Sahihi muslim


Download 493.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/20
Sana15.04.2020
Hajmi493.56 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20

www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
ko‘rmaganmisizlar? So‘ngra shamol kabi, so‘ngra qush kabi o‘tishadi. Odamlarning 
yurishi amallariga qarab bo‘ladi. Nabiylaringiz esa sirot ko‘prigi oldida turib: «Ey 
Rabbim, omonda qil! Omonda qil», deb turadi. Hattoki bandalarning amallari ojiz qolib, 
ish bermasdan kishi yurishga qodir bo‘lolmay, sudralib keladi. Sirot ko‘prigining ikki 
yonida ilgichlar bo‘ladi. Buyurilgan kishini ilib oladi. Ilinmasdan lekin tirnalgan najot 
topib, ilinib qolgan do‘zaxga tushadi», dedilar». 
 
«Abu Hurayraning joni Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, jahannamning chuqurligi 
yetmish yil yuriladigan masofachadir», deb aytdilar Abu Hurayra. 
 
 
85-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Men jannatda odamlar 
ichida birinchi bo‘lib shafoat qiluvchi hamda payg‘ambarlar ichida eng ko‘p 
ergashiluvchisiman», degan so‘zlari haqida 
 
378/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Men jannatga odamlarning birinchisi bo‘lib (kiruvchisi), shafoat 
qiluvchisiman. Va yana men payg‘ambarlar ichida eng ko‘p ergashiluvchisiman», dedilar. 
 
379/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Men qiyomat kuni payg‘ambarlarning ichida ko‘p ergashiluvchisi va jannat 
eshigini birinchi bo‘lib taqillatuvchiman», dedilar. 
 
380/3. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Men jannatga birinchi bo‘lib shafoat qiluvchiman. Payg‘ambarlardan birortasi 
(ummati tomonidan) men kabi tasdiqlanmagan. Payg‘ambarlarning ichida ummatidan 
faqat bir kishi tasdiqlab iymon keltirgani ham bor», dedilar. 
 
381/4. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Men qiyomat kuni jannat eshigi oldiga kelib, u yerni ochishlarini so‘rayman. 
U yer soqchisi: «Sen kimsan?» deydi. Men: «Muhammadman», desam, u: «Sengagina 
ochishga buyurilganman. Sendan avval biror kishiga ochmayman», deydi», deb aytdilar. 
 
 
86-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolarini ummatlariga shafoat 
bo‘lishi uchun yashirib qo‘yganlari haqida 
 
382/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Har bir payg‘ambarning (ijobat etilishi aniq bo‘lgan) duosi bor. Men esa o‘sha 
duoni qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘yishni xohladim», 
dedilar. 
 
383/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Har bir payg‘ambarning (ijobat etilishi aniq bo‘lgan) duosi bor. Men esa, 
inshaalloh, o‘sha duoim qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib 
qo‘yishni xohladim», dedilar. 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 
 

Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
95
384/3. Abu Hurayra Ka’bul Axborga: «Albatta Allohning nabiyi: «Har bir payg‘ambarning 
(ijobat etilishi aniq bo‘lgan) duosi bor. Men, inshaalloh duoimni qiyomat kuni 
ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘yishni xohlayman», deganlar», deb 
aytganlarida, Ka’b roziyallohu anhu Abu Hurayraga: «Sen buni Rasulullohdan 
eshitganmisan?» dedilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Ha», deb javob berdilar. 
 
385/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Har bir payg‘ambarning ijobat qilinishi (aniq bo‘lgan) duosi bordir. Barcha 
payg‘ambarlar o‘sha duoni aytishda shoshqaloqlikka yo‘l qo‘yishgan. Men esa qiyomat 
kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘ydim. Kim ummatimdan Allohga biror 
narsani sherik qilmasa, inshaalloh, o‘sha duo (natijasi)ga erishadi», dedilar. 
 
386/5. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Har bir payg‘ambarning ijobat etilishi (aniq bo‘lgan) duosi bordir. Usha duoni 
aytib so‘rasa, ijobat qilinib, so‘ragan narsasi beriladi. Men esa o‘sha duoni qiyomat kuni 
ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘ydim», dedilar. 
 
387/6. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Har bir payg‘ambarning ummati uchun qiladigan duosi bor. Agar o‘sha duoni 
qilsa, ijobat etiladi. Men esa, xudo xohlasa, duoimni qiyomat kuni ummatimga shafoat 
bo‘lishi uchun kechiktirib qo‘ydim», dedilar. 
 
388/7. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Har bir payg‘ambarning ummati uchun qiladigan duosi bor. Men esa o‘sha 
duoni qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘ydim», dedilar. 
 
Qatodadan ham xuddi shu sanaddagi hadis rivoyat qilingan, faqat «o‘sha duo 
berilingan» bo‘lib kelgan. 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 
 
389/8. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «Har bir nabiyning ummati uchun qiladigan duosi bor. Men esa qiyomat 
kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun uni berkitib qo‘ydim», dedilar. 
 
 
87-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ummatlari uchun duo qilib, 
ularga mehribonlik bilan yig‘lashlari haqida 
 
390/1. Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam Ibrohim alayhissalom haqlaridagi Allohning: «Parvardigorim, u 
butlar ko‘pdan-ko‘p odamlarni yo‘ldan ozdirdilar. Bas, kim menga ergashsa, o‘sha 
mendandir» oyati va Iso alayhissalom haqlaridagi: «Agar ularni azoblasang, ular Sening 
ojiz bandalaring. Agar ularni mag‘firat qilsang, albatta Sen Uzing qudrat, hikmat 
egasidirsan» oyatlarini tilovat qilib qo‘llarini ko‘tardilar-da, «Allohim ummatim, 
ummatim», deb yig‘ladilar. Alloh taolo: «Ey Jabroil! Muhammad alayhissalom 
huzurlariga boring. Rabbingiz u kishining hollarini biluvchi bo‘lsa ham, so‘rang-chi, u 
zotni nima yig‘latmoqda ekan?» deganida, Jabroil alayhissalom borib so‘raganlarida, 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh bilgan narsaning xabarini berdilar. Shunda 

Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
Alloh: «Ey Jabroil, Muhammad oldilariga borib: «Biz ummatingiz haqidagi narsada rozi 
etamiz, xafa qilib qo‘ymaymiz», deb ayting», dedi. 
 
 
88-bob Kim kufr holatida vafot etsa, shafoatga erishmasligi va 
karindoshlarining karindoshligi foyda bermasligi haqida 
 
391/1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Allohning rasuli! Mening 
otam qaerdalar?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zaxdadir», 
dedilar. U orqasiga o‘girilib ketayotgan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni 
chaqirib: «Mening otam va sening otang do‘zaxdadir», dedilar. 
 
(Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu so‘zlari, ya’ni otalarini sherik qilishlari 
tasalli berish uchun edi). 
 
 
89-bob Allohning kalomidagi: «(Ey Muhammad alayhissalom), yakin 
qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring» oyati haqida 
 
392/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «(Ey Muhammad 
alayhissalom), yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring» oyati 
nozil bo‘lganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurayshni chaqirgan edilar, 
umumiy va xos (qarindosh)lar jamlanishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Ey Ka’b ibn Luay bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan saqlanglar. Ey Murra ibn 
Ka’b bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan saqlanglar. Ey Abdushshams bolalari, jonlaringizni 
do‘zaxdan saqlanglar. Ey Abdumannof bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan asranglar. Ey 
Hoshim bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan qutqaringlar. Ey Abdulmuttalib bolalari, 
jonlaringizni do‘zaxdan saqlanglar. Ey Fotima, joningni do‘zaxdan qutqar, chunki men 
Alloh (ning azobidan) biror narsani sendan daf etishga qodir emasman, lekin sizlar bilan 
qarindoshlik rishtalarim borki, men o‘sha rishta bilan sizlarni (biroz) siylayman», dedilar. 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 
 
393/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «(Ey Muhammad), yaqin qarindosh-
urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam o‘rinlaridan turib Safo tepaligiga chiqdilar-da: «Ey Fotima binti 
Muhammad, ey Safiyya binti Abdulmuttalib, ey Abdulmuttalib bolalari! Men Allohning 
(azobidan) birortasini sizlardan daf etishga qodir emasman. Ammo molimdan 
xohlaganingizcha so‘rayveringlar», deb aytdilar. 
 
394/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamga «(Ey Muhammad alayhissalom), yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning 
azobidan) ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida: «Ey Quraysh jamoasi! Jonlaringizni 
Allohning (azobidan saqlash uchun) sotib olinglar. Allohning (azobidan) birortasini sizdan 
to‘sa olmayman. Ey Abdulmuttalib bolalari! Allohning (azobidan) birortasini sizlardan 
to‘sa olmayman. Ey Abbos ibn Abdulmuttalib, Allohning (azobidan) birortasini sizlardan 
to‘sa olmayman. Ey Alloh rasulining ammasi Safiyya, sizdan Allohning (azobidan) 
birortasini to‘sa olmayman. Ey Alloh rasulining qizi Fotima! Xohlagan narsangni 
so‘rayver, lekin Allohning (azobidan) birortasini sendan to‘sa olmayman», dedilar. 

Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 
 
395/4. Qabiysa ibn Muhoriq va Zuhayr ibn Amrlardan qilingan rivoyatda keltirilishicha, 
«(Ey Muhammad alayhissalom), yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) 
ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ustma-ust 
toshlardan iborat tog‘dagi xarsang tosh ustiga chiqib: «Ey Abdumannof bolalari! Men 
sizlarni ogohlantiruvchiman. Men bilan sizlarning misolingiz xuddi dushmanni ko‘rgach, 
o‘z ahlining bosib olinishidan qo‘rqib, ularni saqlab qolish uchun diqqat, diqqat, deb 
qichqirgan kishiga o‘xshaydi», dedilar. 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 
 
396/5. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «(Ey Muhammad alayhissalom), 
yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring», «... va muxlis 
qarindoshlaringizni ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida, Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam (uylaridan) chiqib, Safo tepaligiga ko‘tarildilar-da: «Diqqat! Diqqat!» deb 
qichqirdilar. Atrofdagilar: «Bu baqirayotgan kishi kim?» deyishgan edi, bilgan kishilar: 
«Muhammad», deyishdi. Hamma to‘plangan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Ey falonchi bolalari! Ey pistonchi bolalari! Ey falonchi bolalari! Ey Abdumannof bolalari! 
Ey Abdulmuttalib bolalari!» dedilar. Barchalari u zotning atroflariga jamlandi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Menga qaranglar, agar mana shu tog‘ning tagidan otliqlar 
(bostirib) chiqmoqda, desam, so‘zimni tasdiqlaysizlarmi?» degan edilar, ular: «Biz 
yolg‘on gapirganingizni bilmaymiz», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Men sizlarni yaqinda turgan qattiq azobdan ogohlantiraman», dedilar. Buni 
eshitgan Abu Lahab: «Bizni faqat shuning o‘ziga jamladingmi?» deb o‘rnidan turib ketdi. 
Shunda «Abu Lahabning qo‘llari qurigay. (Aniqki), u quridi» oyati nozil bo‘ldi. 
 
A’mash surani «Tabbat yadaa Abi lahab»,ni o‘qib, haqiqatda quridi» deb aytdilar. 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «Yaqin qarindosh-urug‘laringizni 
ogohlantiring» oyati zikr qilinmagan. 
 
 
90-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Tolibni shafoat qilganlari 
sababli u zotdan (azobning) yengil bo‘lishi haqida 
 
397/1. Abbos ibn Abdulmutgalib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey 
Allohning rasuli! Abu Tolibga biror narsada foyda bera olasizmi? Chunki u kishi sizni 
himoya qilib, dushmanlaringizga qahr-g‘azab qilardilar», deganlarida, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Ha, u kishi do‘zaxning sayoz yeridadirlar. Agar (shafoatim) 
bo‘lmaganida do‘zaxning tubida bo‘lardilar», deb aytdilar. 
 
398/2. Abdulloh ibn Horis roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abbos: «Ey Allohning 
rasuli! Abu Tolib sizni himoya qilib, sizga yordam berardilar. Bu qilgan yaxshiliklari naf 
beradimi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, u zot do‘zaxning eng 
tagida edilar, men u zotni do‘zaxning sayoz joyiga chiqarib qo‘ydim», dedilar. 
 
Sufyon roziyallohu anhu ham yuqoridagi mazmunda hadis rivoyat qilganlar. 

Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
98
 
399/3. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam huzurlarida amakilari Abu Tolib zikr qilinganida, u zot: «Shoyadki, 
qiyomat kuni shafoatim sababli do‘zaxning eng sayoz yeriga, ya’ni olov oyoqning oshig‘ 
qismiga yetib, issig‘idan miya qaynaydigan joyiga chiqarib qo‘yilsa», dedilar. 
 
 
91-bob Do‘zax ahli azoblanishining eng yengili haqida 
 
400/1. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «Do‘zax ahli ichida azobi eng yengil kishiga olovdan bo‘lgan ikki kavush 
kiygiziladi. Usha kavushidagi harorat sababli miyasi qaynaydi», dedilar. 
 
401/2. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Do‘zaxdagi azobi eng yengil kishi Abu Tolibdir. U (olovli) ikki kavushni 
kiygani sababli miyasi qaynab turadi», dedilar. 
 
402/3. Abu Ishoq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men No‘‘mon ibn Bashirning 
quyidagicha xutba aytayotganini eshitdim. U zot: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamdan quyidagilarni eshitdim». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta 
qiyomat kuni do‘zax ahlining azob jihatidan eng yengili bir kishiki, oyog‘ining yerga 
tegmaydigan qismiga cho‘g‘ qo‘yilsa, shu sababli miyasi qaynaydi», dedilar». 
 
403/4. No‘‘mon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «Do‘zaxdagi azobi eng yengil kishi ikki kavushi (bo‘lgan odamdir), 
kavush iplari olovdan bo‘ladi. Usha odamning miyasi xuddi qozon kabi qaynaydi. Biror 
kishi buni ko‘rsa, azoblarning eng qattig‘i bo‘lsa kerak, deb o‘ylaydi. Vaholanki, u 
azoblarni eng yengilidir», dedilar. 
 
 
92-bob Kim kofir holatida o‘lsa, amali foyda bermasligi haqida 
 
404/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli! Ibn 
Jud’on ismli shaxs johiliyat davrida ham qarindosh-urug‘chilik rishtalarini tiklab, 
miskinlarga ovqat ulashar edi, mana shu ishlari unga (oxiratda) foyda beradimi?» 
deganimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Foyda bermaydi, chunki u biror kun 
ham «Rabbig‘firliy xatiyatiy yavmaddiyn», ya’ni «Rabbim, xatolarimni qiyomat kunida 
kechirgin», deb aytmagan», dedilar». 
 
 
93-bob Mo‘minlarning bir-birlariga do‘st bo‘lishi, ulardan boshqalarning esa bu 
narsadan uzilganlari haqida 
 
405/1. Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam pinhon qilib emas, balki jahriy holatda: «Ogoh bo‘linglar! Otamning 
yaqinlaridan falonchi (ya’ni, Hakam ibn Abuloss) mening do‘stim emas, albatta do‘stim 
Alloh va solih mo‘minlardir», dedilar. 
 
 

Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
99
94-bob Bir toifa musulmonlarning hisob-kitobsiz va azobsiz jannatga kirishlari 
dalili haqida 
 
406/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Ummatimdan yetmish ming kishi hisob-kitobsiz jannatga kiradi», 
deganlarida, bir kishi: «Ey Allohning rasuli! Allohdan so‘rab duo qiling, meni o‘shalardan 
qilsin», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohim, bu kishini o‘sha 
jannatga hisob-kitobsiz kiradiganlardan qilgin», dedilar. Bir kishi o‘rnidan turib: «Ey 
Allohning rasuli! Allohga duo qiling, meni ham o‘shalardan qilsin», dedi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Bu narsani so‘rashda Ukkosha sendan o‘zib ketdi», dedilar. 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 
 
407/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Ummatimdan bir jamoa (jannatga) kiradi. Ular yetmish ming bo‘lib, 
yuzlaridan badr kechasidagi oyning nuriga o‘xshab ziyo taralib turadi», dedilar. Ukkosha 
ibn Mihsan al-Asadiy o‘rnidan turib, ola-bula jundan to‘qilgan kiyimini ko‘tardi-da: «Ey 
Allohning rasuli! Mening o‘shalardan bo‘lishimni Allohdan duo qilib so‘rang», deganida, 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohim, Ukkoshani bu jamoadan qilgin», dedilar. 
So‘ngra ansoriylardan bir kishi: «Ey Allohning rasuli! Mening ham o‘shalardan bo‘lishimni 
Allohdan so‘rab duo qiling», degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «So‘rashda 
Ukkosha sendan o‘zib ketdi», dedilar 
 
408/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Ummatimdan jannatga yetmish mingtasi kiradi. Ular bir jamoa bo‘lib, 
oralarida oy suratidagi kishilar ham bor», deb aytdilar. 
 
409/4. Imron roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Allohning nabiyi Muhammad 
sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan yetmish mingtasi hisob-kitobsiz jannatga 
kiradi», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, ular o‘zi kimlar?» deyishdi. Shunda 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ular (davolanishda) tamg‘a urmaydigan, dam 
soldirmaydigan va Rabbilariga tavakkal qiladigan kishilardir», dedilar. Ukkosha o‘rnidan 
turib: «Mening o‘shalardan bo‘lishimni Allohdan so‘rab duo qiling», deganlarida, 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen ulardansan», dedilar. Va yana bir kishi 
o‘rnidan turib: «Ey Allohning nabiyi! Mening ham o‘shalardan bo‘lishimni Allohdan so‘rab 
duo qiling», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Buni so‘rashda Ukkosha 
o‘zib ketdi», dedilar. 
 
410/5. Imron ibn Husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «Ummatimdan yetmish mingtasi hisob-kitobsiz jannatga kiradi», 
deganlarida, sahobalar: «Ular o‘zi kimlar, ey Allohning rasuli?» deyishdi. Shunda 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ular dam soldirmaydigan, shumlanmaydigan va 
tamg‘a urmaydigan hamda Rabbilariga tavakkal qiladigan kishilardir», dedilar. 
 
411/6. Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Albatta ummatimdan yetmish mingtasi yoki yetti yuz mingtasi jannatga 
kiradi. (Ushbu hadis roviylaridan biri Abu Hozim yetmish mingmi, yetti yuz mingmi, 
bilmaganlar.) Ularning ba’zilari ba’zilarini ushlab olishadi. Oxirgilari kirmagunicha 

Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
100
avvalgilari ham kirmaydi. Ularning yuzlari badr kechasidagi oyning suratiga o‘xshaydi», 
dedilar. 
 
412/7. Husayn ibn Abdurahmondan rivoyat qilinadi. «Men Said ibn Jubayrning 
huzurlarida edim. Shunda u zot: «Kechagi kun qaysi biringiz yulduz tushganini ko‘rdi?» 
degandilar, «Men», dedim-da, keyin: «Namoz o‘qimayotgan edim, lekin nimadir chaqib 
olgandi», deb aytdim. (Bu so‘z bilan u zot ibodat qilib kechani bedor o‘tkazar ekan, deb 
o‘ylashlardan va ibodatlari riyo bo‘lishidan o‘zlarini yiroq qilmoqdalar. Haqiqatda ibodat 
qilmayotgan edilar.) «Keyin nima qilding?» dedilar. Men: «Dam soldim», dedim. U zot: 
«Bu narsaga nima majbur qildi?» dedilar. Men: «Sha’biy gapirib bergan hadis», dedim. 
U zot: «Sha’biy sizlarga nima deb aytdi?» dedilar. Men: «Uning Burayda ibn Husayndan 
qilgan rivoyatida keltirilishicha, albatta dam solish faqatgina ikki narsada joiz: ko‘z 
tegishida va zaharli narsa chaqib olganida», deb aytdim. Shunda u zot: «Kim eshitgan 
narsasi ustidagina to‘xtasa yaxshi ish qilibdi. Lekin Ibn Abbos Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamdan eshitgan narsalarini quyidagicha so‘zlab berdilar: «Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «Menga ummatlar namoyish etildi. Ba’zi payg‘ambarlarning atrofida 
jamoatning, ba’zilari atrofida bir va ikki kishining turganini va ba’zilarining atrofida hech 
kim yo‘qligini ko‘rdim. Shu payt menga ulkan olomon ko‘rsatildi. Ummatim bo‘lsa kerak, 
deb gumon qildim. Ammo menga: «Bu Muso alayhissalom va u zotning qavmlari, lekin 
sen ufqqa qaragin», deyildi. Qarasam, ulkan olomon turibdi. Yana menga boshqa ufqqa 
qaragin, deyildi. Yana qarasam, ulkan olomon turibdi. «Bas, mana shu ummatingdir. 
Ular bilan birga yetmish mingtasi hisob-kitobsiz va azobsiz jannatga kiradi», deb 
aytildi», dedilar-da, so‘ng o‘rinlaridan turib xonalariga kirib ketdilar. Odamlar esa 
jannatga hisob-kitobsiz va azobsiz kiruvchi o‘sha kishilar haqida gurunglasha boshlashdi. 
Ba’zilari: «Ular Rasululloh sahobalari bo‘lsa kerak», deyishdi. Va yana ba’zilari esa: «Ular 
Islomda tug‘ilib, Allohga biror narsani sherik qilmaganlar bo‘lsa kerak», dedi va yana 
boshqa bir qancha narsalarni zikr qilishdi. Shu payt Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
ularning huzuriga chiqib: «Nima haqda gurunglashmoqdasizlar?» degan edilar, 
sahobalar bu haqda xabar berishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Jannatga hisob-kitobsiz va azobsiz kiruvchilar dam solmaydigan, dam soldirmaydigan 
va shumlanmaydigan hamda Rabbilariga tavakkal qiladigan kimsalardir», dedilar. 
Ukkosha ibn Mihsan bu so‘zlarni eshitib: «Mening o‘shalardan bo‘lishimni Allohdan so‘rab 
duo qiling», degan edilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen ulardansan», 
dedilar. So‘ngra boshqa bir kishi o‘rnidan turib: «Mening ham o‘shalardan bo‘lishimni 
Allohdan so‘rab duo qiling», degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu 
narsani so‘rashda Ukkosha sendan o‘zib ketdi», dedilar», deb aytdilar». 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Lekin «Menga ummatlar namoyish etildi» 
jumlasidan oldingi gaplar keltirilmagan. 
 
 
95-bob Bu ummat jannat ahlining yarmini tashkil etishi haqida 
 
413/1. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Jannat ahlining to‘rtdan bir qismini tashkil etishingizdan rozi emasmisizlar?» 
degan edilar, biz: «Allohu akbar», deb takbir aytdik. Keyin yana: «Jannat ahlining 
uchdan bir qismini tashkil etishingizdan rozi emasmisizlar?» degan edilar, biz yana: 
«Allohu akbar», deb takbir aytdik. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men 
sizlarning jannat ahlining yarmini tashkil etishingizga umid qilaman. Va bu haqda tez 

Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
 
 
Download 493.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling