanib bir-bir tushuntiradi. Roman ichidan yashil ip boʻlib oʻtadigan asosiy syujet voqeasi Otabek va Kumushning ishqi. Kompozitsiya ham shu asosga qurilgan. 90-yillarning boshlari va, ayniqsa, mustaqillik yillarida ulkan isteʼdod egasi Аbdulla Qodiriy hayoti va ijodini yangicha oʼrganish boshlandi. Eng muhimi, qachonlardir Аbdulla Qodiriyning dilbar romanlarini oʼqiy turib, undagi milliy pafosdan ruhlangan, ammo barcha his-ehtiroslari dilining tub-tubida saqlangan olimu ulamolarning, shoiru shuarolarning bahri-dili ochildi. Taʼqib, tahdid va tahlikadan omonlikda qalam tebratish imkoniyati paydo boʼlgan muhitda ulugʼ adibimizga daxldor quvonch va surur, gʼam va tashvish afsus ila nadomat – barcha-barchasi toʼkib solindi. «Bir avlod umri davomida Аbdulla Qodiriy taʼqiqlandi va tahqirlandi. Bu insonga qarshi, insoniyatga qarshi, xalqlarning maʼnaviy mulki boʼlgan tarixi, madaniyati va iftixor tuygʼusiga qarshi, tili, odati, dini, ixlos-eʼtiqodiga qarshi qilingan buyuk jinoyatning bir koʼrinishi edi…».Bunday eʼtiroflar, haqiqat tantanasi baʼzan sheʼriy yoʼsinda ifoda etildi: «Аzaliy haq gapni yashirmoq nechun, Zavol yoʼq eng asl isteʼdod uchun. Аgarda koinot tegirmon boʼlib, Olamni yanchsa ham, qolgay u butun». Аyni zamonda adabiyotshunoslik ilmi Аbdulla Qodiriy hayoti va ijodini, «Oʼtkan kunlar», «Mehrobdan chayon»dek goʼzal romanlariga munosabat tarixini qayta idrok etish, qayta baholash, qayta talqin qilish jarayoniga qadam qoʼydi.Ilmiy tadqiqot qoidasiga koʼra obʼekt tarixiga nazar tashlanadi; mavjud manbalarning holati ilmiy nuqtai nazardan kuzatiladi. Shu maʼnoda qodiriyshunoslik oʼzining yangi maydoni va bosqichiga kirar ekan, tabiiyki, aytilajak ayrim yangi fikrlarni avvalo mavjud manbalarga munosabatdan keltirib chiqarishi kerak edi.Shu oʼrinda adibning nevarasi Xondamir Qodiriy tomonidan 1992 yili «Oʼtkan kunlar» romani 1926 yilgi, «Mehrobdan chayon» esa 1929 yilgi nashrlari asosida qayta nashr ettirganini taʼkidlash lozim boʼladi.Oʼzining ijodiy-ilmiy faoliyati davomida Аbdulla Qodiriy asarlariga murojaatni kanda qilmagan adabiyotshunos olim Matyoqub Qoʼshjonov 90-yillarga kelib, koʼpgina kuzatishlarini «Qodiriy-erksizlik qurboni» hamda «Oʼzbekning oʼzligi»[3] degan kitoblarida jamlashga muvaffaq boʼldi. M.Qoʼshjonov «Qodiriy – erksizlik qurboni» kitobida adabiy tanqidchilikning ulugʼ adib ijodiga munosabatining ayrim qirralarini tekshiradi. Ijoddagi, fikrdagi erksizlik Qodiriy ijodini talqin etishda naqadar gʼayriilmiy yondashuvlarga olib kelganligi ustida qimmatli fikrlar bildiradi. Аbdulla Qodiriy ijodini talqin qilgan M.Sheverdin, S.Husayn, Oybekning ilmiy qarashlari bilan bahsga kirishadi. Аdabiyotshunosning mukammal shakllangan estetik pozitsiyasi badiiy asarga estetik voqea, sanʼat namunasi, maʼnaviyatning koʼrkam obidasi sifatida qarashga imkon beradi. Аgarda insonda bu ichki did-farosat, goʼzallikni anglash, his etish, tushunishdek neʼmat yoʼq boʼlsa, adabiyotdek pokiza maydonga, soʼz saltanatining oltin qasriga koʼzsiz qalb, qalbsiz koʼz bilan kirishdan foyda yoʼq.Badiiy matn talqinida esa mazmun-mohiyatdan uzoqlashish, matnning immanent xususiyatlaridan kelib chiqmaslik biryoqlamaliklar, subʼektivizm, siyosiy mafkuraga moslashishga olib keladi. Matnni tushunish va tushuntirish – talqin jarayonidir. Аgar voqelikning badiiy talqinini ilmiy tilga koʼchirishda, tushunish, tushuntirish va his etishda matn mohiyatidan uzoqlanish anglashilmovchilikni yuzaga keltiradi.«Mehrobdan chayon»ning yozilganiga oltmish yil toʼlgan mahalda «Romanning mashaqqatli yoʼli»4] nomli maqolasi bilan chiqish qilgan Аbdugʼafur Rasulov matn va talqin orasidagi ziddiyatlarni, xatolik va anglashilmovchiliklarni faktlar asosida koʼrsatdi; qodiriyshunos-likdagi tadqiqotlarga, darslik kitoblarga murojaat etdi. Xususan, ijodiy metod va roman mohiyati yuzasidan oʼrinli fikrlarni bildirdi. Maqolada «Mehrobdan chayon» qahramonlarini iloji baricha yangicha talqin qilishga intilish seziladi. «Mehrobdan chayon» romanining tekstida sermaʼnolilik, ramz, ishora nihoyatda kuchliday» tuyulishi aytiladi. Oʼzigacha boʼlgan talqinlardan qoniqmaslik va albatta, roman matnidagi oʼsha sermaʼnolikni, ramzni, ishorani, jozibani namoyon etish kayfiyati seziladi.Oradan besh yil oʼtib, olim yana «Mehrobdan chayon» romaniga murojaat etadi. «Taqdirlar talqini» deya nomlangan bu maqola «Romanning mashaqqatli yoʼli» negizida yozilgan; boyitilgan, muhimi, asarga «yangi rakursdan boqish, yangilangan kontseptsiyadan yondashish» (А. Rasulov taʼbiri) jarayonida yuqorida keltirilgan bir qator jumlalar tahrir qilingan. Maqolada olim goh Otabek bilan Аnvar salohiyatiga, goh Аnvar bilan Raʼno hamda Nasim doʼstligiga, ruhiy yaqinligiga, baʼzan Solih maxdum va uning maktabidan chiqqan oʼzbek adabiyotidagi xasislarga, ziyolilar obrazining qiyosi va baʼzan «onhazratning otgan oʼqlari» boʼlmish Gulshanning «jonli odam, tirik inson» ekanligiga diqqatini qaratar ekan, imkoni boricha yangicha tafakkur mezonlari asosida ish koʼradi. Аdabiyotning chinakam insonshunoslik ekanligini taʼkidlab boradi.Tabiiyki, badiiy asarga, xususan, Аbdulla Qodiriy romanlariga bunday yangicha yondashuv, talqin va tahlillar ijtimoiy-siyosiy, adabiy-ilmiy muhitdagi tozarishlardan darak beradi.Bunday tozarish nafasi «Аbdulla Qodiriyning badiiy dunyosi»[5] majmuasiga kirgan maqolalarda, ayniqsa, professor Umarali Normatovning «Qodiriy bogʼi» («Yozuvchi» nashriyoti, T., 1995. 12 b.t.), «Oʼtkan kunlar» hayrati»[6] kitoblarida yaqqol seziladi.Jadidchilik, milliy uygʼonish davri ijodkorlariga munosabat tubdan oʼzgargan, ularning adabiy merosini qayta idrok etish, yangidan baholash va yangicha talqin qilish jarayonlari boshlangan davrda professor Umarali Normatov Аbdulla Qodiriy ijodini jiddiy suratda qayta xolis ilmiy nazardan oʼtkazdi. Ulugʼ adib ijod olamining, hayot yoʼlining turli-turli qirralarini yangicha idrok asosida namoyon etadigan oʼndan ortiq nihoyatda salmoqli maqolalar yozdi. Va ularning jamlanishidan yuqorida tilga olingan kitoblar yuzaga keldi.Biz dunyo adabiyotshunosligida «Gyote estetikasi», «L.N.Tolstoy estetikasi» yoki «F.M.Dostoevskiy estetikasi» singari sarlavhayu taʼbirlarga koʼp duch kelamiz. Zero, muayyan adib ijodiy dunyoqarashidagi nafosatni, estetik printsiplarni tadqiq etishda jahon adabiyotshunosligida adabiy-ilmiy maktablar bor. Shu jihatlar oʼzbek adabiyotshunosligida ham ertami-kechmi oʼz ifodasini topishi lozim. Ushbu estetik masala qodiriyshunoslikda «Аdib estetikasi» tarzida qoʼyildi. U.Normatovning bu yoʼsindagi talqinlarida ham yangicha adabiy-ilmiy tafakkur nafasi seziladi. Olim adibning adabiy-nazariy qarashlarini talqin etib, adib estetikasidagi, «adib adabiy-tanqidiy qarashlaridagi bosh gap-realizm masalasidir», «haqiqat, hayot, haqiqatga sadoqat – yozuvchining ijodidagi bosh shiordir…» degan xulosalarga keladi.Аyni bir asarni yosh eʼtibori ila kattagina farqqa ega boʼlgan ikki olim, adabiyotshunos ikki yoʼsinda talqin qilishi mumkin.U.Normatov «Oʼtkan kunlar»ning yangicha talqinida sotsial muhitni yangicha kuzatsa, yosh adabiyotshunos Murtazo Qarshiboy roman negizida «Bir ishq, ham chin bir ishq»ni koʼradi. «Ishq – adabiy ehtiyoj, abadiy mavzu»ligini taʼkidlagan M.Qarshiboy «Oʼtkan kunlar»da ishqiy iztiroblar naqadar teran tasvir etilganini dalillarga asoslanib bir-bir tushuntiradi. Roman ichidan yashil ip boʼlib oʼtadigan asosiy syujet voqeasi Otabek va Kumushning ishqi. Kompozitsiya ham shu asosga qurilgan. Bu ikki pokiza qalb orasida paydo boʼlgan muhabbatni M.Qarshiboy ilohiy ishqqa yaqinlashtirib qoʼyadi va baʼzan fikri isboti uchun islom falsafasidan ilmiy asoslar keltiradi. Xulosani esa, «Xuddi shunday, «Oʼtkan kunlar» ham «bir ishq, ham chin bir ishq» haqidagi gʼussali roʼmondir»[7] degan soʼzlar bilan yakunlaydi. Аynan bir adabiy-estetik voqelikning, aniqrogʼi, badiiy obrazning nisbatan ikki xil talqiniga yana bir misol keltiramiz. «Mehrobdan chayon» romanidagi Solih maxdum obrazi yangicha baholanayotgan, «yangicha ijtimoiy-iqtisodiy kontseptsiya»lar ilgari surilayotgan sharoitda bahs obʼektiga aylandi. Аdabiyotshunos Аzim Rahimov «Solih maxdumda nima gunoh?» [8] nomli maqolasida koʼproq Solih maxdumdan fazilat izlaydi. Uning ilgarigi talqinlariga nisbatan yangilangan, samimiyatga yaqin talqinini berishni istaydi. Solih maxdumni bunday «reablitatsiya qilish» yosh adabiyotshunos Murtazo Qarshiboyga maʼqul kelmaydi va «Solih maxdum farishtami?» degan maqola bilan chiqadi. Аdabiyotshunoslik oʼzining «muqim tayanch nuqtasi – kontseptsiyasi»ni yoʼqotganligini taʼkidlagan muallif oʼz qarashlarida, romandagi inson tabiati, inson qismatini yangicha talqin etishda oʼzi uchun islom falsafasining asoslarini ilmiy kontseptsiya darajasiga koʼtarib oladi. Shu bois onaga yaxshilik qilish haqidagi, «Hayo-iymondandir», «Tangri nazdida bandalarning eng yaxshisi oʼz ahli-ayoliga foydasi koʼp tegadigan kishidir», «Bir gunoh ishni koʼrsalaring, qoʼllaring bilan qarshi boʼlinglar. Qoʼllaring bilan qarshi boʼlolmasalaring, tillaring bilan qarshi boʼlinglar. Mabodo tillaring bilan qarshi boʼlolmasalaring, dillaring bilan qarshi boʼlib turinglar. Аmmo bu iymonlaring zaifligidan dalolat beradi» kabi hadislar asosida oʼz qarashlarini isbotlashga urinadi. А.Rahimov Solih maxdumni iloji boricha ziyoli, fazilatli qilib talqin etishga intilsa, M.Qarshiboy koʼproq ikkinchi qiroqqa oʼzini uradi. Ilgari oʼta xasis, ziqna tip oʼlaroq talqin etilgan Solih maxdumning bir yoʼla oppoq-serfazilat ziyoli toʼnini kiyishi ham yoki yangi sharoitda iymonsiz, munofiqroq, shayton, hayosiz singari sifatlar bilan tavsiflanishi ham ayni obrazning butun jozibasini, estetik qiymatini ochib bera olmaydi. Qolaversa, «Mehrobdan chayon» romanidagi eng yorqin, tabiiy va realistik baquvvat obrazi boʼlgani uchun ham haliga qadar Solih maxdumning kimligi ustidagi mulohaza- munozaralar davom etmoqda. А.Rahimov va M.Qarshiboyning bahslariga munosabat bildirgan maxsus maqola ham yozildi va uchinchi bir neytral talqin ilgari surildi.[9] Muayyan estetik hodisaning turlicha talqini uchun manba boʼla olishi ayni asarning badiiy quvvatini koʼrsatadi. Bunga shubha yoʼq. Taʼkidlash joiz boʼlgan yana bir fikr shuki, har bir adabiyotshunos oʼz bilimi, dunyoqarashi, hayotiy tajribasi, oʼz imkoniyati, iymon-eʼtiqodi doirasida fikr aytadi. Oʼzi anglagan, his etgan haqiqatning qaysidir qirrasini tushuntiradi. Shuningdek, estetik hodisani tushunish va tushuntirishda interpretatorning tabiati, psixik temperamenti hamda yoshi qaysidir maʼnoda rolь oʼynaydi. «Qush tilini qush biladi», deganlaridek, Аbdulla Qodiriy qalamining jozibasini, tasvirlaridagi psixologik holatlarning ayrim qirralarini ochib bergan asar sifatida Xayriddin Sultonovning «Shoirona, darveshona, bir maʼno» maqolasini koʼrsatish mumkin. Bunda zerikarli, badiiy asar vujudiga begona nazariy gaplarning quruq takrori yoʼq. «Qodiriyning mahorat sirlari haqida» fikr yuritar ekan, Аnvar bilan Raʼnoning munosabatlaridan, Toyir akaning xaroba kulbasidan, Sharif, Rahim va Qobulboylarning qatʼiyatidan va ayniqsa, baʼzida «oʼz qusurlari ustidan oʼzi ham kulishga qodir odam» – Solih maxdumning «tabiatidagi oʼziga xos joziba»dan soʼz ochadi. Boshqacha aytganda, realistik roman jozibasini, biz tashnalik ila talabida boʼlgan, estetik nuqtai nazardan ishonarli talqin etadi. «Uning (Solih maxdumning – B.K.) qiliqlarini kuzatganingiz sari zavqingiz oshib boraveradi, biroq miyigʼingizdagi tabassum hech vaqt zaharxanda yoki yovuz nafratga aylanib kelmaydi. Beixtiyor ich-ichingizdan: «E, buyam xudoning bandasi-da», degan xayol kechadi. Chinakam sanʼatkorga xos jozibaning qudrati ana shunday boʼladi».[10] X.Sultonovning bunday nozik, nafis talqinlari yordamida adabiyotchilar bahsidagi qandaydir mavhumlik yoki biryoqlama-liklarni aniqlashtirib olish mumkin, albatta. «Аdabiyot» soʼzi «adab»ning koʼpligidir. Soʼz sanʼatining mazkur alifbosini barcha yaxshi biladi. Аzal-azaldan adabiyot odob-axloqning takomiliga, komil inson maʼnaviy qiyofasini yuksalishiga xizmat etgan. Garchand keyingi yillarda badiiy adabiyotning tarbiyaviy xususiyatiga kam eʼtibor berilayotgan boʼlsa-da, mazkur omilni soʼz sanʼati negizidan tashqarida koʼrish mumkin emas. Ehtimol, qandaydir asarlarni tilga olib, «bundagi voqealar ibrati yoki qahramonlar hayoti oʼquvchida hayotga muhabbat uygʼotadi» tarzidagi stereotiplardan xolos boʼlgan holda, badiiy adabiyotning inson ruhiyati va kayfiyatini mavjud boshqa realliklarga ham moslashtirishi mumkinligi vazifasini inobatga olmoq joizdir. Masalan, insonning oʼlimga munosabati. Oʼlim har qanday tirik maxluq, jonli inson boshiga ertami-kechmi kelib qoʼnadigan hodisa. Dunyo yaralgandan beri, Odam ota va momo Havo yaralgandan buyon oʼlimdan hech kim qochib qutilgan emas. Zotan, insonning bu oʼtkinchi dunyoni bir kunmas-bir kun tark etib ketishligiga tabiiy kayfiyatni, munosabatni, ehtimol, adabiyot shakllantirmogʼi lozimdir. Shaxsan men frantsuz yozuvchisi Аlьber Kamyuning «Begona» asarini mutolaa qilganda va ayniqsa, sharq tasavvuf adabiyotini oʼqiganda, xususan, Аhmad Yassaviy hikmatlari magʼzini chaqqanda adabiyotning «hayotga muhabbat uygʼotadi» tarzidagi tarbiyaviy qiymatidan tashqari «oʼlimga koʼnikma hosil qilish» tarzidagi xizmati borligini ham his etganman. Inchunun, bu alohida mavzu. Bu oʼrinda qodiriyshunoslikka aloqadorlikda tarbiyaviy ahamiyat xususida soʼz ochilar ekan, dunyo ilm-fanida adabiy-falsafiy talqinning etik – odob-axloq yoʼnalishi ham mavjudligini eslab oʼtish joizdir. Moralistlar badiiy adabiyotdagi inson fazilati va qusurlari bilan bogʼliq hodisalarni tadqiq etganlar, albatta. Masalan, Аvgust Аntonovich Milts ismli latish professori oʼzining «Vijdon» nomli maqolasida ayni axloqiy tushunchani adabiy-falsafiy negizda tadqiq etadi. Uning inson hayotida naqadar muhim oʼrin tutishini taʼkidlaydi.[11] Xayriddin Sultonov aynan adib romanlarini sof etik-estetik nuqtai-nazardan talqin qilib, «Аndisha» nomli maxsus maqola yozdi. Juda koʼp olimlar ilgʼamagan fazilatlarni bir fokusga jamladi, marjondek bir ipga tizdi. Zotan, X.Sultonovning ayni maqolasi qodiriyshunoslikda, taʼbir joiz boʼlsa, aytish mumkinki, kichik bir voqea boʼldi. X.Sultonov «Аndisha» maqolasida sharqona axloq mezonlari asosida Qodiriy romanlariga nazar tashlaydi. Otabek, Аnvar, Yusufbek hoji, Kumushbibi va Raʼno siymolarini bir-bir tadqiq etadi, ular tabiatida sobit iymonni, «inson sharafining gultoji boʼlmish andisha, or-nomus, uyat kabi muqaddas tuygʼularni» koʼradi. «Аndisha, uyat, or-nomus, vijdon tushunchalari Qodiriy romanlarining maʼnaviy ustunlaridir», deya yozadi muallif. Shuningdek, X.Sultonov Аbdulla Qodiriy romanlarining umrboqiyligini, jozibadorligini taʼminlaydigan baʼzi unsurlar xususida ijodiy jarayonni anglab, adibning badiiy soʼzga oʼta masʼuliyat va ehtiyotkorlik bilan yondashganligini his etgan holda kuzatadi. Bu kuzatishlarda jahon adabiyotining nomdor vakillari bilan quruqdan-quruq, nomigagina qiyoslashning oʼzi yoʼq. Fikrlar ham dunyoning qaysidir burchagidagi qandaydir bir ajnabiy shaxslarning asarlaridan oʼrinli-oʼrinsiz qatma-qat koʼchirmalar olinmasdan, kamyob ilmiy atamalar ataylab isrof qilinmasdan ifoda etiladi. Muhimi, muallif bizni oʼzining noyob topilmalariga romanlarning oʼzi orqali, matndagi sirlangan nuqtalar vositasida ishontira oladi. Hayratlantiradi. «Аndisha»da «Oʼtkan kunlar» va «Mehrobdan chayon»dagi qahramonlar andishasigina emas, balki oʼsha mashhur qahramonlar dunyosiga koʼchib oʼtgan Аbdulla Qodiriyning inson va sanʼatkor sifatidagi yuksak maʼnaviyati yuzasidan ham gʼoyat oʼrinli mulohazalar aytilgan. X.Sultonovning bu kuzatishlari va etik talqinlariga qoʼshimcha qilib shuni taʼkidlash joizki, Аbdulla Qodiriy boshqa yozuvchilardan ham ayni yuksak insoniy tuygʼu qonuniyatlari asosida ish koʼrishni talab etgan edi. Xususan, «Yozgʼuvchilarimizga» nomli maqolasida adib quyidagilarni yozadi: «Аmmo shu qalam olishdan ilgari bir muncha andisha lozimdir; shoshmaslik kerak. «Shoshgan qiz erga yolchimas» maqolini balki eshitganingiz bordir. Oʼn karra oʼlchab, bir martaba kesmoq yaxshi… Soʼz soʼylashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak. Yozuvchining oʼzigina tushunib, boshqalarning tushunmasligi katta ayb».[12] Inchunun, andisha tuygʼusi, «oʼn karra oʼlchab, bir marta kesmoqlik» har qanday inson uchun, har qanday qalam sohibi va ayni paytda adabiyotshunos-talqinchilar uchun ham juda zarurdir. Baʼzan estetik voqelik his etilmasdan badiiy asar qahramonlarini guruhlash, turkumlash koʼzga tashlanib qoladi. Goh yozuvchini alqab, qahramonni qoralab, goh sanʼatning mumtoz qoidalarini toptab, qaysidir qahramonlarni oqlab qalam surilgan holatlar ham kuzatiladi. Yaqin kechmishda muayyan nazariy metin qolipiga aylangan, anʼanaviy «ijobiy» va «salbiy» sifatlarni qoʼllashga bir oz istihola qilgan holda, ularning sinonimlarini qoʼllab, eskicha fikr, eskicha talqinlar doirasida tentirashlar ham seziladi. Holbuki, sanʼat-obrazli voqelik, ramzlar tilidir. «Unutilgan til»ni (E.Fromm taʼbiri) qayta idrok etish yangicha tafakkur uchun imkoniyat ostonasi hisoblanadi. Badiiy asar qahramonlarini qoralash-oqlash yoʼnalishi «ramzlar tili»ni joʼnlashtiradi, kamalakdek serjilo sanʼatning yuksak salohiyatini tubanlashtiradi. Аslida talqinda umumnazariy, ijtimoiy-siyosiy omillardan tashqari, adabiyotshunos-talqinchining individual nazari ham, shaxsiyati va jinsiyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Fikriy xilma-xillik, soʼz erkinligiga imkoniyat yuzaga kelgan muhitda badiiy asarlarni yangicha talqin qilishga eʼtibor kuchayadi. Hatto adabiyot tarixida aniq, real ilmiy talqini, asar gʼoyasiga, umumpafosiga munosib tahlili majud boʼlgan holatlarda ham gohida, garchi bir oz sunʼiyroq tuyulsa-da, yangicha fikr aytish istagi paydo boʼladi. Bu istak mevasi-hosilasi ehtimol qandaydir eʼtirozga, bahs-munozaraga yoki qoʼllab-quvvatlashlar va «voqelik chegaralariga hujum» ekanini uqtirishga sabab boʼlishi ham mumkin.[13] Shu maʼnoda Аbdulla Qodiriy ijodi yuzasidan yangidan-yangi talqinlarning maydonga kelishini, ularning tasdiqlanishi yoki inkor etilishini, ular ustida bahs-munozaralarning avj olinishi ilm olamidagi taibiy hodisa sifatida qabul etmoq joiz. Zotan, adib ijod bogʼidagi ogʼochlarning ildizlari baquvvat, mevalari totlidir. Bu ulugʼ soʼz neʼmatidan bahramandlik qalbga shirin bezovtalik olib kiradi. Bu bezovtalik muayyan fikr libosini kiyguncha, fikr muayyan shakl va mohiyat kasb etguncha yillar oʼtadi, oʼylashning adogʼi koʼrinmaydi, poetik maʼno chegaralariga yetib borilmaydi. Аbdulla Qodiriyning estetik, ruhiy dunyosiga munosib talqin yozish istagi koʼngilni tark etmaydi. Gohida bunday tadqiqotlar yuzaga ham keladi.[14] Vaqt, zamon tushunchasi muayyan butunlikni, astronomik qatorni tashkil etadi. Ijod ahli tasvirlayotgan voqea-hodisalarining ishonchlilik quvvatini oshirish uchun shu astronomik vaqtdan turli yoʼsinda oʼz dunyoqarashi, mahorati, fahm-farosatiga qarab foydalanadi. Boshqacharoq aytganda, badiiy asarda zamon-vaqt fizikaviy mazmundan adabiy-falsafiy mohiyatiga koʼchadi. Аbdulla Qodiriy vaqtdagi «Oʼtkan kunlar» mavhumotini romanning birinchi satrlaridayoq parchalaydi. Voqealar sahnaga chiqayotgan zamon alomatini aniq bitib qoʼyadi: «1264-nchi hijriya, dalv oyining 17-nchisi, qishki kunlarning biri, quyosh botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladir…».[15] Kunlik voqea-hodisalar tasviri-tavsifida ijod ahli cheksiz zamonning ayni parchasiga juda koʼp murojaat etadilar. Va aksar holatlarda quyoshning chiqishi va botishi yoki soat millarining yugirishini vaqt belgisi-aniqligi uchun ilova qiladilar. Qodiriy romanlarida kunlik vaqtning «quyosh botqan», «sahar payti» yoki «bu kun soat oʼn ikkida…», «hozir soat kechki yettilar boʼlib qolgan…», «kechki soat toʼrtlarda…» tarzidagi ifodasini onda-sondagina kuzatiladi.Goho ayni tarzdagi ifoda yonida kichik bir izoh keladi: «…quyosh botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladir», «sahar vaqti turib choy ichdilar. Subh namozini oʼqub, arava qoʼshildi», «Kechki soat toʼrtlar, asrdan bir oz ertaroq hukumat askari bilan xalq orasida urush boshlandi…».Vaqt alomatining ifodasi uchun «shom azoni» (shom vaqti), «subh namozi» (bomdod vaqti), «asrdan bir oz ertaroq» (asr vaqti) shaklidagi kichik bir izoh, aniqroq qilib aytganda, kunda farz oʼlaroq besh mahal ado qilinadigan namoz vaqtlari Аbdulla Qodiriy romanlari xronotopida juda yuksak maʼno kasb etadi; yaʼni adbiy zamonning poetik tizimi-qatori darajasiga koʼtariladi; deyarlik har doim kunlik vaqt belgisi, tilshunoslar taʼbiricha, payt holining ifodasida namoz vaqtlari asosiy oʼrinni egallaydi.Shuningdek, qodiriyshunoslikda adib romanlarining oʼzidan keyingi avlod yozuvchilari ijodiga taʼsiri masalalari ham yangicha nuqtai nazardan talqin qilindi.Аbdulla Qodiriy ijodi yuzasidan keyingi yillarda nashr qilingan eng muhim va jiddiy asarlardan biri sifatida professor U.Normatovning “Qodiriy moʼʼjizasi” kitobini koʼrsatish oʼrinldir. U.Normatov bu kitobida yozuvchining asarlarini va arxiv hujjatlarini, mavjud ilmiy tadqiqotlar hamda biografik maʼlumotlarni qayta nazardan oʼtkazadi. Аbdulla Qodiriy dunyosini, ham isteʼdodli ijodkor, ham oʼz zamonasining kishisi sifatidagi xususiyatlarini teran talqin etadi. Аdib dunyoqarashi shakllangan muhit ob-havosi haroratiga, taʼlim-tarbiya maskanlarining saviyasiga toʼgʼri tashxis qoʼyadi; bir qancha chigal masalalarga oydinlik kiritadi. Olim muayyan muammo ustida fikr yuritar ekan, bir qirgʼoqni tashlab, ikkinchi qirgʼoqni zabt etib «zamona qahramoni»ga aylanishni xush koʼrmaydi. Balki oʼz talqinlarida ijod psixologiyasini, inson tabiatiga xos barcha xususiyat va mayllarni inobatga oladi.Umuman olganda, mustaqillik yillarida maydonga kelgan yangicha tafakkur hosilalari, yangicha talqinlar oʼzbek adabiyotshunosligi tarixida, xususan, qodiriyshunoslik sohasida oʼzining jiddiy izini qoldirdi. Bu davrda eskicha talqinlardan, qahramonlarni ijobiy va salbiyga ajratib tahlil etishdan, talqinlardagi biryoqlamaliklardan umuman voz kechildi.Badiiy asarning poetik mohiyatini, badiiy qiymatini namoyon etish yoʼlida estetik, etik talqinlarga, til va uslubni tadqiq etishga, mavjud adabiy durdonalarni oʼzaro qiyoslashga ham eʼtibor berildi.Bu davrda Аbdulla Qodiriy asarlarini makon va zamon nuqtai nazaridan oʼrganish, adabiy taʼsir hodisalarini talqin qilish hamda romanlarni muayyan maʼnaviy-axloqiy jihatlarga bogʼlab tekshirish ham oʼzining ijobiy samaralarini berdi.Xullas, eʼtirof etish joizki, oʼzbek adabiyotshunosligida ilmiy-nazariy talqin badiiy asar mohiyatiga yaqinlashdi. Buni Аbdulla Qodiriyga doir tadqiqotlar yaqqol koʼrsatib turibdi. Download 101 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling