Russo (Rousseam) Jan Jak


Download 106.66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.12.2020
Hajmi106.66 Kb.
#164516
Bog'liq
Russo Jan Jak - Vikipediya


Russo Jan Jak

RUSSO (Rousseam) Jan Jak (1712.28.6,

Jeneva — 1778.2.7, Ermenonvil, Parij

yaqinida) — fransuz

faylasufmaʼrifatparvari, yozuvchisi,

kompozitori. Fransuz

sentimentayaizmining yirik vakili. Malay,

xattot, murabbiy, musiqa oʻqituvchisi va

boshqa ishlarda ishlagan. Parijda D. Didro

rahbarligida tayyorlangan ensiklopediyaga

musiqaga oid maqolalar yozgan. 1741



yilgacha Shveysariyada yashagan, keyin

Parijga ketgan 1762 y. "Emil, yaʼni Tarbiya

toʻgʻrisida" nomli pedagogik romani va

"Ijtimoiy shartnoma toʻgʻrisida" siyosiy

risolasi chop etilgach, dindorlar tomonidan

taqibga olingan R. Fransiyani tark etgan.

1770 y. u yana Parijga qaytib kelib

notalarni koʻchirish bilan shugʻullangan.

"Fanlar va sanʼatlar haqida mulohazalar"

(1750) asarida tengsizlik va zulmga

asoslangan oʻz davridagi tamaddunni

tanqid qilib, uning oʻrniga "tabiiy holat"ni

qoʻygan. Uning gʻoyalari keyinchalik

"Odamlar orasida tengsizlikning kelib

chiqishi va asoslari haqida mulohaza"

(1755) asarida oʻz ifodasini topgan.



"Ijtimoiy shartnoma toʻgʻrisida" risolasida

(1762) ideal jamiyat manzarasini

tasvirlagan. R. ingliz parlamentarizmini

qoralab, xalq suverenitetini, xalq

hokimiyatini himoya qilgan. Ped.

masalalariga bagʻishlangan "Emil, yaʼni

Tarbiya haqida" (1762) asarida sxolastik

taʼlim va tarbiya usullarini tanqid qilgan,

maktabning eng birinchi vazifasi haqiqiy

inson va fuqaroni tarbiyalashdir deb

uqtirgan. Bolalarda mustaqil fikrlash

tarafdori boʻlgan. R.ning asarlari ("Harbiy

asirlar", 1743; "Yuliya, yaʼni Yangi Eloiza",

1761; "Iqror", 1766—69; "Yolgʻiz

xayolparastning sayri", 1777—78 va

boshqalar) Yevropa adabiyotida



psixologizmning vujudga kelishiga sabab

boʻlgan. Sheʼrlar, dostonlar, operalar

("Kishloqlik jodugar", 1752—53) yozgan, bir

pardali lirik sahna asari "Pigmalion" —

melodramaning ilk namunasi hisoblanadi.

R. gʻoyalari koʻpgina mamlakatlar ijtimoiy

tafakkuriga va adabiyotiga taʼsir

koʻrsatgan.

[1]

1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



 

Manbalar


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

 

 



Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index.



php?

title=Russo_Jan_Jak&oldid=1815991

dan olindi 



  Soʻnggi tahrir 5 yillar avval Ximik1991Bot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha



foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).

Download 106.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling