Sabina xayriyeva


Download 168.2 Kb.
bet1/24
Sana11.11.2021
Hajmi168.2 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
Buxoro Davlat Universiteti
O’zbek filologiyasi fakulteti talabasi
SABINA XAYRIYEVA

Navoiy g‘azallarining mavzu bo‘yicha har bir turiga g‘azal yodlash va ularni g‘oyaviy-badiiy jihatdan tahlil qilish.

mavzusida yozgan



Mustaqil ta’lim ishi



Reja:

KIRISH

I BOB. Alisher Navoiy lirik merosining o’rganilishi.

    1. Alisher Navoiy lirik merosining XX asrgacha

bo’lgan davrda o’rganilishi





    1. Shoir lirik merosining XX asrda o’rganilishi.


  1. Alisher Navoiyning g’azallariga xos bo’lgan asosiy xususiyatlar .





    1. Navoiyning avtobiografik g’azallarida ijtimoiy

motivlar

    1. Alisher Navoiyning shaxsiy hayoti bilan

bog’langan avtobiografik g’azallar


Xulosa

Foydalanilgan Adabiyotlar Ro`Yxati


KIRISH

Yozma adabiyotning o’ziga xos an’analari mavjud bo’lib, bu an’analar bevosita adabiyotshunoslikning ko’p sohalari bilan bog’liqdir. Mumtoz adabiyotning asrlar osha davom etib kelayotgan ana shunday an’analaridan biri ijodkorning xalq ma’naviy boyligini, diniy va axloqiy qarashlarini puxta egallab, undan ijodiy foydalanishida ko’rinadi. Bu holat o’tmish shoirlarimizning xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyotda keng tarqalgan obrazlarga, ramz va timsollarga ma’lum bir g’oyaviy-estetik maqsad bilan murojaat etishlarida yanada yaqqol namoyon bo’ladi.

Shubhasiz, o’zbek adabiyoti tarixining har bir davriga oid shoirlar ijodiy merosini an’anaviylik, o’ziga xoslik va individuallik nuqtai nazaridan tadqiq etish lozim. Hozirgi davrda milliy va tarixiy-ma’naviy merosimizga e’tiborning ortganligi, o’zlikni anglash davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi bois muhim tadqiqotlarga ehtiyoj kuchlidir. Zero, o’zlikni anglash o’tmish qadriyatlarimiz va tarixni bilishdan boshlanadi.

Tariximiz hamda adabiyotimizni to’g’ri tushunish omillarni izlash qadriyatlarimizni tiklashga yordam beradi. Biz madaniyatimiz va tariximizda chuqur iz qoldirgan siymolarni qadrlasak, ijodini o’rgansak, kelgusi avlod uchun madaniy taraqqiyotga yo’l ochgan bo’lamiz. Chunki: “Xalqimiz asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf-odatlari, til va ruhi negizida qurilgan milliy mustaqillik mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar bilan mahkam uyg’unlashgan holda kelajakka ishonch tuyg’usini odamlar qalbi va ongiga yetkazishi, ularni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalashi, halollikni, mardlikni, adolat tuyg’usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalash yo’lida xizmat qilmog’i lozim”1.

O’zbek mumtoz adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan, uni vorisiylikka tayangan holda yangi taraqqiyot pog’onasiga ko’targan, madaniyatimiz, tariximizda chuqur iz qoldirgan ijodkorlardan biri, shubhasiz, Alisher Navoiydir. Navoiy lirikasiga an’anaviy obrazlar, ramz va timsollar ta’sir etganini o’rganish, ularni qiyosiy tadqiq etish – shoir ijodining yangi qirralarini yoritish, shoirning individual uslubi, tili va badiiy-estetik mahoratini belgilashda muhim ahamiyatga ega.

Ushbu bitiruv malakaviy ishi shoirning avtobiografik g’azallarini o’rganish, ularni tahlil qilish va shoir hayoti bilan bog’liq jihatlarini yoritishga oid tahlillarga bag’ishlangan.

Navoiy lirikasini o’rganish shoir yashagan davrdayoq boshlangan. Bir necha yillar davomida shoirning lirik va epik merosi tadqiq va tahlil etib kelingan. Bu ishlar, ayniqsa, XX asrda ancha rivojlantirilgan. Ammo mustaqillik qo’lga kiritilgach, shoir ijodini tom ma’noda puxta tadqiq etish ishlari jadallashdi. Ayniqsa, shoir ijodi, xususan, lirikasida qo’llanilgan ramz va timsollar, rang va raqam ramzlari, an’anaviy obrazlar, turli tushunchalarni anglatuvchi so’zlar kabi masalalar adabiyotshunoslar hamda tilshunos olimlarimiz tomonidan puxta o’rganilmoqda, tadqiq va talhlil qilinmoqda1.

Mavjud tadqiqotlarga tayangan holda “Alisher Navoiyning avtobiografik g’azallari” mavzusida bitiruv malakaviy ishi tayyorlashga harakat qildik. Shuningdek, mavzuni yoritishda Navoiyning ruboiy, qit’a singari kichik janrdagi asarlari, “Xamsa” asarlarini bo’yicha yaratilgan tadqiqotlardan ham foydalandik.



Download 168.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling