S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana10.04.2020
Hajmi1.76 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

Tayanch iboralar 
 
Mehnat resursi, mehnat unumdorligi, iqtisodiy faol va nofaol aholi, ish-
chi kuchi, ishsiz, friksion ishsizlik, strukturaviy ishsizlik, davriy ishsizlik, 
ishsizlik darajasi, mehnat bozori birjasi, 16 yoshga to‘lganlar koeffitsi-
yenti, ishga jalb qilingan o‘smirlar va pensionerlar koeffitsiyenti, mehnat 
119

resurslarining bandlik koeffitsiyenti, iqtisodiy faol aholining yuklama koef-
fitsiyenti, aholi yosh tarkibining samaradorlik koeffitsiyenti, ish haqi fondi. 
 
Namunaviy masalalar 
 
1-masala. Temir yo’l korxonada joriy yilning 1.01. holatiga ko‘ra: 
xodimlarning ro’yxatdagi soni 1520 kishini, o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar 
soni esa 1500 kishini tashkil qildi. Ishga kabul qilinganlar soni – 120 kishi, 
ishdan bo‘shatilgan soni – 150 kishi, shu jumladan 110tasi uzrsiz. Yil 
davomida doimiy ishlagan xodimlar soni – 1250 kishi. 
Korxonada ish kuchi harakati va oqim ko‘rsatkichlarini aniqlang:  
1. Ish kuchi aylanma ko‘rsatkichi : 
Xa= Xk +Xb = 120+150=270 kishi. 
2. Ish kuchi aylanmasi koeffitsiyenti : 
Ka= Xa/ Xr = 270/ 1500*100%=18,0% 
3. Ish kuchi oqimi koeffitsiyenti : 
Ko= Xub/ Xr =110/ 1500*100%=7,5%. 
4. Ish kuchi doimiylik koeffitsiyenti : 
Kd= Xdi/ Xr = 1250/1500*100%= 83,3%. 
 
2-masala Temir yo’l korxonaning ma’lumotlari asosida ish vaqti 
fondlarini hisoblang: 
10.4.1-jadval 
Ro‘yxatdagi o‘rtacha ishchilar soni, kishi 
500 
Ishchilar ishlagan ish vaqti, kishi-kun 
110790 
Kunlik bekor turgan vaqti, kishi-kun  
10 
Ishga kelmagan kunlar, kishi-kun 
71700 
- yillik ta’til 
9000 
- o‘quv ta’tili 
120 
- xomiladorlik ta’tili 
480 
- kasallik  
5000 
- boshqa qonuniy ishga kelmaslik 
250 
- ma’muriyat ruxsati bilan ishga kelmaslik  
300 
- sababsiz ishga kelmaslik 
50 
Bayram va dam olish kunlari, kishi-kun  
56500 
Ishchilar ishlagan xaqiqiy ish vaqti, kishi-soat 
875241 
- ish vaqtidan tashqari (сверхурочно) 11079 
 
Aniqlang: 
1.  Kalendar ish vaqti fondi = 110790+10+71700=182500 kishi-kun. 
(500*365=182500 kishi-kun) 
2.  Tabel ish vaqti fondi = 182500-56500=126000 kishi-kun. 
3.  Maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi = 182500-56500-9000=117000 
kishi-kun. 
 
120

10.4.2-jadval 
Ish vaqti 
resurslari 
Kishi-kun 
Kishi-
soat 
Ish vaqtidan 
foydalanish 
Kishi-kun Kishi-soat 
1. KVF 
182500 
 
1.Hak.Ish vaqti 
110790 
 
2. Bayram va 
dam olish  
56500  
2.Smena mobaynida 
tanaffuslar 
 
 
3. Tabel IV 
126000 
 
3.Smena vaqt fondi 
610 
 
4. Navbatdagi 
ta’til 
9000  
4.Sababli foydalanil-
magan IV 
5550  
5. Maks. imk. 
IV 
117000  
5. Ish vaqti 
yo’qotishlari 
50  
 
 
 
6. Mak imkon. IV 
117000 
 
 
Aniqlang: 
1. Kalendar fondini ishlatilish koeffitsiyenti:  
K kfi
 
= ishlagan vaqti, kishi-kun / KFV  
         = 110790/182500= 0,6071 yoki 60,71% 
2. Maksimal imkoniyati vaqt fondini ishlatilish koeffitsiyenti:  
K mivf = ishlagan vaqti, kishi-kun / MIVF  
            = 110790/117000= 0,9469 yoki 94,69% 
3. Sababli ishlatilmagan vaqt fondi ulushini: 
Usiv = sababli ishlatilmagan vaqti, kishi-kun / MIVF  
        = 120+480+500+250/117000= 0,05 yoki 5% 
4. Yo’qotishlar vaqti ulushini: 
Uyiv = yo’qotishlar, kishi-kun / MIVF  
         = 10+300+50/117000= 0,0031 yoki 0,31% 
5. O‘rtacha ish davri davomiyligi: 
O‘ID= Ishchilar ishlagan ish vaqti, kishi-kun / Ro’yxatdagi o‘rtacha 
ishchilar soni = 110790/500 = 221,58 kun 
6. O‘rtacha bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kelmagan kunlar : 
O‘kmk= umumiy kelmagan kunlar / Ro’yxatdagi o‘rtacha ishchilar 
soni 
           = 182500-110790-10 / 500 = 143,4 kun 
7. O‘rtacha bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kunlik bekor turish kunlar  
O‘btk= bekor turgan kunlar / Ro’yxatdagi o‘rtacha ishchilar soni 
          = 10 / 500 = 0,02 kun 
Jami: 221,58+143,4+0,02=365 kun 
 
10.5. Mustaqil ishlash uchun masalalar 
 
1-masala. Hisobot yilda Termez MTU ishchilarning soni bo’yicha 
quyidagi ma’lumotlar berilgan: 
121

10.5.1-jadval 
Oy 
Ishchilarning o’rtacha soni, kishi
Oy 
Ishchilarning o’rtacha soni, kishi
Yanvar 
1208 
Iyul 
1350 
Fevral 
1267 
Avgust 
1345 
Mart 
1308 
Sentabr 
1368 
Aprel 
1300 
Oktabr 
1382 
May 
1327 
Noyabr 
1400 
Iyun 
1340 
Dekabr 
1408 
 
Har bir chorak, birinchi va ikkinchi yarim yillik uchun ishchilarning 
o’rtacha sonini aniqlang. 
2-masala. Lokomotiv depo bo’yicha sentabr oyida ishchilar mehnati 
to’g’risida quyidagi ma’lumotlarga asoslanib ishchilarning o’rtacha sonini 
hisoblang: 
10.5.2-jadval 
Haqiqiy ishlagan vaqti, kishi-soat 
shundan meyordan yuqori 
127155 
2000 
To’liq kalendar vaqti fondidan foydalanish ulushi, % 
65,0 
Ish kunining haqiqiy davomiyligi, soat 
7,5 
Bekor turish vaqti 

 
3-masala. “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Buxoro MTUning yo’l 
xo’jaligining ikkita korxonalari bo’yicha ta’mir-yordamchi ishchilarning 
malakasi bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan: 
10.5.3-jadval 
Tarif razryadi 
1-aprel holati bo’yicha, kishi 
PCH-5 
PCH-7 

15 
10 

35 
28 

20 
35 

10 
18 



 
Aniqlang: qaysi
 korxonada ta’mir-ordamchi ishchilarning malakasi yuqori.
 
4-masala. “O’zbekiston temir yo’llari” AJ hisobot yil uchun quyidagi 
ma’lumotlar berilgan. 
10.5.4-jadval 
Ko’rsatkich 
MTU 



reja 
hisobot
reja 
hisobot 
reja 
hisobot
Yuk aylanma hajmi, mln.tkm 
1220,0
1268,8
1548,0
1548,0  1680,0  1713,6
Hodimlarning o’rtacha soni, kishi 
1260 
1200 
1800 
1780 
2100 
2150 
Shu jumladan tashishdagi 
ishchilar 
1000 
1105 
1404 
1460 
1800 
1806 
  
Aniqlang: har bir MTU bo’yicha va korxona bo’yicha ishkab chiqarish  
xodimlarning yetishmovligi va ortiqcha soni.
 
122

5-masala. Temir yo’lda, ishchilarning mehnat unumdorligi to’g’risida 
quyidagi ma’lumotlar berilgan. 
10.5.5-jadval 
 
Yil 
Yillik mehnat 
unumdorligi, ming 
tn.km 
Dinamikaviy zanjirli ko’rsatkichlar 
Mutloq 
qo’shimcha 
o’sish, ming 
tn.km 
O’sish 
koeffitsiyenti 
O’sish 
sur’ati, % 
Qo’shimcha 
o’sishning 1% 
mutloq mohiati, 
ming tn.km 
2010 
2760,0 
60,0 
 
 
 
2011 
 
 
 
2,1 
 
2012 
 
 
1,040 
 
 
2013 
 
42,3 
 
 
 
2014 
 
 
1,070 
 
 
2015 
 
 
 
1,8 
 
 
Aniqlang: 
a)  jadvalda hisoblanmagan ma’lumotlarni 2010-2015yy; 
b)  mehnat unumdorligining mutloq va nisbiy qo’shimcha o’sishning qaysi 
davrida (2010-2012yy. yoki 2013-2015yy) yuqori bo’lgan. 
6-masala.  Temir yo’l kompaniya bo’yicha ikki yil uchun quyidagi 
ma’lumotlar berilgan. 
10.5.6-jadval 
Ko’rsatkich O’tgan 
yil 
Hisobot yil 
reja hisobot 
Transport ishining umumiy hajmi, mln. 
keltirilgan tn.km 
6098.4 6402.0 
6409.2 
O’rtacha ishchilar soni 
2100 
2200 
2180 
 
Aniqlang:  
a)  hisobot yilda mehnat unumdorligining rejalangan sur’atlari; 
b)  hisobot yilda mehnat unumdorligining bajarish foizini; 
c)  o’tgan yilga nisbatan mehnat unumdorligining haqiqiy o’sishi; 
d)  rejaga nisbatan transport ishi hajmining o’zgarishini (mutloq 
miqdorida) har bir omil ta’siri ostida. 
7-masala. MTU bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan: 
 
10.5.7-jadval 
Yil 
2013 
2014 
2015 
O’tgan yilga nisbatan mehnat unumdorligining 
qo’shimcha o’sish sur’ati, % 
3.2 
3.6 
4.1 
 
Aniqlang: 2015 yilda 2013 yilga nisbatan mehnat unumdorligining 
o’zgarishi. 
8-masala. MTU bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan: 
 
123

10.5.8-jadval 
Ko’rsatkich 
O’tgan yil 
Hisobot yil 
Yuk aylanma, mln.km 
2009,0 
2012,0 
Hodimlarning o’rtacha ro’yxatdagi soni 
820 
800 
 
Aniqlang:  o’rtacha ro’yxatdagi xodimlar soni va ularning mehnat 
unumdorligi hisobiga yuk aylanmaning o’zgarishini (mutloq va foizda). 
9-masala. “O’zbekiston temir yo’llari” AJ hisobot yil uchun quyidagi 
ma’lumotlar berilgan. 
10.5.9-jadval 
MTU nomi 
Xodimlarning o’rtacha ro’yxatdagi soni 
Yuk aylanma, mln.km 
I chorak 
II chorak 
I chorak 
II chorak 
Buxoro MTU 
2112 
2176 
1140,48 
1218,56 
Qarshi MTU 
1792 
1920 
860,16 
898,56 
Toshkent MTU 
2496 
2200 
1123,20 
1105,92 
 
Aniqlang: 
a)  har bir MTU bo’yicha mehnat unumdorligining choraklik o’zgarishini 
(v %); 
b)  temir yo’l kompaniya bo’yicha mehnat unumdorligi o’zgarishini; 
c)  yuk aylanmaning mutloq o’zgarishini xodimlar soni va ularning 
mehnat unumdorligi hisobiga. 
10-masala. Temir yo’lda ishchilarning mehnat unumdorligi to’g’risida 
quyidagi ma’lumotlar berilgan. 
10.5.10-jadval 
Yil 
Yillik mehnat 
unumdorligi, ming 
tn.km 
Dinamikaviy zanjirli ko’rsatkichlar 
Mutloq qo’shimcha 
o’sish, ming tn.km
O’sish 
koeffitsiyenti
O’sish 
sur’ati, % 
Qo’shimcha 
o’sishning 1% 
mutloq mohiyati, 
ming tn.km 
2010 
2360,0 
 
 
 
 
2011 
 
 
1,100 
 
 
2012 
 
 
 
7,1 
 
2013 
2850,0 
 
 
 
 
2014 
 
150,0 
 
 
 
2015 
 
 
 
9,9 
 
 
Jadvalda hisoblanmagan 2010-2015 yy ma’lumotlarni aniqlang. 
 
10.6. Nazorat savollari 
 
1.  Mehnat statistikasining predmeti.  
2.  Mehnat statistikasining asosiy vazifalari.  
3.  Xodimlar soni ko‘rsatkichlari.  
4.  Ro‘yxatdagi xodimlar soni.  
5.  Xodimlar hisobiga oluvchi dastlabki hujjatlar.  
6.  Ro‘yxatdagi xodimlarning o‘rtacha soni.  
124

7.  Mehnat haqi fondi to‘g‘risidagi ma’lumot, uning ahamiyati va zarurati.  
8.  Xodimning o‘rtacha ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumot, uning ahamiyati.  
9.  Ish haqi statistikasining asosiy ko‘rsatkichlari: mehnat haqi fondi va 
o‘rtacha ish haqi. 
10. Mehnat unumdorligi darajasini hisoblash usullari. 
11. Turli tarmoq va sohalarda mehnat unumdorligini hisoblash 
xususiyatlarini ko‘rsating? 
12. Mehnat unumdorligi dinamikasini o‘rganish. 
13. Temir yo‘l korxonalarida mehnat unumdorligi qanday aniqlanadi? 
14. Temir yo‘l korxonalarida mehnat unumdorligiga qanday omillar ta’sir 
qiladi. 
15. Temir yo‘l korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari va 
rezervlarini ko‘rsating? 
16. Mehnat talabchanligi ko‘rsatkichi qanday hisoblanadi? 
17. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat unumdorligini oshirish 
xususiyatlarini bayon qiling?  
18. Mehnat resursi nima? 
19. Iqtisodiy faol aholiga kimlar kiritiladi? 
20. Ishsiz va ishsizlik tushunchalarini izohlang? 
 
10.7. Testlar 
 
1.  Ish vaqti fondidan foydalanish darajasi (ko’rsatkichi) kanday 
aniqlanadi? 
a)  ishlatilgan (sarflangan) vaqti o’rganilayotgan ish vaqti fondiga bo’lish 
yo’li bilan; 
b)  ish kunlarini ishlangan kunlarga bo’lish yo’li bilan; 
c)  umumiy ish vaqti fondidan jami foydalanmagan ish kunlarini ayirish 
yo’li bilan; 
d)  har bir korxonaning imkoniyati bo’yicha. 
2.  Ish vaqtini hisoblashda qo’llaniladigan asosiy o’lchov birliklari: 
a)  kishi-kuni, kishi-oyi, kishi (odam) soatlari; 
b)  mehnat kunlari va kishi (odam) soatlarda; 
c)  faqat odam (kishi) kunlarda; 
d)  faqat odam soatlarida. 
3.  Ish haqi (mehnat haqi) fondlarining asosiy turlari: 
a)  yillik, oylik va choraklik (kvartallik)ish haqi fondlari; 
b)  yillik, oyik va kunlik ish haqi fondlari; 
c)  soatlik, kunlik va oylik ish haqi fondlari; 
d)  asosiy va qo’shimcha ish haqi fondlari. 
125

4.  Ish haqi va ishchilar soni berilganda, o’rtacha ish haqini hisoblash 
uchun qaysi formuladan foydalanamiz? 
a)  o’rtacha arifmetik (tortilgan); 
b)  o’rtacha garmonik; 
c)  o’rtacha arifmetik (oddiy); 
d)  o’rtacha xronologik. 
5.  Ish haqi fondi va ishchilarning oylik ish haqi berilgan bo’lsa 
o’rtacha ish haqini topish uchun qaysi formuladan foydalanamiz? 
a)  o’rtacha arifmetik; 
a)  o’rtacha xronologik; 
b)  o’rtacha garmonik (tortilgan); 
c)  o’rtacha xronologik (tortilgan). 
6.  Ishsizlik darajasi qanday aniqlanadi? 
a)  ishsizlar sonini mehnat resurslari soniga nisbati orqali; 
b)  ishlayotganlar sonini ishlamayotganlar soniga bo’lish orqali; 
c)  ishlayotganlar sonini iqtisodiy faol aholiga nisbati orqali; 
d)  ishlayotganlar soniga mehnat resurslari sonini qo’shish orqali. 
7.  Mehnat resurslari deganda nima tushuniladi? 
a)  Aholining ishga (mehnatga) layoqatli qismining soni tushuniladi
b)  Aholining ishga (mehnatga) layoqatsiz qismining soni tushuniladi; 
c)  Xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lmagan insonlar tushuniladi; 
d)  Ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lmagan insonlar tushuniladi. 
126

11-bob. Temir yo’l transporti moliya statistikasi 
 
11.1. Moliya statistikasinig predmeti va vazifalari 
 
Temir yo’l transporti moliya statistikasining predmeti,  temir yo’l mo-
liyasi sohasidagi ommaviy jarayon va qonuniyatlarni o’rganishdan iborat. 
Temi yo’l transporti moliya statistikasining asosiy vazifalari, daromad 
va xarajatlar rejasi bajarilishini nazorat qilish, temir yo’l moliyaviy 
natijalarini hisob-kitob qilish, moliyaviy holatni tavsiflovchi hajm va sifat 
ko’rsatkichlarini aniqlashdan iborat. 
Tashish va boshqa faoliyatdan olingan pul mablag’lar daromad deb 
yuritiladi. “O’TY” AJ daromadlarining asosiy qismini yuk va yo’lovchi 
tashishdan (tahminan 95%), ozgina qismini (0.4%) bagaj va pochta 
tashishdan oladi. 
 
11.2. Moliya statistikasi ko’rsatkichlari 
 
Daromadlar  tushish manbai bo’yicha quyidagi guruhlarga ajratiladi: 
9  tarif to‘lovlari, yuk, yo‘lovchi, bagaj va pochta tashish; 
9  harakatdagi tarkib uchun arenda to‘lovi; 
9  yordamchi temir yo‘l izlariga xizmat ko‘rsatish, telegraf-telefon aloqasi 
uchun yig‘imlar; 
9  bagaj tashuvchilar xizmati, dam olish xonalari, yo‘lovchi chiptalarini 
oldindan sotish, ma’lumot berish va reklama va boshqa ishlar uchun 
yig‘imlar ko‘rinishidagi-bekatlarning mahalliy daromadlari;  
9  O‘zbekiston respublikasi temir yo‘llari Ustavi belgilagan tartib va 
shartlarni buzganligi uchun, yuk jo‘natuvchi va yuk oluvchilardan 
undiriladigan yig‘im va jarimalardan iborat bo‘lgan, temir yo‘l va 
mintaqaviy temir yo‘llarning mahalliy daromadlari;  
9  sanoat korxonalarida (zavodlar, depo va boshqalarda) tayyor mahsulot 
va bajarilgan ishlarni sotishdan tushgan daromad; 
9  yuk ortish-tushirish, transport-ekspeditsiya kontoralari, yo‘lovchilarga 
xizmat ko‘rsatuvchi direksiya va boshqa nosanoat korxonalar 
xizmatidan tushgan daromad; 
9  qurilish-montaj va kapital ta’mir ishlarini bajarishdan tushgan 
daromadlar; 
9  servis xizmatlari va boshqalardan tushgan tushumlar; 
Kassa hujjatlari tushumlarni hisobga oluvchi dastlabki hujjat bo‘lib 
xizmat qiladi. Tushum, pul yoki pul hujjatlari kassaga kelib tushish 
daqiqasi bo‘yicha, hisobga olinadi. Olingan pul summalari har kalendar 
oyda «O‘TY» AJga taqdim etiladi va ”Moliya va buxgalteriya hisobi” 
boshqarmasi “O‘TY» AJ barcha korxonalar faoliyati moliyaviy natijasi 
aniqlanadi. Undan tashqari, boshqa (operatsion va realizatsiyadan tashqari)  
127

va favqulotdagi daromadlar farqlanadi. 
Boshqa (operatsion va realizatsiyadan tashqari) daromadlarga 
quyidagilar kiradi: 
9  pul mablag‘laridan tashqari, sotish va asosiy vositalar va boshqa 
aktivlarni hisobdan chiqarish bilan bog‘liq tushumlar; 
9  xom-ashyo, asosiy vositalarni demontaji va tugatishi natijasida olingan 
lom, materiallar, ehtiyot qismlar;  
9  realizatsiya qilingan materiallarning qiymatidagi o‘zgarishlar;  
9  inventarizatsiya natijasida olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, 
materiallar, tovarlar, naqd pul mablag‘lari tushumlari; 
9  tara operatsiyalari bilan bog‘liq tushumlar; 
9  shartnoma shartini buzganligi uchun olingan yoki olinishi tan olingan 
jarima, peniya, kamomad; 
9  aktivlarni olish bilan bog‘liq qaytarilmaydigan tushumlar
9  maqsadli moliyalashtirish mablag‘larini hisobdan chiqarish; 
9  o‘tgan hisobot davrida amalga oshirilgan harajatlarni moliyalashtirish 
uchun taqdim etildgan byudjet mablag‘larining kelib tushishi; 
9  hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yil foydasi; 
9  talab qilish muddati o‘tgan kreditorlik qarzlari summasi; 
9  kurslar farqi; 
9  boshqa tashkilotlar ustav kapitalidagi ishtirokidan tushgan tushumlar, 
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha protsentlar va boshqa tushumlar; 
9  tashkilot pul mablag‘lari foydalanish uchun taqdim etilgan, shuningdek 
ushbu kredit tashkilotida turgan hisob varag‘idagi pul mablag‘laridan 
foydalanganligi uchun foyizlar va boshqalar. 
Favqulotdagi daromadlarga quyidagilar kiradi: 
9  favqulotdagi vaziyatlar natijasida yo‘qotilgan, nobud bo‘lgan, 
buzilganlardan olingan materiallar; 
9  favqulotdagi vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan summalar, shu hisobda 
sug‘urtani qoplash summasi. 
Daromadlarning hajm ko‘rsatkichlari, umuman daromadlar miqdorini, 
harakat, boshlang‘ich va oxirgi operatsiyalar, tashish va yo‘nalish turlari 
bo‘yicha tavsiflaydi. 
Tashish 
∑D daromadlari quyidagilardan tushgan daromadlardan iborat: 
9  yuk tashishdan 
∑D
g
,,, 
shu hisobda yuklar harakatidan 
∑D
g
pl,, 
boshlang‘ich 
∑D
g
gr
 va ohirgi operatsiyadan 
∑D
g
gr 
a ; 
9  ishsiz vagonlar parkidagi vagonlarda yuk tashish 
∑D
g
nrb

9  yo‘lovchilarni tashish 
∑D
p
, shu hisobda boshlang‘ich operatsiyadan 
yo‘lovchilarning 
∑D
p
 
pl
, yo‘lovchilarni tashish harakati 
∑D
p
gr

9  bagaj tashish 
∑D
b
 . 
128

Sifat ko‘rsatkichlari: daromad stavkalari (d) – tashish daromadliligini 
tavsiflaydi va bir tonna ortilgan yoki tushirilgan yukdan olingan daromad 
miqdori hamda yuk (10 tkm) va yo‘lovchi (10 passajiro-km) birligi 
harakati bilan o‘lchanadi. 
O‘rtacha daromad stavkasi, yuk va bagaj tashish to‘lovi summasini 
mos tarzda yuk aylanmasiga, yo‘lovchi tashish bo‘yicha esa - tashish to‘-
lovi summasi va qo‘shimcha to‘lovlarni yo‘lovchiaylanmasiga nisbati tarz-
da aniqlanadi.  Daromadlar bir necha xususiyatlari bo‘yicha quyidagicha 
guruhlanadi: yo‘nalish turi, yuk toifasi va tarif turi. Temir yo‘l daromadi-
ning hajm va sifat ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘liq, shuningdek ular yuk va 
yo‘lovchi tashish hajm va sifat ko‘rsatkichlari bilan ham uzviy bog‘liqdir. 
Umuman tashish bo‘yicha daromad stavkasi 10 shartli *tkm - ga 
hisoblanadi: 
d = (
∑D / ∑ (pl)
pg 
) * 10  
Bu ko‘rsatkich ko‘pgina omillarga bog‘liq: yuk aylanmasi tarkibi, 
tashish uzoqligi, amaldagi tariflar tizimining o‘zgarishi va boshqalar. 
Xarajatlar, ishlab chiqarish faoliyati jarayonida o‘tkazilgan, jonli va 
moddiylashtirilgan mehnat xarajatlarining qiymatini ifodalaydi. 
Temir yo‘l transporti asosiy faoliyati turlari xarajatlari Nomenklatura-
siga muvofiq quyidagi xarajat turlari farqlanadi: ishlab chiqarish va 
realizatsiya bilan bog‘liq (odatdagi faoliyat turlari bo‘yicha xarajatlar); o‘z 
tarkibiga realizatsiyadan tashqari, operatsiyali va favqulotdagi xarajatlarni 
oluvchi boshqa xarajatlar. 
Ishlab chiqarish jarayoniga bo‘lgan aloqasiga ko‘ra xarajatlar quyidagi 
turlarga bo‘linadi: ushbu jarayoni bilan bevosita bog‘liq xarajatlar; 
umumxo‘jalik xarajatlari, ya’ni ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish va 
boshqarish bo‘yicha xarajatlar. 
Ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq xarajatlar o‘z navbatida 
quyidagilarga bo‘linadi: maxsus (to‘g‘ri) xarajatlar bu, xarajatlar paydo 
bo‘lish joyiga ko‘ra; umumiy xarajatlar – barcha paydo bo‘lish joylariga 
ko‘ra faoliyat turlari bo‘yicha. 
Maxsus (to‘g‘ri) ishlab chiqarish harajatlari faoliyat turi, temir yo‘l 
transportining xo‘jalik sohalari bo‘yicha, lokomotiv xo‘jaligi bo‘yicha esa 
tortish kuchi turlari bo‘yicha guruhlanadi. 
Umumxo‘jalik xarajatlar ikki guruhga ajratiladi:  
a)  umumxo‘jalik xarajatlar boshqaruv apparati xarajatlarisiz; 
b)  boshqaruv apparati xarajatlari. 
Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq xarajatlar, iqtisodiy 
mazmuniga ko‘ra xarajat elementlari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi: 
mehnat haqi xarajatlari (33%), moddiy xarajatlar, shu hisobda materiallar, 
129

yoqilg‘i, elektroenergiya, boshqa moddiy xarajatlar; ijtimoiy sug‘urta 
ajratmalari va ta’minot (umumiy ijtimoiy soliq); amortizatsiya (30 %) va 
boshqa xarajatlar(8 % va undan ortiq). 
Realizatsiyadan tashqaridagi xarajatlarga quyidagilar kiradi: 
9  to‘lov muddati o‘tgan debitorlik qarzlari va to‘lovi noreal bo‘lgan 
boshqa qarzlar; 
9  hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillarning shtraf, peniya, jarimalari; 
9  moddiy boyliklarni hisobdan chiqarish va kamomad zararlari; 
9  sud harajatlari; 
9  kurs farqlari va boshqalar. 
Operatsiya xarajatlariga quyidagilar kiradi: 
9  konservatsiyalangan quvvat va obyektlar; 
9  soliq va yig‘imlar; 
9  kredit va zayomlarga xizmat ko‘rsatish; 
9  kredit tashkilotlari xizmatlari haqini to‘lash; 
9  baholash rezervlari va boshqalar. 
Favqulotdagi xarajatlarga, favqulotdagi holatlar(tabiiy ofat, yong‘in, 
avariya va boshqalar) natijasida vujudga kelgan xarajatlar kiradi. 
Buxgalteriya va moliyaviy hujjatlar, xarajatlarni hisobga olishda, 
birinchi manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Korxonaning, shu qatori temir yo‘l transportining samaradorligi 
mehnat unumdorligining ortishi hamda mahsulot tannarhi pasayishi bilan 
bog‘liqdir. Temir yo‘lning muhim sifat ko‘rsatkichlaridan biri bu, tashish 
tannarhi. Tashish tannarhi, foydalanish harajatlari summasining tashish 
hajmiga nisbatini ifodalaydi. 
Tannarh yuk va yo‘lovchi tashish bo‘yicha, shuningdek, umuman 
shartli yukaylanmasi bo‘yicha aniqlanishi mumkin. Tannarh 10 tkm yuk 
tashish va 10 passajiro-km yo‘lovchi tashish yoki 10 tkm shartli mahsulot 
uchun aniqlanadi. 
Yuk tashish tannarxi: 
C

= (
∑E
g

∑P
g
 l)*10 
Yo‘lovchi tashish tannarxi: 
C

= (
∑E
p

∑P
p
 l)*10 
Shartli mahsulot tannarxi:  
C
pg 
= (
∑E
pg 

∑P
pg
 l)*10 
Foyda muhim moliyaviy ko‘rsatkichdir 
Foyda, xarajat va daromad orasidagi ayirma pul mablag‘idan iborat. 
Moliya-xo‘jalik faoliyat bo‘yicha foyda, realizatsiyadan tushgan prot-
sentli olinadigan va to‘lanadigan foyda, boshqa tashkilotlar daromadidagi 
ishtirokdan shakllanadi.  
130

Hisobot davri foydasi, moliya-xo‘jalik faoliyat foydasiga operatsiya 
daromadlari va xarajatlari ayirmasini qo‘shish bilan aniqlanadi. 
Tashish foydasi quyidagi omillarga bog‘liq: realizatsiya mahsulotining 
soni va sifati, tarif va tannarx. 
Korxona ishi samaradorligi ko‘rsatkichi bo‘lmish- ishlab chiqarish 
rentabelligi (R), foydaning (P) mablag‘lar miqdoriga (kapital–K) nisbati 
tarzda aniqlanadi: 
R = (P / K) * 100 % 
Ishlab chiqarishga avanslangan mablag‘lar miqdori (K), buxgalteriya 
balansi aktivini quyidagi bandlar summasi ma’lum muddat bo‘yicha 
guruhlash asosida aniqlanadi: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, hisorbot 
beruvchi shaxslarning avans va qarzlari, ishlab chiqarish zaxiralari, 
tugallanmagan ishlab chiqarish, kelajak davr xarajatlari, tayyor mahsulot, 
ortilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha 
xaridor va buyurtmachilarning debitorlik qarzlari, pul mablag‘lari. 
Balans aktivining boshqa bandlari, ishlab chiqarishdan tashqaridagi, 
ya’ni ishlab chiqarish jarayoni va mahsulot realizatsiyasida foydalanilmay-
digan mablag‘lar miqdorini tavsiflaydi. 
Mahsulot rentabelligi ko‘rsatkichi (tashish va yo‘nalish turlari bo‘yi-
cha) mos tarzda foydalarning foydalanish (ekspluatatsiya) xarajatlariga nis-
bati asosida aniqlanadi: 
R
pg

pl 
= (P
pg
 / E
pg 
) *100% 
Temir yo‘l transporti statistikasi ma’lumotlari, alohida foydalanish 
(ekspluatatsiya) ko‘rsatkichlari, daromad stavkasi va tannarxning ishlab 
chiqarish va mahsulot rentabelligi o‘zgarishiga bo‘lgan ta’sirini aniqlashga 
imkon beradi. 
 
Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling