Samarqand davlat arxitektura-qurilish unversiteti Qurilish fakulteti 201-m va ymt guruh talabasi Ashirqulova Zarinaning “Qurilish materiallari va buyimlari “fanidan taqdimot ishi


Download 96.7 Kb.
Sana15.12.2022
Hajmi96.7 Kb.
#1008360

Samarqand davlat arxitektura-qurilish unversiteti Qurilish fakulteti 201-M va YMT guruh talabasi Inatullayev Xasanning “Qurilish materiallari va buyimlari “fanidan taqdimot ishi

Mavzu: SEMENTNING MAYINLIK DARAJASINI ANIQLASH

REJA: 1.MINERAL BOG’LOVCHILAR 2.SEMENT NAMUNASINI OLISH VA SINASHGA TAYYORLASH 3.SEMENTNING MAYINLIK DARAJASINI ANIQLASH

Mineral bog‘lovchi moddalar kukunsimon bo‘lib, suv bilan aralashtirilganda plastik qorishma hosil bo‘ladi va fizikkimyoviy jarayonlar natijasida sun’iy toshsimon materialga aylanadi. Bog‘lovchi moddalar ichida Portlandsement va uning turlari qurilishda ishlatilishi bo‘yicha juda keng tarqalgandir. Sement qorishmasidan tayyorlangan qurilmalarning mustahkamligi faqat havodagina emas, balki suv va nam sharoitda ham oshaveradi. Sementning turlariga quyidagilar kiradi: Portlandsement; toshqolli, giltuproqli, rangli sementlar va ularning xillari; cho‘kmas, kengayuvchi va zo‘riquvchan sementlar; maxsus sementlar va hokazo.

Portlandsement muayyan miqdordagi ohaktosh va giltuproqlar aralashmasini 14500C haroratda kuydirib olingan klinkerga tuyish jarayonida 3-5% gips va 15% gacha gidravlik faol qo‘shimchalar qo‘shib olinadi. Portlandsement 1824 yilda Ye.Cheliyev (Rossiya) va J.Aspdin (Angliya) tomonlaridan yaratilgan. Sementning ixtiro qilinishi beton xossalarining yaxshilanishida, binobarin qurilish texnikasida yangi davr ochilishiga olib keldi. Gidrotexnik inshootlar qurish zaruriyati suvga chidamli bog‘lovchi moddalarni izlashni talab etsa, temirbeton qurilmalarning qurilishda keng ishlatilishi Portlandsementning yangi, tez qotuvchan, mustahkam turlarini yaratish ehtiyojini tug‘dirdi. Sementning sho‘r suv ta’sirida buzilishi aniqlangach, bu boradagi tadqiqotlar natijasida yangi sement turi – sulfatga chidamli Portlandsement ixtiro qilindi.

O‘zbekiston olimlaridan S.To‘xtaxo‘jayev, I. Toshpo‘latov, T.Otaqo‘ziyev, V.Nudelmanlarning yangi sement turlarini yaratish va ularni ishlab chiqarish texnologiyasini mukammallashtirishda hissalari kattadir. Bir qator sementlarning fizik va mexanik xossalarini aniqlash usullari standartlashtirilgan. Sementning sifati va xossalarini texnik shartlar va DAST talablariga ko‘ra har tamonlama sinash yo‘li bilan aniqlanadi. Qo‘llanmada keltirilgan laboratoriya ishlarini 3-4 talabadan iborat guruhlar bajaradi. Ishlarni boshlashdan oldin talabalar ushbu mavzuga doir nazariy, ma’ruza va tavsiya qilingan adabiyotlar bilan tanishgan bo‘lishlari kerak. Har bir talaba bajarilgan ish bo‘yicha alohida hisobot yozadi. Ishni himoya qilib baho (ball) oladi.

SEMENT NAMUNASINI OLISH VA SINASHGA TAYYORLASH Sementning sifatini aniqlashda quyidagi DAST 310.1-76, 310.2-76, 310.3-76, 310.4-81, 310.5-80 lardan foydalaniladi. Bularda sement sifatini belgilovchi xossalarini aniqlash usullari keltirilgan. Sement – sement zavodlaridan partiyalarda yuborilib har partiyasining hajmi zavodning ishlab chiqarish unumdorligiga bog‘liq.

Masalan, hajmi 0,2 dan 2 mln tonna bo‘lganda partiyaning hajmi 300 dan to 400 tonna. Har bir partiya sementdan ishlab chiqarish sifatini tekshirish uchun 20 kg sement olinadi va bu namuna sement zavodi laboratoriyasida ikkiga bo‘linadi. Sementning birinchi qismini ishlatib sementning kerakli fizik va fizik-mexanik xossalari aniqlanadi va pasport yoziladi. Namunaning ikkinchi qismi 10 kg miqdorda qopqog‘i yopiladigan idishda 1 oy davomida saqlanadi. Sementni ishlatuvchi korxona qabul qilingan sementning sifatini aniqlashi kerak.

SEMENTNING MAYINLIK DARAJASINI ANIQLASH Sement qancha mayda bo‘lsa, uning sifati ham shuncha yaxshi bo‘ladi va qotish vaqtida mustahkamligi shuncha tez oshadi, binobarin, sement qorishmasining harakatchanligi ortadi. Bu o‘z navbatida, betonning sifatli chiqishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sementning mayinlik darajasini aniqlash uchun o‘rtacha sement namunasidan 100 g. olib quritish shkafida 105-110°C haroratda 1 soat quritiladi va sovugandan so‘ng, undan 50 g. olinib, №008 elakka solinadi. Sement elakda, osti va ustki qopqog‘i yopiq holda 15-20 min. qo‘lda yoki mexanik elakda elanadi

Sementning to‘la elanganligini bilish uchun elakning ostki qopqog‘i olinadi va silliq toza qog‘ozga 1 min. elanadi. Shunda elakdan o‘tgan sement miqdorining og‘irligi 0,05 g. dan oshmasa elash ishi tugagan bo‘ladi. Keyin elakdagi qolgan qoldiq elak bilan birga tarozida tortiladi va elakning sement solinmasdan oldingi og‘irligi ayirib tashlanadi. Natijada elakda qolgan qoldiqning haqiqiy og‘irligi chiqadi va elash uchun olingan sementning og‘irligiga (50 g.) nisbatan foiz hisobida, quyida keltirilgan formula yordamida hisoblanadi.

Sementning to‘la elanganligini bilish uchun elakning ostki qopqog‘i olinadi va silliq toza qog‘ozga 1 min. elanadi. Shunda elakdan o‘tgan sement miqdorining og‘irligi 0,05 g. dan oshmasa elash ishi tugagan bo‘ladi. Keyin elakdagi qolgan qoldiq elak bilan birga tarozida tortiladi va elakning sement solinmasdan oldingi og‘irligi ayirib tashlanadi. Natijada elakda qolgan qoldiqning haqiqiy og‘irligi chiqadi va elash uchun olingan sementning og‘irligiga (50 g.) nisbatan foiz hisobida, quyida keltirilgan formula yordamida hisoblanadi.

*100% bu yerda - №008 elakda qolgan sement qoldig‘i massasi, g; - dastlabki olingan sement massasi, g.

Elakda qolgan qoldiq, elanayotgan sement og‘irligiga nisbatan 15% dan ko‘p bo‘lmasa bu sement DAST talabini qondiradi. Tajriba natijalari 1-jadvalga yozib boriladi.


Sinalayotgan semendning nomi

Sinalayotgan sementning og’irligi, g

Elak
ning og’irligi , g

Elakning qoldiq bilan birga og’irligi ,g

Elakda qolgan qoldiqning og’irligi,g

Elakdagi qoldiq,%

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 96.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling