Ruhobod maqbarasi


Download 16.63 Kb.
Sana12.12.2019
Hajmi16.63 Kb.
#92338
Bog'liq
b
1-4 sinf.Test to'plam, Atayeva maqola, uglimga 12 nasihat tafakkur ziyouz com, Anorlar, Referat.Fuqarolik jamiyati, eritma konsentratsiyasi, 7-sinf saviollar, Saminjonov Sanjarbek, маънавият соатлари 2021 йил(1), Ideal gas mixtures, a, 306 talik test Attestatsiya yangi, 1-savol, BIO POEM RUKHSORA MADIKHONOVA

Ruhobod maqbarasi, Ruhobod — majoziy nom, aslida alloma avliyo shayx Burhoniddin Sogʻarjiy (Sogʻarj—Samarqand yaqinidagi qad. kent) maqbarasi. Amir Temur saltanatining dastlabki davrida (14-asrning 70-yillari) shahar Arki (Koʻk saroy, Boʻston saroy, Nuriddin Basir maqbarasi) tomonidan jan.dagi Toshqoʻrgʻon—chaqar (Kichik oqsaroy, Muhammad Sulton meʼmoriy majmui, hozirgi Amir Temur maqbarasi) orasini bogʻlovchi mashxur Shohrohshoh koʻchani ochish va tartibga solish davomida yuzaga chiqqan Sogʻarjiy qabriga bogʻlab, mahobatli baland maqbara tiklangan. Amir Temur maqbara taʼminoti uchun maxsus vaqfnoma (kuyib ketgan vaqfnoma qoldiqlari tarjimasi Oʻzbekiston davlat arxivida saqlanmoqda) chiqargan. Undan maʼlum boʻlishicha, maqbara va yonidagi bogʻ yirik daromad manbai boʻlgan.

Maqbara binosi hozirgi shahar markazi tomonidan koʻzga tashlanadi, galdagi rekonstruksiya davomida maqbara atrofidagi keyingi davr binolari buzib tashlanadi, natijada maqbara qaddiqomatini yaqqol koʻrsatdi. Maqbara chorsixona, ustidagi 8 qirrali poygumbaz va oddiy gumbazdan iborat. Ichkarida nomaʼlum qabrdaxmalar bor. Tashki tomondan (janub) avliyo qabriga tutash devor sirkori sopol bilan peshtoq shaklida hoshiyalangan. Ichkarida naqshin bezak qoldikdari saqlangan. Kirish eshigining (Buxoro amiri nomidan 19-asr oʻrnatilgan) oʻymakor bezaklari orasida baliqlar shaklini kuzatish mumkin. Aholi mazkur avliyoga alohida ixlos va ehtirom bildirib, maqbara va u bilan bogʻliq maskanni Ruhobod deb atagan. 19-asr maqbaraga bogʻlab Madrasa (hozirgi darvozaxona va bir necha hujra saqlangan), masjid va minora qurilgan. Shoʻrolar davrida mazkur maskan diniy ziyoratgoh sifatida eʼtibordan chetda qolgan, tashlandiq holga kelgan edi. Hujralar qisman buzib tashlangan, guzar masjidida korxona joylashgan. Amir Temur tavalludining 660 y.ligi arafasida maqbara atrofida keng koʻlamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. R. maqbarasi qayta gavjum ziyoratgohga aylandi. Poʻlat Zohidov.[1]

Ruhobod maqbarasi nomi “Ruhlar maskani” degan ma’noni bildiradi. Me’moriy inshoot Amir Temur boshqaruvining ilk davriga oid. Uni 1380 yilda shayx Burhoniddin Sogʻarjiy qabri ustiga qurishadi. Tasavvuf olimi o‘zining e’tiqodi va avliyoligi bilan mashhur bo‘lgan.

U ko‘p vaqtini ziyoratlarda o‘tkazar edi. Ammo u faqatgina Samarqandga dafn etilishini istar edi. Amir Temur ustozini juda hurmat qilar edi va maqbara yaqinidan o‘tayotganda doimo otning ustidan tushar edi. Ruhobod maqbarasida shayxning rafiqasi, bolalari va boshqa qarindoshlari dafn etilgan.



Tarixi va afsonalar

Aytishlaricha Burhoniddin Muhammad payg‘ambarning soqolining yetti tolachasiga ega bo‘lgan. Tolachalar solingan mis quticha maqbara gumbazi orasiga suvab tashlangan.

Rivoyat qilishlaricha shayx Xitoyga islomni yoyish uchun boradi. Xitoy imperatori u va saroy sehrgari o‘rtasida musobaqa o‘tkazadi. Xitoylik sehrgar osmonga uchadi. Shayx duo qiladi va oyoq kiymini yechib u bilan sehrgarni urib tushiradi. Ko‘p mingli olomon hayron qoladi va uning oyoqlariga yiqilib: “Biz sening xudoinga iymon keltiramiz” deyishadi.

Natijada u Xitoy saroyida katta hurmat qozondi. Hattoki “Xitoy malikasiga” uylandi ham.



Me’morchilik haqida

Temuriylar davrining boshqa inshootlaridan farqli ravishda Ruhobod maqbarasida kirish peshtoqlari yo‘qligi uning tashqi tomonini teng ahamiyatli qiladi. Maqbara yarim dumaloq gumbazga ega kub shaklidaga bino bo‘lib, uni Shimol, G‘arb va Janub tomonlarida kirish yo‘llari bor. Tashqi pardoz ishlarida asosan pishgan g‘ishtdan foydalanilgan.

Burhoniddin Sogʻarjiy darveshlar jamiyati a’zosi bo‘lgani sababli maqbaraning ichki pardozi ham ancha kamtaronadir. Devorlar alabaster suvoq qilingan va ingichka koshinlar ko‘rini turadi. Sag‘anani XIX asrga oid o‘ymakor eshik ajratib turadi.

Keyngi yillarda esa maqbara yonida Xitoy usulida bezalgan jome masjidi barpo etildi. Harobaga aylangan inshootlar o‘rnida bir qavatli madrasa va minora bunyod etildi va hovuz qazildi.



Masjid va minora bugungi kunga qadar saqlanib qolgan.

Amir Temur saltanatining dastlabki davrida (14-a.ning 70-y.lari) shahar Arki (Koʻk saroy, Boʻston saroy, Nuriddin Basir maqbarasi) tomonidan janubdagi Toshqoʻrgʻon - chaqar (Kichik oqsaroy, Muhammad Sulton meʼmoriy majmui, hozirgi Amir Temur maqbarasi) orasini bogʻlovchi mashxur Shohruhshoh koʻchani ochish va tartibga solish davomida yuzaga chiqqan Sogʻarjiy qabriga bogʻlab, mahobatli baland maqbara tiklangan.

Assalomu alaykum, Ona diyor O`zbekistonning tarixiy obidalar shahriga sayoxat etamiz.

Ruhobod maqbarasi: Ruhobod — majoziy nom, Ruhobod maqbarasi nomi “Ruhlar maskani” degan ma’noni bildiradi. Me’moriy inshoot Amir Temur boshqaruvining ilk davriga oid. Uni 1380 yilda shayx Burhoniddin Sogʻarjiy qabri ustiga qurishadi. Aslida alloma avliyo shayx Burhoniddin Sogʻarjiy maqbarasi (Sogʻarj—Samarqand yaqinidagi qadimiy kent). Tasavvuf olimi o‘zining e’tiqodi va avliyoligi bilan mashhur bo‘lgan

U ko‘p vaqtini ziyoratlarda o‘tkazar edi. Ammo u faqatgina Samarqandga dafn etilishini istar edi. Amir Temur ustozini juda hurmat qilar edi va maqbara yaqinidan o‘tayotganda doimo otning ustidan tushar edi. Ruhobod maqbarasida shayxning rafiqasi, bolalari va boshqa qarindoshlari dafn etilgan.

Aytishlaricha Burhoniddin Muhammad(S.A.V) payg‘ambar soqolining yetti tolasiga ega bo‘lgan. Tolachalar solingan mis quticha maqbara gumbazi orasiga suvab tashlangan. Rivoyat qilishlaricha shayx Xitoyga islomni yoyish uchun boradi. Xitoy imperatori u va saroy sehrgari o‘rtasida musobaqa o‘tkazadi. Xitoylik sehrgar osmonga uchadi. Shayx duo qiladi va oyoq kiymini yechib u bilan sehrgarni urib tushiradi. Ko‘p mingli olomon hayron qoladi va uning oyoqlariga yiqilib: “Biz sening xudoinga iymon keltiramiz” deyishadi. Natijada u Xitoy saroyida katta hurmat qozondi. Hattoki “Xitoy malikasiga” uylandi ham.

Amir Temur maqbara taʼminoti uchun maxsus vaqfnoma chiqargan (kuyib ketgan vaqfnoma qoldiqlari tarjimasi Oʻzbekiston davlat arxivida saqlanmoqda). Undan maʼlum boʻlishicha, maqbara va yonidagi bogʻ yirik daromad manbai boʻlgan.

Temuriylar davrining boshqa inshootlaridan farqli ravishda Ruhobod maqbarasida kirish peshtoqlari yo‘qligi uning tashqi tomonini teng ahamiyatli qiladi. Maqbara yarim dumaloq gumbazga ega kub shaklidaga bino bo‘lib, uni Shimol, G‘arb va Janub tomonlarida kirish yo‘llari bor. Tashqi pardoz ishlarida asosan pishgan g‘ishtdan foydalanilgan.

Burhoniddin Sogʻarjiy darveshlar jamiyati a’zosi bo‘lgani sababli maqbaraning ichki pardozi ham ancha kamtaronadir. Devorlar alabaster suvoq qilingan va ingichka koshinlar ko‘rinib turadi. Sag‘anani XIX asrga oid o‘ymakor eshik ajratib turadi.



Keyngi yillarda esa maqbara yonida Xitoy usulida bezalgan jome masjidi barpo etildi. Harobaga aylangan inshootlar o‘rnida bir qavatli madrasa va minora bunyod etildi va hovuz qazildi.

Maqbara binosi hozirgi shahar markazi tomonidan koʻzga tashlanadi, galdagi rekonstruksiya davomida maqbara atrofidagi keyingi davr binolari buzib tashlanadi, natijada maqbara qaddiqomatini yaqqol koʻrsatdi. Maqbara chorsixona, ustidagi 8 qirrali poygumbaz va oddiy gumbazdan iborat. Ichkarida nomaʼlum qabrdaxmalar bor. Tashqi tomondan (janub) avliyo qabriga tutash devor sirkori sopol bilan peshtoq shaklida hoshiyalangan. Ichkarida naqshin bezak qoldikdari saqlangan. Kirish eshigining (Buxoro amiri nomidan 19-a. oʻrnatilgan) oʻymakor bezaklari orasida baliqlar shaklini kuzatish mumkin. Aholi mazkur avliyoga alohida ixlos va ehtirom bildirib, maqbara va u bilan bogʻliq maskanni Ruhobod deb atagan. 19-a. maqbaraga bogʻlab Madrasa (hoz. darvozaxona va bir necha hujra saqlangan), masjid va minora qurilgan. Shoʻrolar davrida mazkur maskan diniy ziyoratgoh sifatida eʼtibordan chetda qolgan, tashlandiq holga kelgan edi. Hujralar qisman buzib tashlangan. Amir Temur tavalludining 660 y.ligi arafasida maqbara atrofida keng koʻlamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Masjid va minora bugungi kunga qadar saqlanib qolgan. Hozirgi kunda Ruhobod maqbarasi gavjum ziyoratgohlardan hisoblanadi.
Download 16.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling