Samarqand davlat universiteti


Download 322.31 Kb.
bet1/9
Sana28.01.2020
Hajmi322.31 Kb.
#95903
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
болаларни мактаб lotin
~$ъруза 03 кран, 1504070221 66547, 1502610126 68842, 845a322df6556c0a4c48e5ae3fe02eb6, 845a322df6556c0a4c48e5ae3fe02eb6, пп

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA TA`LIM FAKULTETI
MAKTABGACHA TA`LIM NAZARIYASI VA METODIKASI” KAFEDRASI



ROʻYXATGA OLINDI

№ ______________

“____” ________2019 y


«TASDIQLAYMAN» Samarqand davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori: ___________ prof. A.Soleev _______________2019 y



Bilim sohasi:

100000 – gumanitar soha

Ta’lim sohasi:

Ta’lim yo’nalishi:

110000 – pedagogika

5111800 maktabgacha ta`lim (iI kurs)

BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH METODIKASIFANIDAN



O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

(Moodle tizimi rejasi asosida)





Tuzuvchi:

SamDU Maktabgacha ta`lim fakulteti, Maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi dots.Sh.Fayzullaev



Kafedra mudiri:

Fakultet uslubiy kengash raisi

Fakultet dekani:

O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i

dots. E.M.Mardanov
dots. T.Ostonov

prof. B.T.Xaydarov
dots.B.S.Aliqulov








SAMARQAND – 2019
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARKAND DAVLAT UNIVERSITETI


BOLALARNI MAKTABGA

TAYYORLASH METODIKASI

moduli bo‘yicha

O‘QUV – USLUBIY MAJMUA

Samarkand-2019


Mazkur o‘quv-uslubiy majmua Samarkand davlat universiteti «Maktabgacha ta’lim» fakultetining o’quv-uslubiy kengashida ko’rib chiqilgan va nashrga tavsiya qilingan (201 yil «_____»________dagi «____»-sonli bayonnoma).


Fakultet o’quv-uslubiy kengashi raisi:

Fakultet dekani: prof.B.T.Xaydarov


Fanningo’quv –uslubiy majmuasi Samarkand davlat universitetida tayyorlandi.

Tuzuvchi : SamDU Maktabgacha ta’lim nazariyasi va

SH.N. Fayzullaev metodikasi kafedrasi dotsenti,p.f.n.

Taqrizchilar:


I.Xayriev - Samarkand davlat universiteti «Maktabgacha ta’lim pedagogika va psixologiyasi” kafedrasi dotsenti.
SH.Raxmonov - Samarkand viloyat MTB boshligi1

O’quv – uslubiy majmua Samarkand davlat universiteti o’quv-uslubiy kengashining 2019 yil «____»_____dagi «____»-sonli majlis bayoni bilan maqullangan.

O’quv-uslubiy kengash raisi: Prof.A.S.Soleev

M U N D A R I J A


I. SILLABUS (YO'NALISHINING NAMUNAVIY VA ISHCHI O'QUV REJASI, FANNING NAMUNAVIY VA ISHCHI O'QUV DASTURI) tasdiqlangan variantini skaner shakllarini qo'yish talab qilinadi..................................................................................................... 4
II. MODULNI O‘QITISHDA FOYDALANILGAN INTERFAOL

TA’LIM METODLAR............................................................................................14


III.NAZARIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI................................................25
IV.AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI.................................................73
V. KO‘CHMA MASHG‘ULOT MATERIALLARI...............................................86
VI.KEYSLAR BANKI............................................................................................91
VII.MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI..............................................................95
VIII.GLOSSARIY...................................................................................................96
1X ADABIYOTLAR RO‘YXATI........................................................................98

1. Sillabus

O‘qituvchi haqida ma’lumotlar:

Predmetni olib boruvchi o‘qituvchi:, SH.N.Fayzullayev pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.



O‘qituvchi bilan bog‘lanish bo‘yicha axborot:

Telefon raqamlari: ish joyi (90) 2131466, elektron pochtasi Fayzullayev@mail.ru ka fedra “«Maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi»”, Bosh korpus, 2\2-xona



Predmetning prerekvizitlari (Prerequisite):o‘rganilayotgan predmetni o‘zlashtirish uchun mo‘ljallangan bilim, ko‘nikma va malakalar

Predmetning postrekvizitlari (Postprerequisite): keyingi predmetlarni o‘rganish uchun mo‘ljallangan bilim, ko‘nikma va malakalar

Modul bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar:

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlashga oid nazariy qarashlar, etakchi konsepsiyalarni;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlashning asosiy taraqqiyot yo‘nalishlari;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash sohasidagi kadrlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablarni;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlashning normativ- huquqiy hujjatlarini bilishi ;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash jarayonida

bolalarning shak^a 1a'Nsh1§a ishish1u ua shax8i§ 1auuog§agN§1ga qaratilgan didaktik vositalarini ishlab chiqish ko‘nikmalariga;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha ish shakllarini tashkil etish va ularni o‘tkazish;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash uchun didaktik ta’minotni takomillashtirish kabi malakalarga;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlashda innovatsion texnologiyalar, bolalar o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi metodlarni qo‘llash;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash jarayonida

talabalarning faolligini oshirishga xizmat qiladigan interfaol ta’lim shakllari, metod va vositalaridan pedagogik amaliyotda samarali foydalanish kompetensiyalariga ega bo‘lishi lozim.

Predmetning qisqacha tavsifi.

Predmet- BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH METODIKASI

Kursni o‘rganish jarayonida joriy, oraliq va yakuniy nazorat o‘tkaziladi.

O‘rganish semestri - 1-semestr,

Mutaxassilik shifri-5111800– Maktabgacha ta`lim yo`nalishi.

Predmet o‘qitiladigan kafedra- Maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi,

O‘qitish shakli –kunduzgi,

Tili – o‘zbek

Modulning maqsadi: Talabalarining bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarini Davlat talablari asosida chuqurlashtirish, yangilash va ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirish.

maktabgacha ta`lim yo‘nalishlari talabalarda nazariy masalalarni tushunish intuitsiyani, ya’ni amalda uchraydigan statistik tajribalardagi tasodifiy hodisalarni aks ettiruvchi matematik modellarni tuzishni uddalay olish va uni tahlil eta bilish qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.



Predmetni o‘rganish vazifalari:talabalarda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha ishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan metodologik bilimlarni shakllantirish va ko‘nikmalarni tarkib toptirish;

ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metodlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirish.



Kompetensiyalar. Kompetensiyalar–bu o‘qish jarayonida talabalar tomonidan egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llanilishi.

Huquqiy kompetensiyalar:

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”;

Axborotlashtirishga bevosita taaluqli asosiy maqolalar;

Elektron axborot resruslarining turlar;

Davlat axbotrot tizimlarida elektron axborot resruslarini qayta ishlash,saqlash va zahiralik nusxa ko‘chirish vositalariga bo‘lgan majburiy talablar;

Axborot resruslari va axborot tizimlari davlat elektron registrida elektron axborot resurslari va axborot tizimlari ro‘yxatidan o‘tkazish;

Davlat axborot tizimlarida “Elektron hukumat” doirasida amal qilish tartibi;

Jismoniy va yuridik shaxslarning elektron axborot resurslari va ularni taqdim etish tartibiga kirish huquqlari



Uzluksiz o‘qish va mustaqil ta’lim kompetensiyalar:

Adabiyot bilan ishlash;

Internet resurslari bilan ishlash;

Elektron tashuvchilarda o‘quv va ilmiy materiallar bilan ishlash;

Taqdimotlar va mavzuli referatlar tayyorlash;

Ma’ruza va namoyish materiallarini tayyorlash.


Kirish

Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2707- sonli qarori (29.12.2016 y.), «Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3276- sonli qarori (15.09.2017y), «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-sonli qarori (09.09.2017 y.), «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-3305-sonli qarori (30.09.2017 y.), «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida» PF-5198-sonli Farmoni (30.09.2017 y.) qabul qilindi.

Qabul qilingan me’yoriy hujjatlar maktabgacha ta’lim muassasalarida ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish; maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish imkoniyatini yaratadi.

Ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalarining sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora- tadbirlarini amalga oshirish hamda pedagog xodimlarini kasbiy qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.

Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash uchun nazariy va metodik bilimlarni egallashi g‘oyat muhimdir.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha ishni tashkil etish va o‘tkazish metodikasini talabalar «Bolalarni maktabga tayyorlash» modulini o‘zlashtirish orqali egallab boradilar.

Modulning maqsadi va vazifalari



Modulning maqsadi: Talabalarining bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarini Davlat talablari asosida chuqurlashtirish, yangilash va ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirish.

Modulning vazifalari:



  • talabalarda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha ishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan metodologik bilimlarni shakllantirish va ko‘nikmalarni tarkib toptirish;

  • ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metodlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirish.

Modul bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar:

Talabalar:



  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlashga oid nazariy qarashlar, etakchi konsepsiyalarni;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlashning asosiy taraqqiyot yo‘nalishlari;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash sohasidagi kadrlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablarni;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlashning normativ- huquqiy hujjatlarini bilishi ;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash jarayonida

bolalarning shak^a 1a'Nsh1§a ishish1u ua shax8i§ 1auuog§agN§1ga qaratilgan didaktik vositalarini ishlab chiqish ko‘nikmalariga;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha ish shakllarini tashkil etish va ularni o‘tkazish;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash uchun didaktik ta’minotni takomillashtirish kabi malakalarga;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlashda innovatsion texnologiyalar, bolalar o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi metodlarni qo‘llash;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash jarayonida

talabalarning faolligini oshirishga xizmat qiladigan interfaol ta’lim shakllari, metod va vositalaridan pedagogik amaliyotda samarali foydalanish kompetensiyalariga ega bo‘lishi lozim.

Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar

Bolalarni maktabga tayyorlash moduli nazariy va amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi.

Modulni o‘qitish jarayonida ta’limning quyidagi zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniladi:



  • nazariy darslarda zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida taqdimot va elektron-didaktik materiallar;

• amaliy mashg‘ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-so‘rovlar, test so‘rovlari, aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash va boshqa interfaol ta’lim usullari nazarda tutiladi.

Modulning o‘quv rejadagi boshqa bloklar bilan bog‘liqligi va

Uzviyligi

Modulning mazmuni o‘quv rejadagi «Maktabgacha pedagogika», «Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari», «Maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasi va gigienasi» o‘quv modullari bilan uzviy bog‘langan holda tarbiyachilarning kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi.

Modulning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

Mazkur modul «Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy- me’yoriy asoslari», «Umumkasbiy tayyorgarlik» bloklaridan keyin o‘rganiladi. Unda yuqoridagi bloklarda o‘rganilgan mazmun yo‘nalishlari va uslubiy jihatlarini bolalarni maktabga tayyorlashda ilg‘or tajribalar hamda innovatsiyalar moduliga tatbiq etish imkoniyatlari ochib beriladi.

Modulning ta’limdagi o‘rni

Talabalarda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha ishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan metodologik bilimlarni shakllantirish, ko‘nikmalarni tarkib toptirish, amalda qo‘llash va shu orqali ta’lim samaradorligini ta’minlash.



Mоdul bo‘yicha soatlar taqsimoti



Fan mavzulari

Xammasi

Mashg‘ulot turi

Nazariy

Amaliy mashg‘ul

Ko‘chma mashg‘ul

Mustaqil ish

1

Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni

maktabga tayyorlash mazmuni

7

1

2




4

2

Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari

7

1

2




4

3

Bolalarni maktabga tayyorlashda o‘yin faoliyatinig moxiyati

7

1

2




4

4

Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda MTM, oila va va maktabning xamkorligi

7

1

2




4

5

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga jismoniy jihatdan tayyorlash

5

1

2




2

6

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga jismoniy jihatdan tayyorlashda tibbiyot xodimlari ishining ahamiyati

4




2




2

7

Bolalarning maktab ta’limi tayyorlashda nutqini rivojlantirish va savodga o‘rgatish

5

1

2




2

8

Bola nutqi rivojlanganligini aniqlash (savodxonlikka o‘rgatish).

5

1

2




2

9

Bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligining akliy rivojlantirishning axamiyati

5

1

2




2

10

Bolalarning mexnat malakalari va odatini shakllantirish Bolalarning maktabta’limi tayyorlashda nutqini rivojlantirish va savodga o‘rgatish

4




2




2

11

Bolalarning maktab ta’limiga tayyorlashda ijtimoiy - psixologik tayyorgarligiBolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligining akliy rivojlantirishning axamiyati

5

1

2




2

12

Bolalar psixologiyasida tadqiqot metodlari Bolalarning maktab ta’limiga tayyorlashda ijtimoiy - psixologik tayyorgarligi

5

1

2




2




Jami:

66

10

24




32

NAZARIY MASHG‘ULOT MAVZULARI

  1. Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni maktabga tayyorlash mazmuni (2 soat)

Bolalarni maktab ta’limiga tayyorgarligi. Bolaning maktabga psixologik tayyorligi. Umumiy tayyorgarlik. Bolani maktabda o‘qishiga axlokiy-irodaviy tayyorgarlik. Bolani maktabda o‘qishiga aqliy tayyorgarlik. Bola maktabda o‘qitttiga. jismoniy tayyorgarligi. Bolalarni maktab ta’limiga

rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlari. Jismoniy rivojlanganlik darajasi; Nutq va tafakkuri rivojlanganlik darajasi. Ma’naviy madaniy etuklik. Intellektual (aqliy) tayyorgarlik. SHaxsiy va ijtimoiy psixologik tayyorgarlik. Bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari xaqida.



  1. Mavzu: Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari
    Download 322.31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling