Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va biznes fakulteti


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 1.18 Mb.
bet23/98
Sana09.09.2022
Hajmi1.18 Mb.
#802990
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   98
Bog'liq
Ma\'ruz. matn BHis.
СЭЗ, О государственной таможенной службе ЗРУ, 8 topshiriq J Nuftillayev, 5 topshiriq J Nuftillayev, 5 topshiriq J Nuftillayev, 811-19 Nasriddinova Fayruza diskret oraliq , Dis Mustaqil ish 25, 8-sinf-uyga-vazifalar, 8-sinf-uyga-vazifalar, Formulalar orginal (Romitan) 290917232015, 18-amaliy mashg'ulot, paradigmalar haqida, Matn lingvistikasi (S.Muhamedova, M.Saparniyozova), 3. amaliy mashg'ulot, Hisobot
Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  2. Hisob-kitob schyotidan ko‘chirilgan pul mablag‘lar qanday nazorat qilinadi?

  3. Bankda valyuta schyotini ochish uchun qanday hujjatlar topshiriladi?

  4. Kassaga pul mablag‘larining kirimi va ularning chiqimi qanday hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi?

  5. Korxonada kimlar hisobdor shaxs bo‘la oladi?

  6. To‘lov topshiriqlari bilan qaysi vaqtlarda hisob-kitob qilinadi?

  7. Moddiy javobgar shaxslarning aybi bilan sodir bo‘lgan kamomad qanday undirib olinadi?

  8. Xisobdor shaxsga berilgan avans to‘lovlari va xizmat safari xarajatlari qanday hisobga olinadi?

  9. Bankdan olingan xodimlarning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha qarzlari qanday so‘ndiriladi?

5- Mavzu. ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI
Reja:
5.1. Asosiy vositalar to‘g‘risida tushuncha
5.2. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar tarkibi
5.3. Asosiy vositalar kirimining hisobi. Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari va ularning chiqib ketishining buxgalteriya hisobi
5.4. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari va ularning buxgalteriya hisobi
5.5. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash natijalari hisobi
5.6. Nomoddiy aktivlar tushunchasi va ularni hisobga olib borish


5.1. Asosiy vositalar to‘g‘risida tushuncha
5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar korxonalar mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish maqsadida yoxud xo‘jalik faoliyati olib borishda uzoq vaqt davomida ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun saqlaydigan moddiy aktivlardir.
Asosiy vositalar ba’zan korxona barcha aktivlarining asosiy qismini tashkil etadi, shuning uchun uning moliyaviy holatini moliyaviy hisobotda ko‘rsatish uchun katta ahamiyatga ega.
5-son BHMSning 6-bandiga muvofiq asosiy vositalar, agar:
a) korxonada kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda tushishiga ishonch bo‘lsa;
b) aktivning qiymati aniq baholangan bo‘lsa, aktiv sifatida tan olinadi.
Korxona asosiy vositalar obekti etirof etishning birinchi shartiga mos kelishini belgilashda dastlabki etirof etish paytigacha mavjud dalillar asosida kelgusida iqtisodiy foyda olish ehtimoli darajasini baholashi kerak. Bu korxona kelgusida olingan aktivga ega bo‘lish, foydalanish va boshqarish bilan bog‘liq barcha haqlar unga tegishli bulishiga ishonch hosil qilishi va mazkur obektga ega bo‘lish bilan bog‘liq barcha tavakkallikni o‘z zimmasiga olishni bildiradi. Ushbu iqtisodiy foydani olishning etarlicha yuqori ehtimoli korxonaning aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda ko‘rishi va o‘z zimmasiga tegishli tavakkalchilikni yuklashi bo‘yicha aniqlikni taqazo etadi. Bunday aniqlik odatda iqtisodiy foyda va tavakkalchilik butunlay korxonaga o‘tgandagina mavjud bo‘ladi. Ungacha aktivni sotib olish operatsiyasi odatda muayyan yo‘qotishlarsiz bekor qilinishi mumkin, shuning uchun aktiv etirof etilmaydi. Asosiy vositalarni etirof egishning ikkinchi sharti, odatda, buxgalteriya hisobi amaliyotida oson qanoatlantiriladi, chunki aktivni sotib olishni tasdiqlaydigan almashtirish operatsiyasi natijasida uning qiymati aniqlanadi. SHu bilan birga, agar aktiv xo‘jalik subektining o‘z kuchi bilan vujudga kelsa, uning qiymatini ishonchli baholash tashqi taraflar bilan materiallar, ishchi kuchini sotib olish va asosiy vositani barpo etish jarayonidagi boshqa sarflar asosida amalga oshirilishi mumkin.
5-BHMSning 4-bandida quyidagi mezonlarga javob beruvchi moddiy akgivlar asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi nazarda tutilgan:
a) bir yildan ko‘proq xizmat muddati;
b) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining ellik baravari miqdoridan ko‘proq qiymatlagi predmetlar, bir donasi uchun.
Korxona rahbari hisobot yilida asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi uchun ular qiymatining kam miqdorini belgilash huquqiga ega.
Asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi uchun ular qiymatining kam miqdorini belgilashda xo‘jalik subekti rahbari sohaning xususiyatlariga, korxona ko‘lami hamda korxonaning xo‘jalik operatsiyalari xususiyatiga asoslanishi mumkin.
SHu 5-BHMSda xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmasligi belgilab qo‘yilgan: a) maxsus asbob va qurilmalar; b) maxsus va sanitar kiyim, maxsus poyabzal; va yotar joy buyumlari; v) kanselariya buyumlari; d) oshxona anjomlari, shuningdek, oshxona sochiq-dasturxonlari;) qurilish bo‘yicha sarflar qurishmontaj ishlari qiymatiga kiritiladigan vaqtinchalik moslama va qurilmalar; j) foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan almashtiriluvchi inshootlar; z) ov qurollari.
SHuni qayd etish kerakki, bozor iqtisodi sharoitidagi buxgalteriya hisobida markazlashgan rejali iqtisodiyot shart sharoitidan farqli o‘laroq, asosiy vositalarning yangi obektlari paydo bo‘ladi va hisobga olinadi. Ularga qonun hujjatlariga muvofiq korxonaga mulk sifatida beriladigan er uchastkasi ham kiradi.
YUqorida ko‘rsatilgan BHMSning 5-bandiga muvofiq asosiy vositalarning yagona buxgalteriya hisobi inventar obektdir. Malum mustaqil vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan barcha moslamalar va ashyolar yoki alohida konstruktiv jihozlangan uskunalari bo‘lgan obekt inventar obekti, deb etirof etiladi. Masalan, ishlab chiqarish binosini ishga tushirishda unga, odatda, yong‘indan saqlash, ventilyasion va isitish tizimlari biriktiriladi. Buxgalter hisobida bunday qurilmalar bino bilan birga bir inventar obekt sifatida qaraladi. Ammo asosiy binoga biriktirilgan passajir yoki yuk liftlari, sovutgich kameralari, sanoat pechlari, odatda, alohida inventar obektlar sifatida qaraladi. Ma’lum ishni bajarishga mo‘ljallangan va o‘zida bir butunlikni ifodalovchi konstruktiv birikkan predmetlarning alohida kompleksi ham o‘z navbatida invetar obekti bo‘lishi mumkin. Konstruktiv birikkan predmetlar kompleksi deganda kompleksga kiruvchi har bir predmet mustaqil emas, balki faqat o‘z vazifasini kompleks tarkibida bajarishi natijasida umumiy moslama va xususiyatga ega bo‘lgan bitta yoki turli vazifaga ega bo‘lgan bitta yoki bir necha predmet tushuniladi. Biroq bitta asosiy vositaning turli foydalanish muddatiga ega bir nechta mustaqil obekti bo‘lsa, har bir bunday obekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventar obekti sifatida etirof etiladi. YUqorida keltirilgan misolga qaytsak, faraz qilaylik, foydali xizmat muddati 40 yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish binosiga ega bo‘lgan korxonada foydali xizmat muddati etkazib beruvchi tomonidan kafolatlangan va 25 yilni tashkil etadigan zamonaviy yong‘indan saqlash tizimi montaj qilindi. Mazkur holatda binoning yong‘indan saqlash tizimi asosiy vositalarning alohida inventar obekti sifatida hisobga olinishi kerak.
5.2. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar tarkibi
5-BHMSning 9-bandiga muvofiq asosiy vositalar dastlabki qiymati bo‘yicha baholanadi va buxgalteriya hisobiga kiritiladi. Asosiy vositalarni barpo qilish yoki sotib olish uchun ketgan barcha sarf harajatlar qiymati, deganda, jumladan, to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivlarni ishchi holatga keltirishga bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa har qanday sarf harajatlar tushuniladi. YAna shuni hisobga olish kerakki, boshqa shart-sharoitlarda qo‘shimcha qiymat soligi va aksiz solig‘i kabi soliqlar undiriladigan soliqlar hisoblanadi, ya’ni umumiy tartibda soliq to‘laydigan korxona tomonidan mazkur soliqlar to‘langanda hisobga olinadi, biroq asosiy vositalarni sotib olish ishga tushirishda yuqorida ko‘rsatilgan soliqlar ham ularning dastlabki qiymatga qo‘shiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subektlar amaliyotida asosiy vositalarning dastlabki qiymati, odatda, ularning korxonaga kelib tushishi sabablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Asosiy vositalarning korxonaga kelib tushishining asosiy manbalari quyidagilar: obektni oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotib olish; kapital kiritmalar yakunlangandan keyin ishga tushirilgan obektning oldi-berdisi; tasischi tomonidan ustav kapitaliga qo‘shilgan ulush; tekin tushum yoki davlat subsidiyasi; ayirboshlash; uzoq mudlatli ijara shartnomasi moddiy-tovar zaxirasi tarkibidan o‘tkazish; qiymati avval belgilangan asosiy vositalarga kapital kiritmalar;
Inventarizatsiya paytida asosiy vositalarning ortiqcha obektlarini aniqlash.
5-BHMSning 11-bandi haq evaziga olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga kiritilgan quyidagi sarflarni belgilaydi: shartnoma bo‘yicha qurilish-montaj ishlari uchun pudratchilarga va aktivlarni etkazib beruvchilarga to‘langan summa; asosiy vositalarga egalik huquqini olish bilan bog‘liq ro‘yxatga olish yig‘imi, davlat bojlari va shu kabi boshqa to‘lovlar; bojxona bojlari va yig‘imlari; asosiy vositalar obektlarini sotib olish bilan bog‘liq soliqlar va yig‘imlar summasi; asosiy vositalar obektlarini sotib olish (yaratish) bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘lanadigan summa; asosiy vositalarning obektlarini etkazib berish tavakkalchiligini sug‘urta qilish bo‘yicha harajatlar; asosiy vositalarning sotib olishdagi vositachilarga to‘lanadigan haq; asosiy vositalarni o‘rnatish, montaj qilish, sozlash, ishga tushirishga to‘lanadigan harajatlar; aktivni maqsadli foydalanish uchun ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa harajatlar;
5-BHMSning 12-bandiga muvofiq qurilish davrida qurilish uchun olingan uzoq muddatli kredit bo‘yicha o‘tkazilgan foizlar ishga tushirilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga qo‘shiladi. Agar xo‘jalik yurituvchi subekt asosiy vosita bilan bog‘liq sarflarni to‘lash uchun moliya-kredit tashkilotlaridan maqsadli kredit olish bo‘lsa, mazkur maqsadli kredit bo‘yicha o‘tkazilgan foizlar obektning ishga tushirilishi xo‘jalik yoki pudrat usullari bilan amalga oshirilganidan qatiy nazar, ishga tushirilish jarayoni davomida asosiy vositalarning ishga tushirilayotgan obekti qiymatiga kiritilishi kerak.
Asosiy vositani ishga tushirish yakunlangan, ya’ni u foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, foiz xarajatlarini kapitallashtirish to‘xtatiladi, asosiy vositalar obekti foydalanishga berilgandan keyin o‘tkazilgan foizli xarajatlar esa xo‘jalik yurituvchi subektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlar (9610 - «Foiz ko‘rinishidagi xarajatlar" hisobvarag‘i)ga kiritiladi.
Korxonaning o‘z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati sotib olingan aktiv qiymati kabi tamoyil asosida belgilanadi, yani asosiy vositalarning ushbu obektlarini ishga tushirish bo‘yicha aniq sarflar summasidan tashkil topadi.
Agar asosiy vositalarning obektlari chet el valyutasiga sotib olinsa, u holda ularning dastlabki qiymati barcha to‘lanadigan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivni etkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish bo‘yicha sarflar va undan maqsadli foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq har qanday boshqa xarajatlar yuk bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilgan sanaladi O‘zbekiston Respublikasya Markaziy banki belgilagan kurs bo‘yicha summani chet el valyutasining qiymatiga hisoblash yo‘li bilan milliy valyuta (so‘mlar)da belgilanadi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. SHuni ham ta’kidlash kerakki, asosiy vositalarning sotib olingan obektlari to‘lovlari, moddiy-tovar zaxiralarini sotib olish bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar va bevosita sotib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar moddiy-tovar zaxiralarining tannarxiga kiritilmaydi, balki ular hisobot davrida yuzaga kelgan xarajatlar deb etirof etiladi.
YUqorida bayon qilinganidek, asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati odatda ularning korxonaga kelib tushish sabablaridan kelib chiqib aniqlanadi. Quyida asosiy vositalarning kelib tushish manbalariga qarab, ularning boshlang‘ich qiymati shakllanishi, ya’ni uni tan olish uchun maqbul asoslar keltirilgan.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling