Rus va xorij elchilari, sayyohlari esdaliklarida Xiva xonligi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining


Download 29.5 Kb.
Sana18.06.2022
Hajmi29.5 Kb.
#764287
Bog'liq
Baxtiyorova O. xulosa (2)
Iqtidorli-o‘quvchilar-uchun-Matematikadan-masalalar-to‘plami-1-qism, 5-mavzu, 5-mavzu, Multipleksorlar, 111122, Mavzu Borliq falsafasi-hozir.org, Тулебеков Нурлан, 5, 7, joylashtirish-vositalarida-marketing-faoliyatining-ahamiyati, 0aa5e309-523e-44b7-83ca-e96ccff5f447 (1), 1fb1488d84ae72be97d2feb7782f871f mehmonxona xojaligi tizimini samarali korporativ boshqaruvini tashkil etishning xorijiy tajribasi, Raximov Faxriddin BMI 1, Hilola slayd

Baxtiyarov Sirojbek Ilxombek o‘g‘lining “Rus va xorij elchilari, sayyohlari esdaliklarida Xiva xonligi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining” mavzusidagi 5A120304 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (mamlakatlar bo’yicha) mutaxassisligi bo’yicha magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga ilmiy rahbar PhD Matkarimov Xamidbek Olimbayevichning
XULOSASI
Tarixdan ma’lumki Xiva xonligining davlatchiligimiz tarixida o`rniga ega davlat hisoblanadi. Xiva xonligi 410 yillik davri tarixida G`arb va Sharq hududlaridagi davlatlar bilan o`zaro elchilik aloqalari yo`lga qo`yilgan. Shu tarixiy davr mobaynida xonlik hududiga kelgan elchilar yoki sayyohlar xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ahvoli to`grisida o`zlarining esdaliklarida ma’lumotlarni keltirib o`tganlar. Xorazm vohasining, xususan Xiva xonligining milliy davlatchiligimiz tarixida tutgan o‘rnini aynan shu kabi xorijiy manbalar asosida o‘rganish dolzarb mavzu sifatida katta ahamiyatga ega. Mavzuning dolzarbligi aynan elchilar va sayyohlarning esdaliklari asosida xonlik tarixinida yanada kengroq o`rganishni taqozo etadi.
Tarix fanining hozirgi taraqqiyot bosqichida, tariximizni, milliy davlatchiligimiz tarixini o‘rganish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bugungi kunda O‘zbekiston tarixini jahon sivilizatsiyasining muhim tarkibiy qismi sifatida o‘rganish dolzarb vazifadir. Shu jihatdan olganda o‘zbek davlatchiligi tarixida o‘ziga xos inqirozli davr sifatida qaraladigan so‘nggi o‘rta asrlar davri tarixini, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni, mahalliy boshqaruvni, tashqi aloqalarni, madaniy aloqalarni elchilik munosabatlarini rus va xorij manbalari asosida chuqurroq o‘rganish masalasi vatanimiz tarixshunosligi oldidagi muhim vazifalardan biridir. Dissertant oldiga qo’ygan maqsad asosida bir qancha vazifalarni qo’ygan va bu vazifalar talabga muvofiq bajarilgan.
Magistrant ilmiy ishi davomida har xil manbalardan foydalanish asosida eng so’nggi tarixshunoslik yo’nalishi bo’yicha tadqiqotlar ma’lumotlarini ilmiy va qiyosiy tahlil qilishga harakat qilgan. Bu o’z navbatida dissertatsiyani faktik materiallar bilan boyitishga xizmat qilgan.
Har bir bob oldiga qo’ygan vazifalar to’liq asoslangan va ilmiy – amaliy xulosalar chiqarilgan. Ishning yakuniy qismida xulosa va tavsiyalar berilgan.
Mazkur ilmiy ishda asosiy maqsad Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotini rus va xorij manbalari asosida o`rganish maqsadi qo’yilgan. Ushbu manbalarni dissertant ilmiy jihatdan tahlil qilishga harakat qilingan.
Tadqiqotchi magistrlik dissertatsiyasida quyidagi vazifalarni tadqiqotning asosiy vazifalari deb belgilagan:

  • Xiva xonligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini ma’lum bir tartib asosida xorij va rus elchilarining esdaliklarini o`rganish;

  • Manbalarni tadqiq qilish va boshqa manbalar asosida taqqoslash orqali o`rganish.

  • Ilmiy adabiyotlar va yozma manbalar ma’lumotlarini, yangi to’plangan ma’lumotlarni qiyosiy tahlil qilish va natijalarni fanga joriy etish.

Dissertatsiyadagi umumlashtirilgan ma’lumotlardan O’zbekiston tarixini o’rganish va yoritishda, oliy o’quv yurti talabalari uchun yangi avlod darslik va o’quv qo’llanmalar yaratishda, muzeylarda yangi ekspozitsiyalarni tashkil etishda hamda tarixiy-madaniy merosni targ’ib qilishda foydalanish mumkinki, bu ishning to’liq yakunlangan degan xulosa chiqarishga asos bo’ladi hamda uni himoyaga tavsiya qilaman.
Ilmiy rahbar: PhD X.O. Matkarimov
Download 29.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling