S. M. Turobjonov, T. T. Tursunov, K. M. Adilova


  Tirik  moddaoiug  asosiy  biokimyoviy


Download 5.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana21.12.2019
Hajmi5.21 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

1.4.  Tirik  moddaoiug  asosiy  biokimyoviy 
funksiyalari
Tirik m odda tushunchasiga barcha tirik organizmlar yig'indisi kiradi. 
Tirik.  m odda  ikkita  katta  guruh  —  avtotrof va  geterotrof organizm lar 
guruhlariga  ajratiladi.  A vtotrof  organizm lar  o ‘z  to ‘qim alarini  suv, 
karbonat kisiotasi va yer qatlamidagi m ineral m oddalardan hosil qiladi. 
U lar  quyosh  energiyasini  yutib  olish  hisobiga  tarkibidagi  xlorofill 
ishtirokida  noorganik  m oddalardan uglevod,  oqsil  m oddasi va boshqa 
organik  birikm alarni  hosil  qiladi.  Shu  bilan  birga  ular  atrof-m uhitga 
fo to sin tez  jara y o n in in g   m ah su lo ti  b o ‘lgan  suvning  p a rc h a la n ish i 
natijasida  hosil  b o ‘ladigan  kislorodni  ajratib  chiqaradi.
H ar  yili  yashil  o ‘simlikJar  fotosintez jarayoni  natijasida  320  mlrd. 
to n n a  erkin  kislorod  ishlab  chiqaradi.
F o tosintez  jarayon i  —  bu   Y erdagi  tirik   m odd anin g  noorganik 
m oddalardan hosil b o ‘hshining yagona jarayoni b o ‘lib  qolmaydi.  Tirik

m o d d a   m a ’lum   turdagi  b ak teriy alar  ish tiro kida  tu rli  xil  n o o rganik  
m oddalarni,  y a ’ni  am m iak,  oltin gu g u rt,  vodorod sulfid.  ikki valentli 
tem ir,  m arganes,  vo d o ro d ,  m eta n  va k o 'm irn i  oksidlash jara y o n id a  
h am   hosil  b o ‘lishi  m u m k in.  Bu  bak teriy alarn in g   fao liyati  u c h u n  
quyosh  n u ri  kerak  b o ‘lm aydi.  U lar  k arb o n at  kisiotasi  va  suvdan 
org an ik   m o d d a la rn i  hosil  qilish  u c h u n   kim yoviy  m o d d ala rn in g  
oksidlanish  reaksiyasida  ajralib  ch iq ay o tg an  en ergiyadan  foyda- 
lan ad i.
Bunday bakteriyalar xem osintetik  bakteriyalari, jarayon  esa  xemo- 
sintez  deyiladi.
Inson,  hayvonotlar  va  ayrim  turdagi  o'sim liklar  tirik  m oddaning 
geterotrof  qism ini  tashkil  qiladi.  U la r  to ‘liq  avtotrof  organizmlarga 
bog‘liq  bo‘lgan  holda  yashil  o ‘simliklar  va  ularning  chirish  m ahsu- 
lotlarini  iste’mol  qiladi,  o ‘sim liklar  ishlab  chiqargan  kislorod  bilan 
nafas oladi va hokazo.  G eterotrof organizmlar to ‘g ‘ridan -to‘g‘ri  noorga­
nik m oddalardan organik birikmalami sintez qila olmaydi va fotosintetik 
o'sim liklar  yaratgan  uglevodlar  va  oqsil  m oddalarni  qayta  ishlash 
hisobiga  hayot  kechiradi.
G eterotro f organizm lar organik moddalarni turlicha iste’mol  qiladi. 
U larning ba’zi  birlari  o'sim liklar va ularning  mevalarini,  boshqa birlari 
esa  hayvonlar  ham da  o'sim liklarning  o ‘lik  qoldiqlarini,  uchinchilari 
esa  —  o ‘lgan  hayvonlarni  iste’mol  qiladi.
T irik  m oddaning  asosiy  geokim yoviy  k o 'rsatgichlariga  uning 
miqdori, ya’ni biomassasi va har yili  ishlab chiqarilishining hajmi kiradi. 
Hozirgi  kundagi  baholanishlar  b o ‘yicha  Yerdagi  biomassaning  hosil 
b o ‘lishida  asosiy  rolni  fotosintetik yashil  o'sim liklar o ‘ynaydi  va uning 
um um iy  miqdori  2400  mlrd.  to n n a  quruq  (suvsiz)  m oddaga  tengdir. 
Yerdagi  tirik  m oddaning  har  yili  um um iy  ishlab  chiqarilish:  esa  230 
m bd.  to nn ani  tashkil  qiladi.  Biomassaning  og‘ir1igi  j'cr  qatlam ining 
massasidan  an cha  kichkina  bo‘lsa-da,  undagi  to'plangan  va  doimiy 
qayta tiklanadigan  energiyaning  m iqdori  nihoyatda  kattadir.  Bu  ener- 
giyaning  hisobiga  tirik  m odda  atrof-m uhitda juda  katta  geokimyoviy 
ishni  bajarish  qobiliyatiga  egadir.
Fotosintez jarayonida asosiy elem entlar — kislorod,  uglerod,  vodo­
rod  elem entlari  bilan  birga  m oddalarning  aylanm a  harakatiga  azot, 
fosfor,  oltingugurt,  kaliy,  kremniy,  kalsiy,  magniy,  natriy va boshqaiar, 
ya’ni deyarli ham m a kimyoviy elem entlar ham  kiritiladi.  Bu elem entlar 
tirik m oddaning biosferadagi amalga oshirayotgan biogen migratsiyasida 
ishtirok  etadi.

Tirik m odda biosferada asosiy o ‘rinni egallaydi va o ‘ziga xos bo'lgan 
bir  qator vazifalam i bajaradi.  Tirik  m oddaning  asosiy  biogeokimyoviy 
funksiyalariga  quydagilar  kiradi:
1.  Gazli funksiyalari — fotosintez va nafas olish jarayonlari natijasida 
o ‘simlik  ham da  hayvonotlarning  atrof-m uhit  bilan  gaz  alm ashinish 
jarayonlaridir.  U lar  quyidagilardan  iborat:
—  kislorodli  —  karbonatli  funksiyasi- uglerod  oksidini  yutib  erkin 
kislorodni  hosil  qilish  va  ularning  balansini  m a’lum   darajada  saqlab 
turishdan  iborat;
—  azot  funksiyasi  —  tirik  organizm lar  tom onidan  m a ’lum   vaqtga 
azotning  bog‘lab  olinishi  (oqsil  m oddalarni,  am inokislota,  D N K   m o- 
lekulalarining  hosil  qilish jarayoni)  keyin  esa  tirik  m oddalarning  par- 
chalanishi  natijasida  azotni  qayta  atm osferaga  ajratib  chiqarishdan 
iborat b o ‘lgan funksiyadir.  Tirik m oddaning bu ikkita funksiyasi atm os­
fera  havosining  tarkibini  hosil  qiladi  va  saqlab  turadi;
— uglevodorod funksiyasi — kislorodsiz m uhitda organik qoldiqlam i 
m ikrobiologik parchalash  natijasida m etan va boshqa uglevodorodlarni 
hosil  qilishdan  iborat.  Bu  jarayon  tuproq,  loyqalar  va  botqoqlarda 
amalga  oshiriladi;
— vodorod sulfid funksiyasi — yer ostida kislorodsiz m uhitda maxsus 
sulfotredusirlovchi bakteriyalar ishtirokida karbonat angidrid va vodorod 
sulfidni  hosil  qilish jarayonidir.  Bu  funksiyaning aham iyati juda  katta, 
chunki  u  bilan  sulfid  ruda  konlarini  hosil  b o ‘lishi  bog‘liqdir.
2.  Oksidlash-qaytarish  funksiyasi  —  atrof-m uhit  bilan  m odda  va 
energiya almashinish jarayonlaridir.  Dissimilyatsiya jarayonlarida organik 
m oddalar  oksidlanib  issiqhk  energiyasi  ajralib  chiqadi  va  A T F  m ole- 
kulalarida akkumulatsiyalanadi. Assimilyatsiya jarayonlarida esa hayvo­
notlarning  ozuqa  m oddalarni  iste’m ol  qilish  va  ulam i  qayta  ishlash 
ham da yashil o ‘simliklaming fotosintez jarayonlari hisobiga organizmga 
kerakli  bo'lgan  kimyoviy  m oddalar hosil  bo'ladi.  Bunda A T F m oleku- 
lasidagi  energiyadan  foydalaniladi.
3.  K onsentratsion  funksiyasi  —  atom larning  biogen  migratsiyasi 
natijasida  tirik  organizm larning  m a ’lum  elem entlarni  bog‘lab  o ‘zida 
t o ‘plashi  va  o ‘lgandan  keyin  atrof-m uhitga  qaytarib  berishi.  Tirik 
organizm lar  tarkibida  asosiy  elem en tlar,  ya’n i  kislorod,  vodorod, 
uglerodlardan  tashqari  barcha  boshqa  kimyoviy  m oddalar  aniqlangan 
b o ‘lib,  ularning  m iqdori  turli  xil  organizm larda  farqlanib  turadi.  V.I. 
V em adskiy  bo‘yicha  organizm ning  kimyoviy  tarkibi  uning  qaysi  tur 
organizmlarga mansub ekanligini belgilaydi.  M a ’lum  turdagi organizm-

larda u yoki bu elem entning m iqdorining boshqa elem entlarga nisbatan 
keskin  oshib  ketishi  m um kin.  Bu  ularning  konsentratsion  funksiyasini 
nam oyon qiladi.  M asalan, biogen karbonatlam ing hosil bo‘lishi dengiz- 
dagi tirik organizmlarning suvli eritm alardan kalsiy va karbonat kislotani 
ajratib  olib,  o ‘z  tanasida  to'plashiga  bog iiq dir.  Tirik  organizm larning 
orasida kremniy, oltingugurt,  tem ir,  fosforva boshqa kimyoviy elem ent- 
Olami  to ‘p!aydigan  turlari  mavjud.
4. 
Biokimyoviy  funksiyalari  —  ular  sayyoraning  barcha  tarkibiy 
qismlariga,  ya’ni  litosfera,  gidrosfera  va  atmosferaga  tarqalgan  b o ‘lib, 
tirik organizmlardagi yashash  davrida ham da o ‘lgandan keyingi amalga 
oshib turadigan biokim yoviyjarayonlarni ta ’minlab turadi.  Bu funksiya- 
lar tirik organizmlarning oziqalanish, nafas olish,  ko‘payish. parchalanish 
va  chirish jarayonlari  bilan  uzviy  bog‘langandir.
G eokim yoning  asosiy  qonunlaridan  biri  —  bu  biologik  aylanma 
harakati  qonunidir.  U nga  binoan  atom lar  tirik  organizm  tom onidan 
bog
1
 lab olinadi va energiya bilan zaryadianib, geokimyoviy akkumulya- 
torlarga  aylanadi.  Organizm  o ig a n d a n   keyin  esa  ular  tirik  m oddadan 
chiqib  ketadi  va  to'plagan  energiyasini  atrof-m uhitga  qaytarib  beradi. 
Bu  ajralib  chiqqan  biogen  energiya  asosan  suv  orqali  tarqaladi  va 
atrof-m uhitda  katta  kimyoviy  ishJarni  bajarishi  m umkin.
M odda (atom )lam ing bunday biologik aylanma harakati to ‘liq yopiq 
zanjirli tizim ni hosil  qilmaydi,  chunki m oddalarning bir qismi aylanm a 
harakatdan ajralib chiqadi va yer qatlam ida organogen ohaklar, gumus, 
torf,  ko‘m ir ham da boshqaiar shaklida  ko'm iladi va uzoq vaqt saqlanib 
turadi.
Biosferadagi  m oddalarning  aylanm a  harakati  nihoyatda  murakkab 
jarayon  b o ‘lib,  u   o ‘z  ichiga  gidrosfera,  litosfera,  atm osferani  ham da 
hayvonot  va  o ‘simlik  dunyosini  qam rab  olgandir.  Aylanma  harakatda 
asosiy o ‘rinni  biosferaning tashkil  qiluvchi funksional  sistemalar,  ya’ni 
tirik  organizm lar  populatsilari  va  ularning  hayot  kechirish  m uhitini 
(biogeosenozlar) egallaydi. Tabiatdagi m oddalarning faol sirkulyatsiyasi, 
t o ‘planishi,  transform atsiyasi  jarayonlari  asosan  atm osferaning  pastki 
qavatlarida  am alga  oshiriladi.  Biosferaning  asosiy  biokimyoviy  sikl 
(aylanma  harakat)!ariga  uglerod,  azot,  kislorod,  suvlarning  aylanm a 
harakatlari  kiradi.
Uglerodning  aylanma  harakati.  U glerod  tirik  organizm lardagi 
jarcyonlarning  asosini  tashkil  etadi,  shu  bilan  birga  uglerod  katta 
m iqdorda  insonlam ing  xo‘jalik   ishlab  chiqarish  jarayonlariga  ham  
kiritiladi.  Atmosferadagi  karbonat angidrid gazi produsent  organizm lar

uchun asosiy uglerod m anbai hisoblanadi. Yashi] o ‘sim]iklarbiomassani 
hosil  qilish  u c h u n   har  yili  atm osferadan  16-1010  t  C 0
2
  ajratib  oladi. 
Fotosintez  natijasida  u   glukozaga,  keyingi  biosintez jarayonlarida  esa 
lipid,  protein va boshqa organik m oddalarga aylanadi. Tirik organizm - 
lam ing  nafas  olish  jarayonlarida  uglerodning  bir  qismi  C 0
2
  shaklida 
yana  atmosferaga  qaytariladi.  Tirik  organizm lar  o'lgandan  keyin  esa 
organik  qoldiqlarning  chirishi  va  m ineralizatsiya jarayonlari  natijasida 
C 0
2
  to ‘liq  atrof-m uhitga  qaytariladi  ham da sikl  yopiladi.  Bu  aylanma 
harakat m a’Ium sharoitlarda sekinlashishi ham   m umkin.  Bunda nobud 
b o ‘lgan o ‘simliklar va hayvonotlarning qoldiqlari  tuproqda gumus yoki 
botqoqlarda to rf bo'lib to !planadi. N atijada ko‘mir,  neft,  suvli  m uhitda 
esa  ohak  konlari  hosil  bo'ladi.
Insonlarning  xo‘jalik  faoliyatlari  aylanm a  harakatdan  chiqarilgan 
va  zaxiralarda  to ‘plab  q o ‘yilgan  uglerodning  yana  aylanm a  harakatga 
qaytarilishini tezlashtiradi.  Uglerodning biologik zaxiralardan qaytarilishi 
asosan  yoqilg'i  yoqish  jarayonlarida  amalga  oshiriladi.  Bu jarayonlar 
natijasida atmosferaga juda k o‘p m iqdorda CO va CO , gazalari tushadi. 
Bundan tashqari,  metallurgiya va kimyo sanoati,  qurilish  materiallarini 
ishlab  chiqarish jarayonlari  (ohak  kuydirish,  sem ent  olish  va  hokazo) 
ham uglerod oksidining ko‘payishiga o ‘z hissasini  qo ‘shadi.  Karbonatli 
tuproqlarning ustiga kislotali yom g'irlar yog'ishi natijasida havoga yana 
q o ‘shim cha  C O ,  tushadi.  U m u m an   olganda,  insonlarning  xo'jalik 
faoliyati  natijasida  h ar  yili  atm osferaga  kelib  tushayotgan  karbonat 
angidridining  m iqdori  uning  tabiiy  yo ‘l  bilan  tushishidan  100—150 
barobar  ko'p  bo ‘lib,  C 0
2
  riing  biogen  kelib  tushishi  m iqdoridan  10% 
ni  tashkil  qiladi.
D unyo  okeani  ortiqcha  karbonat  kislotasini  yutib  olib,  uni  saqlab 
turuvchi  rezervuar vazifasini bajaradi.  Atm osferada  C 0
2
  ning  m iqdori 
ortishi bilan suvda karbonat kislotasining m iqdori ortib boradi va uning 
m etall ionlari bilan reaksiyasi natijasida suvda karbonatlam ing m iqdori 
ortadi.  Bikarbonatlarni parchalanishi natijasida karbonatlar ch o ‘kmaga 
tushadi va  C 0
2
  ning  bir  qism i  atm osferaga  qaytariladi:
Hozirgi  kunda atm osferadan  C 0 2ni yutilishi  hisobiga yer qatlamida 
karbonatlar  shaklida  2 0 1 0 18t  C 0
2
  saqlanadi.  Shunday  qilib,  Dunyo 
okeani  bufer  vazifasini  bajaradi  va  uglerodning  aylanm a  harakatining 
buzilishini  yum shatib  turadi.  Shunga  qaram asdan,  hozirgi  vaqtda 
antropogen ta ’sirlar natijasida uglerodning aylanma harakatining sezilarli
2 — Atrof-muhit  kimyosi 
17
C a (H C 0
3 ) 2
 
C a C 0
3
  4  +H20  + C 0
2
  T

darajada  buzilishi  kuzatilm oqda.  Oxirgi  100  yil  davomida  C 0
2
  ning 
m iqdori  10—15% ga ortgan.  Bu birinchi navbatda iqlimning o ‘zgarishiga 
olib  kelm oqda,  chunki  C O z  gazi  quyosh  nurlanishini  yer  yuzasiga 
o ‘tkazib  yuboradi,  yerdan  chiqayotgan  issiqlik  nurlanishiii  esa  ushlab 
qoladi  va  natijada  «issiqxona  effektiga»  olib  keladi.
Azotning  aylanma  harakati.  A zotning  aylanm a  harakati  boshqa 
elem entlarga  nisbatan  an ch a  m urakkabdir.  A tm osfera  azotga  juda 
boy  b o ‘lsa  h am   k o ‘pchilik  o ‘sim lik  va  hayvonotlar  u ni  to ‘g‘ridan- 
to ‘g‘ri  gaz holatida bo g ‘lay olm aydi.  Biologik jarayonlarda  azot  faqat 
bog‘langan  holda,  ya’ni  organik  m oddalar  (m ochevina,  oqsil  m o d ­
dalar,  nuklein  kislotalari)  va  noorganik  m oddalar  (am m iak,  n itrat, 
am m oniy  tuzlari)  shaklida  ishtirok  etadi.  G az  holatidagi  azot  m ole- 
kulalarining  organik va  noorganik shakllarga o ‘tkazish jarayoni  fizik- 
kimyoviy va biologik  usullar bilan  am alga  oshirilishi  m um kin.  Fizik- 
kim yoviy  usulda  atm osferada  elektr  razryadlari  ta ’sirida  quyidagi 
reaksiyalar  am alga  oshadi:
N 2  ->  N'  + N'
N  + 0 2  ->  NO + O 
N  + 0   -»  NO 
2NO + 0 2  ->  2 N 0 2
Hosil  b o ‘lgan  nitritlar  azot  kislotasiga  aylanadi.  H ar  yili  yom g‘ir 
suvlari  bilan  tuproqlaraning  1  gektar  m aydoniga  15  t  b o g lan g a n   azot 
kiritiladi.
A zotning  biologik  y o ‘li  bilan   b o g ‘lanishi  jara y o n i  m u h im ro q  
ahamiyatga ega.  Bunda ayrim turdagi bakteriyalar (tuganakli bakteriya- 
lar) dukkakli o ‘simliklaming (n o ‘hat,  loviya, beda, lyuserna) ildizlarida 
rivojlanib,  azotni nitratlarga  aylantirib beradi.  Tabiatda bunday  azotni 
bog‘lovchi  bakteriya,  zamburug*  va  suv  o ‘tlarining  turlari  juda  ko ‘p. 
Dukkakli  o ‘simliklar tuproqni azot bilan  boyitadi.  M asalan,  1  ga beda 
ekilgan m aydonda h ar yili  150 kg, 
1
  ga lyuserna m aydonida esa 
1 0 0
 kg 
dan  k o ‘p  b o g lan g a n   azot  hosil  b o ‘ladi.  Bu  jarayon  quyidagi  sxema 
b o ‘yicha  amalga  oshiriladi:
2N 2+6H 20 + 3 C  -» 4NH 3+ 3 C 0 2
С  —  organik  birikmalardagi  uglerod.
Biologik aylanm a harakati jarayonida nitratlar oqsil m odda, nuklein 
kislotalar birikm alarini  hosil  qilishda  ishtirok  etadi. 
0
‘lgan  organizm -

lam ing  qoldiqlari  boshqa  m ikroorganizm lam ing  (bakteriya,  zam bu- 
rug'lar)  hayot  faoliyati  davom ida  parchalanib,  am m iak  va  nitratlarni 
hosil  qiladi.  Aylanm a  harakatning  oxirida  n itrat  va  am m iakli  azot 
denitrifikator  bakteriyalari  ta ’sirida  gaz  holatidagi  azotga  aylanadi.
A zotning biologik bog‘lanishiga qo‘shim cha sanoat ishlab chiqarish 
jarayonlari  uch u n  ham   atm osferadan  katta  m iqdorda  azot  olinadi  va 
organik ham da noorganik m ineral o ‘g‘itlam i  ishlab chiqarishda ishlati- 
ladi. Bu o ‘g‘itlardan o ‘simliklarning hosildorligini oshirish uchun foyda- 
laniladi.
Kislorodning aylanma harakati.  Kislorod yerdagi biologik jarayon- 
larda m uhim   rol  o'ynaydi.  U   ko‘pgina organik birikm alam ing tarkibiga 
kiradi  va  tirik  organizm lar  rivojlanishining  asosi  b o ‘lgan  oksidlanish 
jarayonlarida  ishtirok  etadi.  Kislorod  ta ’sirida  inson  va  hayvonotlar 
organizm ida  m odda  alm ashinuv  jarayonlari  amalga  oshiriladi.  Tirik 
organizm larning  hayoti  faoliyati  bilan  uzluksiz  bog‘liq  bo‘lgan  nafas 
olish jarayonlari  kislorodni bog‘lash va C 0
2
 ni ajratib chiqarishga asos- 
langan. 
0
‘lik  organizm larning  organik  qoldiqlarini  parchalashda  ham  
kislorod  sarflanadi.
Shu bilan birga texnologik jarayonlarda ham katta m iqdorda kislorod 
sarflanadi. M asalan, barcha yoqilg'i yoqish jarayonlarida o ‘simliklaming 
har  yili  biosferadagi  ishlab  chiqargan  kislorodining  m iqdoridan 
1 0

sarflanadi.
B undan tashqari, metallurgiya va kimyoviy korxonalaridagi jarayon­
lar  uchun  ham da  chiqindilarni  oksidlashga  biogen  yo‘li  bilan  hosil 
bo‘lgan  kislorodning  10—16%  sarflanadi.
Hozirgi  kunda  buning  natijasida  sanoati  rivojlangan  hududlarda 
o ‘sim liklar  ishlab  chiqarayotgan  kislorodning  miqdori  uni  sanoatda, 
transportda ham da inson va hayvonotlar ehtiyojlari uchun sarflanayotgan 
m iqdoridan  kamayib  ketm oqda.
1.5.  Kimyoviy  elem entlam ing  atrof-muhitda 
tarqalisfai
Yerning kimyoviy tarixini  o ‘rganish jarayoni yer qatlam ining o ‘rta- 
cha tarkibini va kimyoviy elem entlam ing tarqalish qonuniyatlarini o ‘rga- 
nish,  elem entlam ing  litosferadagi  nom ineral  shaklini  aniqlash,  atom  
va  ionlarning  yer  qobig‘larida,  y a ’ni  atm osfera,  gidrosfera  ham da 
litosferadagi  migratsiya va to'planish jarayonlarini  o ‘rganishga asoslan- 
gandir.

Kimyoviy elem entlarning yer qatlam idagi yoki uning bir qismidagi, 
bu tun Yer sharidagi ham da sayyoralar va boshqa kosmik obyektlardagi 
o ‘rtacha m iqdori uning «tarqalganligi»  deyiladi va aniq sonlar yordamida 
ifodalanadi.  Bu  sonlar  F .U .  K lark  to m o n id an   aniqlangan  b o ‘lib, 
kimyoviy  elem entlarning  yer  qatlamidagi  m iqdorini  ko‘rsatadi.
Klark  sonlari  k o ‘p   m arta  olib  borilgan  tajribalar  natijasida  hisob- 
langan  b o ‘lib,  ular  yer  qatlam ining  asosiy  elem entlarining  m iqdorini 
aniqlash  im konini  beradi.  M asalan,  yer  qatlam ining  asosiy  qismini, 
ya’ni  99,48%  ni  to ‘qqizta  eng  ko‘p   tarqalgan  elem entlar  O,  Si,  Al, 
Fe,  Ca,  N a,  K,  Mg,  Ti  hosil  qiladi.  Qolgan  89  ta  elem ent  nodir 
elem entlar  qatoriga  kiradi  va  yerdagi  barcha  elem entlarning  umumiy 
m iqdoridan  0,52%  ni tashkil  etadi.
Kislorod,  krem niy  va  alum iniy  yer  qatlam ining  asosiy  elem entlari 
b o ‘lib, uning 84,55%  ni tashkil qiladi.  U lardan esa Idslorod elem entiga 
yer  qatlam ining  47,0%,  ya’ni  yarim iga  yaqin  m iqdori  to ‘g ‘ri  keladi.
Klark  sonlarini  bilish  elem entlarning  yer  qatlam ida  tarqalganligini 
aniqlash  im konini  beradi.  Klark  soni  k atta  b o ‘lgan  elem entlar  yer 
qatlamidagi  eng  keng  tarqalgan  kimyoviy  birikm alam i  hosil  qiladi, 
nodir va kamyob elem entlar esa o ‘z m inerallarining hosil qilish im koni 
kamdir.  M asalan,  yer  qatlam ining  yarim idan  k o ‘pi  (55%)  asosan  O, 
Si,  Al va q o ‘shim cha Ca,  N a,  К elem entlaridan tuzilgan dala shpatlari 
m ineraliga  t o ‘g ‘ri  keladi.  Rb,  Se,  Y,  Ra  va  boshqa  K lark  sonlari 
kichik  b o ‘lgan  elem entlar  esa  o ‘z  m inerallarini  hosil  qila  olmaydi. 
Asosiy  tog‘  jinslaridan  biri  b o ‘lgan  —  granit  massasining  ham   99% 
yuqorida  ko ‘rsatilgan  eng  ko ‘p  tarqalgan 
8
  ta  elem ent,  ya’ni  O,  Si, 
Al,  Fe,  Ca,  N a,  K,  M g  dan  tuzilgan  b o ‘lib,  bu  elem entlar  granitni 
hosil qiluvchi kvars,  dala shpati, sluda va boshqa m inerallaming tarkibiga 
kiradi.  A m m o  maxsus  asboblar  yordam ida  olib  borilgan  tadqiqotlar 
natijasida  granit  tarkibida  asosiy 
8
  ta  elem entdan  tashqari Ti,  P,  M n,
S,  F,  Cl,  Ba,  Cr,  Li,  Sr,  Pb,  Va,  Ni,  Cu,  Z n  va  boshqa  ko'pgina 
elem entlar  borligi  aniqlangan  b o ‘lib,  ularning  um um iy  m iqdori 
1

dan ham  kamdir.
Yer qatlam idagi asosiy elem entlarning Klark sonlari  (massa  %  da) 
quyidagicha  (
1
-jadval):
1-jadval
Modda
Klark sonlari (massa % da)
Kislorod
47
Kremniy
29,5

Aluminiy
8,05
Temir
4,65
Kalsiy
2,96
Kaliy
2,50
Natriy
2,50
Magniy
1,87
Titan
0,45
Yer qatlamidagi  m iqdori каш  b o ‘lgan  elem entlam ing Klark sonlari 
esa  juda  kichikdir:  V  —  0,0090%;  C r  —  0,0083%  ;  N i  —  0,0058%; 
Ar -   0,0000070%;  Au  -  0,00000043%.
Klark  sonlarini  aniqlash  va  tahlil  qilish  natijasida  yerdagi  barcha 
elem entlar  to g‘  jinslarining  h ar  bir  gram m ida  ham da  tabiiy  suvning 
har bir tom chisida mavjud ekanligi  isbotlandi.  B undan tashqari,  yengil 
elem entlar,  ayniqsa  kislorodning  yer  qatlam ida  m uhim   ahamiyatga 
ega  ekanligi  ham   tasdiqlandi.
E lem entlam ing  tarqalishini  o ‘rganish  ularning  migratsiya  va  kon- 
sentratsiya  jarayonlarining  geokimyoviy  param etrlarini  hisoblashda, 
foydali  qazilm alam ing  qidiruvida,  qishloq  xo‘jalik va  sog‘liqni  saqlash 
m aqsadlarida,  atro f-m u h itnin g   ifloslanganlik  darajasini  aniqlashda 
m uhim   ahamiyatga  egadir.
1.6.  Kimyoviy  elementlar  migratsiyasi
K im yoviy  elem entlam in g   a tro f-m u h itd a   h arak atlan ish i ularning 
m igratsiyasi  deyiladi.  M igratsiya  jaray on lari  n atijasida  elem entlar 
yem ing m a'lu m  joylaridan chiqib ketishi va boshqa joylarda to ‘planib 
borishi  m um kin.  Kim yoviy elem en tlam in g   m igratsiyasi  t o ‘rtta turga 
b o ‘linadi:
1.  M exanik  migratsiya  —  m oddalam ing  havo,  suv  orqali,  sel  bilan 
harakatlanishi.  M exanik migratsiya jarayonida m oddalar m aydalanadi, 
parchalanadi va turli xil qatlam lam i hosil  qiladi — qum ,  shag'al,  tuproq 
va  hokazo.
2.  Fizik-kimyoviy migratsiya — diffuziya,  sorbsiya,  erish jarayonlari. 
Bu jarayonlar  fizik-kimyoviy  qonunlarga  muvofiq  am alga  oshiriladi.

3.  Biogen  m igiatsiya  —  tirik  organizm lar  faoliyati  bilan  bog  liq 
b o ‘lgan jarayonlar.  Bu jarayonlar faqat tirik organizmlarga xos b o ‘lgan 
qom miyatlarga  rr.uvofiq  amalga  oshiriladi.
4.  Texnogen  migratsiya  —  insonlarning  ishlab  chiqarish  faoliyati 
bilan  b o g liq   b o ‘lgan  jarayonlar.  Bu  foydali  qazilmalarni  qazib  olish, 
neft  va  gaz  quvurlari,  m ahsulotlar  eksport  ham da  im porti,  yerlam i 
sug‘orish,  yoqilg‘i  yoqish.
Tirik  organizm lar  atrof-m uhitdan  kimyoviy  elem entlam i  tanlab 
ajratib  oladi.  U larning  bu  qobiliyati  biologik  yutilish  koeffitsiyenti 
bilan  ifodalanadi.  Bu  koeffitsiyent  «х»  elem entining  o'sim lik  kulidagi 
m iqdorini uning um um iy litosferadagi yoki tog‘ jinslarida va tuproqdagi 
m iqdoridan  qanchalik  katta  ekanligini  ko'rsatadi:
л 

bunda:  lx ~ x   elem entining  o'sim likning  kulidagi  m iqdori;
nx  —  x   elem entining  tuproq  va  litosferadagi  miqdori.
Ax koeffitsiyenti 
1
  dan k a tta  b o ‘lgan kim yoviy elem en tlar  (fosfor, 
xlor,  bro m ,  yod,  kalsiy,  natriy,  kaliy,  m agniy,  stronsiy,  sink,  bor, 
selen)  o ‘sim liklarda  t o ‘p lan ib   boradi.  K oeffitsienti  1  dan   kichik 
b o ‘lgan  e le m e n tla r  esa  o ‘sim lik lar  to m o n id a n   faq a tg in a   ushlab 
qolinadi.
Ax koeffitsiyenti orqali atrof-m uhitdagi ifloslantiruvchi moddalarning 
o ‘simliklarga  ta ’sirini  baholab  berish  mumkin.
Kimyoviy  elem entlam ing  suvli  m uhitdagi  migratsiyasini  baholash 
uchun  A.I.  Perelm an  tom onidan  Kx  koeffitsiyenti  tavsiya  etilgan.  К 
koeffitsiyenti  kimyoviy  elem entning  suvning  m ineral  qoldiqlaridagi 
m iqdorini  uning  suvli  jinslardagi  va  tuproqdagi  m iqdoriga  nisbatini 
k o ‘rsatadi:
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 24%20Кимё%20фанлар
24%20Кимё%20фанлар -> Toshkent kimyo-texnologiyainstituti sh. P. Nurullayev, A. J. Xoliqov, J. S. Qayumov analitik, fizikaviy va kolloid kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> A. F. Maxsumov kimyo fanlari doktori, professor
24%20Кимё%20фанлар -> Iqtisod-moliya
24%20Кимё%20фанлар -> Moddalakning kimyoviy texnologiyasi
24%20Кимё%20фанлар -> 24. Bog'lovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi. Otaqo'ziyev T.A, Otaqo'ziyev E.T.pdf [Alyuminatlar]
24%20Кимё%20фанлар -> Няниннивииник и н и н м н н в Й
24%20Кимё%20фанлар -> E. N. Lutfullayev, Z. N. Normurodov
24%20Кимё%20фанлар -> Kimyoviy texnologiya. Kattayev N.pdf [Angren oltin boyitish fabrikasi]
24%20Кимё%20фанлар -> K. A. Ciiolponov, S. N. Am inov anorganik kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> E. O. O r I p o V, A. O. N a s r u L l a y e V bioorganik kimyo

Download 5.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling