Albatta YAratgan egamning har bir aytgan so’zlariga zaracha shubha va gumon yo’qdir. ammo mo’min qanday bo’lishi va muhim deb sanagan oyatlarimni quyida kirityapman :
(Ular) sabrli, sadoqatli, itoatli, saxovatli va sahar chog'larida allohdan mag'firat so'raydiganlardir.(oli-imron 17) Odamlarga ayollar, farzandlar, uyum-uyum oltin-kumushlar, saman otlar, chorva va ekinlarga nisbatan mehr qo'yish ziynatli qilib qo'yildi. Bular (aslida) dunyo hayotining (o'tkinchi) matohidir. Allohning huzurida esa (bundan) chiroyli joy (jannat) bordir.(oli-imron 14) Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham bo'lmagan, balki to'g'ri yo'ldan toymagan (hanif) musulmon bo'lgan va mushriklardan bo'lmagan.(67) Albatta, odamlar (ibodati) uchun qurilgan birinchi Uy - Bakka (Makka)dagi muborak va olamlar uchun hidoyat (manbai) bo'lmish (Ka'ba)dir. Bu Allohning oyatlaridir. Ularni Sizga haqqoniy ravishda o'qib bermoqdamiz. Alloh olamlarga zulmni ravo ko'rmas. (oli-imron,108) (U taqvodorlar) farovonlik va tanglik kunlarida ham ehson qiladigan, g'azablarini yutadigan, odamlarni (xato va kamchiliklarini) afv etadiganlardir. Alloh ezgulik qiluvchilarni sevar.(oli-imron,134) Ular biror fahsh ish qilib qo'ysalar yoki o'zlariga zulm qilib qo'ysalar, (darhol) Allohni eslab, istig'for aytadilar. Vaholanki, gunohlarni faqat Allohgina mag'firat etar. Yana, bila turib, qilmishlarida davom etmaydigan kishilardir Aynan ularning mukofotlari - Parvardigorlaridan mag'firat va ostidan anhorlar oqib turuvchi jannat bog'lari bo'lib, o'sha joyda abadiy bo'lurlar. (Yaxshi) amal qiluvchilarning mukofoti naqadar yaxshi! (oli-imron,136) …Alloh zolimlarni sevmagay (oli-imron,140) Alloh shukr qiluvchilarni mukofotlar 11. …Shukr qiluvchilarni, albatta, mukofotlaymiz.(145) 12. …Alloh (esa) sabrlilarni sevgay.(146) 13. … Alloh ezgulik qiluvchilarni sevar.(147) 14. … Alloh tavakkul qiluvchilarni sevar.(159)
Do'stlaringiz bilan baham: |