S. dadayev, Q. Saparov


Download 21.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/60
Sana25.12.2019
Hajmi21.13 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
78631

S.  Dadayev, Q. Saparov

ZOOLOGIYA

(XORDALILAR  2-QISM)

O'ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY  VA  0 ‘RTA  MAXSUS 

TA’LIM  VAZIRLIGI

S. DADAYEV,  Q.  SAPAROV

ZOOLOGIYA

(Xordalilar  2-qism)

0 ‘zbekislon  Respublikasi  Oliy  va  o ‘rta  maxsus  t a ’lim  vazirligi  tomonidan 

5140400  -   biologiya  ta Tim  yo ‘nalishi  bakalavriat bo 'yicha  oliy о ‘quv yurtlari 

talabalari  uchun  darslik  sifatida  tavsiya  etilgan

СкоЧроп nomidagi nashriyot-matbaa  ijodiy*uyi 

Toshkent — 2011

UDK:  591(075)

BBK  28.693+28.693ya73 

D15

Taqrizchilar:

E.  Shernazarov  —  0 ‘zbekiston  Respublikasi  FA  zoologiya  instituti 

umurtqali  hayvonlar ekologiyasi  bo'limi  boshlig‘i, 

biologiya fanlari  doktori,  professori;

O.  Mavlonov  —  Nizomiy  nomidagi  Toshkent  davlat pedagogika 

universiteti  zoologiya,  anatomiya  va fiziologiya  kafedrasi professori, 

biologiya fanlari doktori.

Dadayev,  S.

D15 


Zoologiya  (Xordalilar  2-qism):  oliy  o‘qu  yurtlari  bakalavriat 

bosqichi biologiya yo'nalishi talabalari uchun darslik /  S.  Dadayev,  Q. 

Saparov;  0 ‘zR  oliy  a  o‘rta-maxsus  ta ’lim  vazirligi.  — Т.:  Cho‘lpon 

nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,  2011.  -   512 b.

I.  Saparov,  Q

ISBN 978-9943-05-415-8

D arslikda  um urtqalilar  zoologiyasi  o ‘quv  predm etining  maqsadi  va 

vazifalari,  xordalilarning  umumiy  tavsifi,  ularni  M D H da  va  shu jum ladan, 

0 ‘zbekistonda  o ‘rganilishining  qisqacha  tarixi,  xordali  hayvonlarning 

xilma-xilligi, ularning tashqi va ichki tuzilishi, tarqalishi,  biologik xususiyat- 

lari,  ekologiyasi  va  kelib  chiqishiga  oid  m a’lum otlar  berilgan.

Shuningdek,  darslikda  xordalilarning  sistematikasi,  ularning  tabiatda 

va  inson  hayotidagi  o ‘m i,  noyob  va  yo'qolib  borayotgan  ham da  « 0 ‘zbe- 

kiston  Qizil  kitobi»ga  kiritilgan  hayvonlarni  m uhofaza  qilish  to ‘g‘risida 

ham   kerakli  m a’lum otlar  keltirilgan.

M azkur  darslik  oliy  o ‘quv  yurtlarining  bakalavriat  bosqichi  biologiya 

yo‘nalishi talabalari uchun mo'ljalJangan.  Darslikdan akademik litsey,  kasb- 

hunar  kollejlari  va  o ‘rta  um um ta’lim  maktablari  biologiya  o'qituvchilari 

ham  foydalanishlari  mumkin.

UDK:  591(075)

BBK 

2 8.693+ 28.693ya73

ISBN 978-9943-05-415-S



«AMANGAN  DAVLAT

UNtVERSITETI

A h borot-resu rs  m ark»*}

'эх>о,ьё\^:



©  S.  Dadayev  va  boshq.,  2011

©   Cho‘Ipon  nomidagi  nashriyot-matbaa  ijodiy  uyi,  2011

SO ‘ZBOSHI

0 ‘zbekistonda  milliy  mustaqillikka  erishilgandan  so‘ng  ta ’limni 

tubdan  qayta  qurish  orqali  uni  jahon  andazalariga  mos  keladigan 

darajada tashkil  etishga katta e’tibor berilmoqda.  Bu boradagi dastlabki 

muhim qadam yurtimizda  «Ta’lim to ‘g‘risida»gi yangi  Q onunni ham da 

«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»ning  qabul  qilinishi  bo'ldi.  Res- 

publikam izda  xalq  ta ’limi  tizimini  qayta  qurishni  yo‘lga  q o ‘yishda 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1997-  yil  Respublika  Oliy 

Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqi va undan keyingi,  «Ta’lim-tarbiya 

va  kadrlar  tayyorlash  tizimini  tubdan  isloh  qilish,  barkamol  avlodni 

voyaga  yetkazish  to ‘g‘risida»gi  qator  farmonlari  muhim   o ‘rin  tutadi. 

Prezident farmonlarida, Vazirlar Mahkamasini ta ’limga oid qator qaror- 

larida  kadrlar tayyorlashning hal  qiluvchi omili sifatida barcha bosqich 

o ‘quv  yurtlari  uchun  darsliklar  va  o ‘quv  qo‘llanm alar  tayyorlashga 

katta  e’tibor  berilmoqda.

Bugungi kun dasrliklari va o ‘quv qo‘Ilanmalarida millat ruhi,  tafak- 

kuri va  m afkurasining  eng  ilg‘or  nam unalari  aks  etishi lozimligi uqti- 

riladi.


D arhaqiqat,  tabiiy  fanlar  yo‘nalishidagi  o ‘quv  adabiyotlari,  shu 

jum ladan,  zoologiya  (xordalilar)  o ‘quv predmetiga oid adabiyotlar o ‘z- 

bek tilida juda  kam  yaratilgan.  Hozirgi  amalda  qoHlanilayotgan  o ‘quv 

adabiyotlari  rus  tilidan  tarjima  qilingan  b o ‘lib,  unda  eski  g‘oya  ruhi 

singdirilgan,  mahalliy  shart-sharoitlar  hisobga  olinmagan.  Ana  shu 

sababdan  mahalliy  va  milliy  sharoitga  mos  keladigan  yangi  tipdagi 

darslik va  o ‘quv  qo'llanm alar  yaratish  davr  talabi  hisoblanadi.

Zoologiya  (xordalilar)  fanidan  yozilgan  ushbu  darslikda  yuqorida 

ko‘rsatilgan  omillar  hisobga  olindi  ham da  Oliy  va  o ‘rta  maxsus  ta ’lim 

vazirligining  keyingi  qo'ygan  talablari  asosida  qayta  ko‘rib  chiqildi. 

Darslikni yozish jarayonida mahalliy  m ateriallardan keng  foydalanildi.

Darslikning  har  bir  bobi  yoki  yirik  mavzulari  oxirida  talabalar 

bilimini  aniqlash  va  ularning  zoologiya  (xordalilar)  o ‘quv  predmeti 

b o ‘yicha  fikrlash  qobiliyatini  rivojlantirish  uch u n   yangi  pedagogik

3


texnologiyalar  asosida  ko‘p  tanlov  javobli  va  kombinatsiyali  test  top- 

shiriqlari  ishlab  chiqilgan.

Darslik zoologiya  (xordalilar)  fani b o ‘yicha tuzilgan o ‘quv dasturiga 

to ‘liq  mos  keladi,  har  bir  dars  mavzusidan  so‘ng  o ‘rganilishi  lozim 

bo‘lgan  o ‘quv  materiali  rejasi  keltirilgan.

Darslikda  talabalar  o ‘zlashtmshi  lozim  bo'lgan  o ‘quv  materiallari 

to'laqonli  bayon  qilingan  va  o'rganiladigan  hayvonlarning  sistematik 

guruhlari  hamda ularning lotincha nomJari  keltirilgan.  Taqdim etilayot- 

gan  m a'lum otlar  zoologiya  (xordalilar)  fanini  o ‘rganishda  umum iy 

yo‘llanm abo‘lib hisoblanadi.  Mavzular mazmunini chuqur o ‘zlashtirish 

uchun  darslik so‘ngida keltirilgan zoologiyaga oid ko‘plab manbalardan 

foydalanish  lavsiya  etiladi.  Ushbu  darslikda  bayon  qilinayotgan  m a’lu- 

m otlar  respublikamizda  bajarilayotgan  zoologik  va  ekologik  m uam - 

m olar  bilan  bevosila  bog‘liq  b o ‘lib,  bu  sohada  talabalarga  kerakli 

bilimlami  berishga  harakat  qilindi.

Darslikning  kirish  qismi,  I,  II,  VI  boblar  ham da  umurtqali  hay- 

vonlarga  oid  ay rim  so'zlarning  izohli  lug‘ati  professor  S.  Dadayev 

tom onidan,  III,  IV  va  V  boblar  dotsent  Q.A.  Saparov  tom onidan 

yozilgan.

Ushbu darslik Respublikamizda mahalliy materiallardan foydalangan 

holda  lotin  alifbosida  birinchi  m arta  yozilayotganligi  uchun,  albatta, 

ayrim kamchiliklar bo'lishi tabiiy.  Shuning uchun darslik b o ‘yicha bizga 

bildirilgan  bare ha  istaklar  va  maslahatlarni  mam nuniyat  bilan  qabul 

qilamiz va kelgusida ushbu darslikni qayta ishlash jarayonida ko‘rsatilgan 

kamchiliklarni  tuzatishga  harakat  qilamiz.


KIRISH

U m urtqalilar  zoologiyasi  o ‘quv  predm eti  oliy  o ‘quv  yurtlarining 

bakalavriat bosqichi biologiya yo‘nalishi  II  kurs talabalariga o'qitiladigan 

zoologiya fanining yakunlovchi bo‘limi hisoblanadi.  Sistematik jihatdan 

umurtqali hayvonlar xordalilar tipining kenja tiplaridan biri hisoblansa- 

da,  umurtqalilar zoologiyasi  kursida bu  tipga  mansub  barcha hayvonlar 

o'rganiladi.  Xordalilar  tayanch  o ‘q  skeleti  —  xordasi  tanasining  orqa 

tom oni  b o ‘ylab  joylashgan  hayvonlardir.

Xordalilar tipi  turlari  umurtqasiz  hayvonlarga  nisbatan  ancha  karn 

bo‘lsa-da,  gavdasining yirik bo ‘lishi,  individlarning murakkab va xilma- 

xil  tuzilganligi,  fiziologik  va  ekologik  xususiyatlarining  turli-tum anligi 

bilan  ulardan  keskin  farq  qiladi.

X ordalilar  inson  hayoti  va  faoliyatida  beqiyos  katta  ahamiyatga 

ega. Y owoyi umurtqali  hayvonlar go‘shti,  terisi,  mo'ynasi,  yog‘i uchun 

va  boshqa  maqsadlarda  ovlanadi.  Y owoyi  um urtqali  hayvonlardan  uy 

hayvonlari zotlarini yaxshilash,  mahsuldor hayvonlar zotlarini  chiqarish 

maqsadida  ham   foydalaniladi.  Shuning  uchun  noyob  va  yo‘qolib  bo- 

rayotgan  umurtqali  hayvonlar  turlarini  m uhofaza  qilish  orqali  ularni 

saqlab  qolish  eng  dolzarb  m uam m olardan  biri  hisoblanadi.  Bundan 

tashqari,  uy hayvonlarining deyarli barchasi xordalilar tipiga kiradi.  Uy 

hayvonlari  inson  uchun  sifatli  oziq-ovqat  manbayi;  ularning  m o‘ynasi, 

terisi  va ju ni  esa yengil  sanoat  uchun  qimmatli  xomashyo  hisoblanadi. 

Odam lar  qadim  zam onlardan  boshlab  itlardan  qo'riqchi;  ot,  eshak, 

tuya,  fil va boshqa sutemizuvchilardan transport vositasi,  ishchi  hayvon 

sifatida  va  sport  musobaqalarida  foydalanib  kelishgan.

Bir qator umurtqali  hayvonlar ustida inson  hayoti va sog‘ligi uchun 

nihoyatda  m uhim   bo'lgan  tadqiqotlar  o ‘tkaziladi.  N ihoyat,  umurtqali 

hayvonlarning tuzilishi va hayotini  o'rganish ekologiya,  genetika,  siste- 

matika,  qiyosiy anatomiya, fiziologiya,  biogeografiya,  evolutsion ta ’limot 

va boshqa fanlarning ко‘p lab m uam m olarini tushunib olishga va yechi- 

mini  topishga  yordam   beradi.

5


I  bob.  XORDALILAR  (CHORDATA)  TIPINING 

UMUMIY TAVSIFI 

VA  SISTEMATIKASI.  TUBAN  XORDALILAR

Uraumiy tavsifi.  Xordalilar tipiga tashqi  ko‘rinishi,  yashash  sharoiti 

va  hayot  tarzi  har  xil  bo'lgan  hayvonlar  kiradi.  Xordalilar,  asosan 

barcha  muhitlarda,  ya’ni  suvda,  tuproq  qatlamlarida,  yer  ustida  va 

hatto  havoda  ham   uchraydi.  Geografik  nuqtayi  nazardan  ular  yer 

sharining deyarli  hamma qit’alarida tarqalgan.  Xordalilarning o'lcham - 

lari  ham  xilma-xil,  ya’ni  ularning  uzunligi  0,5—3  mm  dan  30—33  m 

gacha  va  og‘irligi  150  t  gacha  boradi.

Xordalilar  tipiga  mansub  b o ‘lgan  hayvonlar  nihoyatda  xilma-xil 

bo‘lishiga qaramasdan, ular uchun umumiy bo‘lgan quyidagi xususiyatlar 

mavjud:


1.  0 £q  skeleti  vazifasini  um rbod  yoki  rivojlanishining  ilk  davrida 

xorda  yoki  orqa  tori  bajaradi.  Xorda  elastik  egiluvchan  o ‘zaklardan 

ham da  vakuola  hujayralaridan  tashkil  topgan.  Xorda  orqa  tomonidan 

gavdasining  bir  uchidan  ikkinchi  uchigacha  cho‘ziladi.  Xorda,  asosan 

ichak nayining ustki devoridan ajralib chiqadi, ya’ni entoderma hisobidan 

taraqqiy  etadi.  Tuban  xordalilarda  (assidiyalar  va  salplardan  tashqari) 

xorda um rbod saqlanadi,  yuksak xordalilarda esa xorda faqat  embrional 

rivojlamsh  davrida  bo‘ladi  va  keyinchalik  xorda  va  nerv  nayini  o ‘rab 

turadigan  biriktiruvchi  to'qim alardan  tog‘ay  yoki  suyak  um urtqalar 

hosil  bo‘ladi.

2.  Markaziy  nerv  sistemasi  (bosh  miya  va  orqa  miya)  xordaning 

ustida  tana  b o ‘ylab joylashgan  b o ‘lib,  shaklan  nayga  o'xshaydi,  uning 

ichki  bo‘shlig‘i  nevrotsel  deyiladi.  Yuksak  xordalilarda  nerv  nayining 

oldingi  qismida  murakkab  o ‘zgarishlar  va  yo‘g‘onlashuv  tufayli  bosh 

miya  shakllanadi,  nerv  nayining  qolgan  qismlari  esa  orqa  miyani  hosil 

qiladi.  Em brional  rivojlanish  davrida  nerv  nayi  em brionning  orqa 

tom onida uzunasiga ketgan  botiq  shaklida hosil  bo'ladi,  ya’ni  ektoder- 

m adan  yuzaga  keladi.

3.  Halqum   devorining  ikki  yonida  qator  o ‘rnashgan  va  halqum 

bo‘shlig‘ini tashqi  muhit bilan tutashtirib turadigan jabra yoriqlari bo‘ladi. 

Tuban  xordalilarda  jabra  yoriqlari  bir  umrga  saqlanadi.  Quruqlikda

6


yashaydigan  va  ikkilamchi  marta  suv  muhitiga  o ‘tgan  umurtqali  hay- 

vonlarda jabra yoriqlari  faqat  embrion  davrida bo'lib,  tezda  bitib  ketadi. 

Natijada halqumning keyingi qorin qismidan juft bo‘rtma, ya’ni atmosfera 

havosi bilan nafas oluvchi organ — o‘pka rivojlanadi.  Hazm qilish organlari 

xorda  yoki  umurqalarning  ostida joylashgan.

Qon aylanish sistemasini boshqarib turuvchi organ — yurak xordalilar 

gavdasining  qorin  tom onida,  xorda  va  hazm  qilish  nayining  ostida 

joylashadi.

Yuqorida  aytilgan  belgilar  bilan  bir  qatorda  xordalilar  uchun  tu- 

bandagi  belgilar  ham  xarakterlidir,  lekin  bu  belgilar  boshqa  ba’zi  bir 

umurtqasiz  hayvonlar  tiplarida  ham  uchraydi:

1. Xordalilar,  ninaterililar,  chala xordalilar, pogonoforalar va qiljag'li 

chuvalchanglar ikkilamchi  og‘izlilar (Deuterostomia)ga kiritiladi va bir- 

lamchi og‘izlilar (Prostomia) guruhiga qarshi qo‘yiladi.  Ikkilamchi og'iz 

gastrulaning gastropor teshigiga  qarama-qarshi  tom on  devorining  yori- 

lishidan  hosil  bo'ladi.  Bitayotgan  gastropor  o'rnida  esa  anal  teshigi 

hosil  bo'ladi.  Birlamchi  og'izlilarda  esa  gastropor  o ‘rnida  og‘iz  teshigi 

hosil  bo‘ladi,  orqa  chiqaruv  teshigi  esa  gastrula  devorining  o ‘pirilishi 

natijasida  hosil  bo'ladi.

2.  Embrion taraqqiyot jarayonida ikkilamchi tana bo‘shlig‘i — selom 

hosil  bo'ladi,  bu  belgi  xordalilardan  tashqari  ninaterililar,  qiljag'lilar, 

yelkaoyoqlilar,  bo‘g‘imoyoqlifar va  halqali  chuvalchanglar  uchun  ham 

xosdir.

3.  Yuksak  xordalilarning  embrionlarida,  tuban  xordalilarda,  bo'g'im- 



oyoqlilarda va ko‘pchilik chuvalchanglarda asosiy organlar sistemasining 

periferik nerv sistemasi,  muskullar,  skelet,  ayirish sistemasining metamer 

(segmentli)  ravishdajoylashuvi xarakterlidif.  Yuksak xordalilarda meta- 

meriya  deyarli  bilinmaydi.

4. Xordalilar va ko‘pchilik umurtqasiz  hayvonlarning (g'ovaktanlilar 

va  bo‘shliqichlilardan  tashqari)  gavdasi  ikki  tom onlam a  —  bilaterial 

simmetriyali  tuzilgan,  ya’ni  gavdasini  chap  va  o ‘ng  boiaklarga  ajrata- 

digan  faqat  bitta  yuza  o ‘tkazish  mumkin.



Sistematikasi. Xordalilar tipining 42000-43000 ta turi bor,  shulardan 

38000  dan  ortiq  turi  um urtqalilar  kenja  tipiga  kiradi.  Xordalilar  tipi 

quyidagi  sistematik  guruhlarga  bo‘linadi:

Tip.  Xordalilar  —  Chordata.

I. 

Kenja  tip.  L ichinka  xordalilar  (U rochordata)  yoki  qobiqlilar 

(Tunicata).

7


Sinf.  Assidiyalar-Ascidiae.

Sinf.  Salplar-Salpae.

Sinf.  Appendikulariyalar-Appendiculariae.

I I .

  Kenja  tip.  Boshskeletsizlar-Acrania.

Sinf.  Xordaboshlilar-Cephalochordata.

II I .

  Kenja  tip.  Boshskeletlilar  (Craniata)  yoki  umurtqalilar  (Ver- 

tebrata).



Guruh.  M urtak  pardasiz  umurtqalilar-Anamnia.

Bo‘Iim.  Jag‘sizlar-Agnatha.

Katta  sinf.  Jag'sizlar-Agnatha.

Sinf.  To'garak  og‘izlilar-Cyclostomata.

Bo‘Iim.  Jag‘og‘izlilar-Gnathostomata.

Katta  sinf.  Baliqlar-  Pisses.

Sinf.  Tog'ayli  baliqlar-Chondrichthyes.

Sinf.  Suyakli  baliqlar-Osteichthyes.

Katta  sinf.  Quruqlikda yashovchi  umurtqalilar yoki  T o‘rtoyoqlilar- 

Tetrapoda.



Sinf,  Suvda  ham da  quruqlikda  yashovchilar-Amphibia.

Guruh.  M urtak  pardali  umurtqalilar-Amniota.

Sinf.  Sudralib  yuruvchilar-Reptilia.

Sinf.  Qushlar-Aves.

Sinf.  Sutemizuvchilar-M ammalia.

1.1.  L IC H IN K A   XORDALILAR  (U R O C H O R D A T A )  YOKI 

Q O B IQ L IL A R   (T U N IC A TA )  KENJA  T IP I

Umumiy tavsifi.  Lichinka xordalilar sodda va tuban tuzilgan dengiz 

hayvonlari bo'lib, asosan lichinkalik davrida xordalilar tipiga xos bo‘lgan 

tuzilishga ega. Voyaga yetgan davrida bu hayvonlaming xordasi yo‘qolib 

ketadi,  nerv  nayi  o ‘zgarib,  yagona  nerv  tugunini  hosil  qiladi.  Faqat 

appendikulariyalardagina  nerv  nayi  hayoti  davomida  saqlanib  qoladi. 

Tuzilishining  bunday  soddalashuvi  erkin  yashovchi  lichinkalarning 

voyaga  yetgan  davrida  o'tro q   yashashga  o ‘tishi  bilan  bog'liq.

Lichinka xordalilarning tanasi qopsimon yoki bochkasimon shaklda 

bo'ladi.  Ularning gavdasi  tashqi  tom ondan  maxsus  parda,  qobiq,  ya’ni 

tunikaga  o'ralganligi  bilan  boshqa  xordalilardan  farq  qiladi.  Tunika 

kelib  chiqishi jihatidan  teri  epiteliysi  va  ular  orasidagi  mezenximatoz 

hujayralar  ajratgan  m ahsulot  hisoblanadi.  Tunika  o ‘zining  kimyoviy 

tarkibi jihatidan  o ‘simlik  sellulozasiga  yaqin  turadi  va  shu  moddaning


hayvonot  olamida  ham  borligini  ko‘rsatadigan  deyarli birdan bir  misol 

hisoblanadi.  Tunikaning  asosiy  vazifasi  hayvonlarni  tashqi  m uhitdan 

himoya  qilishdir.  Tunika hayvonlarning  passiv harakat  qilishi va o ‘troq 

holda  yashashi  natijasida  kelib  chiqqan.

Lichinka xordalilar yoki qobiqlilar germafrodit hayvonlar hisoblanadi. 

Ular  jinsiy  va  jinssiz  usulda  ko‘payadi.  Jinssiz  usulda  kurtaklanib  ko‘- 

payadi.  Lichinka  xordalilar  ko‘pchilik  turlari  o‘troq  holda  yakka-yakka 

yoki  koloniya  bo‘lib  yashaydi.  Ayrim  turlari  dengizda  suzib  yurib  hayot 

kechiradi.  Lichinka  xordalilar  ba’zi  chuchuk  suvli  dengizlardan  tashqari 

barcha  dengiz  va  okeanlarda  tarqalgan.  Ko‘pchiligi  tropik  va  subtropik 

dengizlarda yashaydi.  Ular dengizlarning turli chuqurliklarida,  ya’ni  50 m 

dan tortib 5000 m gacha bo‘lgan chuqurliklarida tarqalgan. M DHda lichinka 

xordalilar  Kaspiy va Azov  dengizlaridagina uchramaydi.

Lichinka xordalilar kenja tipiga  1500  ga yaqin tur  kiradi.  Shulardan 

150  ta  turi  M D H da  uchraydi.  U lar  o ‘ta  passiv,  ya’ni  suvni  flltrlab 

oziqlanadi.  Qon  aylanish  sistemasi  tutash  emas.

Lichinka xordalilar yoki  qobiqlilar  (pardalilar)  kenja tipi  3  ta siufga 

bo‘linadi:  Assidiyalar —  (Ascidiae),  salplar —  (Salpae)  va  appendikula- 

riyalar  —  (Appendiculariae)  sinflari.

Assidiyalar  (Ascidiae)  sinfi

Assidiyalar  sinfi  orasida  yakka-yakka  yashaydigan  turlari  ham   va 

koloniya  bo ‘lib  o ‘troq  holda  hayot  kechiradigan  turlari  ham  uchraydi. 

Koloniya  b o ‘lib  yashaydigan  assidiyalar  jinsiy  usulda  ko‘payishdan 

tashqari,  kurtaklanish yo‘li bilan jinssiz usulda ham ko‘payadi. Assidiya- 

larning ko‘pchiligi bir joyda hayot kechiradi,  lekin  ularning suvda erkin 

suzib  yurib  hayot  kechiradigan  koloniya  turlari  ham   mavjud.  Voyaga 

yetgan  assidiyalarning  uzunligi  3 0 -5 0   sm  ga  boradi.

Assidiyalaming xaltasimon yoki bochkasimon tanasi tashqi tomomdan 

dildiroq  kletchatkasimon  m oddadan  iborat  qalin  qobiq  (tunika)  bilan 

o'ralgan  bo ‘lib,  ostki  tom onidagi  tovoni  bilan  suv  tagidagi  birorta 

substratga yopishib  yashaydi  (1-rasm).

Tunika  katta  himoya  ahamiyatiga  ega  b o ‘lib,  o ‘troq  yoki  yarim 

o ‘troq  holatga  ko'chish  natijasida  hosil  b o ‘lgan.  Tunikaning  tagida 

teri-m uskul qopi yoki  mantiyasi bor.  Tanasining yuqori tom onida og‘iz 

sifoni  va  undan  pastroqda  esa  kloaka  sifoni  joylashgan.



Ovqat hazm  qilish va  nafas  olish  organlari.  Assidiyalar passiv holda 

oziqlanadi.  Og‘iz sifonining teshigi og‘izga ochiladi.  O g'izni bir qancha

9


1-rasm.  Assidiyaning tashqi va ichki tuzilishi:

A  —  umumiy  ko'rinishi;  B  —  bo‘yiga  kesmasi;

1  -   og‘iz  sifoni;  2  -   kloaka  sifoni;  3  -   tunika  (qobiq),  4,  5  -   mantiyasi; 

6 — halqumi;  7  — halqum  bo‘shlig‘i;  8  — jabra yoriqlari;  9 — endostil;  10,  11  — jab- 

raoldi  b o ‘shlig‘i;  12  —  jabraoldi  bo‘shlig‘i  devori;  13  —  oshqozoni;  14  —  jigar 

o ‘simtasi;  15 — anal teshigi;  16 — urug‘doni,  17 — tuxumdoni;  18  — jinsiy bezlarining 

kanallari;  19  -   yurakoldi  xaltasi;  20  -   yuragi;  21  - n e r v   tuguni.

qamragichlar o ‘rab  olgan  bo‘lib,  u  keng  xaltasimon  halqumga ochiladi. 

Halqum   devorida  bir  qancha mayda-mayda jabra  yoriqlari  — stigmalar 

joylashgan.

Jabra  yoriqlari,  ya’ni  stigmalar  bevosita  tashqariga  ochilmay,  balki 

maxsus  jabraoldi  (atrial)  bo‘shlig‘iga  ochiladi.  H alqunm ing  ostki  to ­

m onidan  qisqa qizilo‘ngach  boshlanadi.  U  keng  qopsimon  oshqozonga 

uianadi.  O shqozondan  keyin  ichak  boshlanadi  va  ichak  anal  teshigi 

orqali  atrial  b o ‘shliqqa  ochiladi.

Halqum ning  ichki  tom onida,  uning  orqa  tom oni  bo‘ylab  to   qizi- 

lo‘ngachgacha  davom  etib  boradigan  tarnov  bor,  bu  tam ovning  ikki 

cheti  yuqoriga  ko‘tarilgan  bo‘lib,  ichi  tebranib  turuvchi  uzun-uzun

10


kiprikchalar  bilan  qoplangan.  M ana  shu  tarnovga  endostil  deyiladi. 

Endostil  og‘iz  teshigiga  yetmasdan  turib  ikkiga  bo'linadi  va  halqum ni 

halqadek o ‘rab oladigan halqumoldi egatchasiga aylanadi.  Halqum ning 

orqa  tom onida  endostilga  qaram a-qarshi  va  halqum  bo‘shlig‘iga  osilib 

turadigan  plastinka  b o iib ,  bu  orqa  plastinka  deyiladi.  Assidiya  halqu- 

mining  ichini  qoplab  turgan  kiprikning  va  orqa  plastinkaning  tebranib 

harakat  qilishi  natijasida  suv  oqimi  halqumga  kiradi.  Suv  bilan  halqum 

bo‘shlig‘iga mayda dengiz organizmlari ham kirib,  endostil tubiga ch o ‘- 

kadi.  Bu yerda ular endostil tubidagi hujayralardan chiqadigan shilimshiq 

m odda bilan  bir-biriga yopishadi va  endostil  kiprikchalarining  harakati 

natijasida  qizilo‘ngach  teshigiga  haydaladi.  Hazm  bo ‘lmagan  oziq  qol- 

diqlari anal teshigi orqali jabraoldi bo‘shlig‘iga tushadi, u yerda um um iy 

suv oqimi bilan kloaka sifoni teshigidan tashqariga  chiqariladi.  H alqum  

nafas  olish  organi  vazifasini  ham   bajaradi.



Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 28%20Биология%20фанлар
28%20Биология%20фанлар -> Himoya qilish
28%20Биология%20фанлар -> Va selekciya
28%20Биология%20фанлар -> Fiziologiyasi
28%20Биология%20фанлар -> Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi
28%20Биология%20фанлар -> SH. xushmatov, A. Yesimbetov, G. Begdullaeva radiobiologiya
28%20Биология%20фанлар -> F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a
28%20Биология%20фанлар -> S. A. M avlanova
28%20Биология%20фанлар -> Iqtisod-moliya
28%20Биология%20фанлар -> Amaliyotiuchun
28%20Биология%20фанлар -> A n a t o m I y a, s I s t e m a t I k a, g e o b o t a n I k a

Download 21.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling