S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana10.04.2020
Hajmi1.76 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

 
96

8.5. Testlar 
 
1.  Nima, yo‘l xo‘jaligi texnik qurollanganligi to‘g‘risida, ma’lumot 
beruvchi manba bo‘lib nima xizmat qiladi? 
a)  yuk xati; 
b)  chipta; 
c)  *texnik pasport; 
d)  inventar. 
2.  Temir yo‘l izining foydalanuv uzunligi, qaysi yo‘l o‘qlari bo‘yicha 
o‘lchangan, temir yo‘l izi uzunligidan iborat? 
a)  qurilish; 
b)  bekat; 
c)  *bosh yo‘l; 
d)  oraliq. 
3.  Temir yo‘l izi bosh yo‘llariga, ikki bekat oralig‘idagi masofa va 
Tarif ko‘rsatmasida belgilab qo‘yilgan alohida punktlar qayeriga-
cha bo‘lgan davomi kiradi? 
a)  bekatgacha; 
b)  strekagacha; 
c)  *chegarasigacha; 
d)  chiroqqacha. 
4.  Texnik pasport qaysi hisob hujjatlari kitobi asosida yuritiladi?  
a)  kichik; 
b)  katta; 
c)  *maxsus; 
d)  normativ. 
5.  Texnik qurollanganlik to‘g‘risidagi Maxsus hisob hujjatlari kitobi-
da qaysi ma’lumotlar qayd qilinadi? 
a)  oddiy; 
b)  o‘rtacha; 
c)  *joriy; 
d)  rejaviy. 
6.  Relslarni hisobga olish kitobida, ularning yemirilish nimasining 
bayoni beriladi? 
a)  rangining; 
b)  nomining; 
c)  *miqdorining; 
d)  rejasining. 
7.  Shpallarni hisobga olish kitobida, ularning mavjud nimalari 
bayoni beriladi? 
a)  ranglari; 
97

b)  b qiyalari; 
c)  *nuqsonlari; 
d)  normalari. 
8.  Ko‘chirish strelkalarini hisobga olish kitobida, ular o‘rnatilgan 
nimasining tavsifi beriladi? 
a)  rayonining; 
b)  shaharining; 
c)  *joyining; 
d)  vokzalining. 
9.  Yo‘l oralig‘i texnik pasportida, yo‘l xo‘jaligi nimalari, har bir 
kilometri bo‘yicha ifodalanadi? 
a)  mixlari; 
b)  toshlari; 
c)  *elementlari; 
d)  tuproqlari. 
10. Yo‘l oralig‘i texnik pasporti ma’lumotlari asosida, mintqaviy temir 
yo‘l uzeli kesimi bo‘yicha guruhlangan, qaysi Hisobot tuziladi? 
a)  sutkaviy; 
b)  dekadali; 
c)  *yig‘ma; 
d)  jadvalli. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
98

9-bob. Kapital qo’yilmalar, kapital qurilish va yangi texnika 
statistikasi 
 
9.1. Kapital qo‘yilmalar, kapital qurilish va qurilish tannarxi 
statistikasi 
 
Kapital qo‘yilmalar  statistikasi.  Muntazam ortib borayotgan tashish 
hajmi va yuk turlarini o‘zlashtirish uchun, temir yo‘l transporti texnik 
qurollanganligini doimo to‘ldirish va muntazam yangilash hamda ular 
statistik kuzatuvini olib borish zarur.  
Kapital qo‘yilmalar. Mavjud asosiy vositalarni yangilashga va rekon-
struksiya qilishga yo‘naltirilgan harajatlar jami kapital qo‘yilmalar deb ata-
ladi. Rejalashtirish va tahlil bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator masalalarini 
yechish uchun kapital qo‘yilmalari quyidagi xususiyatlari bo‘yicha guruh-
lanadi: moliyalashtirish manbai, o‘zlashtirish shakli, yo‘nalishi, vazifasi, 
hududiy-boshqaruv bo‘linishi va boshqalar. Temir yo‘lda kapital qo‘yilma-
lar quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi: xususiy va boshqa tashkilotlar 
mablag‘laridan, shuningdek, kreditlar shaklida jalb etilgan mablag‘lardan. 
Kapital mablag‘larni o‘zlashtirish asosiy shakllari quyidagilardan iborat: 
yangi temir yo‘l izlarini, ikkinchi izlarni, sun’iy qurilmalarni qurish, usku-
nalar xaridi, montaji va boshqalar. Ana shu guruhlash asosida kapital qo‘-
yilmalar tarkibi tavsiflanadi. Kapital qo‘yilmalar asosiy qismi qurulishga 
va birinchi navbatda yangi texnika, kompleks mexanizatsiyani joriy qilish 
va ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirishga yo‘naltiriladi. Kapital 
qo‘yilmalar yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi turlarga ajratiladi: yangi quru-
lishga, kengaytirishga, rekonstruksiyaga, texnik qayta qurollanishga va 
modernizatsiyaga. 
Kapital qo‘yilmalar statistikasi asosiy ko‘rsatkichlari. Kapital 
qo‘yilmalar statistikasi asosiy ko‘rsatkichlari kapital qo‘yilma hajmi va 
kapital qo‘yilmalar salmog‘i ko‘rsatkichlaridan iborat. 
Kapital qo‘yilma hajmi ko‘rsatkichi - smeta narxida ifodalangan kapital 
qo‘yilmalar miqdorini tavsiflaydi. 
Kapital qo‘yilma salmog‘i ko‘rsatkichi kapital qo‘yilmalar miqdorining 
asosiy fondlar qiymatiga nisbatini tavsiflaydi. 
Kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish shakliga qarab, temir yo‘l transporti 
statistikasida quyidagi bo‘limlar alohida ajratib ko‘rsatiladi: kapital 
qurilish statistikasi; harakatdagi tarkib va ishlab chiqarish uskunalari haridi 
statistikasi; kapital ta’mir statistikasi. 
Kapital qurilish statistikasi. Kapital qurilish statistikasi kompleks 
qurilish ishlari, qurilayotgan obyekt uskunalari va alohida konstruksiyalar 
montaj ishlarini ham o‘z ichiga olgan qurilish ishlab chiqarish masalalarini 
99

o‘rganadi. Qurilish ishlariga quyidagilar kiradi: imorat va inshoot qurish, 
ularni qaytadan qurish va kengaytirish; imorat va inshoot tarkibiga 
kiruvchi qurilish konstruksiyalarining montaji (metalli, temirbetonli, 
yog‘ochli), aloqa simi va elektroenergiyani uzatish liniyasining jihozlari, 
qurilma va imoratlari tarkibiga kiruvchi qurilish konstruksiyalarining 
(metall, temirbetonli, yog‘ochli) montaji; sanitar-texnikaviy uskunalar va 
yoritish tarmog‘ini qurish; ichimlik suvi quvuri, kanalizatsiya, issiqlik va 
gaz tarmoqlari va uskunalarini qurish; uskuna tagidagi tayanch 
konstruksiyalarning poydevori va uning tagi va boshqalar. Uskunalar 
montaj ishlari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish, texnologik va 
boshqa uskunalarni yig‘ish va o‘rnatish; montaj qilinayotgan uskuna 
tarkibiga kiruvchi sanoat o‘tkazmasining qurilmasi va boshqalar. 
Tugallanmagan ishlab chiqarish bu, kelishuvda shartlangan, buyurtma 
shartiga binoan, ishga solib bo‘lmaydigan qurilishi tugallanmagan inshoot 
yoki montaji tugallanmagan uskuna. Kapital qurilish statistikasi quyida-
gilarni o‘rganadi: kapital qurilmalar tarkibi va o‘zlashtirish sur’ati; qurilish 
industriyasining rivojlanishi; qurilish ishlarining mexanizatsiya darajasi; 
qurilish tashkilotlarining ixtisosligi; qurilishdagi mehnat unumdorligining 
darajasi va dinamikasi; qurilish-montaj ishlari tannarxining darajasi va 
o‘zgarishi. 
Kapital qurilish statistikasining asosiy ko‘rsatkichlari. Asosiy ko‘rsat-
kichlari quyidagilardan iborat: mahsulot, ya’ni bajarilgan qurilish va mon-
taj ishlari, asosiy fondlarni foydalanishga kiritish, qurilish mahsuloti tan-
narxi. Qurilish maxsuloti tugallangan va tayyor turlarga bo‘linadi. Tugalla-
gan mahsulot, bu hisobot davrida qurilishi batamom tugallangan obyekt. 
Qurilish mahsulotlari smeta narxi yoki bir dona qurilish ishlarining 
amaldagi bahosi va uskunalarni montaj qilish ishlari narxlari bo‘yicha hi-
sobga olinadi. Qurilish obyektlari smeta qiymatiga qurilish-montaj va pro-
yekt-qidiruv ishlar, uskunalar qiymati, ustama xarajatlari, shuningdek, qu-
rilish tashkilotining harakati bilan bog‘liq qurilayotgan korxonalar uchun 
kadrlarni tayyorlash xarajatlar qiymati kiradi. Qurilish ishlarini qabul qilish 
yoki qurilish obyektlari va boshqa asosiy fondlarni ishga tushirish momenti 
bo‘lib, ularni foydalanishga qabul qilish sanasi xizmat qiladi. 
Hisobga olish manbai. Hisobga olish manbai bo‘lib, bajarilgan ishlarni 
qabul qilish Dalolatnomasi xizmat qiladi. Ushbu Dalolatnoma ishni qabul 
qilgan buyurtmachi, ishini topshirgan pudratchi, ish bajarilishini moliyaviy 
nazorat qilib turgan va qurilishni moliyalashtirib turgan bank vakili 
tomonidan imzolanadi. Statistik hisobotlarda kapital qurilish hajmi ishlab 
chiqarish usuli va ishni bajaruvchilar, temir yo‘l xo‘jaliklari va ish turlari, 
qurilish obyektlari ishlab chiqarish vazifasi, moliyalashtirish manbalari va 
100

boshqalar bo‘yicha guruhlanadi. Qurilish ishlari ikki usulda bajariladi – 
pudrat va xo‘jalik. Pudrat usulidagi qurilish. Kapital qurilishining asosiy 
qismi pudrat usulida bajariladi, ya’ni ixtisoslashgan qurilish tashkilotlari 
bajaradi. Xo‘jalik usulidagi qurilish-montaj ishlarini, qurilish uchun kredit 
bergan tashkilot olib boradi. Xo‘jalik usuli unchalik katta bo‘lmagan ish 
hajmida, qulay, mavjud pudrat qurilish tashkilotlaridan foydalanish 
qiyinchilik tug‘dirsa, yangisini tuzish esa iqtisodiy nomuvofiq bo‘lsa, u 
holda xo‘jalik usulidan foydalanish samaralidir. 
Statistika hisobotida qurilish ishlari quyidagicha guruhlanadi: 
1.  Turlari bo‘yicha – yangi temir yo‘l izlari, temir yo‘l izlarini 
mustahkamlash, ikkinchi yo‘llar. 
2.  Temir yo‘l xo‘jaliklarining sohalari bo‘yicha – elektrlashtirish va elektr 
ta’minoti, yo‘l va inshootlar, lokomotiv, vagon va boshqalar. 
3.  Obyektlarning ishlab chiqarishdagi vazifalari bo‘yicha –  ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish. 
Ishlab chiqarish yo‘nalishidagi qurilish obyektlariga temir yo‘l 
transportining ekspluatatsiya va sanoat faoliyatiga xizmat ko‘rsatishga 
mo‘ljallangan imorat, inshoot, uskunalar montaji va qurilishlari kiradi. 
Noishlab chiqarish yo‘nalishidagi qurilish obyektlariga turar joy, maktab, 
bolalar bog‘chasi, shifoxona, poliklinikalar kiradi. 
Hisobotda, kiritilayotgan asosiy ishlab chiqarish fondlari, quyidagi xu-
susiyatlari bilan tavsiflanadi: reja bo‘yicha va haqiqatda qurilishni tugal-
lash sanasi; proyekt bo‘yicha va haqiqatda ishlab chiqarish quvvati; asosiy 
fondlar qiymati; kapital qo‘yilmalar mablag‘i; tugallanmagan qurilish pul 
birligida. Turar joy qurish obyektlari uchun quyidagilar ko‘rsatiladi: umu-
miy foydalanish maydoni; haqiqiy qiymati; o‘tirish joyi soni bilan ifoda-
langan quvvati (maktab, bolalar bog‘chasi va yaslisi, shifoxona) va bosh-
qalar. 
Qurilish tannarxi statistikasi. U xarajatlar darajasi va tarkibini, ular 
dinamikasini, tannarxni kamaytirish topshirig‘ini bajarilishi, qurilish tan-
narxini pasaytirish yoki oshishga olib keluvchi sabablarni aniqlash, qurilish 
ishlari tannarxi indeksini hisoblashni o‘rganadi. Reja bajarilishini nazorat 
va tahlil qilish uchun qurilish-montaj ishlarning haqiqiy tannarxi umuman 
va xarajat elementlari bo‘yicha smetadagi va rejadagi tannarx bilan solish-
tiriladi. Qurilish-montaj ishlarining haqiqiy tannarxi ularning smetadagi 
tannarxi bilan solishtirilib, haqiqiy xarajatning smetadagi xarajatga nisba-
tan o‘zgarishi aniqlanadi. Xuddi shunday, haqiqiy tannarx rejadagi bilan 
solishtirilib, rejali jamg‘arish va qurilish- montaj ishlari qiymatini kamay-
tirish bo‘yicha reja topshirig‘i bajarilish darajasi aniqlanadi. 
Qurilish obyektlarini ishga tushirish rejasi bajarilishini baholash uchun  
101

ular tayyorligi va ortiqcha bajarilgan ishlar ko‘rsatkichi aniqlanadi: tayyor-
lik koeffitsiyenti K
q
 bu, obyekt qurilayotgandan beri bajarilgan ishlar smeta 
qiymatining ularning umumiy smeta qiymatiga nisbati; ortiqcha bajarilgan 
ishlar koeffitsiyenti K
s
 bu, ortiqcha ishlarning umumiy ishlar qiymatiga 
nisbati. Statistikada, shuningdek chiqish koeffitsiyenti K
v
  aniqlanadi. Bu 
koeffitsiyent – bajarilgan ishlar samaradorligi ko‘rsatkichi bo‘lib, ishga 
tushirilgan asosiy fondlar qiymatining barcha bajarilgan ishlar qiymati 
nisbatiga teng. 
 
9.2. Harakatdagi tarkib, konteyner va uskunalar xaridi statistikasi 
 
Temir yo‘l transporti asosiy fondlarining kengaytirilgan qayta ishlab 
chiqarilishi, yangi harakatdagi tarkib, konteynerlar, turli uskunalar, asbob 
va inventarlar xaridi kapital qo‘yilmalar rejasi asosida amalga oshiriladi. 
Lokomotiv, vagon, konteyner, uskunalar yetkazib berish hisobi yil boshi-
dan bir tartibda amalga oshiriladi, bu esa plan bajarilishi darajasini baho-
lashga imkon beradi. Harakatdagi tarkib, konteyner va uskunalarni yetka-
zib berish statistik hisobi quyidagicha olib boriladi: umumiy bahodagi 
qiymat ifodasida va jismoniy birlikda; uskuna, asbob va inventarlar esa 
qiymat ifodasida. Statistikada, harakatdagi tarkibni yetkazib berish, uning 
quyidagi alohida turlari va rusmlari bo‘yicha hisobga olinadi: 
lokomotivlar, vagonlar, yo‘lovchi vagonlar. Lokomotivlar, o‘z navbatida, 
teplovoz, dizel-poyezd, elektrovoz, elektroseksiya, parovoz, avtomotritsa 
turlariga bo‘linadi. Har bir turning ichida esa rusumlarga bo‘linadi: yuk 
vagonlari – turlariga; yo‘lovchi vagonlar – xillarga bo‘linadi.  
Hisob momenti. Harakatdagi tarkib, konteyner va uskunalarni yetkazib 
berish, asbob-uskuna va inventar xaridi schetlar to‘lov momenti bo‘yicha 
hisobga olinadi. 
Dastlabki hisob manbai. Hisob shartnoma va boshqa buxgalteriya 
hujjatlari hisobning birinchi manbalari bo‘lib xizmat qiladi. 
 
9.3. Asosiy vositalar kapital ta’miri va yangi texnika statistikasi 
 
Bino va inshootlar kapital ta’mirida, odatda, eskirgan konstruksiya va 
detallar olib tashlanadi va ular ta’mirlanayotgan obyektlar ekspluatatsiya 
imkoniyatini yaxshilovchi yanada mustahkam va tejamlisiga almashtiri-
ladi. Undan tashqari, kapital ta’mir mablag‘i hisobidan bekatlarni kengay-
tirish, ikkinchi yo‘llarni qurish ishlari amalga oshiriladi. Bino va inshootlar 
kapital ta’miri xo‘jalik va pudrat usulida, ya’ni ixtisoslashgan maxsus ta’-
mir korxonasi bajaradi. Harakatdagi tarkib kapital ta’miri, odatda, ixtisos-
lashgan zavodda markazlashgan remont ishlar fondi hisobidan bajariladi. 
Dastlabki hisob manbai. Kapital ta’mir hisobining dastlabki manbai 
bo‘lib, ishlarni qabul qilish Dalolatnomasi xizmat qiladi. 
102

Kapital ta’mir statistikasining vazifasi temir yo‘l transporti asosiy vosi-
talari kapital ta’miri bo‘yicha belgilangan reja bajarilishini hisobga olish va 
bajarilgan kapital ta’mir ishlar hajmini tavsiflashdan iborat. Asosiy vosita-
lar kapital ta’mir rejasi temir yo‘l, sanoat korxonalari, qurilish va temir 
yo‘l transporti boshqa tashkilotlari uchun bir yilga joriy yilning smeta 
narxlarida va jismoniy birlikda belgilanadi. Kapital ta’mir ish hajmi ta’mir 
obyektlari, xo‘jalik tarmoqlari, ish turlari, reja tituli bo‘yicha guruhlanadi. 
Xo‘jaliklar bo‘yicha asosiy vositalar kapital ta’miriga ishlatilgan 
mablag‘lar tarkibi turlicha bo‘lishi mumkin va ular katta ahamiyatga ega.    
Yangi texnika statistikasi. Ishlab chiqarish jarayonining texnik dara-
jasini baholash muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish jarayoni texnik 
darajasini baholashda umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar sifatida mehnat 
unumdorligi, mahsulot tannarxi qo‘llaniladi. Xarajatlar umumiy tejami va 
ishchi kuchi nisbiy kamayishi ilg‘or texnologiyani, ishlab chiqarishga 
mexanizatsiya va avtomatizatsiyani, elektron hisoblash texnikasidan 
foydalanishni joriy etish, yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish va 
uskunalar modernizatsiyasini egallash natijasida erishiladi. 
Temir yo‘l qayta qurollanganligini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar 
qatoriga quyidagilar kiradi: umumiy ish hajmida, progressiv tortish kuchi 
(elektr va dizel) bilan bajarilgan yuk aylanmasi va yo‘lovchi aylanmasi-
ning ulushi hamda manyovr ishi; avtoblokirovka va markazlashgan dis-
petcherlik, avtomatlashgan lokomotiv signali va avtostop uskunalari bilan 
jihozlangan uchastkalarning temir yo‘l umumiy foydalanuv uzunligidagi 
ulushi; optik-simli aloqa liniyasi uzunligi, R-75 relsli temir yo‘l izi 
uzunligi; ulovsiz yo‘l izi uzunligi; yuqori quvvatli, katta yuklamali va 
ishonchli lokomtivlardan foydalanish ulushi. 
Tayanch iboralar: kapital qo‘yilmalar; kapital qurilish; qurilish 
tannarhi; harakatdagi tarkib xaridi; uskunalar xaridi; asosiy fondlar kapital 
ta’miri; yangi texnika; progressiv tortish kuchi; avtoblokirovka; yuqori 
quvvatli lokomtivlar; avtostop uskunalari; avtomatlashgan signal; optik-
simli aloqa liniyasi; yuqori quvvatli. 
 
9.4. Mustaqil ishlash uchun masalalar 
 
1-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan “Kapital qurilish obyektlari-
ning smeta qiymati, tayyorligi va ishga tushirilishi” shartli statistik 
ma’lumotlar asosida qurilish obyektlari bo‘yicha tayyorlik va ortiqcha 
ishlar tahlili bajarilsin, xulosa chiqarilib takliflar bildirilsin.  
103

9.4.1-jadval 
Obyekt 
raqami 
Obyektning 
smeta qiymati, 
mln. so‘m 
Qurilish 
boshidan 
beri 
bajarilgan, 
mln.so‘m 
Ishga 
solindi, 
mln.so‘m
Tugallanmagan 
qurilish 
hisobot davri 
oxirida, 
mln.so‘m 
Tayyorlik 
darajasi, 

Ortiqcha 
ishlar % 
1. 
 70,0 
70,0  70,0 

100  - 
2. 
 70, 
35,0  - 
35,0  50,0 
50,0 
3. 
 70,0 



-  - 
Jami: 210,0  105,0 70,0  35,0  50,0 
16,7 
 
2-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan “Temir yo‘l transportida hara-
katdagi tarkib xaridining dinamikasi” shartli statistik raqamlar asosida te-
mir yo‘l transporti xo‘jaliklari bo‘yicha asosiy fondlar xaridiga ishlatilgan 
mablag‘lar tarkibi dinamikasining tahlili bajarilsin, unga oid xarid qilingan 
harakatdagi tarkib turlari izohlansin, ularga oid xulosa va takliflar berilsin. 
 
9.4.2-jadval 
T/r  Xarid qilingan harakatdagi tarkib turlari 
2010 y. 2011 y. 2012 y.  2013 y.  2014 y.
1. 
Magistral 
elektrovozlari. 
11 12 13 15 24 
2. 
Teplovozlar 
jami, 
shundan: 
     
a Magistral 
teplovozlari 
9  10 12 20 25 

Manyovr 
teplovozlari 
3 4 - - - 

Vagonlar 
jami, 
shundan: 
     
a Yuk 
vagonlari 
12 
24 
98  120  200 

Yo‘lovchi 
vagonlar 
112 122 120 142 150 

Koteynerlar 
jami, 
shundan: 
165 175 199 201 292 

Katta tonnali konteynerlar 
100 
75 
92 
78 
98 
 
3-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan “Temir yo‘lda progressiv 
tortish kuchi bilan bajarilgan yuk aylanmasi va foydalanishdagi temir yo‘l 
uzunligi ulushining dinamikasi,  shartli statistik raqamlar asosida temir 
yo‘lda qo‘llanilayotgan progressiv tortish kuchidan foydalanish darajasi 
tahlil qilinsin, uning ahamiyati va zarurati izohlansin, yangi texnika 
qo‘llanilganlik darajasiga baho berilsin.   
9.4.3-jadval 
Yillar 
Temir yo‘l umumiy foydalanish 
uzunligida 
Yuk aylanmasida, ekspluatatsiya t.km.
elektrifikatsiyali 
uchastkalar 
ulushi, % 
teplovozli 
uchastkalar 
ulushi, % 
elektrovozlar 
bilan bajarilgan 
yuk aylanmasi 
teplovozlar bilan 
bajarilgan 
yuk aylanmasi 
1991 10 
64 
60,4 
39,6 
1995 21 
65 
 
61,5 
38,5 
2010 35 
79 
62,3 
37,7 
2014 36 
64 
63,0 
37,2 
 
104

4-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan “Temir yo‘l transporti xo‘ja-
liklari bo‘yicha asosiy vositalar kapital ta’miriga ishlatilgan mablag‘lar 
tarkibi dinamikasi” shartli statistik raqamlar asosida temir yo‘l xo‘jaliklari 
bo‘yicha asosiy fondlar kapital ta’miriga ishlatilgan mablag‘lar tarkibi 
dinamikasi tahlili qilinsin, kapital ta’mir harajatlari katta-kichiklik omillari, 
ahamiyati va zaruratiga izoh berilsin.  
9.4.4-jadval 
T/r 
Temir yo‘l transporti xo‘jaliklari nomi 
Asosiy vositalar kapital ta’miriga 
ishlatilgan mablag‘lar ulushi, jamiga 
nisbatan % 
2010 y. 
2014 y. 

Yo‘l xo‘jaligi va inshootlar  51,5 
55,0 

Lokomotiv xo‘jaligi 
16,7  
19,2 
3 Vagon 
xo‘jaligi 
9,7 
10,5 

Imorat va inshoot xo‘jaligi 
3,3 
2,6 

Yo‘lovchi xo‘jaligi 
4,1  
4,1 
6 Yuk 
tashish 
xo‘jaligi 
3,3 
2,6 

Aloqa va hisoblash texnikasi, avtomatika va 
telemexanika xo‘jaligi  
2,5  
2,7 

Elektrifikatsiya va elektr ta’minoti xo‘jaligi 
2,3  
2,0 
9 Boshqalar 
6,6 
 
3,1 
 
9.5. Nazorat savollari 
 
1.  Kapital ta’mir statistikasining vazifasi nimadan iborat? 
2.  Kapital qo‘yilmalar statistikasining predmeti va vazifasi, ularning 
mazmuni va ahamiyati nimadan iborat?  
3.  Kapital qurilish statistikasining predmeti va vazifasi nimadan iborat?  
4.  Qurilish tannarxi statistikasining predmeti va vazifasi nimadan iborat?  
5.  Harakatdagi tarkib va uskunalar xaridi statistikasining predmeti va 
vazifasi nimadan iborat?  
6.  Asosiy fondlar kapital ta’miri statistikasi predmeti va vazifasi nimadan 
iborat?  
7.  Asosiy fondlar kapital ta’miri hisobining dastlabki hisob hujjatlari, 
ularning mazumni va zarurati nimalardan iborat? 
8.  Yangi texnika statistikasi predmeti va vazifasi, ularning mazmuni va 
ahamiyati nimadan iborat?  
 
9.6. Testlar 
 
1.  Mavjud asosiy vositalarni yangilash va rekonstruksiyalashga 
yo‘naltirilgan nimalar jami kapital qo‘yilmalar deb ataladi? 
a)  materiallar; 
b)  xom-ashyo; 
105

c)  *xarajatlar; 
d)  yoqilg‘ilar.  
2.  Rejalashtirish va tahlil bilan bog‘liq moliya masalalari yechimi 
uchun kapital qo‘yilmalari qaysi manbai bo‘yicha guruhlanadi? 
a)  ta’mir; 
b)  yangilash; 
c)  *moliyalashtirish; 
d)  yoqilg‘i.  
3.  Temir yo‘l transportida, qaysi mablag‘, kapital qo‘yilmani moliya-
lashtirish manbalaridan birini tashkil etadi? 
a)  texnik; 
b)  eski; 
c)  *xususiy; 
d)  yoqilg‘i.  
4.  Yangi temir yo‘l izlarini nima qilish, kapital mablag‘larni o‘zlash-
tirish asosiy shakllaridan birini tashkil etadi? 
a)  o‘rash; 
b)  kamaytirish; 
c)  *qurish; 
d)  guruhlash.  
Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling