Rustamjon o‘rinov


Download 53.29 Kb.
bet1/5
Sana28.04.2020
Hajmi53.29 Kb.
#101879
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MA’NO KO‘CHISH TURLARI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOTNOMA1 1.yangi

RUSTAMJON O‘RINOV


MA’NO KO‘CHISH TURLARI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOTNOMA

FARG‘ONA-2017




Ma’lumki, ba’zi so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolari bo‘ladi.

O‘z ma’no

so‘zning gapdan yoki nutqdan tashqarida anglatgan ma’nosi: quloq – eshitish a’zosi.

Ko‘chma ma’no

so‘zning nutq tarkibida anglatgan ma’nosi bo‘lib, uning qanday ma’noda ekanligi nutqdagi

boshqa so‘zlar yordamida aniqlanadi: qozonning qulog‘i, radioning qulog‘i.





Ko‘chma ma’noli so‘zlar qanday ma’no asosida ko‘chayotganligiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi.

1.

metafora

3.

sinekdoxa

2.

metonimiya

4.

vazifadoshlik

Izoh: Akademik litsey talabari uchun chiqarilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligining 2-kurs darsligida

faqatgina shu to‘rtta ko‘chim turi berilgan, ammo boshqa manbalarda boshqa ko‘chim turlari ( kinoya, tag ma’no) ham borligi aytib o‘tilgan. Bu ma’lumotlar abituriyentlar uchun mo‘ljalanganligi sababli darslikda qayd edilgan shu

to‘rtala tur haqida ma’lumot beramiz.





METAFORA


Metafora – yunoncha “metaphora” (ko‘chirish) so‘zidan olingan bo‘lib, bir predmet nomining boshqa predmet nomiga ular o‘rtasidagi ma’lum o‘xshashlik asosida ko‘chishidir.

Masalan: fan cho‘qqisi, yurtimiz quyoshi, dalaning etagi...



Shakliy o‘xshashliklar tashqi ko‘rinish asosida

odamning og‘zi (o‘z ma’nosida)

tandirning og‘zi (ko‘chma ma’noda)
odamning qulog‘i (o‘z ma’nosida)

qozonning qulog‘i (ko‘chma ma’noda)

Qayerda joylashishiga ko‘ra ma’no ko‘chishi

itning dumi (o‘z ma’nosida)

samolyotning dumi (ko‘chma ma’noda)

Metafora narsa, belgi, harakat o‘rtasidagi nisbiy o‘xshashlikka asoslanadi:




1.



narsa

to‘nning yoqasi (o‘z manosi)

daryoning yoqasi (ko‘chma ma’no)
ko‘ylakning etagi (o‘z ma’nosi)

tog‘ning etagi (ko‘chma ma’no)


2.


belgi

qattiq yong‘oq (o‘z ma’nosi)

qattiq sovuq (ko‘chma ma’no)

qattiq uyqu (ko‘chma ma’no)
yumshoq non (o‘z ma’nosi)

yumshoq ovoz (ko‘chma ma’no)
Uyi supurilgan, toza. (o‘z ma’nosi)

Do‘stimning qalbi pok, toza. (ko‘chma ma’no)


3.


harakat

Mungli kuy yurakni tirnar edi.

Yo‘l ochmoq

Otam yetimlarni boshini siladi.

Bola onasining oldiga tushib pildirab ketdi. Do‘stlarim bilan qalinlashib ketdim.

Metaforalarga juda yaqin vosita o‘xshatish hisoblanadi. O‘xshatish ham ko‘chma ma’no ustiga qurilishiga qaramasdan metafora hisoblanmaydi.

O‘xshatishlarda -dek, -day, -simon, -vash, -namo, kabi singari, yanglig‘, misoli, o‘xshash kabi vositalar qo‘llaniladi.




Ulug‘bek – yurtimiz quyoshi.

metafora

Ulug‘bek misoli quyosh

o‘xshatish

O‘xshatish adabiyotshunoslikda tashbeh deyiladi.
Izoh: Metafora adabiyotshunoslikda istiora san’atini hosil qiladi.

Kamoning o‘qig‘a nishona ko‘ngil, Zuloling qoshida devona ko‘ngil...

Metafora asosida ma’no ko‘chishning asosiy yo‘llari quyidagilar:


1.

Odamning tana a’zolari nomlari



bosh, ko‘z, oyoq, burun...

choynakning burni, kitobning beti, shishaning og‘zi, yer yuzi, ko‘chaning boshi...

2.

Kecha-kunduzga xos narsa-belgi nomlari

yorug‘lik, qorong‘i...

3.

Kiyimlar va ularning qismlari

etak, yoqa...

tog‘ning etagi, daryoning yoqasi, eshikning tugmasi...

4.

Fasl nomlari va fazo jismlari

bahor, qish, quyosh, yulduz...


5.

Hayvon, parranda, hasharot yoki ularning a’zolari



tulki, lochin, dum, qanot...

Futbolchilarimiz chap qanotdan hujum uyushtirdilar. Varrakning dumi osmonda chiroyli tebranardi.


6.

O‘simlik yoki uning biror qismining nomi va navi



chinor, tikan, ildiz, tomir, obinovvot (qovun navi),

kampirchopon (qovun navi), itog‘iz (gul turi), karnaygul

(gul turi)...



7.

Qurol yoki boshqa predmet nomlari

kamon, o‘q, tosh, latta...

8.

Harorat bildiruvchi so‘zlar

sovuq, issiq, o‘t...

9.

Tabiat hodisalari

to‘fon, to‘lqin...

10.

Belgi bildiruvchi so‘zlar

achchiq, shirin, asal, zahar...

11.

Qimmatbaho jism nomlari

oltin, kumush...

12.

Afsonaviy-diniy tushunchalarni bidiruvchi so‘zlar

azroil, jannat, do‘zax...


13. Odamga xos xususiyatlar, harakat-holatlar jonli va jonsiz narsaga ko‘chirilganda ham metafora hosil bo‘ladi:

Bulutlar orasidan quyosh kulib qaradi.
Jonli va jonsiz narsalarga xos xususiyatlar, harakat va holatlar odamlarga ko‘chirilsa ham metafora hosil bo‘ladi:

Bolalar yopishavergach xaltani ochishga majbur bo‘ldi-da, labini burib vaysay boshladi.

14.

Quyidagi ismlar ham metafora

asosida qo‘yilgan.



Yo‘lbars,bo‘riboy, qoplonbek, Burgutbek, Lochinoy, Gulnora, Gulchehra,

Feruza, Yoqutoy, Asalxon, Oyxon, Arslon, Bubur, Charos, Ozoda, Gilosxon

METONIMIYA


Metonimiya – yunoncha so‘z bo‘lib, “qayta nomlash”, “nomni o‘zgartirish”, “yangi nom qo‘yish” degan ma’nolarni anglatadi. Narsa va hodisalar o‘rtasida makon va zamondagi o‘zaro aloqadorlik asosida birining nomi ikkinchisiga ko‘chishi metonimiya deyiladi.
Navoiyni qo‘lga oldim. Zal oyoqqa turdi. U bugun kir yuvdi.

Metonimiya asosida ma’no ko‘chishning asosiy yo‘llari quyidagilar:



1.

Biror joyni yoki davrni aytib, o‘sha joydagi yoki o‘sha davrdagi odamlar nazarda tutilganda



Zal oyoqqa turdi.

Fidel Kastroning o‘limiga butun Kuba aza tutdi.

O‘zbekiston Qatarni yengdi.

Bolam, qiyinchhiliklarni sen ko‘rmading. Urush yillari ko‘rdi.

Majlis qaror qiladi.

2.

Bir predmetning nomini shu predmet tarkibidagi

biror narsa nomi bilan nomlash



bosh og‘rimoq (aslida miya); ich og‘rimoq (aslida qorin

bo‘shlig‘ida joylashgan a’zolar)




3.

bir predmetning nomini shu predmetga

asoslangan o‘lchov birligining nomi bilan nomlash



bosh (odamning boshi) – bosh(uzum mevasi);

kun (Quyosh) – kun(sutkaning yorug‘ qismi);

Oy (Yer yo‘ldoshi) – oy (yilning o‘n ikkidan biri);

jo‘ra (o‘rtoq) jo‘ra (ikki qismdan iborat bir kiyimlik mato: bir jo‘ra atlas).

4.

bir predmetning nomi shu predmetdan hosil

bo‘ladigan nom asosida qayta nomlash

choy (o‘simlik) – choy (ichimlik);

til (nutq a’zosi) – til (nutq);

dam (nafas, havo) – dam (tinim, vaqt, daqiqa)


5.

bir predmet belgisining nomi shunday predmet

belgisi bor narsaga ko‘chiriladi



ko‘k (rang) – ko‘k (osmon);

kir ( iflos) –kir (kiyim-kechak);

yupqa (qalinning aksi) – yupqa (taom turi);

chuqur (sayozning aksi) – chuqur (o‘ra)


6.

Biror bir joy yoki tashkilot aytilib, unga tegishli

kishilar tushunilsa.



Siz hukumat emasmi?

Biz “Soliq”dan keldik.

Televideniya”ga joy tayyorlab qo‘ydinglarmi?




7.

Biror joydagi narsani aytib o‘sha joy tushunilsa.



Dadam samovarda choy ichyapti.

Onam eshikda kir yuvmoqda. Oshda ko‘rinmadingiz.

Sho‘rvaga o‘tiring. Dasturxonga chiqing.

O‘zbekning daturxoni chiroyli.


8.

Muallif yoki bosh qahramonni aytib uning asari

tushunilsa.



Otam bog‘bon. Navoiyni hech qo‘ltiqdan qo‘ymas,

Onam pillakor, Mashrabga zo‘rg‘a tishi o‘tadi. Tangem nechada boshlanadi?

9.

Asar nomi keltirilib, nimaligi yoki janri tushurib

qoldirilsa.



Men kecha “Topmadim”ni yodladim. (g‘azal)

O‘tkan kunlar”da o‘zbek qizining ibosi ta’riflangan. (roman)




10.

Mahsulotning, asarlarning, gazeta-jurnallarning, transportlarning, o‘rin-joylarning nomi aytilib, nimaligi tushunilsa.



Snikers”ni to‘xtatma. (shirinlik)

Taylalhot”dan bering. (dori vositasi) “Besh bolali yigitcha” kelmadimi? (asar)

Imtihon”ga doimiy hamroh bo‘ling. (gazeta) “Rossiya”ga qanday boriladi? (mehmonxona)



11.

Biror shaxsni kiyimi yoki ko‘p takrorlaydigan so‘zi orqali tushunilsa.



Bu asarda qipchoqlar va qorachoponlar urushi

berilgan.

Hoy qizil shapkacha, qayoqqa ketyapsan? “Shu-shu”nikiga boramizmi?

12.

Tana a’zolari nomidan kasallik nomi yuzaga

kelsa


bosh og‘rig‘i, tish og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, qorin og‘rig‘i,

quloq og‘rig‘i, oyoq og‘rig‘i, tomoq og‘rig‘i

Yodda tuting! Ammo qo‘l og‘rig‘i, burun og‘rig‘i degan kasalliklar xalq tilida yo‘q. “Qo‘lim og‘riyapti” deyiladi.

Shuning uchun ularda ma’no ko‘chishi mavjud emas.




13.

Bir narsaning nomiga asoslangan hisob so‘z.

(Hisob so‘z – bu son va sanalmish o‘rtasida keladigan o‘lchov so‘zdir.)



bir paqir suv, yuz bosh qoramol, yetti yashar ot, bir

stakan (suv) ichdim, bir tarelka (ovqat) yedim.




Biror bir narsaning nomi uni yartagan shaxs

nomidan kelib chiqsa.



Ford, rentgen, om qonuni, nyuton kuchi, Nobel mukofoti,

Hojimatov damlamasi, Rizamat ota uzumi

14.

Bir narsaning nomi u yaralgan yoki ishlab chiqilgan joy nomiga qo‘yilsa.

Shampan vinosi; Banoras adrasi; Chust pichog‘i; Xiva

gilami; Qorako‘l terisi; Xisor qo‘y; Marg‘ilon do‘ppi; Xitoy chinni; Damashq qilichi; Kosonsoy pishlog‘i; Chortoq suvi

15.

Biror bir narsa qayta ishlash natijasida yuzaga

kelgan bo‘lsa



choy daraxt – Biz choy ichdik

Kofe, kakao ham shu kabi yuzaga keladi. Ammo rayhon, sedana, oshko‘k, o‘sma, xina so‘zlari sinekdoxa

hisoblanadi. Sababi ular qayta ishlanmaydi.




Yodda tuting! Metonimiya asosidagi ko‘chma ma’no fikrni lo‘nda va ta’sirchan bayon qilish vositasi. Shu jihatdan bu bu ma’no ko‘chishini tejamkorlik ma’no ko‘chishi deb deb ham yuritiladi.

SINEKDOXA


Sinekdoxa – yunoncha so‘z bo‘lib, “birgalikda anglash”, “nazarda tutish” degan ma’noni bildiradi. Bu ko‘chim turida bo‘lak orqali butunni yoki butun orqali bo‘lakni ifodalash tushuniladi.

1.

Butun bilan qismni ifodalash

Besh qo‘l barobar emas.

Olma archiyotib qo‘lini kesib oldi.

2.


Qism orqali butunni ifodalash

Ertalabdan buyon tuz totganim yo‘q.

Shu bitta tuyoq bilan oltita bolani boqdim. Sulargina tuyoq bilan yetti og‘izni boqadi.


Yig‘ilishga moylovni ham chaqirib keldim. Yegan og‘iz uyaladi.

Osmonga tikilar million juft ko‘zlar.
Izoh: Mumtoz she’riyatda oy yuz, qorako‘z, oq bilak, sarvqad kabi atamalar “yor”, “dildor” ma’nosida ishlatilib sinekdoxa hosil qiladi.

Sajda aylar zohid ul mehrob aro, Men qilurman sajda egma qoshima.

VAZIFADOSHLIK - FUNKSIYADOSHLIK


Bu ko‘chimda ham o‘xshashlik bo‘ladi. Lekin bu o‘xshashlik narsa va hodisa o‘rtasidagi vazifaviy bir xillik asosida birining nomi orqali ikkinchisini tushuniladi.

Odamning oyog‘i Stolning oyog‘i
Kamon o‘qi (o‘z ma’nosida) Zambarak o‘qi (ko‘chma ma’noda) Raketa o‘qi (ko‘chma ma’noda)
Ko‘chalarni chiroqlar yop-yorug‘ qilib turibdi. Chiroq piligini pasaytirdi.

Avtomobilning eshigini ochib do‘stini chiqarib oldi.
Ko‘mir (pistako‘mir, toshko‘mir); chiroq (sham chiroq);

Siyoh (qora siyoh, har xil siyoh)
Vazifadoshlik asosida vujudga kelgan so'zlarni bilish, ularning ilgari qanday shakldagi narsalarni ifodalaganligini anglash tilimiz imkoniyatlarining naqadar boy ekanligini his qilishimizga yordam beradi.

Qanot, yurak, oyoq, ko‘z, bosh so‘zlari vazifadoshlik asosida ko‘chishi mumkin. Qo‘l, oyoq, bosh, tish, burun, chakka so‘zlarining sinekdoxa asosida ma’no ko‘chishi yuz berishi haqida ma’lumotga egasiz. Demak, oyoq, bosh so‘zlari yordamida ham vazifadoshlik, ham sinekdoxa asosida ma’no ko‘chish ifodalanishi mumkin ekan.

Tish, qanot so‘zlarida ham shakliy o‘xshashlik (metafora), ham vazifaviy o‘xshashlik (vazifadoshlik)kuzatiladi:

odamning tishlari-arraning tishlari; qushning qanoti-samolyotning qanoti1.

«Ramazon» aytib keldik eshigingizga…gapida ramazon oyida aytiladigan ashula «Ramazon»deb qayta nomlangan (metonimiya) bo‘lsa, eshik so‘zida esa qism-bo‘lak munosabati (sinekdoxa) mavjud. Demak, bir gap tarkibida ma’no ko‘chishning bir necha ko‘rinishlari mavjud bo‘lishi ham mumkin.

Gunohi ne edi bu tilla boshning. Gunohi ne edi porloq quyoshning gapida ham metafora, ham sinekdoxa yuzaga kelgan: bir tomondan quyosh tilla boshga o‘xshatilsa, ikkinchi tomondan bosh so‘zi orqali, ya’ni qism orqali butun nazarda tutilgan.

«Insoniyat dushmani mal’unga qiron solib, Qilichim tili bilan so‘zimni ayta oldim», - deb yozgan edi G‘afur G‘ulom gapida ham yuqoridagi holat kuzatiladi: qilichim tili – metafora, qilich so‘zi esa qalamni qayta nomlagan.

Aytmaganning dasturxoniga borib, qadrimni tushirmayman gapida dasturxon metonimiya, qadr tushishi metaforaga sabab bo‘lgan.

Paxtaga chiqmasligim uchun bahona topishim kerak gapida paxtaga so‘zi terimga so‘zini qayta nomlagan bo‘lsa, bahona topish esa metafora sanaladi.





1Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi», 2013. 267-b.

Telegram ijtimoiy tarmog’ida: @grand_study. O’quv markaz telegram kanaliga a’zo bo’ling.



Download 53.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling