Saida Jo’rayeva


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/22
Sana15.02.2017
Hajmi5.05 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22

www.ziyouz.com кутубхонаси 
188
 
* * * 
Hamma narsa kuzatishga qurbimiz yetmay qolgan yerda tugaydi. 
 
* * * 
Agar yer yuzida hamma narsa a’lo bo‘lganda, a’lo narsaning o‘zi bo‘lmasdi. 
 
* * * 
Tun chog‘i qalin o‘rmonda adashib qoldim. Qo‘limdagi ojizgina pirpiragan sham – mening yagona 
yo‘l ko‘rsatuvchim edi. Nogohon ro‘paramda notanish kimsa paydo bo‘ldi va shunday dedi: «Do‘stim, 
to‘g‘ri yo‘lni topish uchun qo‘lingdagi shamni o‘chir». Bu notanish kimsa – ilohiyotchi olim edi. 
 
* * * 
Iste’dod avloddan-avlodga o‘tadigan zodagonlik unvoni emas. 
 
* * * 
Yaxshilarni mukofotlash bilan yomonlarni jazolagan bo‘lamiz. 
 
* * * 
Ehtiroslarni yengishni maqsad qilib qo‘yish – aqlsizlikning eng yuqori cho‘qqisi. 
 
* * * 
Hamma narsa foydaliligiga qarab belgilanadi. 
 
* * * 
Baxt va baxtsizlik bir-biri bilan zulmat va yorug‘lik kabi munosabatda bo‘lmaydi. Zero, baxt va 
baxtsizlik bir vaqtning o‘zida birga mavjud bo‘la oladi.  
 
 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
189
 VOVENARG LYUK DE KLAPYE 
(1715-1747) 
 
Farangistonlik faylasuf Lyuk de Klape Vovenarg Eks shahrida dvoryan oilasida 
tug‘ilgan. 
U frantsuz armiyasida kapitan unvonida xizmat qilgan. 1741 yilgi harbiy 
harakatlarning birida oyog‘ini sovuqqa oldirib qo‘ygan. 1744 yilda esa chechak bilan 
og‘rib, ko‘zlari deyarli ko‘rmay 
 qolgan. 
Vovenarg yozuvchi Volter bilan xat yozishib turgan… Uning quyidagi asarlari ma’lum: 
«Ozodlik haqida mulohazalar» (1737 yil), «Boyliklarning tengsizligi haqida 
mulohazalar», «Mantiqqa zid fikrlar: yangi mulohazalar va maksimalar»1
 
(1746 yil).
 
Faylasuf zukko va bir-birini inkor qiladigan, yangi, xilma-xil fikrlarga juda o‘ch bo‘lgan. 
U e’tiborga loyiq quyidagi voqeani hikoya qiladi: «Mening yoshgina xizmatkorim bor edi. 
Bir kuni sayohat chog‘ida notanish odam bilan tushlik qildim. Xizmatkor hamsuhbatim 
juda aqlli odam ekanligini aytdi. Men bu odamning aqlli ekanligini qaerdan bilgani bilan 
qiziqdim. 
— Aqlli odam har doim to‘g‘ri gapiradi. 
— Ya’ni, hech kimni aldamaydimi? 
— Yo‘q, janob, o‘zini o‘zi aldamaydi. 
Bu javobni eshitganimdan keyin hech bir zukko odam bundan yaxshiroq javob topib 
bera olmasdi, degan xulosaga keldim». 
 
* * * 
Insonda kuchli, ammo bir-biriga qarama-qarshi ehtiroslar qanchalik ko‘p bo‘lsa, u qay sohada 
bo‘lmasin, birinchilikka erishishga shunchalar noqobillik qiladi. 
 
* * * 
Illatlar tufayli qo‘lga kiritilgan foyda doimo ulkan zarar bilan qorishiq bo‘ladi. 
 
* * * 
Odamlar ba’zan o‘zlari ishonmaydigan maqtovlarni ham yoqtiradilar. 
 
* * * 
Timsollar tafakkurni bezaydi, tuyg‘ular esa uni ishontiradi. 
 
* * * 
Ahmoqlar biz o‘ylaganchalik ko‘p emas. Odamlar bir-birlarini tushunmaydilar, xolos. 
 
* * * 
Shuhratparast odamlar yomon diplomatlardir: ular sukut saqlashni bilishmaydi. 
 
* * * 
Qo‘rqoq odam izzattalab odamga nisbatan kamroq haqorat alamini tortadi. 
 
* * * 
Kelgusi avlodlar balki bizdan ko‘ra ko‘proq bilishar va o‘zlarini aqlliroq hisoblashar. Ammo ular 
bizdan-da baxtliroq va donoroq bo‘la oladilarmi? O’zimiz ham otalarimizdan ko‘p bilsak-da, ulardan 
yaxshiroq emasmiz-ku! 
 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
190
* * * 
To‘g‘risini aytishga jur’at etaman: insonni aql faylasufga, shuhratsevarlik qahramonga, ezgulik esa 
donishmandga aylantiradi. 
* * * 
Aql bizni kayfiyat ta’sirida qo‘l uriladigan ahmoqona ishlardan xalos etolmaydi. 
 
* * * 
Ojiz odamlarning do‘stligi ularning nafratidan ko‘ra xavfliroqdir. 
 
* * * 
Inson qanchalar aqlli bo‘lsa, tushunarsiz mulohazasizlikka shunchalar moyillashib boradi. 
 
* * * 
Umid hayotiy ne’matlarning eng foydalisi hamda eng halokatlisidir. 
 
* * * 
Sevgi izzattalablikni ham yengadi. Zero, ayolni u hatto sizdan nafratlanganda ham sevish mumkin. 
 
* * * 
Agar hikmatli so‘zda izohga muhtojlik sezilsa, demak bu so‘z tobiga yetmagan. 
 
* * * 
Biror yangilikning yashab ketishida mushkullik tug‘ilishi unga zaruriyat yo‘qligidan dalolatdir. 
 
* * * 
Inson ustidan hokimlik qiladigan har qanday ehtiros atrofdagilarga u tomon yo‘l ochadi.  

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
191
LEJE-MARI DESHAN 
(1716-1774) 
 
Farang faylasufi Deshan Frantsiyaning Renn (Bretan) shahrida kichik amaldor oilasida 
dunyoga keldi. U 17 yoshidan boshlab hayotini Montray-Belle ibodatxonasida o‘tkazgan. 
Deshan o‘ta kuzatuvchanligi, o‘tkir aqli va benihoya hurfikrligi bilan boshqalardan 
ajralib turgan. U «Hamma narsa», «Bir butun», «Hech narsa» degan tushunchalar ustida 
bosh qotirgan birinchi faylasuf edi. 
Deshanning ayniqsa, «Hech narsa» haqidagi qarashlari ko‘p bahslarga sabab bo‘lgan. 
«Hech narsa» nima ekanligi haqida hatto oddiy tushunchaning o‘zi yo‘q», — degan 
e’tirozga javoban Deshan komil ishonch bilan shunday deydi: «Agar biz bu so‘z haqida 
tushunchaga ega bo‘lmaganimizda undan foydalanmas edik. «Hech narsa» doimo u yoki 
bu buyum, idishda suyuqlik, hamyonda pul, xonada jihozlarning yo‘qligini bildiradi». 
Deshan o‘zining tarixiy vazifasini yaxshi anglar va buni yashirmasdi. «Xulosalarimning 
ayrim qismini, — deb yozgandi u, — hamma yerdan, boshqa qismini faqat ba’zi 
faylasuflardan topish mumkin. Uchinchi qismini esa hech qaerdan topib bo‘lmaydi». 
Montrey-Belle ibodatxonasidan uzoq bo‘lmagan joyda e’tiborli aslzodalardan markiz 
Mark-Rene de Vuaye d’ Arjensonning yer-mulki joylashgan bo‘lib, uning saroyda katta 
nufuzga ega otasi qomusiy olimlarga homiylik qilardi. 
Falsafaga mehr qo‘ygan markiz de Vuaye ko‘pchilik telba deb hisoblaydigan rohib 
Deshanning fikrlari bilan qiziqib qoladi va uni o‘z homiyligiga oladi. De Vuaye o‘z 
qo‘rg‘onida Deshan ta’limoti bilan tanishtiruvchi to‘garak tashkil etadi. Deshanning 
quyidagi asarlari ma’lum: 
«Asr ruhi haqida maktub» (1769 yil), «Tafakkur ovozi: savollar 
va javoblar» (1770 yil), «Haqiqat yoki haqiqiy tizim». 
 
* * * 
Shunisi aniqki, Hamma narsa va Hech narsaning mohiyati aslida bir ekanligi haqida mengacha 
hech kim o‘ylab ko‘rmagan, yozmagan, gapirmagan. 
* * * 
Haqiqat – aslida dunyodagi eng oddiy narsa. Ammo jamiyatdagi tartib-qoidalar nojo‘ya yo‘nalishda 
rivojlanayotgani sababli haqiqatdan juda uzoq bo‘lgan haqiqatni ochish uchun ko‘p yillar davomida 
fikrlash, bosh qotirishga to‘g‘ri keldi… 
 
* * * 
Uzoq vaqt davomida men mavjud ButunlikniIntihoni o‘rganibman-u, ammo Hamma narsa va 
Cheksizlik ham mavjudligini sezmay qolibman. 
 
* * * 
Tabiatda hech narsa avvaldan belgilanmagan va ko‘rilmagan bo‘lsa, unda amalga oshmay turgan 
hamma narsa tasodif, amalga oshgani esa zaruriyat mevasidir (Deshanga qadar hech kim bunday 
nuqtai nazarni ilgari surgan emas). 
 
* * * 
Hamma narsa biri ikkinchisidan kelib chiqadi, biri-ikkinchisiga qaytadi… 
 
* * * 
Aql-idrok tuyg‘ularsiz mavjud bo‘lolmaydi. Ammo tuyg‘ular alohida holda aql-idrokni tashkil 
etolmaydi. Aql-idrok tuyg‘ular birligi va uyg‘unligidir. Shu bois har bir alohida olingan tuyg‘ulardan 
kelib chiqib xulosa chiqarish umumiy narsalar haqida qismlar asosida bir to‘xtamga kelish demakdir. 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
192
Bunday xulosa bema’ni xulosadir. Chunki bu qismlar barcha qismlar birgalikda olinganda kelib 
chiqadigan umumiy xulosaga nisbatan butunlay boshqacha tabiatga ega bo‘lishi mumkin. 
* * * 
Ijodkor va ijod ayni bir narsaning o‘zidir. Bir butun narsa o‘z qismlari yordamida mavjud 
bo‘lganidek, qismlar ham ana shu bir butunlik asosida yashaydi. 
 
* * * 
Qarama-qarshi tomonning biri ikkinchisining inkori emas, balki eng kichik tasdig‘idir. 
 
* * * 
Sabab va oqibat – mazmuni boshqa tushuncha bilan munosabatdagina ochiladigan, faqat biri 
boshqasidan kelib chiqib mavjud bo‘la oladigan ikki tushuncha. O’g‘ilning sababchisi – ota, o‘g‘li 
tufayligina «ota» degan nomga erishgan. Agar o‘g‘li bo‘lmaganda u ham ota bo‘lmasdi. O’g‘il shuning 
uchun o‘g‘ilki, uning otasi bor. Ota shuning uchun otaki, uning o‘g‘li bor. 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
193
GRIGORIY SAVVICH SKOVORODA 
(1722-1794) 
 
G.S.Skovoroda Ukrainaning Poltava guberniyasidagi oddiy kazak oilasida dunyoga 
keldi. 16 yoshida Kiev Akademiyasiga o‘qishga kirdi. U Yevropaning Vengriya, 
Germaniya, Italiya kabi davlatlarida bo‘lgan. Qaysi davlatga borishidan qat’i nazar, 
avvalo o‘sha yerdagi universitetlarda ma’ruza tinglashga shoshilgan. U shu tariqa uch yil 
xorijda hayot kechirgan. Faylasuf lotin, yunon, nemis va yahudiy tilini bilgan. 
Mustaqil fikr egasi Skovoroda jangari tabiati, keskin hamda to‘g‘ri fikr yuritishi tufayli 
hamma yerda quvg‘in va tuhmatga uchragan. 
Skovoroda 1759 yilda Xarkov Kollegiumiga o‘qituvchilikka taklif etiladi. 10 yil shu 
dargohda dars beradi. Bu muddat ichida ikki marta ishdan chetlashtiriladi va yana joyiga 
tiklanadi. Ammo uchinchi martasida olim Kollegiumni butunlay tark etadi. 1769 yildan 
boshlab Skovoroda darbadarlikda hayot kechiradi. «Modomiki, sevimli Vatanimni hech 
narsa bilan rozi qilolmas ekanman, loaqal hech kimsaga zararim tegmasligi uchun bor 
kuchimni ishga solaman…», — deb yozgan edi faylasuf. Skovoroda 25 yillik darbadarlik 
davrida g‘oyat unumli ijod qildi. 
Faylasufning quyidagi asarlari ma’lum: 
«Nargis», «Ilohiy kecha yoxud mangulik 
haqida», «Olam alifbosi», «Ezop masallari», «Ilohiy qo‘shiqlar bog‘i», «Besh 
yo‘lovchining chinakam hayotiy baxt haqidagi suhbati», «Uzuk». 
Skovoroda o‘z qo‘lyozmalarini yo‘lxaltasida olib yurgan. Afsuski, hayotlik chog‘ida 
uning bitta ham qo‘lyozmasi chop etilmagan. U o‘limidan ikki oy avval Orlov 
guberniyasiga boradi va shogirdi Kovalinskiy bilan uchrashib, hamma qo‘lyozmalarini 
saqlab qo‘yish uchun unga topshiradi. 
Skovorodaning qabri ustiga uning vasiyatiga ko‘ra quyidagi so‘zlar yozib qo‘yilgan: 
«Olam meni qushdek ovlashga urindi, ammo tutolmadi». 
 
* * * 
Tabiiy narsalarning hammasi osonlik bilan qo‘lga kiritiladi, puch va ortiqcha narsalarga erishish esa 
mushkuldir. 
 
* * * 
Butun olam ikki voqelikdan iborat. Ularning biri zohiriy, ikkinchisi botiniydir. Zohiriysi maxluqot, 
botiniy voqelik esa Tangridir. 
 
* * * 
Jamiki narsalar o‘zaro bog‘liq holda, reja asosida yaratilgan. Hech bir narsa bu asossiz mavjud 
bo‘lolmaydi. 
 
* * * 
Bilish qiyin emas, ko‘nikish qiyin. 
 
* * * 
Qalb go‘zallikni ko‘rmay turib seva olmaydi. 
 
* * * 
Chohga yoki tubsiz suvga qulagan kimsa qiyinchilik haqida emas, qutilish haqida o‘ylashi kerak. 
 
* * * 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
194
Hamma fanlarning urug‘i inson botinida yashiringan. Inson botini ularning maxfiy manbaidir. 
 
* * * 
Tashvishni yoqtirmaydigan kimsalar oddiy va faqirona yashashni o‘rganmoqlari darkor. 
 
* * * 
Ko‘pchilik qo‘lidan kelmaydigan ishning amalga oshishiga ishonmaydi. 
 
* * * 
Sen faqat bir narsaga: o‘zingni anglashga intil. Tangrining boqiy ovozini tinglamay turib, unga 
qalbingdan joy bera olasanmi? Tangrini tanimay turib, uning ovozini tinglay olasanmi? Tangrini 
topmay turib, uni taniy olasanmi? O’zingni anglamay, topmay turib, Tangrini topa olasanmi? 
 
* * * 
Jismimiz o‘z-o‘zicha hech qanday harakat qilmaydi. U butkul fikrlarimiz quliga aylangan. Uning 
sohibi bo‘lgan fikr ertayu kech to‘xtovsiz harakatda, hayajonda. U goh mulohaza yuritadi, goh 
maslahat beradi. Nimalarnidir aniqlaydi, nimalargadir majburlaydi. Jismimiz esa boshvoq solingan 
ho‘kiz kabi beixtiyor uning izmiga bo‘ysunadi. Shunday qilib, jismimiz emas, balki avvalo fikrimiz 
insonligimizni belgilaydi. 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
195
POL-ANRI GOLBAX (Paul Genrix Ditrix) 
(1723-1798) 
 
Frantsuz faylasufi Pol-Anri Golbax Germaniyaning Geydelsteym shahrida savdogar 
oilasida tug‘ildi. U baronlik nasabiga mansub edi. Golbax Leyden dorilfununini tugatib, 
Frantsiyaga yo‘l oldi va Parij shahrida muqim yashab qoldi. Uning Parijdagi Sen-Rosh 
ko‘chasida joylashgan uyi mashhur frantsuz ma’rifatparvarlarining qarorgohi bo‘lgan. 
Golbaxning quyidagi asarlari ma’lum: 
«Nasroniylikning fosh etilishi» (1761), «Ijtimoiy 
tizim» (1713), «Tabiiy siyosat» (1773), «Tabiiy axloq» (1770), «Tabiat tizimi yoxud 
fikriy olam va ruhiy olam qonunlari haqida (1770), «Tabarruk maraz» (1768), 
«Etokratiya yoki axloqqa asoslangan hukumat» (1776).  
Golbax «Tabiat tizimi» asarini do‘stlari davrasida vasiyatnoma deb atagan. 
Olim o‘zi asarlar yozibgina qolmay, o‘zi sevgan kitoblarni to‘plagan, avaylab saqlagan. 
Uning shaxsiy kutubxonasida 2777 jild kitob bo‘lgan. 1770 yilda Golbaxning «Tabiat 
tizimi», «Nasroniylikning fosh etilishi» va «Tabarruk maraz» asarlari Parij parlamenti 
tomonidan yoqishga hukm qilindi, chunki ularda dahriylik ruhidagi fikrlar bor edi. 
Olimning e’tiqodiga ko‘ra, inson tabiatning bir bo‘lagi, shuning uchun ham faoliyati tabiat 
qonunlariga bo‘ysunadi. Faylasuf shunga ko‘ra insonning biri ikkinchisiga qarama-qarshi 
turgan, ikki xil mohiyatga ega bo‘lgan diniy qarashlarini tanqid qiladi. 
 
* * * 
Inson – tabiat mahsuli. 
 
* * * 
Inson o‘zini tabiatning imtiyozli mavjudoti deb bilishi uchun hech qanday asos yo‘q. Zotan, u ham 
tabiatning boshqa mahsullari kabi beqarorlikka mahkum etilgan. Uning soxta ustunligi zamirida faqat 
adashish yotadi. Inson o‘zi makon etgan yer kurrasi uzra fikran yuksaklikka ko‘tarilib ko‘rsin-chi. 
Shunda u odamzotga xuddi boshqa hamma mavjudotlarga qaragandek qaraydi. Har bir daraxt o‘ziga 
xos meva bergani kabi har bir inson ham o‘zining alohida quvvatiga xos ravishdagi harakatlari yoki 
qilmishlari mevasini berayotganini ko‘radi. Hamda o‘zining o‘rnini qayta baholashga undayotgan puch 
xayolligini inson bir vaqtning o‘zida ham Koinot kuzatuvchisi, ham Koinotning bir bo‘lagi ekanligi 
tufayli paydo bo‘lganini anglaydi. 
 
* * * 
Biz sababi o‘zimizga noma’lum bo‘lgan, bilimsizligimiz hamda tajribasizligimiz tufayli avvaldan ko‘rib 
bo‘lmaydigan narsalarni tasodifiy hodisalar deb ataymiz. 
 
* * * 
Jamiyatlar ham tirik organizmlar kabi inqirozlar, aqlsizlik lahzalari, inqiloblar, hayotiy o‘zgarishlarni 
boshidan kechiradi, ular ham tug‘iladi, o‘sadi, o‘ladi, sog‘lomlikdan bemorlik sari, bemorlikdan 
salomatlik sari yuz tutadi va nihoyat, barcha inson zoti kabi bolalik, yoshlik, yetuklik, keksalik 
bosqichlaridan o‘tib, o‘limga ro‘baro‘ bo‘ladi. 
 
 
* * * 
Mustabid hukmdor hokimiyati doimo xalq vakillari hukmiga itoat etishi hamda o‘zlariga ishonch 
bildirgan odamlarga doimo tobe bo‘lishi zarur. Vakillar bu odamlarga nisbatan xo‘jayin emas, balki ijro 
etuvchi, ishonchli shaxslardir. 
* * * 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
196
Inqiloblar va ijtimoiy bo‘hronlar jamiyat uchun kulfat, albatta. Shu bois jamiyat ularni mustaqillik va 
bardavom farovonlikka erishish yo‘lidagi muqarrar, lekin muvaqqat bosqich sifatidagina qo‘llashi 
mumkin.  
 
* * * 
Kuch bilan o‘rnatilgan hukumat kuch bilan saqlab turiladi. 
 
* * * 
Baxtli bo‘lmoq uchun davlatmandlikning o‘zigina kifoya qilmaydi. Buning uchun boylikdan 
foydalanishni ham uddalash kerak. 
 
* * * 
Bu olamda ro‘y bergan eng yirik voqealar asosida yotuvchi istaklar aql ko‘zi bilan qaraganda 
arzimas bo‘lib tuyuladi. Ko‘pincha axloq xususidagi bahslar, bolalarcha injiqliklar, ixtiloflar, qandaydir 
vazir yoki xonimning yomon kayfiyati, elchining surbetligi, qaroqchining qo‘polligi, noto‘g‘ri qabul 
qilingan so‘z – mamlakatda urush olovini yoqish uchun kifoya qiladi.  
 
* * * 
Erishilgan narsalar ularga sarf etilgan quvvat va xarajatlarni qoplaganini kamdan-kam hollarda 
ko‘rish mumkin. Hukmdorlarning siyosati odatda katta sarf-xarajatlar evaziga mayda narsalarga 
erishish bilan chegaralanadi. 
 
* * * 
Bolaligidanoq o‘zining noto‘g‘ri fikrlari izmida bo‘lgan, mutaassiblikka mukkasidan ketgan odamlar 
ko‘zlaridagi jaholat pardasini saqlab qolishni muhim deb hisoblashadi va ularning ko‘zini ochishga 
uringan kishilar bilan kurashishadi. Agar zulmatga o‘rganib qolgan ko‘zlari bir lahza yorug‘likni 
ko‘rgudek bo‘lsa, bundan azob chekishadi va g‘azab bilan mash’al tutgan kishilarga tashlanishadi. 
 
* * * 
Inson baxti uning orzu-istaklari tashqi muhitga qanchalik mos tushishi bilan belgilanadi. 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
197
KANT IMMANUIL  
(1724-1804)
 
 
Germaniyalik mutafakkir Immanuil Kant Kyonigsberg shahrida hunarmand usta 
oilasida tug‘ilib o‘sdi. U oiladagi 9 nafar farzandning to‘rtinchisi bo‘lgan. Kant bolalik va 
o‘smirlik chog‘larida tez-tez kasalga chalingani sababli nimjon, jizzaki hamda vahimachi 
edi. 
1745 yilda u Kyonigsberg universitetining ilohiyot fakultetini tamomlagan. 1755 yildan 
to 1797 yilgacha shu yerda metafizika, mantiq, axloqiy falsafa, fizika, riyoziyotdan dars 
bergan. Umrining oxirigacha bo‘ydoq o‘tgan. 57 yoshida «Sof tafakkur tanqidi» deb 
nomlangan asosiy asarini yozib tugallagan.  
Uning quyidagi asarlari ma’lum: 
«Osmonning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi» 
(1755), «Mantiq» (1800), «Amaliy mantiq tanqidi» (1788), «Antropologiya» (1798). 
Bular Kantning eng yirik va mashhur asarlari sirasiga kiradi.  
Olim shaxsiy hayotida falsafiy masalalar xususida suhbatlashishni xush ko‘rmagan. 
Aftidan, u o‘zining tinglashga emas, faqat o‘qitishga qobiliyatli ekanini yaxshi anglagan. 
Hayotining har bir lahzasi muayyan tartibga solingan faylasuf har kech roppa-rosa 
soat 10 da uyquga yotgan, tonggi soat 5 da uyg‘ongan. U 30 yil davomida bir marta ham 
bu tartibni buzmagan. Roppa-rosa kechki soat 7 da sayrga chiqqan. Kyonigsbergda 
yashovchilar Kantga qarab soatlarini tekshirishgan. 
 
* * * 
Falsafa sohasini quyidagi savollar bilan chegaralash mumkin: 
1. Men nimani bila olaman? 2. Men nima qilmog‘im kerak? 3. Men nimaga ishonishim mumkin? 4. 
Inson nima? 
Birinchi savolga metafizika fani, ikkinchisiga axloq, uchinchisiga din va to‘rtinchisiga antropologiya 
javob beradi. Yuqoridagi uch savol oxirgisiga kelib taqaladi.  
 
* * * 
Rad etilishdan cho‘chimaslik kerak. Boshqa narsadan – seni tushunmasliklaridan ehtiyot bo‘l. 
 
* * * 
Har bir fan faqat riyoziyot bilan inoqlashgandagina mukammallikka erishadi. 
 
* * * 
Jilla qursa, ilohiyot fakultetining: «Falsafa fakulteti – ilohiyot fakultetining oqsochi», — degan 
mag‘rurona da’vosiga qo‘shilsa bo‘ladi. (Bu o‘rinda: «Oqsoch bekasining oldida mash’ala tutib yo‘l 
boshlaydimi yoxud uning ortidan etaklarini ko‘tarib yuradimi?» – degan savol ochiq qoladi). Ishqilib 
falsafa fakultetini yopib, og‘zini yumib qo‘yishmasa bo‘lgani. 
 
* * * 
Tashqi xotirjamlik faqat zohiran mavjuddir. Inson tabiatidagi pinhoniy shubhalar urug‘ini tag-tomiri 
bilan bartaraf etmoq joiz. Biroq buning uchun biz avvalo bu kurtakka erkinlik va hatto ozuqa 
berishimiz kerak. Shundagina u nish urib, ko‘zga ko‘rinadi va uni ildizi bilan yo‘qotish mumkin bo‘ladi.  
 
* * * 
E’tiqodga joy berish uchun bilimlarimni siqishtirishimga to‘g‘ri keldi. 
 
* * * 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
198
Og‘zimizdan chiqayotgan hamma so‘zlar haqqoniy bo‘lmog‘i kerak. Ammo bu, biz har qanday 
haqiqatni ochiq aytishga majburmiz, degani emas. 
 
* * * 
O’z botiniy e’tiqodidan voz kechish pastkashlikdir. 
 
* * * 
Etika – e’tiqod falsafasi. 
 
* * * 
Daholik – o‘rgatib ham, o‘rganib ham bo‘lmaydigan iste’dod mahsuli. 
 
* * * 
Iztirob faoliyat istagini uyg‘otadi. 
 
* * * 
Salomatlik holatidagi mehnatdan keyingi hordiq har qanday jirkanchlik aralashmasidan xoli bo‘lgan 
eng buyuk hissiy lazzatdir. 
 
* * * 
Insondagi qulaylikka moyillik hissi hayotda mavjud bo‘lgan har qanday yovuzlikdan ham 
yomonroqdir. 
 
* * * 
Fikrlarni emas, fikrlashni o‘rgatmoq kerak. 
 
* * * 
Chehramizning rangi yolg‘on so‘zlayotganimizni fosh etadi. Ammo u hamma vaqt ham yolg‘onning 
isboti bo‘lib xizmat qilavermaydi. Ko‘pincha bizni ayblayotgan kimsaning andishasizligidan ham 
qizaramiz. 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
199
ROBINE JAN BATIST RENE  
(1735-1820) 
 
Frantsuz faylasufi Robine Renne shahrida kambag‘allashgan dvoryan oilasida tug‘ilib 
o‘sdi. Uning otasi parlament matbaachisi bo‘lgan. Robine 1760 yili Gollandiyaga ko‘chib 
o‘tadi. 
1761-1766 yillarda «Tabiat haqida» nomli asari ustida ishlab, uning to‘rt jildini 

Download 5.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling