Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana27.04.2020
Hajmi1 Mb.
#101759
  1   2   3   4   5
Bog'liq
umumiy ovqatlanish xususiyatiga ega bolgan kochmas mulk obektini garovga qoyish maqsadida baxolash.


 

Самарқанд – 2016 

 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  



OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI 

 

KO‘CHMAS MULK EKSPERTIZASI  VA UNI BOSHQARISH KAFEDRASI 

 

 

DIPLOM ISHI 

Mavzu. Umumiy ovqatlanish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk 

ob’ektini garovga qo‘yish maqsadida baxolash. 

 

Bitiruvchi: 402  KMEvaUB guruxi  

                                                         talabasi ____________ Dusmirzaev Eliboy 

Kafedra mudiri____________ Giyasov B.D.  

                                                Raxbari: ____________Z.Qarjovov 

                                                                 

Maslaxatchilar:______________________ 

                                                                                    _______________________ 

 

 

 


 

 

 



 

 

 



 

СамДАҚИ – ҚБ – 402-КМЭ ва УБ –КМЭваУБ – ДЛ – 12716 

Варақ 

 

 



 

 

 





 

 

 

 

 

 

MUNDARIJA 



 

KIRISH............................................................................................ 



I-

BOB. 

Umumiy ovqatlanish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk  

ob’ekti baholashning  nazariy va uslubiy asoslari................... 

1.1. 


Umumiy ovaqtlanish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulkni 

garovga qo‘yish masalalari. .............................................................. 



1.2. 


Umumiy ovaqtlanish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulkni 

garovga qo‘yish masalalari.............................................................. 





II-

BOB. 

Samarqand  viloyat  “ermulkkadastr”  davlat  korxonasi    va  

baholanayotgan  ob’ekt to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar ........... 

12 

2.1. 


Samarqand viloyat “Ermulkkadastr” davlat korxonasi to‘g‘risida 

ma’lumot va 2015 yil ko‘rstgichlari taxlili ………………… 



12 

2.2. 


Baholanayotgan “Umumiy ovqatlanish” binosining arxitekturaviy – 

konstruktiv echimlari ........................……………………………… 



23 

2.3. 


Hayotiy faoliyat xavfsizligi va mehnat  uhofazasi.......................... 

26 

III-

BOB. 

“Umumiy  ovqatlanish”  binosini    bozor    qiymatini    garovga 

qo‘yish maqsadida baholash....................................................... 

32 

3.1. 


Baholanayotgan ob’ekt bozor qiymatini baholashda 

xarajat yondashuvi.................................................................. 



32 

3.2. 


Baholanayotgan  ob’ekt  bozor  qiymatini  baholashdaqiyoslash 

yondashuvi................................................... 



36 

3.3. 


 

Baholanayotgan  ob’ekt  bozor  qiymatini  baholashda  daromad 

yondashuvi....................................................................................

 

41 

3.4. 

Natijalarni muvofiqlashtirish va bozor qiymatining yakuniy 



kattaligi hisobi ............................................................................... 

49 

Xulosalar....................................................................................................... 

51 

Foydalanilgan  adabiyotlar ro‘yxati............................................................ 

53 

 

 

 

 



 

 

 



 

СамДАҚИ – ҚБ – 402-КМЭ ва УБ –КМЭваУБ – ДЛ – 12716 

Варақ 

 

 



 

 

 





 

 

 

 

 

 

KIRISH 



Diplom  ishining  dolzarbligi:  O‘zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgach 

ko‘chmas mulkka  bo‘lgan  e’tibor  asta  sekinlik  bilan ortib bormoqda, umumiy 

ovqatlanish  xususiyatiga  ega  bo‘lgan  ko‘chmas  mulk    inson    ehtiyojlarini 

qondiruvchi  omillardan  biri  bo‘lib  hisoblanadi. 

  Prezidentimiz    I.A.Karimovning    2015  yilda    mamlakatimizni    ijtimoiy  –

iqtisodiy rivojlanish yakunlari va  2016  yil  mo‘ljallangan  eng  muhim  ustuvor  

yo‘nalishlarga    bag‘ishlangan    O‘zbekiston    Respublikasi    Vazirlar  

Mahkamasining  majlisidagi  ma’ruzasida  ta’kidlaganidek,  “..Bugun hech kimga 

sir emaski, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik faoliyatining amaliyoti xususiy 

mulkning 

davlat 

mulkiga 


nisbatan 

har 


tomonlama 

ustunligini 

ko‘rsatmoqda”. Bugungi  kunda  umumiy  ovqatlanish  xususiyatiga  ega  bo‘lgan 

ko‘chmas mulk ob’ektlari xususiy mulk shaklidadir. 

 

Diplom  ishi  maqsadi:  Umumiy  ovqatlanish  xususiyatiga  ega  bo‘lgan 

ko‘chmas mulk  ob’ektini baholash va boshqarish amalga oshirishdir.          

Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi: 

 



Umumiy  ovqatlanish  xususiyatiga  ega  bo‘lgan  ko‘chmas    mulk 

ob’ektini baholashning  nazariy uslubiy  asoslari

 



Umumiy  ovqatlanish  xususiyatiga  ega  bo‘lgan  ko‘chmas  mulk  

bozorida  baholash  tashkilotlarining  o‘rni  va  baholanayotgan  ob’ekt  haqida 

umumiy ma’lumotlar. 

 



Umumiy ovqatlanish” binosini  bozor  qiymatini  aniqlash maqsadida 

baholash ishlarini olib borish.  

       Tadqiqot  ob’ekti:    “Umumiy  ovqatlanish”  binosi.        Ushbu    bino  

Самаарқанд  вилояти  Пвйари  туман  марказида  joylashgan.  SHu  sababli 

baxolash  ishlarini  amalga  oshirish  chog‘ida  xududning  bandlik  darajasini  birga 

teng deb xisobladik.  Bu  binomiz  umumiy ovqatlanish uchun  mo‘ljallangan va 


 

 

 



 

 

 



 

СамДАҚИ – ҚБ – 402-КМЭ ва УБ –КМЭваУБ – ДЛ – 12716 

Варақ 

 

 



 

 

 





 

 

 

 

 

 

halqga    servis  xizmat    ko‘rsatuvchi    bino    bo‘lib    hisoblanadi,  bundan  tashqari 



kuplab tadbirlarni o‘tkazishda  ham keng foydalanilsa bo‘ladi.     

Tadqiqot  predmeti:    Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida    “Umumiy  ovqatlanish” 

binosining qiymatini  baholash.  Ushbu  zamonaviy  Umumiy ovqatlanish binosini  

hozirgi    bozor    bahosini    aniqlash    uchun    O‘zbekiston    Respublikasi  Vazirlar  

mahkamasining,    Mulni    Baholash    Milliy    Standartlaridan    foydalanib,  uchta  

yondoshuv:  Daromadli,    Qiyoslash,    Xarajatli    yondoshuvlardan    va    shu  

yondoshuvlarning  usullaridan foydalangan  holda  ob’ektimizni  baholadik.         



Diplom  ishining  ilmiy  va  amaliy  ahamiyati:    Umumiy  ovqatlanish  xususiyatiga 

ega  bo‘lgan  ko‘chmas  mulk    bozorida      katta      o‘rin    egallab    turgan    bino    va  

inshootlarni    umuman    olganda    barcha    ko‘chmas    mulklarni    oldi  -  sotdisi    va 

bozor  bahosini  aniqlab  beradigan  tashkilot  bu  baholash  tashkilotlari  bo‘lib  

hisoblanadi. Baholash  tashkilotlarining  mutaxasislari  sertifikatga  ega  jismoniy  

va    yuridik    shaxs    baholovchilar    sanaladi.  Biz    baholagan    binomizni    diplom  

oldi  amaliyotda  baholash  tashkilotimizdan  olgan  bilim  va  tajribalarga  va oliy 

o‘quv yurtidan olgan  to‘rt  yillik  bilimlarimizdan   foydalanib ko‘chmas mulkni 

qiymatini aniqladik.      

Diplom ishning tuzilishi:  Diplom ishi kirish,  uchta  bob, xulosa, foydalanilgan 

adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. 

 

 

 



 

 


 

 

 



 

 

 



 

СамДАҚИ – ҚБ – 402-КМЭ ва УБ –КМЭваУБ – ДЛ – 12716 

Варақ 

 

 



 

 

 





 

 

 

 

 

 

1-BOB.  UMUMIY OVQATLANISH XUSUSIYATIGA EGA BO‘LGAN 



KO‘CHMAS MULK  OB’EKTI BAHOLASHNING  NAZARIY VA 

USLUBIY ASOSLARI 

Umumiy  ovqatlanish  xususiyatiga  ega  bo‘lgan  ko‘chmas  mulk    ob’ektlari 

jamoat  binoalari  tarkibiga  kiradi.  SHu  nuqtai  nazardan  jamoat  binolari  tarkibida 

umumiy  ovqatlanish  ko‘chmas  mulk  ob’ektlarining  arxitekturaviy-konstruktiv 

echimlarini  tadqiq  etamiz.  Umumiy  ovqatlanish  ko‘chmas  mulk  ob’ektlarining 

arxitekturaviy-konstruktiv echimlari bevosita ularning bahosi va qiymatiga ta’sir 

etadi. 

1.1.  Umumiy ovqatlanish jamoat binolarining hajmiy-rejaviy va me’moriy 

kompozitsiya echimlari.  

Har  bir  umumiy  ovqatlanish  jamoat  binosi  o‘ziga  xos  funksional  jarayoni 

bilan ajralib turadi. Ularning haddan ziyod turli-tumanligiga umumiy ovqatlanish 

jamoat binolarining klassifikatsiyasini ko‘rib chiqqanimizda namayon bo‘ladi.   

Umumiy  ovqatlanish  jamoat  binolarida  kechadigan  funksional  jarayonlarni 

umumiy  va  maxsus  jarayonlarga  ajratish mumkin.  Maxsus  funksional  jarayonlar 

ma’lum bir turga  taaluqli  umumiy  ovqatlanish  jamoat  binosining  vazifasidan 

kelib  chiqqan  holda  unda  kishilar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  ma’lum 

doiradagi faoliyat bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, umumiy ovqatlanish binolarida 

nonushta,  tushlik,  kechki  taadilarni  qilish,  choy  ichib  suxbatlashish      va  h.k. 

Umumiy  jarayonlarga  barcha  turdagi  umumiy  ovqatlanish  jamoat  binolarida, 

uning  vazifasidan  qatiy  nazar  kishilar  tomonidan  amalga  oshirilishi  kerak 

bo‘ladigan jarayonlar kiradi.  

SHu tariqa umumiy ovqatlanish jamoat binolaridagi funksional jarayonlarni 

bosh  va  ikkilamchi  jarayonlarga  bo‘lish  ham  mumkin.  Lekin  xonada  qanday 

funksional  jarayon  amalga  oshirilishidan  qat’iy  nazar,  buning  uchun  zarur 

muhit yaratilishi talab qilinadi. 


 

 

 



 

 

 



 

СамДАҚИ – ҚБ – 402-КМЭ ва УБ –КМЭваУБ – ДЛ – 12716 

Варақ 

 

 



 

 

 





 

 

 

 

 

 

Loyihachi  uchun  binoda  kechadigan  funksional  jarayonlarni  aniq  bir 



sxemaga keltirib olish muhim vazifadir. SHundan so‘ng binodagi xonalararo va 

xonalar 


guruhlariaro 

o‘zaro  bog‘liqlikni  hamda  binoning  umumiy 

kompozitsion sxemasini belgilash mumkin. 

Binodagi  xonalarni  turlar  bo‘yicha  guruhlash  va  ularni  o‘zaro  bog‘lash, 

funksional  jarayonlarni  maqsadga  muvofiq    ravishda  tashkil  qilish  uchun,  avval 

ta’kidlanganidek, koordinatsion diagramma va funksional sxema tuziladi.  

Funksional  sxemani  xonalar  maydonining  masshtabiga  e’tibor  bergan  holda 

tuzgan  ma’qul.  Bunda  funksional  zonalashtirishga,  ya’ni  funksional  vazifa  va 

ichki  o‘zaro  borliqliklardan  kelib  chiqqan  holda  xonalarni  guruhlash  va 

zonalarga bo‘lishga e’tibor berish kerak. 

Umumiy  ovqatlanish  jamoat  binolarini  loyihalashda  turar-joy  binolarida 

qo‘llaniladigan uncha katta bo‘lmagan modullar (ZM,  6M,  12M,  15M) bilan 

bir  qatorda,  sanoat  binolarida  qo‘llaniladigan  yirik  modullar  (30M,  60M)  ham 

qo‘llaniladi.  Bunga  sabab,  umumiy  ovqatlanish  jamoat  binolaridagi  funksional 

jarayonlarning  turli-tumanligidir.  SHunga  qaramay,  umumiy  ovqatlanish 

jamoat  binolarida  asosiy  modul  to‘ri  6x6  m  va  qo‘shimcha  3x6  m  qabul 

qilingan.  Bu  modul  to‘rlari  ko‘pchilik  umumiy  ovqatlanish  jamoat 

binolarining plan tuzilishlariga muvofiq keladi. 

Umumiy  ovqatlanish  jamoat  binolaridagi  zal  xonalarning  o‘lchamlarini 

belgilashda 6x7,2, 6x9, 9x9, 6x12, 12x12 m  modul to‘rlari qo‘llaniladi. Katta 

prolyotli  zal  xonalarning  kengligi  (loyiha  o‘qlari  orasida)  6  metrga  karrali 

qilib  belgilanadi  (12,  18  m  va  h.k),  boshqa  yo‘nalishdagi  tayanch 

konstruksiyalar orasidagi masofa esa (masalan kolonnalarning qadami) 6 va 12 

m  qilib  belgilangan.  Ayrim  hollarda  zalning  kengligini  15  m  qabul  qilishga 

ruxsat beriladi. Bu holda tomning yuk ko‘taruvchi stropil konstruksiyasi sifatida 

notipovoy metall va yog‘och konstruksiyalardan foydalaniladi. 



 

 

 



 

 

 



 

СамДАҚИ – ҚБ – 402-КМЭ ва УБ –КМЭваУБ – ДЛ – 12716 

Варақ 

 

 



 

 

 





 

 

 

 

 

 

Umumiy  ovqatlanish  jamoat  binolarida  qavatlar  balandligi  3,0,    3,3,  



3,6,  4,2,  4,8  va  6,0  m  qilib  belgilangan.  Umumiy  ovqatlanish  jamoat 

binolarida  unifikatsiyalangan  yig‘ma  temirbeton  konstruksiyalardan  keng 

foydalanish  uchun,  bir  xil  tipdagi  geometrik  o‘lchamlari  yaqin  xonalarni 

imkoniyati  boricha  binoning  ma’lum  bir  qismiga  to‘plash  maqsadga  muvofiq 

hisoblanadi.    Katta  prolyotli,  murakkab  fazoviy  bichimli  xonalarni    alohida 

loyihalash ham mumkin.  

Ommaviy  tartibda  quriladigan umumiy  ovqatlanish  jamoat  binolari uchun 

tipovoy  (namunaviy)  loyihalar  ishlab  chiqilgan  va  ulardan  keng  foydalaniladi. 

Tajriba  ko‘rsatadiki,  barcha  turdagi  umumiy  ovqatlanish  jamoat  binolarini 

tipizatsiya qilish unchalik maqsadga muvofiq emas ekan. SHuning uchun odatda 

noyob,  umumshahar,  viloyat  va  respublika  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  umumiy 

ovqatlanish jamoat binolarini individual (yakka hol - bir marta ishlatiladigan) 

loyihalar asosida quriladi. 

Umumiy  ovqatlanish  jamoat  binolari  va  inshootlari  ko‘pincha  me’moriy 

ansamblarda  bosh  –e’tiborga  molik  o‘rinni  egallaydilar.  Ular  o‘zlarining 

me’moriy-  badiiy  sifatlari  bilan  odamlarning  ongiga,  kayfiyatlariga,  ularni 

estetik  tarbiyalashga  va  kishilarda  badiiy  ta’bning  shakllanishiga  katta  ta’sir 

ko‘rsatadilar.  SHuning  uchun  umumiy  ovqatlanish  jamoat  binolarining 

me’moriy-badiiy  ma’nodorligiga  qo‘yiladigan  talablar  muhim  ahamiyatga 

egadirlar. 

Ma’lumki,  me’moriy-badiiy  ma’nodorlikka  me’moriy  kompozitsiya 

yordamida  erishiladi,  ya’ni  bino  qismlarining  va  me’moriy-konstruktiv 

elementlarining yoki binolar kompleksining funksional, texnik-iqtisodiy va badiiy 

talablarga  javob  beradigan,  uyg‘unlashgan  holda  bir  majmuaga  birlashuvi 

me’moriy-badiiy ma’nodorlikning sifatini belgilaydi. 

Me’moriy  echim  yaratish  masalasi  umumiy  ovqatlanish  jamoat  binolarini 

loyihalashda quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi: binoning tashqi me’moriy 


 

 

 



 

 

 



 

СамДАҚИ – ҚБ – 402-КМЭ ва УБ –КМЭваУБ – ДЛ – 12716 

Варақ 

 

 



 

 

 





 

 

 

 

 

 

qiyofasini  yaratish;  binoning  ichki  fazo  tuzilishini  me’moriy  jihatdan  tashkil 



qilish. Har ikkalla vazifa ham o‘zaro bog‘liq vazifalardir. 

Umumiy  ovqatlanish  jamoat  binosining  tashqi  me’moriy  qiyofasi  va  uning 

ichki fazosining shakllanishini quyidagi qoidalar asosida amalga oshiriladi: 

1) binoning funksional vazifasi, konstruktiv tuzilishi,  ijtimoiy, xattoki, siyosiy 

va shaharsozlikdagi ahamiyati hisobga olinadi; 

2) bino  quriladigan  joyning  tabiiy-iqlim  sharoitlari,  shuningdek  o‘sha  joyda 

yashaydigan erli xalqning milliy va badiiy urf-udumlari hisobga olinadi; 

3)  bino  arxitekturasining  uni  o‘rab  turgan  atrof  muhit  (ko‘chalar,  maydonlar, 

tabiiy landshaft) bilan uzviy bog‘liqligi hisobga olinadi; 

4) 


binoning 

ijtimoiy 

ahamiyatidan 

kelib 


chiqqan 

holda, 


me’moriy 

kompozitsiyaning zarur badiiy vositalaridan foydalaniladi. 

Umumiy  ovqatlanish  jamoat  binolarining  tashqi  hajm  kompozitsiyalarini 

qurishda  bizga  ma’lum 

markaziy,  frontal,  ichki-davomli  va  erkin 

kompozitsiyalardan  foydalanish  mumkin.  Bundan  tashqari  binolarning 

me’moriy-badiiy ma’nodorligiga erishish uchun simmetriya, asimmetriya, ritm, 

masshtab, masshtabning kengligi, proporsiya, kontrast, nyuans, rang, faktura, 

soyalar,  naqshlar,  haykallar,  mahobatli  rasmlar,  tektonika  kabi  me’moriy 

kompozitsiyaning  bir  qator  badiiy  vositalaridan  ham  keng  foydalaniladi. 

Umumiy  ovqatlanish  jamoat  binolarining  ayrimlarida  turar-joy  binolarida 

kompozitsiyaning  badiiy  vositasi  sifatida  keng  qo‘llaniladigan  konstruktiv 

yoki  me’moriy  elementlardan  foydalanish  yaxshi  natija  bermaydi.  Masalan, 

umumiy  ovqatlanish  jamoat  binolarining  me’moriy  kompozitsiyasini  yaratishda 

turar-joy  binolarida  qo‘llaniladigan  konstruktiv  vositalar  -  balkonlar, 

lodjiyalar 

VA 

erker  kabi  elementlardan  foydalanish  binoning  me’moriy 



ma’nodorligiga putur etkazadi. 

 

 

 



 

 

 



 

СамДАҚИ – ҚБ – 402-КМЭ ва УБ –КМЭваУБ – ДЛ – 12716 

Варақ 

 

 



 

 

 





 

 

 

 

 

 

SHunga  o‘xshash,  ko‘p  qavatli  umumiy  ovqatlanish  jamoat  binolarida 



qo‘llaniladigan  kompozitsiyaning  badiiy  yoki  konstruktiv  vositalaridan  katta 

prolyotli bir qavatli zal xonali binolarda foydalanish (yoki aksincha qilish) ham 

kutilgan  natijani  bermasligi    mumkin.  Demak,  loyihachi  mavjud  kompozitsiya 

vositalaridan  to‘g‘ri  foydalana  olishi  va  loyihalanayotgan  binoning  vazifasi  va 

ahamiyatiga  muvofiq  ravishda  unga  yuqori  darajada  me’moriy-badiiy  echim 

tanlay olishi zarur. 



1.2   Umumiy ovaqtlanish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulkni 

garovga qo‘yish masalalari 

Ko‘chmas  mulkni  garov  (ipoteka)ga  qo‘yish  shartnoma  asosida  amalga 

oshiriladi.  Bu  hujjat  o‘sha  mulk  joylashgan  hududdagi  notarius  tomonidan 

tasdiqlanadi.  Ana shu  jarayonda notarius ipotekaga  qo‘yilayotgan  mulk haqiqatan 

ham  garovga  qo‘yuvchi  shaxsga  tegishli  ekanligini,  uni  o‘zga  shaxsga  o‘tkazish 

taqiqlanmaganini  va  xatlanmaganini,  boshqa  ipotekaga  qo‘yilgan-qo‘yilmaganini, 

qarzlari yo‘qligini, taraflar hisoblanmish yuridik shaxslarning huquq layoqatlarini, 

jismoniy shaxslarning shaxsini va vakillarning vakolatlarini tekshiradi. 

Ko‘chmas  mulk,  shu  jumladan,  binolar,  inshootlar,  ko‘p  kvartirali  uylardagi 

kvartiralar,  korxonalar,  boshqa  mulkiy  majmualar,  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 

mulki bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlari, shuningdek, uylar ular 

joylashgan  er  uchastkalari  bilan  birga,  qonunda  ko‘chmas  mulk  jumlasiga 

kiritilgan  va  ularga  bo‘lgan  huquqlar  qonunan  belgilangan  tartibda  ro‘yxatdan 

o‘tkazilgan boshqa mol-mulk narsasi bo‘lishi mumkin. 

Ipoteka  to‘g‘risidagi  qoidalar  qonun  hujjatlarida  qayd  etilgan  talablarga 

muvofiq  er  uchastkasida  barpo  etilayotgan  qurilishi  tugallanmagan  mol-mulk 

garoviga;  yakka  tartibdagi  uy-joy  qurish  yoki  dehqon  xo‘jaligini  yuritish  uchun 

meros qilib qoldiriladigan er uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqlari garoviga; 

agar  shartnomada  yoki  qonunda  boshqacha  tartib  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa, 


 

 

 



 

 

 



 

СамДАҚИ – ҚБ – 402-КМЭ ва УБ –КМЭваУБ – ДЛ – 12716 

Варақ 

 

 



 

 

 



10 

 

 

 

 

 

 

ijaraga  oluvchining  ko‘chmas  mulk  ijarasi  to‘g‘risidagi  shartnoma  bo‘yicha 



huquqlari  (  ijara  huquqi)  garoviga;  shuningdek,  er  uchastkasi  ijarasiga  doir 

huquqlar garoviga nisbatan ham qo‘llaniladi. Bordi-yu, ipoteka narsasi tasarrufdan 

chiqarilishi uchun boshqa shaxsning yoki organning roziligi yoxud ruxsatini olish 

talab  etiladigan  mol-mulk  bo‘lsa,  bu  mol-mulk  ipotekasi  uchun  shunday  rozilik 

yoki  ruxsat  olish  zarur.  Umumiy  birgalikdagi  mulk  (mulkdorlardan  har  birining 

mulk  huquqidagi  ulushi  belgilanmagan  holda)  bo‘lgan  mol-mulk  faqat  barcha 

mulkdorlarning  yozma  roziligi  bilangina  ipotekaga  qo‘yilishi  mumkin.  Umumiy 

ulushli  mulk  ishtirokchisi  umumiy  mulk  huquqidagi  o‘z  ulushini  boshqa 

mulkdorlar roziligisiz ipotekaga qo‘yish huquqiga ega. 

Ipoteka shartnomasini tasdiqlash uchun notarius taraflardan: 

–  ipoteka  narsasiga  nisbatan  mulk  huquqini  tasdiqlovchi  hujjat 

(xususiylashtirilgan  ipoteka  narsasi  uchun  mulk  huquqini  tasdiqlovchi  davlat 

orderi,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organining  qarori  (farmoyishi),  oldi-sotdi, 

hadya,  ayirboshlash  to‘g‘risidagi  notarial  tasdiqlangan  shartnoma,  mulk  huquqi 

yoki  merosga  bo‘lgan  huquq  to‘g‘risidagi  guvohnomalar,  qonun  hujjatlariga  zid 

bo‘lmagan boshqa bitimlar)ni; 

– 

“Ergeodezkadastr” 



davlat 

qo‘mitasi 

hududiy 

bo‘linmasining 

ma’lumotnomasi va kadastr hujjatlari yig‘majildini; 

– arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining ko‘chmas mulkning buzilishi 

yoki buzilmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini: 

– Davlat soliq xizmati organining ma’lumotnomasini; 

– uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy ro‘yxatga olingan 

shaxslar to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-

joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan ma’lumotnomani; 


 

 

 



 

 

 



 

СамДАҚИ – ҚБ – 402-КМЭ ва УБ –КМЭваУБ – ДЛ – 12716 

Варақ 

 

 



 

 

 



11 

 

 

 

 

 

 

– garov  mulkining  sug‘urta  etilganligi haqidagi  guvohnoma  (sug‘urta polisi) 



va yoki sug‘urta shartnomasini; 

–  asosiy  majburiyat  haqidagi  shartnoma  (  kredit  yoki  qarz  shartnomasi, 

mahsuslot etkazib berish kontraktatsiya, transport ekspeditsiyasi va boshqalar)ni; 

–  ipotekaga  qo‘yilgan  ko‘chmas  mulkning  ipotekaga  oluvchi  va  ipotekaga 

qo‘yuvchi  bilan  birgalikda  tuzilgan  baholash  dalolatnomasi  yoki  baholovchi 

tashkilotning xulosasini; 

– ipotekaga qo‘yilayotgan mol-mulkni er-xotinning birgalikdagi mulki tashkil 

etsa, barcha mulkdorlarning (er-xotinning) roziligini; 

–  xususiylashtirilgan  uy,  kvartira,  uyning  yoki  kvartiraning  bir  qismi 

ipotekaga  qo‘yilganda,  shu  uy,  kvartira,  uyning  yoki  kvartiraning  bir  qismida 

doimiy  ro‘yxatga  olingan  va  xususiylashtirishda  qatnashib,  rozilik  bergan 

shaxslarning  notarius  yoki  O‘zbekiston  Respublikasi  konsullik  muassasalarining 

konsullari tomonidan shahodatlantirilgan rozilik arizalarini; 

– agar ipotekaga qo‘yilayotgan turarjoyda doimiy ro‘yxatga olingan shaxslar 

voyaga etmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan bo‘lsa, 

tegishlicha  ularning  qonuniy  vakillari  yoki  vasiylik  va  homiylik  organlarining 

yozma roziligini; 

–  ipotekaga  oluvchi  yoki  ipotekaga  qo‘yuvchi  yuridik  shaxslarning  ta’sis 

hujjatlarini, shuningdek, vakillari vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma)ni 

talab qilib oladi. 

Bundan  tashqari,  davlat  boji  to‘langanini  tasdiqlovchi  ma’lumotlar  ham 

bo‘lishi shart. 



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling