Saida zunnunova


Download 36.5 Kb.
Sana19.05.2020
Hajmi36.5 Kb.
#107757
Bog'liq
SAIDA-ZUNNUNOVA


SAIDA ZUNNUNOVA

(1926-1977)

Talantli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunova 1926 yili Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otadan erta yetim qolgan Saida 1941-1943 yillar Andijon o‘qituvchilar institutida tahsil oladi. U Andijon maktablarida muallima, gazeta muharririyatlarida adabiy xodim bo‘lib ishlagan.


Birinchi she’ri 1935 yili «Paxta fronti» gazetasida bosilgan. Saida Zunnunovaning baxtli yoshlikni tarannum etuvchi she’rlari matbuot safalarida tez-tez ko‘rinadi.
Adabiyotga muhabbat shoirani O’rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Toshkent Davlat dorilfununi)ning filologiya fakultetiga yetakladi. O’qishni tamomlab, “Gulxan” oynomasida, «O’zbekiston madaniyati» ro‘znomasi va Badiiy adabiyot nashriyotida ishlagan adiba O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi bo‘lib ham xizmat qiladi.
Baxtiyor yoshlik, ona-Vatan, erkin mehnatni tarannum etuvchi «Qizingiz yozdi» (1948), «Yangi she’rlar» (1950), «Gullar vodiysi» (1954), «Qizlarjon», «Bir yil o‘ylari» (1967) she’riy to‘plamlari kitobxonlarga taqdim etildi.
Saida Zunnupova nasrda ham sermahsul ijod etgan adibadir. Uning «Gulbahor» (1956) hikoyalar to‘plami ishchilar hayoti, muhabbat, oila, eskilik qoldiqlarvga qarshi kurash mavzularini aks ettirsa, «Gulxan» (1958) povestining asosiy qahramoni ayollar bo‘lib, ularning yigirmanchi yillardagi kurashi o‘ziga xos badiiy bo‘yoqlarda ifodalangan. «Olov» (1962), «Odamlar orasida», «Ko‘chalar charog‘on» (1965), «Bo‘ylaringdan o‘rgilay» (1972), «Direktor» kabi asarlarining qahramonlarp ham ayollardir.
Qo‘shqanotli ijodkor adib Said Ahmadning turmush hamrohi, sevimli rafiqasi edi. Ularning yolg‘iz qizlari, undan birgiia nabiralari bor.
So‘zlarga xassoslik, siqiqlik, tabiiylik, yasama-sun’iy obrazlardan qochish Saida Zunnupova hikoyalariga husndir.
Ona-Vatanga sadoqat, mehnat va baxt, muhabbatni haqgo‘ylik bilap kuylagan shoiraning lirik she’rlari, jozibador qo‘shiqlari, nasriy asarlari adabiy xazinamizni boyitib kelmoqda.
Adiba asarlarini rus va boshqa qardosh xalqlar kitobxonlari o‘z ona tillarida sevib o‘qimoqdalar.
Hukumatimiz Saida Zunnunovaning adabiyotimiz taraqqiyotiga qo‘shgan salmoqli hissasini taqdirlab, uni Hurmat belgisi ordeni bilan mukofotlagan.
Ijodkor ayni kamolot yoshida 1977 yil 51 yoshida og‘ir xastalikdan bevaqt vafot topdi. Uning hassos nazmi, samimiy nasri o‘zbek kitobxonlarining ma’naviy mulkiga aplanib qoldi.

Qadrlasang insonligingni,

Vafo qilsang o‘zingga o‘zing,

Faqat-faqat shunda men bilan



To‘gri kelur taqdir - yulduzing.
Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling