Samandarov Javlonbekning Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik fanidan


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana21.11.2021
Hajmi0.55 Mb.
#176259
  1   2   3   4   5
Bog'liq
yakuniy kichik biznes



Navoiy davlat konchilik instituti kimyo-

metallurgiya fakulteti Iqtisodiyot va 

menejment kafedrasi 25-19IQ guruh 

talabasi  

            Samandarov Javlonbekning 



Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 

fanidan 

 

Yakuniy nazorat 

 

 

 

 

 


NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI Kimyo-metallurgiya fakulteti 

25-19 Iqtisodiyot guruhi uchun “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” 

fanidan yakuniy nazorat savollari  

  

 

 

13-variant  

  1. Auditorlarning burchlari. Auditorlik faoliyatining 

huquqiy asoslari. 

2. O’zbekistonda lizingni rivojlantirish yo’llari va 

muammolari.  

     3. Ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlik va foyda.   

 

 

 

 

 

 


1. 

Auditorlarning burchlari. Auditorlik faoliyatining huquqiy 

asoslari. 

 

Auditorlik xizmati – Kompaniya, korxona, tashkilot va 

boshqalarning moliya-xoʻjalik faoliyati holatini xolis tekshiruvchi 

firmalar. Bu firmalarning xizmatchilari belgilangan tartibda 

auditorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun huquqi boʻlgan va 

auditorlik kasbkor roʻyxati (reyestri)ga kiritilgan mutaxassislar 

boʻlib, auditorlar deb ataladi. Auditorlik xizmati xoʻjalik 

yurituvchi subyektlar bilan auditorlik firmalari urtasida 

tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. 

Auditorlik xizmatining asosiy vazifasi tekshirilayotgan 

korxonaning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida xolis xulosa berishdan 

iborat. Bu xulosa ushbu korxonaning faoliyati toʻgʻrisidagi yillik 

hisobotda shu korxonaning rasmiy balansi hamda foyda va zarari 

hisoblari bilan birgalikda qonun bilan belgilangan tartibda eʼlon 

qilinadi. Auditorlik xizmati xulosasi ijobiy yoki salbiy boʻlishidan 

qatʼi nazar korxonaning moliyaviy holatini tasdiklovchi mustaqil 

hujjat hisoblanadi. Auditorlik xizmati nazorat ishlari bilan birga 

maslahat xizmatlarini ham bajaradi. 

«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi 

Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat 

qarorlarini ham ushbu tizimning birinchi pog’ona-siga kiritish 

mumkin. Jumladan, 22 sentabr 2000 yilda O’zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik 

faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining 

ahamiyatini oshirish to’g’risida»gi Qaror qabul qilindi (3-ilova). 

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq «Auditorlik xulosalarini 

soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga 

olish tartibi to’g’risidagi Nizom», «Majburiy auditorlik tekshiruvi 

o’tkazishdan bo’yin tovlaganligi uchun xo’jalik yurituvchi 




sub’ektlardan jarima undirish tartibi to’g’risidagi Nizom» va 

«Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik 

tashkilotlariga litsenziya berish to’g’risidagi Nizom» 

tasdiqlangan. Ushbu qarorga muvofiq: ijobiy auditorlik xulosasi 

mavjudligi xo’jalik yurituvchi sub’ektining moliya-xo’jalik faoliyati 

soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan oxirgi 

tekshirish o’tkazilgandan keyin kamida 24 oydan oldin 

tekshirilmasligi uchun asos hisoblanadi. Buxgalteriya hisobini 

yuritish va hisobot tuzish auditorlik tashkiloti tomonidan amalga 

oshiriladigan mikrofirmalarning moliya-xo’jalik faoliyati soliq 

organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan tegishli 

auditorlik tashkiloti albatta jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda 

moliyaviy hisobotning to’g’riligi uchun auditorlik tashkiloti javob 

beradi. 


Mijoz korxonada auditorlik sohasida xizmat ko'rsatishdan oldin 

auditorlik firmalari mijoz oldida quyidagi mas’uliyatni o‘z 

zimmalariga oladilar: - xizmat ko'rsatishda  

«Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun”ning barcha moddalariga 

to‘hq amal qilish; - audit tekshiruvini «Auditorlik faoliyatining 

milliy standartlari»da keltirilgan talablarga mos ravishda 

o'tkazish; 

- auditorlik sohasida faoliyat yiiritish uchun maxsus litsenziyaga 

ega bo‘üsh;  

- mijoz faoliyatiga doir maxfiy ma’lumotni tijorat siri sifatida sir 

saqksh;  

- o‘z xulosasi yuzasidan huquqiy javobgarlikni to‘liq o‘z 

zimmasiga olish  

Yuqoridagi talablarning to'liq bajarilishi auditorlik sohasida 

faqatgina maxsus malakaga, ruxsatga ega bo‘lgan shaxslar va 

firmalar faoliyat yuritishi mumkinligini ko'rsatadi va mijozga 




xizmat ko'rsatish jarayonida umumqabul qihngan qonunlar, 

standartlarga mos ish yuritishlarini ta’minlaydi. Natijada mijoz 

manfaatlari yuqori malaka va ijobiy fazilatlarga ega shaxslar 

tomonidan himoyalanadi. «Auditorlik faoliyatming milhy 

standartlari» da audit tekshiruvini o‘tkazish borasidagi talablar 

bayon etilgan. Tekshiruvni ushbu talablarga asosan tashkil etish 

mijozga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatilishiga zamin yaratadi. 

Auditor tekshiruvining sifatsizhgi va mijoz aynan auditor aybi 

bilan moddiy hamda ma’naviy zarar ko'rgani ham sudda shu 

standartning buzilgan talablarini auiq ko‘rsatish orqali 

isbotlanadi.Auditorning miijoz oldidagi mas’uliyatiga to'liq amal 

qilmasligi auditorning mijoz oldidagi javobgarligmi yuzaga 

keltiradi. Ushbu holat yuzasidan auditor javobgarligi 0 ‘zbekiston 

Resbublikasi Fuqarolik Kodeksiga asosan aniqlanadi va sud 

organlari tomonidan qaror chiqariladi. Auditor o‘z xizmatini 

sifatsiz, e’tiborsizlik bilan o‘tkazishi natijasida mijoz korxona yoki 

davlat organi moddiy zarar ko‘rsa bu organlar sudga mazkur 

masala yuzasidan murojaat etishlari va sud qaroriga asosan: - 

zarar summasini; - sud xarajatlarini; - jarima summasini to‘liq 

undirishlari mumkin. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi 

qonun”ning 22, 23, 24 - moddalariga asosan auditorhk firmasi 

tomonidan quyidagi holatlarning bir yoki bir nechtasi sodir etilsa, 

auditorhk faoliyatini yuritish huquqini beruvchi htsenziyaning 

amal qilishi to‘xtatib turilishi, amal qilishi tugatilishi yoki bekor 

qilhiishi mumkin: - auditorhk firmasi rahbariyati tomonidan 

litsenziya olish uchun noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganda; - 

auditorlik firmasi tomonidan litsenziyada ko‘rsatilmagan xizmat 

taklif etilganda; - 0 ‘zbekiston Respubhkasi qonunchiligida 

ko‘rsatilgan hohardan tashqari, mÿoz faoliyatiga oid ma’lumot 

mijoz rozihgisiz uchinchi tarafga oshkor etilganda; 




- bir necha bor sifatsiz audit tekshiruvi o'tkazilganda; - mijozdan 

to‘liq mustaqil bo'lamagan holda tekshirav o‘tkazilganda. 

Yuqoridagi holatlardan, ayniqsa, uchinchisi, ya’ni mijoz 

faoliyatiga oid ma’lumotning mijoz roziligisiz uchinchi tarafga 

oshkor etilishi auditorlik etikasining qo‘pol ravishda buzilishi 

hisoblanadi va auditorlik faoliyatining obro‘siga va bu sohaga 

nisbatan jamiyat ehtiyojiga keskin salbiy ta’sir etadi. Ammo 

tekshirish jarayonida auditor har doim ham qaysi ma’lumot 

tijorat siri hisoblanishini va qaysilari oddiy ma’lumot ekanligini 

aniq ajrata olmasligi mumkin. Shu sabab biror ma’lumot tijorat 

siri hisob- lanishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi lozim: 

- ma’lumot uchinchi tarafga oshkor etilmaganda shu ma’lumot 

egasi uchun aniq foyda keltirishi zarur; - ushbu ma’lumotdan 

faqatgina maxsus nixsatga ega shaxslar foydalanishlari, xabardor 

bo‘lishlari mumkn; - ma’lumot egasi bu m a’lumotning 

maxfiyligini ta’minlash uchun zamriy choralarni ko‘rgan bo‘lishi 

kerak. Biror ma’lumotga nisbatan yuqorida keltirilgan talablar 

qo‘llaniJgan bo‘lsa, bu ma’lumot tijorat siri hisoblanadi. Aks 

holda faqatgina oddiy ma’lumot bo‘ladi. Quyidagi hujjatlar mijoz 

tijorat siri hisoblanmaydi: - korxona ta’sis hujjatlari va ust avi; - 

tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini bemvchi litsen- 

ziyalar, guvohnomalar; - soliq va boshqa majburiy to‘lovlaming 

amalga oshirilganligini tasdiq- lovchi hujjatlar; - korxona 

xodimlarining soni va tarkibi to‘g‘risidagi m a’lumotlar. Korxona 

rahbari bu hujjatlarni qonun bilan belgilangan tartibda quyidagi 

tashkilotlar va guruhlar talabiga ko‘ra taqdim etishi shart: - 

davlat organlari; - mahalliy boshqaruv organlari; - nazorat va 

huquq - tartibot organlari; - korxona xodimlari jamoasi. 

  


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling