S. M. Turobjonov, T. T. Tursunov, K. M. Adilova


 .2 .  Nurlanishning  turlari


Download 5.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana21.12.2019
Hajmi5.21 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

2 .2 .  Nurlanishning  turlari
N urianish  ikki  xil  bo'Iishi  mumkin:  ionlashtiradigan va ionlashtir- 
maydigan.
Ionlashtiradigan  nurianish  deganda  uning  ta ’sirida  atrof-m uhitda 
har xil  zaryadli  ionlarning  hosil  boMishi  tushuniladi:

+ё.
Ionlashtiradigan nurlanishning asosiy ko‘rsatkichi  — bu uning ener- 
giyasidir.  Ionlashtiruvchi  nurlanishning  energiyasi  elektronvoltda  o ‘l- 
chanadi.
Bir elektronvolt  -   bu  IV  potensial ayirmasiga ega b o ig an   konden- 
satordan  o'lganda  elektron  zaryadining  bajargan  ishidir.

lonlashtiradigan  nurlanish  bevosita  va  bilvosita  ionlashtiradigan 
b o iis h i mumkin.  Bevosita ionlashtiradigan nurlanishga boshqa atom lar 
bilan to ‘qnashganda ulam i ionlashtirishga yetarli darajada kinetik ener- 
giyaga  ega  b o ig a n   a ,  j3 -  va  boshqa  nurlanishlar  kiradi.
Bilvosita  ionlashtiradigan  nurlanish  zaryadlanm agan  zarralardan 
tashkil  topgan  b o iib   (neytron,  foton),  uning  atrof-m uhit  bilan  o ‘zaro 
ta ’siri natijasida ionlashishga olib kelishi m um kin b o ig an  faol zarralarni 
hosil  b o iish ig a  ohb  keladigan  nurlanishdir.
Ionlashtiradigan  nurlanish  m o dd a  bilan  to ‘qnashganda  o ‘zining 
energiyasini  qism an  yo'qotadi.  Bu  energiyaning  bir  qismi  m oddaga 
o i a d i   va  uning  tarkibidagi  hosil  b o ig a n   faol  zarralarning  kinetik 
energiyasiga  aylanadi.  Tirik  organizmlardagi  radiatsion  zararlanishlar 
asosan  shu  zaryadlangan  zarralar,  ya’ni  ionlam ing  tirik  m oddaning 
tarkibidagi  m olekulalari bilan  reaksiyaga  kirishishiga va  natijada  erkin 
radikallar  hosil  b o iish ig a  bogiiqdir.
T irik  organizm ning  asosiy  massasi  suvdan  tashkil  topgan  (inson- 
larda  75%).  Shuning  uchun,  ularning  nurlanishi  natijasida  ionlash- 
tiruvchi  nurlanishning  k o ‘p  qism i suvga yutiladi  va  nihoyatda  yuqori 
darajada kimyoviy faol b o ig a n  H   va O H   radikallarini hosil b o iish ig a 
olib keladi.  Bu radikallar to ‘g ‘ridan to ‘g ‘ri o ‘zi yoki ikkilam chi o ‘zga- 
rishlar  hisobiga  hosil  b o ig a n   oksidlantiruvchi  m oddalar  (m asalan, 
vodorod  peroksidi)  orqali  organik  m oddaning  m olekulalari  bilan 
reaksiyaga kirishib,  tirik m oddaning to ‘qim alarini parchalanishiga olib 
keladi.
lonlashtirm aydigan nurlanishga rad io to iq in lar,  ultratovush, televi- 
deniye,  navigatsion  m ajm u alar,  sanoat  p ech lar,  UV Ch,  lazerlar, 
fotogeneratorlar va boshqaiar kiradi.  Bu  nurlanish,  ularning  insonlarga 
ta ’sir  etish  darajasi  ularning  chastotasiga  b o g iiq .  Chastota  qanchalik 
yuqori  b o is a ,  ular  k o ‘zga  salbiy  ta ’sir  ko‘rsatishi  va  kuydirishlarga 
olib kelishi  m umkin.
2 .3 .  Atrof-muhitdagi  nurlanishning  manbalari 
2.3.1  Nurlanishning  tabiiy  manbalari
N urlanishning tabiiy m anbalariga kosmik nurlanish va Yer tarkibi­
dagi  radioaktiv  m anbalar  kiradi.
Kosmik  nurlanish  ikki  xil  b o iish i  m um kin  — galaktik nurlanish va 
quyosh nurlanishi.

Yer yuzasiga  kelib tushayotgan galaktik nurlanishning tarkibi quyi- 
dagicha:
1)  90%  —  protonlar,
2)  7%  —  a-zarralar;
3

1
%  —  geliydan  og‘ir  bo'lgan  elem entlarning  yadrolari.
G alaktik  nurlanishning  energiyasi  10
15
  MeV ga  teng.
Quyosh  nurlanishning  energiyasi  kam roq  b o'lib,  u  10
4
  MeV  ga 
tengdir.  Quyosh nurlanishi quyoshdagi amalga oshirilayotgan xromosfer 
portlash  jarayonlariga  bog‘liq  b o ‘lib,  uning  quw ati  vaqti-vaqti  bilan 
o'zgarib turadi.  Quyosh nurlanishning asosiy qism i og‘ir elem entlardan 
tashkil  topgan.
Atm osferaning  yuqori  qavatlariga  kelib  tushgan  kosm ik  nurlanish 
birlamchi nurlanish deyiladi. Atmosferani kesib o ‘tish jarayoni natijasida 
u qayta - qayta atmosferadagi m oddalar bilan reaksiyaga kirishib tarkibi 
o'zgaradi.  M asalan,  p ro to n lar  atm osferada  to ‘liq  sarflanib  ketadi. 
Dengiz  sathidagi  kuzatilayotgan  nurlanish  esa  ikkilamchi  nurlanish 
deyiladi.
Yertarkibidagi radioaktiv manbalarga uchta tabiiy radioaktiv qatorni 
hosil qiluvchi va yarim  yemirilish  davri katta b o ‘lgan elem entlar kiradi.
Bu 
23
QoTh, 
29
jU   v a
2
g*U 
elem en tlarid ir  (bu  elem entarning  yarim
yemirilish  davri  T
] /2
  = T ,4 T 0 W yil,  7 T 0
8
  yil  va  4,5-10
9
  yilga  tengdii). 
Bundan  tashqari,  tabiatda  4I1K  (T
l / 2
  = 1 ,26*1010  yil)  va  rubidiy 87Rb  (T^ 
2
  = 1 ,2 6 T 0 10  yil)  izotoplari  ham   m avjud  bo‘lib,  ularning  parchalanishi 
natijasida  b ir  qator  uzoq  va  qisqa  vaqt  yashaydigan  radionuklidlar 
hosil  b o ‘ladi.  H ar  bir  radioaktiv  qator  m a’lum  radioaktiv  nuklididan 
boshlanib,  m a’lum  nuklid  bilan  tugaydi.
M asalan,  1  tonna tabiiy uran tarkibida 0,36 g  Ra va  1,3-10
9
 g
2 3 8
p
0  
nuklidlari  borligi  aniqlangan.
Yadro  energetikasida  asosiy xomashyo  sifatida  ishlatiladigan  uran 
tabiatda ju da keng tarqalgan elementdir.  Uning yer qatlamidagi o'rtacha 
miqdori  1,3-1 O
' 9
  %  ni  tashkil  qiladi.  Tabiatda  uchraydigan uran asosan 
uchta  izotop  -   21SU   (99,275%),  BSU(0,72% )  va 
234
U(0,0Q54%)lardan 
tashkil  topgan  b o ‘lib,  bu  izotoplarning  hammasi  radioaktiv xususiyat- 
larga  ega.
Radionuklidlarning parchalanishida zarralarning  kinetik energiyasi 
bilan  birga  issiqlik  energiyasi  ham   ajralib  chiqadi.  M asalan,  tabiiy 
radionuklidlarning yemirilishida quyidagi m iqdorda solishtirm a issiqlik 
hosil  b o ‘ladi:

238U  =   2,97;
235U   =   18,8;
234T h  =   0,84;
4 0
 К. = 1,1  10
- 4
 J /( g  ■
 y il ) .
N urlanishning asosiy qism ini Yer aholisi tabiiy m anbalardan qabul 
qiladi.  N urianish usuli  2  xil b o ‘lishi m umkin:
1
-tashqi  usul;  bunda  radioaktiv  m oddalar  organizm ni  tashqaridan 
nurlantiradi.
2
-ichki  usul;  bu n d a  radioaktiv  m oddalar  organizmga  havo,  suv 
yoki  oziq-ovqat  bilan  kiradi.
2 .3.2.  Nurlanishning  antropogen  manbalari
Oxirgi yillarda insonlar to m o n id an  bir necha yuzlab  su n ’iy radio- 
nuklidlar yaratilgan b o ‘lib,  ular tu rli m aqsadlarda qo'llanilib kelm oq- 
da:  tibbiyotda,  yadro  qurolini  yaratishda,  yadro  energiyasini  ishlab 
chiqarishda,  yo n g ‘in larn i  aniqlashda,  soatlarning  yonib  turadigan 
siferblatlarini  ishlab  chiqarishda  va  foydali  qazilm alar  qidiruvida. 
N urlanishning  an tropogen  m anbalariga  asosan  quyidagi  m anbalar 
kiradi:
Tibbiyotda  qo‘llaniladigan ioulashtiruvchi nurlanishlaming manba­
lari.  Hozirgi  kunda  texnogen  m anbalardan  qabul  qilinayotgan  n urla­
nishning asosiy m iqdorini insonlar radioaktiv m oddalarni qo‘llash bilan 
bog‘liq b o ‘lgan tibbiyot m uolajalardan va davolash usullaridan oladilar. 
T ibbiyotda  radiatsiya  tashxiz  q o ‘yish  h am da  davolash  m aqsadida 
qo‘llaniladi.
Tibbiyotda keng q o ‘llaniladigan nurlantiruvchi m anbalarga rentgen 
apparatlari,  kom pyuterli  tomograflya,  saraton  kasalligini  davolovchi 
radioterapevtlik jihozlari  va  organizmdagi  turli jarayonlarni  o ‘rganish 
uchun m o'ljallangan radioizotoplar kiradi.  D unyo  miqyosida bu m an­
balardan qabul qilinayotgan o ‘rtacha shaxsiy doza 400 mkZv bir odamga 
yiliga  to ‘g‘ri  keladi.  Yer  yuzi  aholisi  uchun  um um iy  ekvivalent  doza 
1600000  odam .Zv yiliga  to ‘g‘ri  keladi.
Yadro qurolining sinovlari. Yadro quroli portlaganda atrof-m uhitga 
kelib  tushayotgan  radioaktiv m oddalam ing bir  qismi  sinov o ‘tkaziigan 
jo y   atrofida  yog‘iladi,  boshqa  qism i  troposferada  to ‘xtab  qoladi  va 
shamol  bilan  uzoq  masofalarga  tarqaladi.  Bunda  radioaktiv  m oddalar

havoda  bir  oy  atrofida  saqlanib,  asta-sekinlik  bilan  tuproqlarga  kelib 
tushadi.  A m m o  yadro  sinovlari  atm osferada  o ‘tkazilganda  radioaktiv 
m oddalarning  ko‘p  qism i  stratosferaga  tashlanib,  u n d a   k o ‘p  oylar 
davomida  saqlanadi,  keyin  esa  sekinlik  bilan  pastga  tushadi  va  yer 
sharining butun yuzasiga tarqaladi.  Radioaktiv yog‘in-sochinlar tarkibida 
yuzlab turli  xil  radionuklidlar mavjud  b o iib ,  ulardan  aholini  nurlani- 
shiga  asosiy  hissani  q o ‘shayotgan  nuklidlar  —  bu  u g lero d -14,  seziy- 
137, sirkoniy-95 va strorisiy — 90.  Qolgan radionuklidlar tez parchalanib 
ketadi.  Hozirgi  kungacha atm osfera havosida o ‘tkazilgan  yadro  portla- 
tishlaridan  um um iy  kutilayotgan kollektiv  samarali  dozasi  30  000  000 
odam .Zv ni tashkil qilgan.  2000-yilga qadar yer aholisi ushbu dozaning 
17%  n i qabul qilgan b o is a ,  qolgan qism ini esa m illionlar yil davomida 
oladi.
Yadro  energetikasi.  Atom  elektrostansiyalari  ionlashtiruvchi  n u r­
lanishning  manbasi  hisoblanadi.  Lekin  ulardagi  ish  to ‘g‘ri  olib  borilsa 
radioaktiv chiqindilar juda kam m iqdorda hosil b o ia d i va atrof-m uhitga 
salbiy  ta ’siri  sezilarli  b o im a y d i.  Atom   elektrostansiyalari  —  bu  yadro 
yoqilgi siklining faqatgina bir qismidir. Atom energiyasidan foydalanish 
jarayoni  o ‘z  ichiga  bir  necha bosqichlarni  kiritadi:
—  uran  rudasini  qazib  olish  va  boyitish;
—  yadro  yoqi)g‘isini  ishlab  chiqarish;
—  radioakliv  chiqindilarni  ko ‘mib  tashlash.
Bu jarayonlarning har birini amalga oshirish natijasida atrof-m uhitga 
tu rli  xil  radioaktiv  m o d d alar  kelib  tushadi.  H ozirgi  kunda  qazib 
olinayotgan  u ran  rudasining yarim i ochiq usul yarim i esa shaxtali usul 
bilan olinadi.  Ruda konlari va ularning yonida joylashgan uranni boyitish 
fabrikalari atrof-m uhitni  radioaktiv m oddalar bilan ifloslantiruvchi aso­
siy m anbalari hisoblanadi. Boyitish fabrikalarida olingan uran konsent- 
rati  maxsus zavodlarda qayta ishlanib yadro yoqilgisi ishlab chiqariladi. 
Yadro reaktorlarni ekspluatatsiya qilish jarayonida h am  suyuq va gazsi- 
m on  chiqindilar  hosil  b o ia d i.
AES  da hosil b o ig a n  yadro  chiqindilari geologik jihatdan barqaror 
b o ig a n   joylarga  yoki  okean  tubiga  ko‘m ib  tashlanadi.
Kasbiy  nurlanish.  Bunda  atom   sanoatida,  uran  ruda  konlarida, 
boyitish  fabrikalarda  ham da  yadro  fizika  ilm iy-tekshirish  institutlarda 
ishlaydigan xodim lam ing nurlanishi tushuniladi.  U lar boshqa sohadagi 
ishchilarga  nisbatan  eng  katta  nurlanish  m iqdorini  qabul  qiladilar.
Turli xil nurlantiruvcbi  manbalar.  Bunday m anbalarga har  kundagi 
inson  ehtiyojlari uchun  foydalaniladigan tarkibida radioaktiv m oddalar

b o ig a n   asboblar  kiradi.  M asalan,  elektrasboblar,  rangli  televizor  va 
yonib  turadigan  siferblatli  soatlar  va  hokazo.
2 .4 .  Nurlanishning  o ic h o v   biriiklari
Nurlanishning biologik obyektlarga ta ’sirini baholash uchun ionlash­
tiradigan  nurlanishning  asosiy k o ‘rsatkichlarini k o ‘rib  chiqish  kerak.
M a’lumki,  radioaktiv atom larining soni vaqt davomida eksponensial 
qonuniga  m uvofiq  kamayib  boradi:
N (t) = N (  0)ехр(~Яг).
Bunda:  N  (0) — b oshlangich vaqtda olingan radioaktiv atomlarining 
soni;
-yem irilish doimiyligi,  u  radioaktiv atom lam ing sonini kamayishi 
tezligini  ifodalaydi,  s_1.
Radioaktiv  m oddalar  bilan  ishlaganda  ularning  um um iy  miqdori 
emas,  balki  ajralib  chiqayotgan  zarralar  soni  yoki  unga  proporsional 
b o ig a n   parchalanayotgan  atom lam ing  son  k o ‘rsatgichi  m uhim   aha­
m iyatga  egadir.
Radioaktiv  m oddalam ing  faolligi    —  bu  bir  radioaktiv  nurlan- 
tiruvchida  vaqt  birligi  davomida  sodir  b o ig a n   d N   yadro  o ‘zgarish~ 
lam ing sonidir:
Radioaktiv  m oddalam ing  faolligini  o ic h a s h   birligi  —  Bekkerel
(Bk).
1  Bekkerel  bir  sekundda  bitta  yemirilishga  ega b o ig a n   radioaktiv 
m oddaning  faolligiga  tengdir.
A m aliyotda  k o ‘pincha  Kyuri  (Ku)  faollik birligidan  foydalaniladi:
IKu = 3,700  Ю
1 0
Ж . •
Io n lash tirad ig an   n u rlan ish nin g   atro f-m u h itd ag i  tirik   va  jonsiz 
obyektlarga  ta ’sirini  baholash  uchun  dozim etriyada  qabul  qilingan 
asosiy  ko ‘rsatkich  — bu  nurlanishning  yutilgan  m iqdoridir.
N urlanishning yutilgan m iqdori D. ut— bu organizm ning d M  massa 
birligiga  ionlashtiradigan  nurlantiruvcfii  tom onidan  berilgan  o ‘rtacha 
energiya  d E  dir:

[)уш  '   d M   •
Yutilgan m iqdorning o ‘lchash birligi  — G rey  (G r).  1  G rey — nurla­
nishning 1  J energiyasi  1 kgnurlantirilayotganm oddagato‘g‘rikeladigan 
yutilgan  m iqdordir.
Yutilgan  m iqdorning  amaliyotda  qo'llaniladigan  yana  bir  oMchash 
birligi  — radian  (rad):
1  rad  =   10
‘ 2
 Gr.
Foton nurlanishning m aydonini baholash uchun ekspozitsion m iq- 
dor  tushunchasidan  foydalaniladi.
N urlanishning ekspozision m iqdori 
D eks 
— bu 
d M
massali  havodagi 
hosil bo'lgan barcha bir xil ishorali ionlarning 
d Q  
um um iy zaryadining 
ushbu  hajmdagi  havo  massasiga  nisbatidir:

- 1 Я -  
eks 
d M '
Ekspozision  m iqdorning  o ic h a s h  birligi  —  1  kulon zaiyad  1  kilog- 
ramm massaga to ‘g ‘ri  keladigan  m iqdordir  (Kl/kg).
A m aliyotda  ekspozision  m iqdorning  o'lchov  birligi  —  rentgendan 
foydalaniladi:
I P  = 2,58  10
“ 4
 K l/k g  ■
N urlanishning  har  xil  turlarini  tirik  organizmlarga  ta ’sir  etishini 
baholash  uchun  ekvivalent  m iqdordan  foydalaniladi.  N urlanishning 
ekvivalent  m iqdori  Dekv ~   bu  turli  xil  nurlanishning  organizmlarga 
ta ’sir  etishi  koeffitsentiga  ko ‘paytirilgan  yutilgan  m iqdordir.
D .  ~   kD   ,
ekv 
yut
bunda  к  —  ionlashtiradigan  nurlanishning biologik  sarnaradorligini 
ifodaJovchi  o ‘lchovsiz  sifat  koeflltsenti.
Rentgen,  y-nurlanish  va  p -zarralar  uchun  к   =1,
a -n u rla n ish   uchun  к  =
2 0
.
N urlanishning  ekvivalent  m iqdori  zivert  (Zv)  birligida  o ‘lchanadi.
1  Zivert  —  bu  lG r   rentgen  yoki   -nurlanishning  yutilgan  m iqdori 
ko‘rsatayotgan  biologik  samaradorligiga  teng  b o ‘lgan  sam aradorlikni 
hosil  qilayotgan  nurlanishdir.  Ekvivalent  m iqdorini  yana  bir  o'lchash 
birligi  —  ber:
1  ber  =   0,01Zv.

Yutilgan  miqdorning  quw ati  P  (ekspozitsion  miqdorning  quw ati  — 
Pets,  ekvivalent  m iqdorning  qu w ati  -   P k  ),  bu  yutilgan  m iqdorning 
(ekspozitsion  m iqdorning,  ekvivalent  m iqdorning)  ta ’sir  etish  vaqtiga 
bo‘lgan  nisbatidir:

d D yut
  . 
p  

d D eks 
p
 
_  
d D ctv 
yu‘ 
dt  ' 
л  
dt  ’ 

dt 
'
2 .5 .  Ionlashtiradigan  nurlanishning 
biologik  ta ’siri
Radioaktiv  m oddalarni  sintez  qilib,  ulardan  turli  sohalarda  keng 
foydalanilishi  natijasida  biosferani  yangi  turdagi  ifloslantiruvchi.  ya’ni 
radionuklidlar bilan  ifloslanishga olib keldj.  Ionlashtiradigan  nurlanish- 
larning  tirik  organizmlarga  k o ‘rsatayotgan  ta ’siri  natijasida  ularning 
to ‘qim alarida  murakkab  fizikaviy,  kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar 
r o ‘y  beradi.  Biologik  sistem alarning  parchalanishi  radioaktiv  а,  Д   y- 
nurlanishlarning  m olekulalarini  ionlashtirish  qobilyatiga  bog‘liqdir. 
Ionlashtiradigan nurlanishning biologik ta ’siri  ikki m exanizm   b o ‘yicha 
amalga oshirilishi mumkin:
1
)  bevosita  oqsil  m oddalarning  to ‘qimalariga  ta ’sir  etishi;
2
)  bilvosita,  ya’ni  suvning  radioliz  m ahsulotlari  orqali  ta ’sir  etishi.
Tirik organizm larning tarkibida katta  m iqdorda suv b o ig an i  uchun
nurlanish ta ’sirida suv parchalanib,  faol zarralar hosil b o ia d i  —H ,O H  . 
Bu  zarralar  biologik  m odd alar  bilan  reaksiyaga  kirishib,  ularning 
o ‘zgarishiga  olib  keladi.
Tirik organizmga  tashqaridan  ta ’sir etayotgan  nurlantiruvchi  m an- 
baning zararli ta ’siri nurlanishning tirik m oddani kesib o ‘tish qobilyatiga 
b o g iiq .  M asalan,  у -nurlanish  rentgen  kabi  inson  uchun  eng  zararli 
hisoblanadi,  chunki  ular tirik organizm  to ‘qimalarini  faol kesib  o ‘tadi. 
Bu  nurlanishdan  himoyalanish  uchun  q o ‘rg‘oshindan  ishlangan  qalin 
ekrandan  foydalaniladi.
a -  nurlanishlarning katta qjsmi  tirik organizmning terisiga yutiladi.
P~ nurlanish organizmga  1  ml chuqurlikkacha kirib borishi m umkin.
a , 
/J-  zarralarning  uch ish   m asofasi  kichik  b o ig a n i  u ch u n   ular 
tashqaridan  ta ’sir  etganda  tirik  organizm larga  sezilarli  zarar  yetkaz- 
maydi.  Bu  nu rlardan  him oyalanish  uchun  10  sm  qalinlikdagi  havo 
qatlam i  yoki  yupqa  folga  yetarli  b o ia d i.  Maxsus  kiyim  ham  
a -  
zarralarning  kuchini  kam aytiradi.  Bir  necha  m illim etr  qalinlikda

bo ‘lgan alum iniy, pleksiglas,  shishali ekran esa Д-nurlanishlarni t o i i q  
ushlab  qoladi.
Radiaktiv  m oddalar  organizm ning  ichiga  havo  bilan,  nafas  olish 
jarayonida  h am da  zararlangan  ichim lik  suv  va  ozuqa  bilan  kirishi 
m umkin.  Ichki  zararlanishda  radioaktiv  nurlarning  xavflilik  darajasi 
bo‘yicha  quyidagi  tartibda joylashadi:  a -n u rlan ish   eng  havfli  hisobla- 
nadi,  kcyin  /?-  va  y-nurlanishdir.
Ionlashtiradigan nurlanishning biologik ta’siri quyidagi ko ‘rsatkich- 
larga  bog‘liq:
—  radioaktiv  m oddaning  faolligi;
—  nurlanishning  um um iy  m iqdori;
—  nurlantiruvchining  ta ’sir  etish  vaqti;
—  nurlanishning  turi;
—  nurlanayotgan  obyekt  m aydonining  kattaligi;
—  radioaktiv  izotoplarning  organizm dan  chiqib  ketish  tezligi;
—  organizm ning  sliaxsiy xususiyatlari:
Radioaktiv m oddaning faolligi qanchalik katta b o ‘lsa, uning xavflilik 
darajasi shunchalik ortib boradi.  Faolligi kichik b o ig a n ,  ya’ni nurianish 
m iqdori  ham   kam   b o ‘lgan  m oddalar  organizmga  sezilarli  salbiy  ta ’sir 
ko‘rsatmaydi.
B unday  m o d d alar  tib b iy o td a  davolash  m aqsadida  q o ‘llaniladi 
(masalan,  radon  vannalarida).
Radioaktiv m oddalam ing xavflilik darajasi uni organizm dan chiqib 
ketish  tezligiga  ham   b o g iiq .  Agar  bu  m oddalar  insonlarning  ozuqa 
bilan  iste’m ol  qilayotgan  elem entlar bilan  bir xil  b o ‘lsa  (N a,  K,  C l va 
hokazo),  ular organizmda uzoq vaqt saqlanib turm asdan shu elem entlar 
bilan  birga  chiqib  ketadi.  M asalan,  inert  gazlar  —Xe,  Ar,  K r m a iu m  
vaqtdan  so ‘ng  organizm dan  t o li q   chiqib  ketadi.
Radioaktiv m oddalam ing organizmdan chiqib ketishi tezligi ularning 
yarim  yemirilish davriga ham  b o g liq . Tibbiyotda yarim yemirilish davri 
juda  qisqa  b o ‘lgan  radionuklidlar  tashxiz  q o ‘yishda  ishlatiladi.
Ba’zi  bir  radioaktiv  m oddalar  organizmga  tushganda  un d a  bir  xil 
taqsim lanadi.  Ayrim  m oddalar esa  m a iu m   a ’zolarda  to ‘planib boradi. 
M asalan,  radiy,  uran,  plutoniy  so‘ngaklarda,  stronsiy,  ittriy,  kobalt 
esa  qizilo‘ngach  va  o ‘pkada  t o ‘planadi.
Radioaktiv  m oddalar  tirik  organizmlarga  ikki  xil  ta ’sir  ko‘rsatishi 
mumkin:
1  
—  som atik  ta ’sir,  ya’ni  bevosita  nurlangan  organizmdagi  keyin- 
chalik  m a iu m   vaqt  davomida  kelib  chiqadigan  o ‘zgarishlar;

2  
—  genetik  ta ’sir,  ya'ni  nurlanish  ta ’sirida  insonning  gen  va  xro- 
m osom lardagi  o ‘zgarishlar  orqali  uning  kelajak  avlodlarga  b o ‘lgan 
ta ’sirlar.
Tirik  organizm larda  nurlanish  ta ’sirida  nur  kasalligi  kelib  chiqishi 
m um kin.  N urlanish qisqa m uddatli va uzoq m uddatli bo'Hshi m umkin. 
Qisqa m uddat davomida nurlangan organizmda qondagi leykositlarning 
kamayishi,  ko'ngil  aynashi,  holsizlanish  holatlari  kuzatiladi. 
0
‘tkir 
radiasion  zararlanishlar  katta  dozadagi  radiatsiya  (50  Gr)  qisqa  vaqt 
davomida ta ’sir etganda,  surunkali  radiasion zararlanishlar esa nisbatan 
kichik radiatsiya  dozasi  uzoq  vaqt  davomida  ta ’sir  etganda  kuzatiladi. 
Bir m arta 600 rad (
6
G r) doza bilan nurlanish  30 kundan keyin  insonning 
o ‘limiga  olib  keladi.
Nazorat  savollari
1.  Radioaktivlik  hodisasi  nima  va  и  kim  tomonidan  k a sh f  etilgan ?
2.  Radioaktiv  moddalar  parchalanganda  qanday  nurlar  hosil  bo'ladi  va 
ularning  tarkibi  qanday?
3.  Nurlanishning  tabiiy  manbalariga  qanday  m anbalar  kira d i?
4.  Nurlanishning  necha  x il  antropogen  manbalarini  bilasiz?
5.  Tabiiy  va  s u n ’iy  radioaktivlik  nima?
6.  Radioaktiv  moddalarning  yarim  emirilish  davri  nim ani  k o ‘rsatadi?
7.
  Radioaktiv  qator  deganda  nima  tushuniladi?
8.  Ionlashtiradigan  nurlanish  nim a  va  и  tirik  organizmlarga  qanday 
t a ’sir  k o ‘rsatadi?
9.  Tonlashtirmaydigan  nurlanishga  qanday  nurlanish  kiradi?
10.  R adioaktiv  m oddalarning  fao llig i  nim a  va  и  qanday  birliklarda 
о ‘Ichanadi?
11.  N urlanishning  yutilgan,  ekspozitsion,  ekviva len t  m iqdori  n im ani 
ifodalaydi  va  ular  qaysi  birliklarda  о ‘Ichanadi?
12.  Radioaktiv  nurlanishning  xavflilik  darajasi  nimaga  bog'liq?
13.  Nurlanishning  biologik  t a ’siri  qanday  b o ‘lishi  m um kin?
14.  Radioaktiv  nurlanishdan  qanday  himoyalanish  m um kin?

3-bob.  A T M O SF E R A   K IM Y O SI
3 .1 .  Atmosferaning  tuzilishi  va  tarkibi
Bugungi  kunda  tabiiy  m uhitga  ko'rsatilayolgan  texnogen  ta ’sirlar- 
ning  ortib  borishi  atrof-m uhitning  degradatsiyasiga  olib  kelishi  va  shu 
bilan  b o g iiq   b o ig a n   bir  qator  m uam m olarni  paydo  b o ‘lishiga  sabab 
bo‘lmoqda.  Bu m uam m olar orasida atmosfera havosining holati alohida 
ahamiyatga  egadir.  Atmosfera  qatlam i  faqat  o'ziga  xos  b o ig a n   xusu- 
siyatlari, ya’ni yuqori darajada harakatchanligi, tarkibidagi kom ponent- 
larining o'zgaruvchanligi, havodagi fizik-kimyoviy jarayonlam ing o ‘ziga 
xosligi  bilan  yerning  boshqa  qobiqlaridan  ajralib  turadi.  Atm osfera 
nafaqat  inson,  hayvonotlar,  o ‘sim liklam ing  nafas  olishi  uchun  havo 
m anbai b o iib ,  balki shu bilan birga tirik organizm larning hayoti u ch u n  
zarur  b o ig a n   b ir  qator  jarayonlarni  t a ’m inlashda  h am   m uhim   rol 
o'ynaydi. Atmosferaning holati Yer yuzasining issiqlik rejimini belgilaydi 
va  uni  tem peraturaning  keskin  siljishlaridan  saqlab turadi,  uning  ozon 
qavati tirik organizmlami quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoyalab 
turadi.  Yer yuzasida tabiiy zonalam ing hosil b o iis h i va ulardagi gidro- 
logik  rejimlarning  xususiyatlari,  tuproq  h am da  o ‘simlik  qatlamining 
holati,  releflarning  shakllanishi  va  boshqa  jaray o nlam ing   barchasi 
atmosferadagi issiqlik va nam likning taqsimlanishiga bog‘liqdir. Atm os­
fera — bu yerdagi iqlimini shakllantiruvchi va obi-havoni hosil qiluvchi 
muhitdir.
Atm osfera  kom ponentlarining  fizik-kimyoviy  o‘zgarish!ari  atrof- 
m uhit kimyosining asosiy b o iim la rid a n  biridir.  Bu o ‘zgarishlar nafaqat 
tabiiy  (quyosh  faolligi  fazasi,  geografik joylashishi,  sutka vaqti),  balki 
antropogen omillarga ham  bogiiqdir. Atmosferadagi kimyoviy reaksiya- 
larning m exanizm larini va kinetikasini o ‘rganish, ifloslantiruvchi m od­
dalar ishtirokida hosil b o layo tgan  m ahsulotlarni  aniqlash atrof-m uhitni 
sanoat  chiqindilaridan  him oya  qilishda  m uhim   ahamiyatga  ega.
Atm osferaning  umumiy massasi  5,14-10131 ga  teng.  Atmosferaning 
asosiy  qismi  azot  (  78%),  kislorod(21% )  va  argon  (0,9%)  gazlaridan 
tashkil  topgan.  Qolgan  barcha  kom ponentlar  atm osferaning  0,1%  ni 
tashkil qilad:.  Bu  kom ponentlam ing m iqdori  (N 2,  0 2, Ar,  He,  Xe,  Kr,

Н 2)  100 km gacha o ‘zgarmaydi.  «Faol» gazlar va aerozollarning miqdori 
(H
2
0 ,   C 0 2,  0 3,  S 0 2,  C H 4,  N 0 2)  yil  fasliga,  geografik  joylashishga, 
balandlikka  qarab  o ‘zgarib  turadi  (4-jadval).
4-jadval
Yer yuzasidagi atmosfera  havosining 
kimyoviy tarkibi
Modda
Modda
Miqdori  %
N 2
78,084
n
2
o
5-  lO-5
O,
20,95
Xe
8,7  lO'6
Ar
0,934
so2
<  7  ■
  10-6
co2
3,27-10"2
o 3
<  2  • 10 6  (qishda) 
7  ■
 1 O '1  (yozda)
Ne
1 -818- 1.0J
n o
2
<  2-  lO 6
He
5 -2 4 1 0 4
CO
5 1 0  5 - 8 -   10 6
CH4
1-6-IO
-4
NO
<  1  -10-4
Kr
1  1 4 1 0 “
N H 3
Tf-
0
V
H
5 -10 5
-
-
Atm osfera  bir  necha  qavatdan  tuzilgan  b o ‘lib,  qavatlar  orasida 
pauzalar joylashgan.  Troposferadan  stratosferaga  o ‘tish  qavati  tropo- 
pauza,  stratosferadan  mezosferaga  o ‘tish  qatlami  stratopauza  deyiladi 
va  hokazo.
Atm osferaning  tuzilishi  sxemasi  4-rasm da  ko‘rsatilgan.
Troposfera bilan stratosfera atmosferaning «pastki qavatlari»,  mezos- 
fera va termosfera esa «atmosferaning yuqori qavatlari» deyiladi. Atm os­
feraning  yuqori  qavatlari  havoning  kimyoviy  tarkibi  b o £yicha  pastki 
qavatlardan  farqlanadi.  Pastki  qavatlar  zichroq  b o ‘lib,  ularda  atm os­
feraning asosiy massasi to'plangan. Atmosferaning um um iy massasidan 
50%  i  pastki  5  km  qalinlikdagi  qavatda  to'plangan,  30  km  qalinlikdagi 
qavatida  esa  atm osferaning  um um iy  massasidan  99%  to'piangan.
A tm osferaning  qavatlarga  b o ‘linishi  asosan  havoning  kimyoviy 
tarkibiga  va  tem peraturani  balandlik  bo‘yicha  o ‘zgarishiga  bogiiq.
Troposfera yer qatlamiga eng yaqin  qatlam  b o ‘lib,  uning balandligi 
ekvator ustida  16—18  km,  qutblarda esa 7—9  km ga teng.  Troposfcrada 
havoning um um iy massasidan 80% to ‘plangan bo‘lib,  unda havo doimiy
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling