Saida zunnunova


Download 220.27 Kb.
Sana09.03.2022
Hajmi220.27 Kb.
#600925
Bog'liq
2. Saida Zunnunova She\'rlar
Природа, 1 mavzu, КОНТРОЛЬН, КОНТРОЛЬН, Ijtimoiy pedagogika predmeti, Moslik va munosabatlarga oid misollar, ALISHER NAVOIY NOMLI O‘ZBEKISON MILLIY KUTUBXONASI, 10-SINF FUTBOL O’YINI TAKTIKALARI, Altinsay district, 8-sinf-2020-2021-sinf-soati (1), 3-Sinf O'qish fanidan Chana mavzusida dars ishlanma, 7 sonining orzusi, Galileyning nisbiylik prinsipi, Mavzu inersial va noinersial sanoq tizimlarida almashtirishlar-конвертирован, 1-MAQOLA

SAIDA ZUNNUNOVA

(1926-1977)

Saida Zunnunova 1926-yili 15-fevralda Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi.

  • Saida Zunnunova 1926-yili 15-fevralda Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi.
  • Otadan erta yetim qolgan shoira onasi va qarindoshlari qo‘lida ulg‘aydi, kamol topdi.

Andijon shahridagi 30-maktabni tugatgach, 1941-1943-yillarda Andijon o‘qituvchilar institutida o`qidi.

  • Andijon shahridagi 30-maktabni tugatgach, 1941-1943-yillarda Andijon o‘qituvchilar institutida o`qidi.
  • Birmuncha muddat maktabda muallimlik qildi, viloyat gazetasi redaksiyasida ishladi.

1947-1952-yillarda Saida Zunnunova O‘rta Osiyo davlat universiteti filologiya fakultetida

1947-1952-yillarda Saida Zunnunova O‘rta Osiyo davlat universiteti filologiya fakultetida

tahsil oldi.

Ilk she’r

  • Saida Zunnunovaning ilk she’ri — «Salom senga» 1945-yili Andijon viloyatining «Paxta fronti» gazetasida bosilgan.

Ustoz e’tirofi

  • «Saidaning birinchi kitobini o‘qib, «Qizingiz yozdi» (1948-yil) deb nom qo‘yib berganman, Xalqimizning Saidaga qilgan yaxshi niyati bekor ketmadi. U xotin-qizlarga xos nazokat, iforli, tatimli lirikasi bilan dillarimizni erkalab, hordiqlarimizni yozib, mehnatga rag‘batlarimizni toblantiradigan, idrokimizni go‘zalliklar tomon yetaklaydigan fahmli shoiramiz bo‘lib yetishdi».

ASARLARI

  • She’riy to‘plamlari:
  • «Yangi she’rlar», «Gullar vodiysi», «Qizlarjon», «She’rlar», «Bir yil o‘ylari», «Nilufar»;

  • Dostonlari:
  • «Sodiq va Anor», «Xayrixon», «Surat bilan suhbat», «Qo‘shnilarim»;

  • Kitoblari:
  • «Gulbahor», «Povest va hikoyalar», «Gulxan», «Do‘stlik», «Qanot», «Olov», «Ko‘chalar charag‘on», «Bo‘ylaringdan o‘rgulay»;

  • Pyesalari:
  • «Ona», «Ko‘zlar».

«Surat bilan suhbat» dostoni haqida

  • Bu asari bilan shoira iymoni butun onalarga, ayollarga madhiya bitadi. Dostonda onaning urush tufayli ota mehridan benasib bo‘lgan, ne mashaqqatlar bilan o‘stirgan o‘g‘lining nikoh kechasidan keyingi iztirobli o‘y-xotiralari tasvirlanadi. Onaning qalbida ikki qarama-qarshi kechinma — farzandining kamolga yetganini, to‘yini ko‘rganidan quvonch, shukronalik hamda shu kunlarga yetolmaganlar haqidagi g‘am-anduhli xotiralar kurashadi.

Saida Zunnunova 1977-yili 51 yoshida vafot etdi.

Saida Zunnunova 1977-yili 51 yoshida vafot etdi.

“QIZIMGA” she’ri

Jahon mening bag‘rimdami yo men jahon bag‘rida,

Yuz bahorning yellarimi sochlarimni silagan?!

Ming gulshanning gullaridan rohatbaxsh bu qo‘lchalar

Baxtga ko‘mib yuragimni, yuzlarim erkalagan...

Bilimingizni SINANG!

  • «Jahon mening bag‘rimdami yo men jahon bag‘rida, Yuz bahorning yellarimi sochlarimni silagan?!» misralari qanday hayotiy lavhani ko‘z oldingizda gavdalantirayapti?
  • She’rda qo‘llangan «oqshom», «oy», «oppog‘im» so‘zlarining mazmuniy bog‘liqligi orqali yuzaga chiqayotgan badiiyatni sharhlashga urining.
  • Tabiat va inson uyg‘unligini qayd etish orqali ko‘zda tutilgan maqsadni ilg‘ashga urining.

Buvilar duoga qo‘llarin ochib…

Buvilar duoga qo‘llarin ochib,

«Boshi toshdan bo‘lsin», — der jigarlarin.

Buvalar yelkaga ortib, opichib,

«Boshi toshdan bo‘lsin», — der jigarlarin.

Aziz buvijonlar, aziz buvalar,

Yodingizda bo‘lsin yana bir tilak.

Boshi toshdan bo‘lsin jigarlaringizning,

Ammo tosh bo‘lmasin ko‘ksida yurak.

“MENING VATANIM” she’ri

Yuz yil umr ko‘rsam,

yuz yil she’r yozsam,

Yuz yil ta’rifingni

aytsam muttasil.

Baribir, sevgili

yor rasmini Chizmoqqa munosib

rang topolmayin

Chamanda tentirab

yurgan rassomday,

Sening tasviringga

so‘z axtararman.

So‘zlar sarasidan

shu bugungiday.

Yuz yilgi she’rimni

Yig‘salar hamki,

Bo‘lmaydi dildagi

sevgimday asil,

Ey, mening Vatanim,

mening Vatanim!

O`ylab ko`ring!

  • 1.«Mening Vatanim» she’rida «sevgili yor rasmini Chizmoqqa munosib rang topolmayin Chamanda tentirab yurgan rassomday» Vatan tasviriga so‘z axtarayotgan shoiraning yurtga muhabbati qay darajada ekanligini siz ham tuydingizmi?
  • 2. «Yuz yilgi she’rimni Yig‘salar hamki, Bo‘lmaydi dildagi sevgimday asil» misralarining ma’nosini sharhlang.
  • 3. Vatan uchun qurbon bo‘lishga shoiraning “Aziz tuprog‘ingni ko‘zimga surtib, Bahorda barglarga yuzimni surtib Insonlik hurmati” bilan qasam ichishining sababini qanday tushunasiz?

E’TIBORINGIZDAN XURSANDMIZ!


Download 220.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling