Sakrovchanlik sifatini rivojlantirish


Download 2.93 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi2.93 Kb.
#329508
jismoniy tarbiya 8
Bog'liq
@yosh ustozlar Musiqa toʻgarak, Moliya xojalik yurituvchi subyektlar moliyasi Malikov T 84db7, Moliya xojalik yurituvchi subyektlar moliyasi Malikov T 84db7, МАЪЛУМОТНОМА (2), 2 кл РКИ новый

KROSS YUGURISH TEXNIKASI

Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti

kross sportchida chidamlilik jismoniy sifatini rivojlantiruvchi vositalardan biri hisoblanadi. Kross yugurish bo’yicha musobaqalarda qatnashish uchun, ayniqsa endi shug’ullanayotgan sportchilar va maktab o’quvchilariga maxsus tayyorgarlik kerak bo’ladi. Yumshoq er, joyning turli-tuman redefi, har xil to’siqlarni engib o’tish – bu sharoitlar kross yugurish texnikasini belgilab beradi.

Kross yugurishda yugurish qadami tuzilishi o’rta masofalarga yugurishdagi singaridir. Oyoqlarni qo’yish erga (o’tkaziladi, qum, asfalt) bog’liq bo’ladi. Asosiy vazifa – yugurish tezligini va depsinish kuchini saqlab qolgan holda jarohat olmaslikdir.

Ko’tarilishlar va pastga tushishlar marafondagiga o’xshash tarzda engib o’tiladi, faqat tikka ko’tarilishlar va tushishlarda daraxtlar, butalardan ularga qo’llar yordamida osilib qolgan holda foydalanish mumkin. Gorizontal to’siqlarni (chuqurlar, ariqlar, zovurlar) oyqdan-oyoqqa sakragan holda engib o’tiladi.

Vertikal to’siqlarni qo’lga yoki oyoqqa tayangan holda, g’ov ustidan oshib qadam tashlash bilan (to’siq xususiyatiga qarab) engib o’tish mumkin. Shuni yodda tutish muhimki, to’siqlarni engib o’tish odatda nafas olish maromini buzadi, uni tiklash va qisqa muddat ichida o’zining yugurishdagi optimal nafas olish maromini qaytarish lozim.

Kross yugurish texnikasini o’rgatishda stadiondan tashqarida bo’lgan har xil sharoitdagi joylarda o’rgatish yaxshi natija beradi, ayniqsa, bog’larda, dehqonchilik ekinlari maydonlari yonlarida hamda transport vositalari kam qatnaydigan yo’llarning chetlarida va katta suv kanallarining yonlarida o’tkazish maqsadga muvofiqdir.


E’TIBORINGIZ

UCHUN RAHMAT !
Download 2.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling