Saida Jo’rayeva


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/22
Sana15.02.2017
Hajmi5.05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

www.ziyouz.com кутубхонаси 
23
MELISS 
(Miloddan avvalgi V asr o‘rtalari) 
 
Qadimgi yunon faylasufi Meliss Janubiy Italiyaning Eleya shahrida tug‘ilib o‘sgan. 
Faylasuf Parmenid qo‘lida tahsil olgan. U: «Narsalarning cheksiz darajada ko‘pligi bir 
butunlik demakdir», degan g‘oyani isbotlashga uringan. Melissning 
«Tabiat haqida»
 
asari bizgacha yetib kelmagan. Bu asar undan keyin yashagan mualliflar asarlarida 
keltirilgan ayrim parchalar orqali ma’lum, xolos. 
 
* * * 
Meliss shunday ta’lim beradi: «Ibtidosi va intihosi mavjud narsalar hech qachon mangu va hadsiz 
bo‘lolmaydi...» 
 
* * * 
Suv, yer, olov va havo deb atalmish to‘rt unsurning zamirida paydo qilib ham, yo‘qotib ham 
bo‘lmaydigan bir umumiy mohiyat borkim, uni mushtaraklik deb atamoq joizdir. 
 
BO’SHLIQ YO’Q EKANLIGIGA ISBOT 
 
Bo‘shliq umuman yo‘q narsa. Chunki bo‘shliq hech narsadir. Hech narsa esa mavjud bo‘lolmaydi. 
 
BORLIQ MANGU EKANLIGIGA ISBOT 
 
Agar borliqni paydo bo‘lgan deb hisoblasak, unda u paydo bo‘lguniga qadar umuman mavjud 
bo‘lmagan. U mavjud bo‘lmagan ekan, demak, hech narsa bo‘lmagan. Hech narsadan borliqning 
paydo bo‘lishi mumkin emas. 
 
BORLIQ CHEKSIZ EKANLIGINING ISBOTI 
 
Agar borliq cheksiz bo‘lmaganda, u o‘zidan farqli nima bilandir chegaradosh bo‘lardi. Borliqdan farq 
qiluvchi narsa nima bo‘lishi mumkin? U yo‘qlik, ya’ni bo‘shliqdir. Bo‘shliq esa yo‘qdir. 
 
HARAKAT YO’Q EKANLIGIGA ISBOT 
 
Agar bo‘shliq mavjud emas ekan, demak, harakat ham yo‘q. Chunki borliqning o‘zi hamma yoqni 
to‘ldirgan, u hech qaerga surilmaydi. Bas, shunday ekan, borliq uchun harakat qilishga ehtiyoj 
qolmaydi. 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
24
KLAZOMENLIK ANAKSAGOR 
(Miloddan avvalgi 500-428 yillar) 
 
Yunon faylasufi Anaksagor tug‘ilganidan so‘ng uning na kulgani va na tabassum 
qilganini ko‘rishgan. U faylasuf Anaksimendan tahsil olgan. 
Anaksagor falsafaga shu qadar sho‘ng‘ib ketganki, xo‘jalik ishlari qarovsiz qolib, butun 
yer-mulki poda boqiladigan yaylovga aylangan. 
Anaksagor hur, noan’anaviy fikrlash tarzi tufayli ta’qiblarga duchor bo‘lgan. Bir qancha 
muddat turmada o‘tirgan. Anaksagorning faqat 
«Tabiat haqida»
 nomli asari bizgacha 
yetib kelgan. 
 
* * * 
Anaksagor shunday degandi: «Tuyg‘ularimizning ojizligi bois haqiqat xususida mushohada 
etmoqqa qurbimiz yetmaydi». 
 
* * * 
Anaksagordan so‘radilar: 
— Ne sababdan bu dunyoga kelmaslikdan ko‘ra, yorug‘ olam yuzini ko‘rmoqlik afzal sanaladi? 
Anaksagor dedi: 
— Chunki biz bu olamda osmon va Koinotning qanday tuzilganligi xususida mushohada yuritmoq 
imkoniga ega bo‘lamiz. 
 
* * * 
Anaksagor jamoat ishlaridan voz kechib, butun kuch-quvvatini tabiatni o‘rganishga bag‘ishlagan. 
Shu sababli undan ko‘pincha o‘z mamlakati uchun qayg‘urish-qayg‘urmasligi xususida so‘rashardi. 
Donishmand esa qo‘li bilan osmonga ishora qilib: 
— Men o‘z Vatanim haqida haddan ortiq qayg‘uraman! — deb javob berardi. 
 
* * * 
Aql nafaqat tirik mavjudotlarda, balki tabiatda ham mavjuddir. Va u butun olamdagi farovonlik 
hamda mavjud tartib-qoidalarning sababkoridir. 
 
* * * 
Har bir narsada barcha narsalarning ma’lum bo‘lagi, qismi mujassamdir. Faqat Aqlgina bundan 
mustasno. Aql har qanday bo‘lak va qismlardan xoli, o‘ziga-o‘zi hukmron hamda o‘z holicha 
mavjuddir. Bordi-yu, Aqlga biron narsa qorishib ketganda, u hech narsaga hokimlik qilolmasdi. Aql 
mavjud narsalarning eng yengil va musaffosi bo‘lib, jamiki bilimlarni o‘zida jo etgan va shuning uchun 
ham u benihoya qudratlidir. Ana shu qudrati ila u barcha tirik jonlarni boshqarib turgusidir. 
 
* * * 
«O’simliklar tirik mavjudotlardir. Ular ham his qiladilar, g‘am chekadilar, quvonadilar. Bu tuyg‘ular 
ularning yaproqlarida zohir bo‘ladi. Shuningdek, o‘simliklar aql va bilimga ham egadirlar», — degandi 
Anaksagor. 
 
* * * 
«Anaksagor olov va Quyosh ayni bir narsadir, deb hisoblaganda qattiq yanglishgandi, — deydi 
Suqrot. — Chunki u odamlar olovga bemalol qaray olishlarini, Quyoshga esa hech qachon tik 
boqolmasliklarini nazardan qochirgan. Shuningdek, Anaksagor inson terisi Quyosh nuri ta’sirida 
qorayishini, olov esa bunday qudratga ega emasligini; o‘simliklar Quyosh haroratisiz yashay 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
25
olmasliklari, olov taftidan esa halok bo‘lishlarini unutgan. Anaksagor Quyoshni olovda toblangan tosh, 
deb ta’riflagan. Ammo tosh qancha qizdirilmasin, hech qachon Quyosh kabi yog‘du tarata olmasligi 
kundek ravshandir. Quyosh esa doimo eng porloq yoritgich bo‘lib qolajak». 
 
* * * 
Har bir narsa tarkibida nimaningdir ustun darajada ko‘pligi bilan boshqa narsalardan ajralib turadi. 
Masalan, garchi tarkibida hamma narsa bo‘lsa-da, ammo oltin miqdori ustun ma’dan biz uchun 
oltindir. 
 
* * * 
Hamma narsalar birgalikda mavjud edi. Aql ularni ajratdi va tartibga keltirdi. 
 
* * * 
Harakat ibtidoga egadir. Hamma narsani harakatga keltirgan Ilohiy Tafakkur uchun ularning 
harakatini to‘xtatib qo‘yishga nima to‘sqinlik qiladi? 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
26
ELEYALIK ZENON  
(Miloddan avvalgi 490 (taxminan) -430 yillar) 
 
Zenon Italiyada joylashgan Eleya shaharchasida tug‘ilgan. U faylasuf Parmenidning 
ma’ruzalarini tinglab, saboq olgan. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda u Parmenidning 
tutingan o‘g‘li bo‘lgan. U birinchi bo‘lib «Dialektika»ni kashf etdi. Ya’ni fikrlaridagi 
qarama-qarshiliklarni fosh etish orqali raqibning so‘zlarini rad etish usuliga asos soldi. U 
butun hayotini «ko‘plik»ning yo‘qligini isbotlashga bag‘ishlagan. Ayniqsa, harakatning 
mavjudligiga qarshi dalil-isbotlari bilan shuhrat qozongan. 
Zenonning quyidagi asarlari ma’lum: 
«Tabiat haqida», «Bahslar», «Faylasuflarga 
qarshi», «Empidokl qarashlariga sharh».
 
Zenon hukmdor Narxga qarshi fitnaga qo‘shilgani uchun qatl qilingan. 
 
* * * 
Zenon: «Falsafa insonga o‘limga nisbatan nafrat tuyg‘ularini in’om etadi», deb yozgandi. 
 
* * * 
Zenon harakatga oid falsafiy fikrini qat’iy himoya qilgan. Uning bu aqidasi «Chopqir Axilles» deb 
nom olgan. «Axilles qay darajada chopqir bo‘lmasin va oraliqdagi masofa qancha bo‘lishidan qat’i 
nazar, u hech qachon toshbaqani quvib yetolmaydi, — deydi Zenon. — Chunki bizning harakat 
xususidagi tasavvurlarimiz yolg‘ondir. 
Isbot: Axilles toshbaqagacha bo‘lgan masofani bosib o‘tarkan, bu vaqtda toshbaqa ham yurishdan 
to‘xtamaydi. Bu holat cheksiz davom etishi mumkinligini inobatga olsak, cheksiz masofani bosib o‘tish 
uchun chegarasiz vaqt kerak bo‘ladi. Shunday ekan, harakat haqida so‘zlashga o‘rin qoladimi? 
Bundan tashqari, tabiiyki, Axilles va toshbaqa o‘rtasida bir necha gaz va chaqirimlik «masofa» 
mavjud. Ana shu oraliq masofa Axilles va toshbaqani bir-biridan ajratib turadi. Agar Axilles quvib 
yetib olsa-yu, toshbaqa bilan uning orasidagi masofa atigi bir necha mikronga yoxud molekulalar 
uzunligidagi o‘lchamga teng bo‘lib qolsa, buni masofa, deb atash mumkinmi? 
Zenon bu borada shunday farazni ilgari suradi: «Tasavvur qiling: harakatdagi jism olg‘a borarkan, 
qarshisidagi havoni ham oldinga itaradi. Demakki, u xuddi tiqin (porshen) kabi ro‘parasida uchragan 
barcha buyumlarni ham ilgari surib ketaveradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Axilles ham toshbaqaga 
yaqinlasha borib, uni ozgina bo‘lsa-da, oldinga itaradi. Axilles qanchalar tez yugursa, toshbaqaga 
shuncha kuchli ta’sir etadi. Natijada toshbaqa hamma vaqt Axillesdan ilgarida ketaveradi. Xo‘sh, bu 
qanday harakat bo‘ldiki, chopqir Axilles loaqal imillagan toshbaqani ham quvib yetolmasa?» 
 
* * * 
Zenon «joy»ning mavjudligini inkor etib, shunday fikrni o‘rtaga tashlaydi: «Agar joy mavjud ekan, 
ayni damda u ham qaysidir joyda mavjud bo‘lishi kerak-ku? Har qanday joyning o‘ziga tegishli 
qandaydir joyi bo‘lishi tabiiy holdir. Bu holat uzluksiz davom etaveradi. Demak, joy mavjud emas». 
 
* * * 
Zenon bir butun narsaning bo‘linmasligini tasdiqlaydi. U aytadiki, butun narsa bo‘lingach, ko‘plab 
birliklarga ega bo‘lamiz. Bu birliklarning har biri o‘z navbatida birliklarga bo‘linadi. Bu jarayon cheksiz 
davom etaveradi. 
Ammo cheksiz ko‘pliklarning cheksiz ko‘pligi bema’nilikdir. 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
27
AKRAGANTLIK EMPEDOKL 
(Taxminan miloddan avvalgi 490-430 yillar) 
 
Empedokl Sitsiliyaning Akragant shahrida tug‘ilib o‘sgan. U badavlat va taniqli oilaning 
farzandi bo‘lgan. Empedokl falsafa bilan shug‘ullanish maqsadida shoh saroyidagi 
mansabni rad etgan. Empedokl birinchi bo‘lib notiqlik ilmini rivojlantirishga kirishdi. 
Faylasuf oyoqlariga mis boshmoq va boshiga oltin toj kiyib Yunoniston shaharlarini 
aylanib chiqqan. Uning jami 5000 ta she’ridan 450 tasigina bizgacha yetib kelgan. 
Empedoklning ikki asari ma’lum: 
«Tabiat haqida», «Poklanish».
 
Uning mashhur iborasi quyidagicha ifodalanadi: «Yo‘q, yo‘q, biz hech narsani 
sezmaymiz va hech narsani ko‘rmaymiz. Barcha narsalar biz uchun pinhondir, olamda 
biron narsa yo‘qki, biz uning nima ekanligini aniqlashga qodir bo‘lsak». 
 
* * * 
Muhabbat va Adovat! Ularning har ikkisi abadiydir. Yaralish va ibtido tashbehlari bu ikki tuyg‘uga 
begona. Chunki ular avvaldan oxir qadar yashaydilar. Shuningdek, Muhabbat va Adovat doimo 
birgalikda mavjuddir. 
Bordi-yu, Muhabbat va Adovat butkul mahv etilib, yo‘qlikka yuz tutganida, Koinot qanday paydo 
bo‘lardi? 
 
* * * 
Ahmoqlar — unsurlari yengil va siyrak joylashgan kimsalardir. Ular kaltafahm va sustkash 
bo‘ladilar. Unsurlari mo‘l, ammo mayda bo‘laklardan iborat odamlar esa ta’sirchandirlar. Ular har 
ishga o‘zlarini uraveradilar-u, biroq qiziqqonliklari bois ishlarini oxiriga yetkazolmaydilar. Ma’lum 
turdagi unsurlar me’yorida joylashganlar esa biror-bir bilim zakiylaridir. Ya’ni bunday odamlarning 
ba’zisi yaxshi notiq, boshqa birovi uddaburondir. Chunki unsurlar ulardan ba’zisining qo‘lida bo‘lsa, 
boshqa birovining bo‘g‘zida makon topgan. Eng aqlli odamlarda esa hamma unsurlar aralash holda bir 
tekis taqsimlanadi. Va bu unsurlar katta ham, kichik ham emasdir. 
 
* * * 
Muhabbat hamma narsani birlashtiradi. Adovat esa ajratadi. 
 
* * * 
Hislarga ishonma va fikrla. 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
28
HORGIY (GORGIY) 
(Miloddan avvalgi 483 (taxminan) - 375 yillar) 
 
Yunonistonlik faylasuf, notiq Horgiy Sitsiliyadagi Leontin shahrida tug‘ilgan. U faylasuf 
Empedoklning shogirdi. 427 yildan boshlab Afina shahrida yashagan. Horgiyning 
quyidagi asarlari ma’lum: 
«Yelenaga maqtovlar» (ma’ruza), «Tabiat to‘g‘risida», 
«Palamedni yoqlab...»
 
 
* * * 
Dori-darmon jismimizga qanday ta’sir o‘tkazsa, so‘z ham ruhimizga shunday ta’sir etadi. Dorilarning 
ba’zisi tanadagi turli xiltlarni haydasa, boshqalari goho o‘limga sabab bo‘ladi. Xuddi shunga o‘xshash 
ba’zi bir notiqlar tinglovchilarni qayg‘uga botirsa, boshqalari ularga huzur-halovat, ko‘tarinkilik baxsh 
etadilar. Ayrim notiqlar esa insonlar qalbiga qutqu solsalar, yana birovlari tinglovchilarda 
mardonavorlikni jo‘sh urdiradilar. Boshqa bir toifa notiqlar yovuz so‘zlari bilan tinglovchilarni rom etib, 
qalblarni zaharlaydilar. 
 
* * * 
San’at odamlarni boshqa hunarlardan ko‘ra ko‘proq ishontiradi. San’at majburlash orqali emas, 
balki ixtiyoriy ravishda hammani o‘z quliga aylantiradi. 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
29
PROTAGOR 
(Taxminan miloddan avvalgi 480-410 yillar) 
 
Qadimgi yunon faylasufi, mohir notiq Protagor Abdera shahrida tug‘ilgan. U 
sofistlardan bo‘lib, talabalarga falsafa, notiqlik va bahs san’ati (eristika)dan saboq 
bergan. «Sofist» — qadimiy yunoncha so‘z bo‘lib, usta, yaratuvchi, ixtirochi, donishmand 
degan ma’nolarni anglatadi. Ammo miloddan avvalgi V asrning ikkinchi yarmidan bu so‘z 
alohida ma’no kasb eta boshladi. Ya’ni falsafa, notiqlik va bahs san’atidan pullik saboq 
beruvchilar sofistlar deb atala boshladi. 
Protagorni 411 yilda dahriylikda ayblashdi, uning «Tangrilar haqida» deb nomlanuvchi 
kitobi yoqib yuborildi, o‘zi o‘lim jazosiga hukm etildi. Ammo hukm bekor qilinib, Protagor 
avf etildi va Afinadan badarg‘a qilindi. Protagor 410 yilda Janubiy Italiyadan Sitsiliyaga 
ketayotib, Messin bo‘g‘ozida suvga cho‘kib halok bo‘ldi. 
Uning quyidagi asarlari ma’lum: 
«Tangrilar haqida», «Bahs ilmi», «Narsalarning 
ibtidoiy tartibi to‘g‘risida», «Davlat to‘g‘risida», «Buyuk so‘z», «Mohiyat haqida» va 
boshqalar.
 
 
* * * 
Irlandiyaning «Xeyn end sone» deb ataluvchi kema qatnovi birlashmasining tamg‘asida qo‘l panjasi 
va uch tomchi qon suvrati tasvirlangan. 
Bu belgi zamirida Protagor uchun muammo hisoblangan «masala»ning mohiyati aks etgan tarixiy 
voqea yotadi. 
Aytishlaricha, bir odamning ikki o‘g‘li va bisotida bittagina kemasi bo‘lgan. U ana shu kemani qaysi 
o‘g‘liga meros qilib qoldirishini bilmay boshi qotadi. O’ylay-o‘ylay oxir-oqibat, ikki o‘g‘liga bir xil shart 
qo‘yadi. Ya’ni, qaysi biri kemaning yon chekkasiga birinchi bo‘lib qo‘lini tekkizsa, kema o‘shanga nasib 
etishini ma’lum qiladi. Belgilangan kuni ikki o‘g‘il ikki qayiqqa o‘tirib, kema tomon zo‘r berib eshkak 
esha boshlaydilar... Akasi ancha ilgarilab ketganini ko‘rgan kenja o‘g‘il boltani olib, bir qo‘lining 
panjasini chopadi. So‘ng kesilgan panjani kema tomon uloqtiradi. Natijada kema zukko kenja o‘g‘ilga 
nasib etadi... 
 
* * * 
Inson barcha narsalarning: mavjud narsalarning mavjudligini va nomavjud narsalarning 
nomavjudligini belgilovchi omildir. 
 
* * * 
Mana bu naql faylasuf Protagor tafakkurining mevasidir: «Timsoh bir ayolning bolasini o‘g‘irlab 
ketdi. Onaizor timsohdan jigarbandini qaytarib berishini o‘tinib so‘radi. 
Shunda timsoh: 
— Mayli, bolangni qaytarib beraman. Faqat bir shartim bor. Sen menga haqiqatni aytishing kerak! 
— dedi. 
Ayol bir oz o‘ylanib, dedi: 
— Lekin, baribir, sen menga bolamni qaytarmaysan. 
— Demak, so‘zingdan ko‘rinadiki, haqiqatni aytish-aytmasligingdan qat’i nazar, bolangni 
qaytarolmayman. Negaki, agar sening hozirgina og‘zingdan chiqqan so‘zlar haqiqat bo‘lsa, unga 
muvofiq bolangni senga qaytarmasligim kerak. Bordi-yu, so‘zlaring haqiqatligini inkor etsang ham 
farzandingni qaytarib berolmayman. Chunki sen mening shartimni bajarmagan bo‘lasan!» 
 
* * * 
Protagor shogirdi Evatl bilan shartnoma tuzadi. Bu shartnomaga muvofiq Evatl o‘zi olib borgan sud 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
30
jarayonida g‘olib chiqsa, Protagorga pul berishi lozim edi. Lekin shogird biror sud jarayonini 
boshlashga shoshilmaydi. Toqati toq bo‘lgan ustoz shogirdiga: «Seni sudga beraman», — deb po‘pisa 
qiladi. Evatl esa hali bitta ham sud jarayonida g‘olib chiqmaganini ro‘kach qilib, pul berishdan bosh 
tortadi. 
Shunda Protagor: 
— U holda sudga murojaat qilamiz. Agar ajrim mening foydamga hal bo‘lsa, sen menga pul 
berasan. Bordi-yu, sen g‘olib chiqqan taqdiringda ham mendan qarzdor bo‘lib qolasan. Chunki avval 
shunday shartlashganmiz, — deydi. 
O’z ustoziga munosib shogird bo‘lgan Evatl Protagorni mana bu javob bilan lol qoldiradi: 
— Agar sudda men mag‘lub bo‘lsam, sizga pul bermasligim aniq. Chunki kelishuvimizga muvofiq 
men g‘olib bo‘lsamgina to‘lov to‘lashim lozim. Sud jarayonida g‘olib chiqsam ham pul bermayman. 
Chunki men g‘alaba qozongan bo‘laman. 
(Ustoz va shogird o‘rtasidagi bu muammoli munozara jahon tarixi sahifalarida «Evatl safsatasi» 
nomi bilan muhrlanib qolgan). 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
31
MO-SZI (MO DI) 
(Miloddan avvalgi 480 (taxminan) -400 yillar) 
 
Qadimiy Xitoy faylasufi Mo-tszi mayda mulkdor oilasida tug‘ildi. U g‘ildiraklar va 
qurollar uchun so‘loq yasovchi mohir usta bo‘lgan. Konfutsiy ta’limotini chuqur 
o‘rgangan. U xitoy falsafasiga birinchi bo‘lib GU (sabab) va LEY (tur) darajalari 
tushunchasini olib kirdi hamda asoslab berdi. 
Mo-tszi qarashlari uning shogirdlari tomonidan to‘plangan «Mo-tszi» kitobida 
jamlangan. Mo-tszining zamondoshlariga ta’siri shunchalar kuchli bo‘lganki, u xuddi 
Konfutsiy kabi shuhrat qozongan. 
 
* * * 
Odamzot endigina paydo bo‘lgan qadim zamonlarda insonlar jazo nima ekanligini bilishmas, 
adolatni har kim o‘zicha tushunardi. Adolat haqida o‘nta odam o‘n xil o‘ylar va har biri o‘zicha haq edi. 
Oqibatda odamlar o‘rtasida kuchli adovat paydo bo‘ldi. Tartibsizlik va o‘zaro adovatning sababi 
boshboshdoqlik ekanini anglagan odamlar oralaridan eng adolatli va dono kishini hukmdorlikka tanlab 
olishdi va uni Samo farzandi, deb e’lon qilishdi. 
 
* * * 
Mo-tszining shogirdi Pen Sin ustoziga dedi: 
— O’tmishni bilish mumkin, ammo kelajakda nimalar yuz berishini avvaldan bilib bo‘lmaydi. 
Mo-tszi shogirdiga javoban shunday dedi: 
— Faraz qilginki, yuz li uzoqlikda yashovchi yaqin kishilaring boshiga og‘ir kulfat tushdi. Vaziyat 
shundayki, bir kunda ularning hayot-mamoti hal bo‘ladi. Agar sen ana shu bir kun ichida ularning 
qoshiga yetib borolsang, tirik qoladilar, aks holda halokatga mahkum bo‘ladilar. Qarshingda esa 
manzilga eltuvchi ikki arava turibdi. Aravalardan biri o‘ta mustahkam va baquvvat otlar qo‘shilgan, 
ikkinchisining esa g‘ildiraklari singan va bir juft oriq ot qo‘shilgan. Qani, ayt-chi, sen qay birini 
tanlaysan? 
— Albatta, baquvvat aravani tanlayman-da! — dedi shogird o‘ylab o‘tirmay. 
Shunda Mo-tszi istehzo bilan dedi: 
— Xo‘sh, unda nima sababdan kelajakni oldindan ko‘rib bo‘lmaydi, deyapsan? 
 
* * * 
Insonlar o‘rtasidagi o‘zaro mehr-muhabbat o‘zgalar mulkiga, xonadoniga xuddi o‘ziniki kabi 
munosabatda bo‘lib, har bir kishini o‘zini tushungandek tushunishga o‘rgatadi. 
 
* * * 
Odamlar orasida o‘ta noyob fazilatlari tufayli hayotdan ko‘z yumganlar ko‘proq uchraydi. Chunki 
haddan ortiq yukni asrash doimo ranju alam chekishga sabab bo‘ladi. Zotan, baland daraxtga eng 
avval bolta uradilar, ohu va toshbaqaning yirigini ham darrov qo‘lga tushiradilar, katta ilonni esa 
birinchi bo‘lib mahv etadilar. 
 
* * * 
Devor qanday tiklanadi? Buning uchun har kim qo‘lidan kelgan ishni bajaradi: kimdir g‘isht teradi, 
boshqa bir odam loy tashib turadi, yana birov g‘ishtning bir tekis terilishini o‘lchab boradi. Shu taxlit 
devor qurib bitkaziladi. Adolat poydevori ham shu yo‘sinda tiklanadi. Bu yo‘lda fikrlay olishga layoqati 
bo‘lganlar, mayli fikrlasinlar. Tarixiy kitoblarni bayon eta oluvchilar esa tarixiy kitoblarni talqin 
etaversinlar, qo‘lidan boshqa ish keladiganlar, shu xizmatlarini bajaraversinlar. Ana shunda adolat 
yo‘lidagi barcha ishlar albatta amalga oshiriladi. 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
32
 
* * * 
Mo-Szi yana quyidagi fikrlarni olg‘a suradi: «Samo adolatni sevadi. Adolatsizlikdan esa nafratlanadi. 
U insonlar bir-birini sevib, bir-biriga doimo yordam berishini tilaydi». 
 
* * * 
Donishmandlarni davlat ishlariga ko‘proq jalb etib, martabalarini oshirmoq, ularning badavlat va 
e’tiborli bo‘lishlarini, amaldorlar ustidan nazorat o‘rnatishlarini ta’minlamoq joizdir. 
 
* * * 
Mamlakatning butun boyligi jam etilganda ham qimmati jihatidan donishmandlar va davlat ishiga 
jalb etilgan zakovat sohiblariga tenglasholmaydi. 
 
* * * 
Kambag‘allik — mamlakatdagi tartibsizliklar ildizi. 
 
* * * 
Insonga baho berishda uning niyatlari majmuini va harakatlari natijasini ko‘rib chiqish kerak. 
 
* * * 
Dono hukmdor xalqqa foyda keltirmaydigan xarajatlardan voz kechadi. 
 
* * * 
Hukmdorlar haqiqatni tik aytadigan mulozimlarga ega bo‘lmog‘i zarur. 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
33
SUQROT 
(Miloddan avvalgi 469-399 yillar)
 
 
Mashhur yunon faylasufi Suqrot Attika shahrida haykaltarosh Sofroniks va doya 
Fenaretta oilasida dunyoga keldi. U juda ko‘rimsiz qiyofaga ega bo‘lgan. Past bo‘yli, qorni 
osilgan, kalta bo‘yinli, keng va do‘ng peshonali, yapaloq, tanqaygan burunining teshiklari 
katta, lablari do‘rdoq Suqrotning ukki ko‘zlari kishiga zimdan boqishga moyil edi. U doim 
eski liboslarda, yalangoyoq yurgan. 
Ayollar borasida ham Suqrotning omadi yurishmagan. Garchi ikki marta uylangan 
bo‘lsa-da, oilaviy baxtga erisholmagan. 
Suqrot asosiy vaqtini munozara va bahslarda o‘tkazgan. Bahslarda doim uning qo‘li 
baland kelgan. Shuning uchun ko‘pincha uning sochidan tortib kaltaklashgan, ustidan 
kulib, haqoratlashgan. Suqrot hammasiga dosh bergan. Hatto bir kuni tepki yeganda 
ham chidab turavergan. Odamlar bundan ajablanishganda ularga qarata shunday degan: 
«Eshak tepsa, uni sudga berolmayman-ku!» 
Suqrot mohir raqqos bo‘lgan va bunday mashqni jismning salomatligi uchun foydali 
deb bilgan. 
U talabalarga og‘zaki saboq bergan va hech qanday yozma manba qoldirmagan. Timey 
ismli shogirdi: «Ey ustoz, nima sababdan dono fikrlaringizni qog‘ozga tushirmaysiz?» — 
deb so‘raganda, Suqrot: «Ey Timey, o‘lik hayvonlarning terisiga ishonching va tirik, 

Download 5.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling