Sahnaga ikki o‘quvchi yugurib chiqib keladi…


Download 42.5 Kb.
bet1/4
Sana19.01.2023
Hajmi42.5 Kb.
#1102150
  1   2   3   4
Bog'liq
5 та ташаббус сенарийси


5ta muhim tashabbus bo’yicha senariy
(Sahnaga ikki o‘quvchi yugurib chiqib keladi…).


1-O‘quvchi: Ehe he heeeeee. Odamlaru odamlar, eshitmadim demanglar, bugungi tadbirimizni ko’rolmay keyin attang deb qolmang.
2-O‘quvchi: Ehe he heeeeee.!Odamlaru odamlar mehri daryo insonlar bugungi tadbirimizda Xush kelibsizlar! (O‘quvchilar sahnani tark etadi. so‘ngra sahnaga boshlovchilar chiqib keladilar)
 1-boshlovchi:
SALOM berib sehr bilan,
Dil to’rida MEHR bilan.
Tilab sizga tillo TAXT,
Hamroh bo‘lsin OMAD BAXT.
Aytib dildan xush kalom,
Sizga samimiy «SALOM».
2-boshlovchi:
Salom sizga yurak to‘ridan,
Davramizga yig‘ilgan do‘stlar.
Ko‘ksimizga qo‘limiz qo‘yib,
Deymiz sizga «Xush kelibsizlar!».
Assalomu – alaykum aziz ustozlar, mehribon ota-onalar, davramizga kelgan jamiki mehmonlar, barcha-barchangiz bugungi ”Ma’naviy yuksaklik – nurli kelajak garovi“ deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsizlar.
Hozir davramizga tadbir ishtirokchilarini taklif etamiz (musiqa sadolari ostida)
 
1-boshlovchi: Umr deb atalmish cheksiz ummonda bir zot yashaydi, ul zot sham yanglig` butun olamga ziyo taratadi, kamtarin, hokisor bu zotlar- ustozlardir.
 2 – boshlovchi: Qo`limizga qalam ushlashni ham o`qishni ham yozishni ham, hatto o`z ismimizni to`g`ri talaffuz qilishni ham bilmay shu dargoh ostonasiga qadam qo`yganimizda bizlarni ona kabi o`z quchog`ingizga oldingiz aziz ustozlar.
1-O‘quvchi:
Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o‘sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustozdir biroq,
Kimdir o‘qitganku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga harf o‘rgatgan kim?
Oddiy muallimda, oddiy muallim!
2-O‘quvchi:
Tuproqdek hokisor bezovta jonlar,
Ammo qanotida tog‘dek ulug‘vor
Ammo Temurdayin Sohibqironlar
Pirim deb, etagin o‘pgan bor.
Qaysar Jahongirga yo‘l ko‘rsatgan kim?
Oddiy muallimda, oddiy muallim!

Download 42.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling