Safar insonni har tomonlama toblaydi, degan gapning mohiyatini bugun ayni mustaqil


Download 110.91 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.04.2023
Hajmi110.91 Kb.
#1381568
Bog'liq
EL yurt dok



Safar insonni har tomonlama toblaydi, degan gapning mohiyatini bugun ayni mustaqil 
hayotga qadam qo’yish jarayonida anglab borayotganga o’xshayman. 
2017-yil 18-iyul. London ilmiy muzeyidagi Vilyam Mo’rdokning dvigateli oldida turib, 
uning ixtirosi va undan oldingi olimlarning yasagan dvigatellari o’rtasidagi farqni 
anglamaslikning ilojisi yo’q edi. Uning dvigateli o’z zamondoshlarining dvigatellarini 
mukammallik va hajm o’lchaminig qulayligiga ko’ra ancha orqada qoldirgandi. Muzey 
eksponatlarini kuzatar ekanman bir paytlar tarix kitobida o’qigan satrlarim: “Bu ulkan dvigatellar
Britaniyaning bug’ sanoati rivojlanganini yaqqol namunasi hisoblanib, dunyoni isloh qilgan 
ixtirolardan biridir,”- etimini jimirlatib yubordi. Ikki haftalik Angliya sayohatidan so’ng, men 
O’zbekistonga qaytdim va kelajakda o’z yurtim rivojiga munosib hissa qo’sha oladigan 
muhandis bo’lish yo’lida ko’proq ilm olishga intila boshladim.
Maqsadimni amalga oshirish yo’lida bilimlarimni yanada boyitish uchun maktab 
darsliklaridan tashqari “New Scientist”, “ResearchEU” va “International herald tribune” 
jurnallarini o’qib bordim. Menda muhandislikka oid ko’plab yangi g’oyalar aynan shu 
izlanishlarim orqali tug’ila bordi. Jumladan, sun’iy organlar: qo’llar va oyoqlarga bolgan 
ehtiyoj, tabiyatga zarar yetkazmaydigan energiya manbayi, sog’liqni saqlashda ishlatiladigan 
elektron qurilmalar meni juda ham o’ziga jalb qildi. Bunga bir nechta sabab bor. Birinchisi, 
mening ustozlarimdan birining chap qo’lining yelkadan past qismi kesib tashlangan edi. Unga 
kelajakda sun’iy qo’l yasab berish va bu ishim muaffaqiyatli chiqishi haqida o’ylaganimda 
yanada muhandislikka bo’lgan muhabbatim chuqurlashgandi. Ikkinchisi, hozirda juda ham 
muhim bo’layotgan, har qanday iqtisodiyotni rivojlantirishga qodir bo’lgan narsalardan biri 
qayta tiklanadigan energiya manbayi davlatimizga, xalqimizga va iqtisodiyotimizga juda 
kerakligini angladim va bu sohadagi yangi tatqiqotlar mamlakatimiz rivojiga nur ustiga a’lo nur 
bo’lishini his qildim. Bunday yashil energiyani tatqiqotini joriy qilish va natijaga erishishni 
oy’lash menga yanada ko’proq motivatsiya bag’ishlardi. 
Hayotimni o’zgartirib va maqsadlarimni aniqlashtirib bergan o’sha sanadan roppa-rosa 2 
yil o’tib men Prezident maktabiga imtihon topshirdim. Muhtaram Prezidentimiz tashsabbuslari 
bilan barpo etilgan bu maktabda men maqsadlarimga yana ham yaqinlashish imkoniga ega 
bo’ldim. Men hozirda xalqaro darajadagi A-level fanlarini o’qiyampan va bular menga 
dunyoning muhandislik sohasi bo’yicha yetakchilardan biri bo’lgan AQSHdagi Purdyu 
Universitetiga kirishimga yordam berdi. Menga yaratilgan sharoitlarga buyuk ixtirolar bilan 
javob qaytarish buyuk ajdodlarimizga xos bo’lish deb hisoblayman.
“El-yurt umidi” jamg’armasi stipendiyasi sovrindorligi nasib etsa Amerika Qo’shma 
Shtatlarida tahsil olib, bilimlarimni kengaytirib davlatimni energiya mustaqilligini ta’minlashda, 
muhandislik sohasini O’zbekistondagi eng rivojlangan sohalardan biriga aylantirshda hissamni 
qo’shsam va imkoniyati cheklanganlarga kamtarona yordamimni bera olsam men o’zimga 
bergan so’zimni ustidan chiqqan va maqsadimga erishgan bo’laman.

Download 110.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling