Samarqand Davlat Universiteti " Maktabgacha ta’lim" fakulteti


Download 13.73 Kb.
Sana13.12.2022
Hajmi13.73 Kb.
#1000492
Bog'liq
hisobotim


Samarqand Davlat Universiteti “ Maktabgacha ta’lim” fakulteti
“ Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi 204-guruh talabasi
Dovirqulova Kamolaning 2020-2021 o’quv yilida
Samarqand viloyati Samarqand shahar 53- son DMTTda o’tkazgan malakaviy amaliyotidan
H I S O B O T
Men Dovirqulova Kamola 01.04.2021 dan 30.04.2021 gacha Samarqand viloyati Samarqand shahar 53- son DMTTda malakaviy amaliyotda bo’ldim.Tashkilot direktori Norxo’jayeva Farida Tursunovna amaliyot davrida jarayonlarni nazorat qilib bordi.Amaliyotning birinchi haftaligida DMTT dagi pedagog tarbiyachilar yuritib borgan ish hujjatlari bilan tanishib chiqdim. O’quv tarbiyaviy faoliyat, umumiy guruhlar bilan ishlash, tanishib chiqish,mashg’ulotlarning o’tkazilish vaqti va davomiyligi ,ota- onalar bilan suhbat,mehnat faoliyati, bolalar faoliyatini tashkil etish hamda 5 rivojlanish markazlari bo’yicha umumiy ma’lumotlar bilan tanishib chiqdim.Amaliyotning ikkinchi haftaligida guruhlar bilan tanishib har bir guruhda qanday mashg’ulot o’tish, bolalar bilan tanishib asosiy o’yin faoliyatlari bilan tanishdim. 53 - DMTT da jami tarbiyalanuvchilarning soni __ nafar bo’lib DMTT __ nafar tarbiyalanuvchiga o’rinli .Kichik guruhda jami __ nafar tarbiyalanuvchi tarbiyalanadi..O’rta guruhda __ nafar tarbiyalanuvchi bor. Katta guruhda jami __ nafar tarbiyalanuvchi bor. O’rta guruh pedagog – tarbiyachisi Nafisa Rashidovna opa bizga ustozlik qildi. Maktabga tayyorlov guruhida __ nafar tarbiyalanuvchi bo’lib, jami __ta guruh faoliyat yuritadi va shu bilan birga qisqa muddatli guruhlar faoliyat yurutmasligi haqida ma’lumot oldim.Mashg’ulotlarning zamon talablariga javob beradiga darajada o’tishini ta’minladim.Amaliyot davomida kerak bo’ladigan materiallardan foydalandim.Amaliyot davomida har bir rivojlanish markazlari bilan amaliyotimni rivojlantirdim. kichik guruhda ertalabki badantarbiyani tashkil etdim.Ota-onalar bilan olib borilgan suhbatni kuzatdim.Amaliyotim davomida to’rt hafta davomida kuzatib borgan amaliyot mashg’ulotlarim hamda ochiq mashg’ulotlarimdan kelib chiqqan holda “ Koinot sirlari “ mavzusida ochiq mashg’ulot o’tib berdim.Ochiq mash’gulotim davomida zamonaviy texnalogiyalar va shu bilan birga ko’rgazmali materiallar, kerakli jihozlardan unumli foydalana bildim.Bolalarga rasmlarda qanday sayyoralar aks ettirilganligiga qarab, ta’riflash orqali til va nutqlarini boyitishga ravon so’zlashlariga va fikrlarini to’gri izohlab berishlariga e’tibor berdim. Sayyoralar suratlari aks ettirilgan slaydlardan, vedio rolikdan foydalandim.Mashg’ulotimni kuzatib borgan DMTT direktori guruh pedagog ________________tarbiyachi pedagoglari namunali baholashdi.
Shu bilan birga DMTT dagi jamoat ishlarida faol ishtirok etib Universitetning oliy ma’lumotli professor o’qituvchilaridan olgan bilimlarim hamda amaliyot davomida olgan tajribalarimdan foydalangan holda o’zimning tashabbuskorligimni ko’rsatishga harakat qildim.
Ishonamanki, ushbu amaliyot davrimda o’rgangan va keyingi bosqichlarda o’rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishimda katta yordam beradi.
Amaliyotchi talaba: K. Dovirqulova
Amaliyot rahbari: M.Ziyatov
Download 13.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling