S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov


  Tashish statistikasining asosiy funktsiyasi


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana10.04.2020
Hajmi1.76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

2.  Tashish statistikasining asosiy funktsiyasi: 
a)  yuk, yo‘lovchilar va bagaj tashish jarayonini tashkil qiladi
b)  unda variatsiyaning yo‘qligidir; 
c)  uning o’zgaruvchanligi;  
d)  unda to‘plam birligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar mavjudligi. 
3.  Statistik xisob: 
a)  iqtisodiyot miqyosidagi xisoblar; 
b)  tarmoq miqiyosidagi xisoblar; 
c)  korxona miqiyosidagi xisoblar;  
d)  davlat miqyosidagi xisoblar. 
4.  Temir yo’l aksionerlik jamiyati statistika hisobining boshqaruv 
organi – bu: 
a)  Respublika miqyosidagi statistika tashkilotlari; 
b)  MTU dagi statistika bo’limlari; 
c)  viloyat miqyosidagi statistika tashkilotlari; 
d)  statistika va hisob boshqarmasi.  
5.  Foydalanish statistikasining kuzatish obyekti bo’lib: 
a)  lokomotivlar, motorvagon va vagonlarning mavjud parkining ishlovchi 
qismi; 
b)  harakatlanuvchi tarkib; 
c)  lokomotivlar, motorvagon va vagonlarning mavjud parki;  
d)  lokomotivlar, motorvagon va vagonlarning ishlovsiz qismi hisoblanadi. 
32

3-bob. Tashish statitikasi. Yuk tashish statistikasi 
 
3.1. Yuk tashish statistikasi, uning mazmuni va vazifasi 
 
Yuk tashish statistikasi temir yo‘l transporti statistikasining, asosiy 
bo‘limlaridan biri. Yuk tashish statistikasi temir yo‘l transportining aso-siy 
vazifasi, ya’ni yuk, yo‘lovchi, qo‘l yuki tashishni o‘rganadi. Tashish 
statistikasining ma’lumotlari ishlab chiqarishni mamlakat miqyosida joy-
lashtirish, temir yo‘l transportidan foydalanish va tashishini tashkil etish 
maslalarini yechish uchun keng qo‘llaniladi, uning boshqaruv tashkilot-lari 
uchun tezkor-taqsimlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular temir yo‘l 
transportining, yuk va yo‘lovchi tashish umumiy hajmidagi, salmog‘ini 
tavsiflashga imkon yaratadi. 
Yuk tashish statistikasining vazifasi. Tashish to‘g‘risidagi statistik 
ma’lumotlarning vazifalari turlicha bo‘lganligi sabab, ular quyidagi ikki 
guruhda ifodalanadi: 
a) yuk tashish statistikasining  mamlakat iqtisodiyoti oldidagi vazifasi 
quyidagilarni tavsiflashdan iborat: temir yo‘l transporti mahsuloti va yuk 
tashish hajmini, umumiy transportning bir bo‘lagi tarzida, tavsiflash; mam-
lakat iqtisodiyotining asosiy mahsulotlari bo‘yicha tuman va hu-dudlararo 
aloqani tavsiflash; aholining harakatchanlik darajasini, mam-lakat, uning 
alohida hudud va tashish sifati hamda iqtisodiyot tarmoqlari va aholi 
ehtiyojini qondirish darajasini ta’minlovchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab 
chiqish;  
b) yuk tashish statistikasining  tarmoq, ya’ni temir yo‘l transporti 
oldidagi vazifasi quyidagilardan iborat: yuk jo‘natuvchilarning, tashishga 
bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasini baholash va tahlil qilish uchun asos 
sifatida, tashish hajmi va tarkibini tavsiflash; ilmiy bashoratlash uchun 
tashish rivoji qonuniyatini o‘rganish; noratsional tashishni aniqlash; temir 
yo‘ldagi tashish sifati darajasini tavsiflab beruvchi ko‘rsatkichlar tizimini 
ishlab chiqish. 
Tayanch iboralar: asosiy vazifa; yuk, yo‘lovchi, qo‘l yuki tashish; 
temir yo‘l transporti mahsuloti; yuk tashish hajmi; hisobot davri; tashish 
ishini tavsiflash; qayta hisoblash; joriy hisobi jarayoni; tadqiqot dasturi. 
 
3.2. Yuk tashish statistik kuzatuvini uyushtirish 
 
Yuk tashishga qo‘yiladigan asosiy talab, bu, yuk oluvchiga yuklarni 
but saqlagan holda o‘z vaqtida yetkazib berishdan iborat. Tashishga taqdim 
etilayotgan yukni, yuk jo‘natuvchi yuk oluvchi nomiga to‘ldirilgan. Yuk 
xati bilan birga taqdim etishi shart. Yuk xati, yuk bilan birga ketadi va 
manzilga yetib borgach, yuk oluvchiga yuk bilan birga beriladi.  
Yuk qabul qilish xati – asosiy huquqiy hujjat, ya’ni temir yo‘l bilan yuk  
33

yuboruvchi orasidagi kelishuv. Yuk qabul qilish xatida jo‘natuvchi va 
manzil bekat nomi 4-sonli Tarif qo‘llanmasiga binoan (yuk nomini, tezlik 
tartibini, yuklangan vagon raqami va texnik normalarini, uning yuk 
ko‘tarish qobiliyatini, yuk massasi) ko‘rsatiladi. Yuk qabul qilish xati 
asosida, ularning o‘zaro huquq va majburiyatlari , ushbu yukni tashish 
shartlari belgilanadi. Manzil bekatida yuk xati yuk oluvchiga beriladi.  
Yo‘l qaydnomasi – yuk tashishni hisobga oluvchi statistik hisob 
hujjatidir. U uch qismdan iborat: yo‘l qaydnomasining o‘zi, uning bo‘lagi, 
yuk qabul qilish chiptalari. Yo‘l qaydnomasida, yuk xatidagi 
ma’lumotlardan tashqari, yuklarni yetkazish muddati norma bo‘yicha va 
haqiqatda, bir temir yo‘ldan boshqa temir yo‘lga o‘tish bekatining kalendar 
shtempeli, qisqa tashish masofasi, to‘langan tashish haqi va qo‘shimcha 
yig‘im va boshqalar jami ko‘rsatiladi.  
Yuklarni jo‘natish momenti bo‘yicha Hisobot tuzish uchun quyidagi 
yuk hujjatlardan foydalaniladi:  
9  Yuk tashish Yo‘l qaydnomasi bo‘laklari, GU-29, GU-29a, GU-29b, 
GU-29ts, GU-30, GU-31, GU-31a. shakllari; 
9  To‘g‘ri xalqaro yo‘nalishda yuk tashish Yo‘l qaydnomasi bo‘laklari;  
9  Qo‘l yuki vagonlarida yuk tashish Yuk-qo‘l yuki chiptasi bo‘laklari, 
LU-12b. shakli; 
9  Vagonli yuk jo‘natmalarni yo‘lovchi poyezdlarda tashish Yo‘l 
qaydnomasi bo‘lagi, LU-12v. shakl va ishlamaydigan park vagonlarida 
yuk tashish Yo‘l qaydnomasi bo‘lagi, GU-64 shakl;  
9  Tez  buzalidigan mahsulotlarini tashish Chiptasi bo‘lagi, LU-15 shakl; 
9  Xorij temir yo‘llaridan qabul qilingan yuk Chiptasi bo‘laklari, INU-3, 
INU-83 shakllari; 
9  Suv va avtomobil transportidan qabul qilingan, to‘g‘ri -aralash 
yo‘nalishdagi yuklarni, uzatish Qaydnomasi, GU-41 shakl; 
9  Yangi qurilishlardan qabul qilingan yuklarni topshirish Ro‘yxati, GU-
40 shakl;  
9  Jo‘nashga qabul qilingan va vagonlarga ortilgan yuklar bo‘yicha 
bekatlar hisobotlari, GU-3; 
Yuklar kelish momenti bo‘yicha Hisobot tuzish uchun , quyidagi 
hujjatlardan foydalaniladi: 
9  Yuk tashish Yo‘l qaydnomalari, GU-29a, GU-29b, GU-29ts, GU-30, 
GU-31, GU-31a. shakllari; 
9  To‘g‘ri xalqaro yo‘nalishda yuk tashish Yo‘l qaydnomalari;  
9  Vagonli yuk jo‘natmani yo‘lovchi poyezdlarda tashish Yo‘l 
qaydnomasi, LU-12v. shakl va Ishlamaydigan park vagonlarida yuk 
tashish Yo‘l qaydnomasi, GU-64 shakl; 
34

9  To‘g‘ri aralash temir yo‘l – suv yo‘nalishi bo‘yicha tashish portlarida 
yuklarni topshirish Yo‘l qaydnomalari nusxasi; 
9  Yuklarni xorij temir yo‘llariga Topshirish qaydnomalari, INU-3, INU-
83 shakllari; 
9  Bir temir yo‘ldan ikkinchi temir yo‘lga yuk o‘tayotganida, Yo‘l 
qaydnomasi orqasida, topshiruvchi bekatning shtempeli sana bilan 
birga qo‘yiladi. Bu esa, yuk harakati yo‘lini belgilashga va bajarilgan 
tarif tonno-kilometr yuk aylanmasini taqsimlashga imkon yaratadi. 
Tashilgan yuk uchun jami tashish haqi, yetib kelgan so‘ngi bekatda 
aniqlanadi va qo‘shimcha yig‘imlar bilan, Yo‘l qaydnomasida aks 
ettiriladi. 
Tashish hujjatlari, jo‘natish va manzil bekatlarida yuklarni ham jo‘na-
tish va manzil yetib kelish daqiqasi bo‘yicha, hisobga olish imkonini bera-
di.  
Jo‘natish momenti, faqatgina, endi tashiladigan yukni qayd qiladi xo-
los. Ammo, tashish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan turli o‘zgarish-
larni hisobga olmaydi. 
Yetib kelish momenti, manzilga yetib kelish momenti bo‘yicha yuk 
tashishni hisobga olish usulida, tashish jarayonida yuz berishi mumkin 
bo‘lgan turli o‘zgarishlar hisobga olinadi.  
Yuklarni jo‘nashga qabul qilish Kitobi, bevosita yuk jo‘natuvchidan 
qabul qilingan, shuningdek, suv va avtomobil transportidan, yangi quri-
lishlardan, xorij temir yo‘llaridan, boshqa temir yo‘l izlaridan qayta yuk-
langan har bir alohida yuklar uchun, bekat “Tovar idorasi” da to‘ldirib 
boriladi.  
Tez buzalidigan mahsulotlarini tashish chiptalari,  odatda muqim 
yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchi va maxsus poyezdlar bilan ketadigan, yuk va 
qo‘l yuki vagonlarida tashiladigan mahsulotlarni rasmiylashtirishga 
mo‘ljallangan.  
Yuklarni temir yo‘ldan suv va avtomobil transportiga yoki suv va 
avtomobil transportidan temir yo‘lga qabul qilish yoki topshirish Qayd-
nomsi,  to‘g‘ri aralash (temir yo‘l suv yoki temir yo‘l avtomobil) yo‘na-
lishda, bekatlarda bir transportdan boshqa transportga yuk tashishni qabul 
qilish yoki topshirishni, rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi. 
To‘g‘ri xalqaro yo‘nalish bo‘yicha yuklarni uzatish Qaydnomasi. Xorij 
temir yo‘llariga vagonlarni o‘tkazish bekatlarida, bu qaydnoma olti 
nusxada tuziladi va ishtirokchi xorij davlatlar temir yo‘llari vakillari 
tomonidan imzolanadi.  Qaydnomada, har bir uzatilayotgan yoki qabul 
qilinayotgan jo‘natma bo‘yicha yukning nomi va massasi, jo‘natayotgan 
mamlakat va bekat hamda yetib borish mamlakati va bekati ko‘rsatiladi. 
35

Poyezd natura varag‘i, unda poyezd tarkibidagi barcha vagonlar 
raqami, poyezd massasi, konteynerlar mavjudligi va tashish jarayonini 
boshqarish hamda poyezdlar harakati xavfsizligi sharoitini ta’minlash 
to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.  
Vagonlarni raqami bo‘yicha hisobga olish QaydnomasiGU-3 shakl 
yuk ortish, shuningdek, ortish rejasi bajarilishi to‘g‘risidagi sutkaviy, 
dekadali va kalendar oy bo‘yicha operativ va statistik Hisobotni tuzish 
uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.  
Yo‘l qaydnomasi blankalari kitobi - vagonli, marshrutli, mayda jo‘-
natmalar va konteynerlarda yuk tashishni rasmiylashtirishda qo‘llaniladi. 
Bunday jo‘natmalarga, Yo‘l qaydnomasi bo‘laklari Ilova xati bilan bir-ga, 
temir yo‘l elektron hisob-kitob Markaziga taqdim etiladi. Qaydnoma har 
bir hisobot sutkasiga tuziladi.  
Yo‘l qaydnomasi koreshoklari, ya’ni bo‘laklari asosida, jo‘natma 
yuklangan har bir vagon bo‘yicha, yo‘l qaydnomasi blankalari kitobida 
quyidagi ma’lumotlar yozib boriladi: yo‘l qaydnomasi raqami; bekat va 
yetib borish temir yo‘li; yuk nomi; yuk guruhining nomenklatura kodi; 
yukning tonnadagi massasi; vagon raqami; vagonning yuk ko‘tarish 
imkoniyati; eksport yuklar uchun “Eksport” belgisi. 
 Tashishga qabul qilingan yuklar nomenklatura guruhi va umumiy 
tarif-statistik nomenklatura shifri, 1-son Tarif qo‘llanmasiga muvofiq, 
qo‘yilishi shart. Jo‘natishga qabul qilingan, lekin hisobot sutkasi mobay-
nida ortilmagan jo‘natmalar, “Vagon raqami” ustunida “NP” (jo‘natish-ga 
qabul qilingan kunda yuk ortilmagan) belgisi qo‘yiladi. Yuklarni, agar yuk 
jo‘natuvchi ijaraga olgan vagonlarda yoki boshqa tashkilotlarga tegishli 
vagonlarda tashisa, unda Yo‘l qaydnomasi bo‘lagining “Maxsus belgi” 
ustunida ruxsatnomaga ishora qiluvchi yozuv bo‘lishi shart. Bekat ichidagi 
yuk tashishga ham ana shunday ruxsat raqami va imzosi qo‘yiladi. 
Belgilangan muddatlarda bekatlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ –Ng 
Ma’lumot hisoblash markazi” IVS-ga, markazlashgan hisob-kitob tizimi-
ga qo‘shilgan bekatlar esa - “Tashish hujjatlarini qayta ishlash texnologik 
markazi” TexPD-ga, quyidagilarni ilova qilgan holda taqdim etadi: 
9  bekat o‘zi ortgan yuklarga- Yo‘l qaydnomasi koreshoklari; yig‘ma, 
yig‘ma- tarqatma va chetga chiqarilgan vagonlar bo‘yicha esa – Vagon 
varag‘ining nusxasi; 
9  xorij temir yo‘llaridan, qayta ortishsiz yoki g‘ildirak juftini 
almashtirish bilan suv va avtomobil transportidan Uzatish qaydnomasi 
asosida qabul qilingan, yangi qurulishlardan Topshirish qaydnomasi 
asosida qabul qilingan vagonlarga; 
9  xorij  temir  yo‘liga tegishli vagonlardan tushurib olib qayta yuklangan  
36

vagonlarga, shuningdek, mamlakat ichidagi boshqa izdagi vagonlardan 
tushirib olib qayta yuklangan vagonlarga –Vagon varag‘lari nusxalari. 
Vagon varag‘i.  Bu hisob hujjati bo‘lib, u vagon raqami, Yuk xati 
raqamlari, jo‘natish va manzil bekatlari; yuk nomi va massasi; o‘rin soni; 
plombalar markasi va mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat. 
Manzil bekatda, yukni vagondan tushirishdan avval uni qabul qiluvchi- 
topshiruvchi Xodim, haqiqatda yuklar vagonlarda mavjudligini vagon 
varag‘i asosida solishtirib tekshiradi. Vagon varag‘i, yuklar vagonlardan 
haqiqatda tushurilganligini hisobga oladigan dastlabki hisob hujjati 
sifatida, opeartiv Hisobotda qo‘llaniladi. 
Kelgan yuklar kitobi, bekat “Tovar idorasi”da bekatga tushirish uchun 
kelgan barcha yuklarni navbatma-navbat qayd qilishga mo‘ljal-langan. Bu 
kitobi  asosida bekatga kelgan yuklar, yuk oluvchiga berilgan va 
berilmagan yuklar sonini aniqlash mumkin. Yuk egasiga berilgach kitobda 
jo‘natma raqami, kalendar oy va sanasi bo‘yicha yozib qo‘yiladi.  
Yuklarni tushurish kitobi, unda bo‘shatilgan barcha vagonlar va tushi-
rilgan yuklar qayd qilinadi, shuningdek, vagondan tushurilayotgan vaqtda 
qabul qiluvchi- topshiruvchi Xodim imzosi bilan aniqlangan ka-momad va 
yuklar buzulganligi, agar ular bo‘lsa, ro‘yxati beriladi; bekat yuk saroyidan 
yuk olib chiqib ketilganligi to‘g‘ri-sida ham yozuv bajariladi.  
Tayanch iboralar: hujjatlashtirish ketma-ketligi; yuk qabul qilish xati; 
yo‘l qaydnomasi; tashish hujjatlari; vagon varag‘i;  kelgan yuklarni qayd 
qiluvchi kitob; tushirilgan yuklarni qayd qiluvchi kitob; yuk oluvchiga 
berilmagan yuklar; kamomad. 
 
3.3. Yuk ortish va tushirish hisobi 
 
Yuk ortishni hisobga olish vazifasi tashish operativ rejasi bajarilishini 
kuzatish va mamlakat iqtisodiyotining yuk tashishga bo‘lgan ehtiyoji 
ta’minlanganligini baholashdan iborat. Yuk ortish va tushurish statistik 
hisobi, shuningdek, temir yo‘l barcha bo‘linmalari foydalanish ishini 
tashkil etish, shu hisobda temir yo‘l vagonlar parkini to‘g‘ri boshqarish, 
yuk vagonlaridan foydalanish ko‘rsatikchlarini hisoblash uchun zarur. 
Kuzutish obyekti bo‘lib, vagonlarga ortilgan va tushurilgan yuklar ja- 
mi xizmat qiladi. 
O‘lchov birligi. Statistikada yuk ortish va tushurishni o‘lchash vagon 
va tonna hisob birligida olib boriladi. Vagon o‘lchov birligidagi yuk ortish 
ko‘rsatkichi, asosan foydalanish ishini tavsiflash va sifat ko‘rsatkichlarini 
hisoblashda, tonna birligidagi yuk ortish ko‘rsatkichi esa tashish operativ 
plani bajarilishini baholashda qo‘llaniladi. 
Hisob  momenti. Yuk ortish va tushurishni hisobga olishda har bir daqi- 
37

qa turi alohida ajratiladi:  
1. Quyidagi hollarda, yuk ortish momenti tugagan, deb hisoblanadi: 
9  umumiy foydalanuv joylaridagi yuk ortish, boshqa kenglik izidagi 
vagonlardan qayta ortish, avtomobil va suv transoprti yuklarini to‘g‘ri 
aralash yo‘nalish hujjatlari bo‘yicha qayta ortish – Yo‘l qaydnomasini 
tuzish sharti bilan haqiqatda yuk ortish payti tugagan;  
9  umumiy foydalanuvda bo‘lmagan joylardagi yuk ortish – temir yo‘l 
lokomotivi bilan olib chiqilgan vagon tayyorligi to‘g‘risida Xabarnoma 
olish payti yoki yuk jo‘natuvchi lokomotivi bilan kelishuvda 
belgilangan joyga yuklangan vagonni olib chiqish payti (ikkala holda 
ham Yo‘l qaydnomasini tuzish vaqti tugagash sharti bilan); 
9  yuklarni qayta yuklashsiz, shuningdek, boshqa kenglik izlariga qo‘yish 
bilan yangi qurilish va xorij temir yo‘llaridan yuklangan vagonlarni 
qabul qilish – uzatish Qaydnomasida ko‘rsatilgan paytda 
rasmiylashtirish. 
2.Quyidagi hollarda, yuk tushurish momenti tugagan, deb hisoblanadi: 
9  to‘g‘ri aralash yo‘nalish hujjatlari bo‘yicha umumiy foydalanuv 
joylaridagi yuk tushurish yoki boshqa kenglik temir yo‘l izidagi 
vagonga yoki avtomobil va suv transportiga qayta yuklash –Vagon 
varag‘ida belgilangan yuk tushurish vaqtining haqiqiy tugash payti; 
9  umumiy foydalanuvda bo‘lmagan joylardagi yuk tushirish: 
•  temir yo‘l vagonlar parki, shuningdek, xususiy vagonlar uchun esa 
ijarachiga qarashli bo‘lmagan yo‘lda yuklarni tushirish - temir yo‘l 
lokomotivi bilan tortib chiqilgan vagon tayyorligi to‘g‘risida 
Xabarnoma olish payti yoki yuk oluvchi lokomotivi bilan kelishuvda 
belgilangan joyga bo‘shatilgan vagonni olib chiqish payti; 
•  umumiy foydalanuvdagi temir yo‘l iziga, belgilangan tartibda 
chiqishga ruxsat berilgan boshqa vazirlik hamda idoralarning korxona 
va tashkilotlariga tegishli vagonlar, shuningdek, arendator temir yo‘l 
izida yuk tushirishi mumkin bo‘lgan ijaradagi vagonlar uchun - 
korxonalar yordamchi yo‘liga vagonlarni yetkazish payti.  
Quyida keltirilgan daqiqalar, vagonlarni keltirib berish va yig‘ishtirish 
Qaydnomalarida ko‘rsatiladi: 
9  qo‘shaloq amallar tartibidagi yukli vagonlarni, umumiy foydalanish 
joyiga keltirib berish – kelishuv bo‘yicha tushurish muddatining tugash 
payti; 
9  qayta yuklashsiz yangi qurulish va xorijiy temir yo‘llarga yukli vagon-
larni topshirish, shuningdek, g‘ildirak juftligini almashtirish-Uzatish 
qaydnomasida ko‘rsatilgan yukni topshirishni rasmiylashtirish payti; 
38

9  platformadan olmasdan turib konteynerlardan yukni tushurishda-kon-
teynerga yangi ortilgan yukni tashishga yoki boshqarish tartibida yuk-
siz holdagi konteynerlarni jo‘natish uchun Yo‘l qaydnomasini rasmiy-
lashtirish vaqti tugash payti; 
Yuk ortish va yuk tushurish. Yuk ortish va yuk tushurish ishi, temir 
yo‘lda sutkaviy hisobotning, asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib xizmat qiladi. 
Ular tonna va vagon o‘lchov birligida hisoblanadi. Sutkaviy o‘rtacha 
ma’lumotlar, reja bajarilishini nazorat qilish, mintaqaviy temir yo‘l uzellari 
ish darajasini solishtirish uchun qo‘llaniladi.  
Qayd etiladigan belgilar va guruhlash.  Har bir vagon bo‘yicha, yuk 
ortish va yuk tushirishni hisobga olish asosiy belgilari quyidagilardan ibo-
rat: yuk ortish va tushirish sanasi va vaqti; yuk ortish bekati va temir yo‘li; 
vagon turi va raqami; vagonning tonnada yuk ko‘tarish imkoniyati; yetib 
borish temir yo‘li; ortilgan yuk nomi va massasi; eksport yuk to‘g‘risidagi 
belgi. Mana shunday ma’lumotlar, yuk ortish va tushurish to‘g‘risida tezkor 
statistik Hisobot tuzish, maxsus kuzatuvlarni o‘tkazish imkonini beradi. 
Yuk ortish va yuk tushirish hisob belgilari.  Temir yo‘lda quyidagi 
vagonlar, tashish uchun yuklangan vagonlar, deb hisoblanadi: 
9  umumiy va noumumiy foydalanuv joylarida bevosita yuk jo‘natuv-
chidan tashishga qabul qilingan yuklar bilan yuklangan;  
9  avtomobil va suv(daryo va dengiz) transportidan, to‘g‘ri aralash 
yo‘nalish hujjatlari bo‘yicha, temir yo‘lda tashishni davom ettirish 
uchun uzatilgan yuklar bilan yuklangan;  
9  mamlakat hududida joylashgan, boshqa kenglikdagi temir yo‘l izidan 
tushgan yuklar bilan yuklangan;  
9  yangi qurulishlarda yuklangan va yangi qurulayotgan temir yo‘l izla-
ridan qabul qilingan. Foydalanuvdagi temir yo‘l bekatlarida yuklangan 
va yangi qurulishni tranzit bilan o‘tgan vagonlar, yangi qurulishdan 
qabul qilish punktida yuklanganlar hisobiga kirgizilmaydi; 
9  xorij temir yo‘llaridan qayta ortishsiz qabul qilingan yoki boshqa  
kenglikdagi temir yo‘l iziga qo‘yilgan yukli vagonlar
9  xorij temir yo‘llariga tegishli vagonlardan chegaradagi bekatlarda yoki 
qaytadan yuklash bazalarida olingan yuklar bilan yuklangan; 
9  temir yo‘l parkidagi yukli vagonlar, egasi boshqa va ular tomonidan 
ijaraga olingan, temir yo‘l boshqaruvi maxsus ruxsati bo‘yicha, rejada 
belgilangan yuklarni tashish uchun, umumiy temir yo‘l iziga chiqish 
huquqiga ega bo‘lgan vagonlar; 
9  yuk hujjatlari bo‘yicha odamlarni tashish uchun (jo‘natish bekatida 
faqat bir martta yuk ortishda hisobga olinadi) yuk parkidan qabul 
qilingan vagonlar; 
39

9  yuk poyezdlaridagi yig‘ma-tarqatma va barcha poyezdlardagi (jo‘natish 
bekatida faqat bir martta yuk ortishda hisobga olinadi) sut vagonlari; 
9  bekat ichidagi, temir yo‘l rahbariyati ruxsati asosida va kalendar oy 
tashish rejasida belgilangan, tashishdagi yuklar bilan yuklangan; 
9  mayda jo‘natmalar va tranzit bilan birga, ularni 50 % va undan ortiq 
yuklari ushbu temir yo‘lning o‘zi qabul qilgan konteynerlar bilan 
yuklangan yig‘ma vagonlar. Mayda jo‘natmali vagonlar, yuk ortishda 
ortilgan yuk massasiga qarab, konteynerlar bilan esa - yukli 
konteynerlarni vagonga ortilgan soni bo‘yicha hisobga olinadi; 
9  tirmakli uzun o‘lchamli yuklarni tashish uchun band qilingan vagonlar. 
Quyidagi vagonlar, yuk ortishda U
gr 
hisobga olinmaydigan vagonlar 
qatoriga kiritiladi: 
9  “Manzili o‘zgartirilgan” shtempelli yangi va eski yuk hujjatlari 
bo‘yicha harakat yo‘lida yoki yetib borish bekatida  manzili 
o‘zgartirilgan vagonlar; 
9  mayda jo‘natma va konteynerlarni saralash va texnik hamda tijorat 
nosozligi tufayli qayta yuklangan, shuningdek, agar qayta yuklash 
nochegara bekatida bajarilayotgan bo‘lsa, xorij temir yo‘llariga 
taalluqli keng izli vagonlardan qayta yuklashda band bo‘lgan vagonlar; 
9  bevosita chegara yoki davlat chegarasiga yaqin bekatda yuklangan, chet 
elga chiquvchi va chegara bekatga yetib keluvchi, xorijdan kelgan yoki 
umumiy foydalanuvdagi izga chiqish huquqi bo‘lmagan boshqa vazirlik 
hamda idoralar, korxona va tashkilotlariga tegishli vagonlar; 
9  bekat va depo hududini tozalashda chiqqan qor va axlat bilan 
yuklangan vagonlar; 
9  umumiy temir yo‘l bekatlarida va yangi qurulishlarda, faqat yordam-
chi temir yo‘l izlarida tashish uchun yuklangan vagonlar, ruxsat 
berilgan bekat ichidagi tashishdan tashqari; 
9  chipta bo‘yicha yo‘lovchi tashish uchun band qilingan; 
9  yo‘lovchi va yo‘lovchi yuk poyezdlarida va qo‘l yuki sifatida vaqtincha 
ishlatiladigan yuk vagonlari; 
9  pochta tashish uchun band qilingan yuk parki vagonlari; 
Vagondan yuk tushirishni ∑U
r 
aniqlash usuli, vagonga yuk ortish ∑U
gr 
usuliga, o‘xshash. 
“Yuk tushirish” ko‘rsatkichi, yukli holatini yuksiz holatga o‘zgartir-
gan vagonglar soni bilan, tavsiflanadi va u vagonlardan foydalanish ishi 
texnik normasini rejalashtirish va bajarilishini nazorat qilishda, qo‘lla-
niladi.  
Dastlabki hisob hujjatlari. Yuki tushirilgan vagonlarni hisobga olishda, 
manzil bekatda Vagon varag‘i, yangi qurulishga topshirilgan vagonlarni 
40

hisobga olishda esa GU-40 shaklidagi Topshirish ro‘yxati asosiy dastlabki 
hujjat bo‘lib xizmat qiladi.  
Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling