Samarqand davlat universiteti


Download 234.5 Kb.
bet2/3
Sana27.02.2020
Hajmi234.5 Kb.
1   2   3



MA’RUZA MASHG’ULOTLARI

1-modul. Nutq madaniyati

1-mavzu: «Nutq madaniyati» faniga kirish. Nutq madaniyati tushunchasi, tarixi.

Fanning maqsad, vazifalari. Nutq madaniyati tushunchasi va tarixi. Nutq madaniyati va muomala odobi. «Qutadg‘u bilig», «Hibat ul haqoyiq», «Qobusnoma», «Mahbub ul qulub» kabi asarlarda nutq madaniyati, so‘zlashish odobi masalalari. Jamiyat va nutq madaniyati. Nutq madaniyatining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
2-mavzu: Notiqlik san’ati tarixi

Notiqlik san’atining shakllanish tarixi. Notiqlikning yuzaga kelish omillari. Yunon notiqligi. Qadimgi Yunoniston – notiqlik san’atining vatani. Qadimgi Gretsiyada notiqlar faoliyati. Xalq yig‘inlarining notiqlik san’atining shakllantirishdagi o‘rni. Ijtimoiy-siyosiy masalalarda omma e’tiborini tortishning muhimligi. Fikr va g‘oyalarni to‘g‘ri va ta’sirchan ifodalashning ahamiyati. Huquq tizimida notiqlikning o‘rni. Yunon ritorlarining og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini egallashdagi faoliyatlari. Falsafa maktablarining notiqlik san’atiga munosabatlari.

Aristotelning notiqlik san’ati taraqqiyotidagi xizmatlari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.


3-mavzu: Rim notiqlik san’ati.

Rim notiqlik maktabining o‘ziga xosliklari. Sitseronning notiqlik san’ati haqidagi qarashlari. Notiqlik vazifalari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
4-mavzu: Sharqda voizlik san’ati.

Sharq notiqligi haqida ma’lumot. Sharq voizlarining qarashlari. Mumtoz asarlarda voizlik san’atining ulug‘lanishi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
5-mavzu: Nutq madaniyati va adabiy til me’yorlari

Til me’yori lingvistik tushuncha sifatida. O‘zbek adabiy tili – umumxalq o‘zbek tilining oliy shakli. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining shakllanishi. Adabiy tilga ta’rif. Adabiy tilga xos muhim belgilar: me’yorlashganlik, xalqchillik, umummajburiylik, ko‘p vazifalilik, uslubiy tarmoqlanganlik, qayd etilganlik, tanlanganlik, barqarorlik va o‘zgaruvchanlik, zamonaviylik.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
6-mavzu: Me’yor ko‘rinishlari: fonetik, leksik, orfografik, orfoepik, so‘z yasash, so‘z qo‘llash me’yorlari; punktuatsion, sintaktik, stilistik me’yorlar.

Me’yoriylikdan maqsadli chekinish. Lug‘atlarning nutq madaniyati bo‘yicha universal manba sifatidagi ahamiyati.

Adabiy til nutq madaniyatining asosi sifatida. Adabiy til me’yorlarini egallashga to‘siq bo‘luvchi ba’zi holat va sabablar.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.


7-mavzu: Nutqning kommunikativ sifatlari

Nutq sifatlari. Nutqning to‘g‘riligi – nutq madaniyatining birlamchi sharti. Nutqning aniqligi, mantiqiyligi, jo‘yaliligi, maqsadga muvofiqligi va ta’sirchanligi.

Til sofligi, nutq sofligi uchun kurash – umuxalq ishi. Nutq boyligi va ta’sirchanligi, ularga erishi yo‘llari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.


8-mavzu: Nutq shakllari va turlari.

Og‘zaki nutq xususiyatlari. To‘g‘ri talaffuz me’yorlari. O‘zbek tilida urg‘u. Olinma so‘zlar talaffuzi.

Yozma nutq xususiyatlari. Yozma nutqda oldindan hozirlanish xosligi hamda unda tahrir imkoniyatining mavjudligi. Matnni tahrirlash. Yozma nutqning nisbatan to‘g‘ri va aniqligi. Imlo me’yorlari: yozma nutqda uchraydigan tipik xatolar va ularning tasnifi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.



9-mavzu: Nutq madaniyati va uslubiyat.

O‘zbek adabiy tilining vazifaviy uslublari. Jonli so‘zlashuv uslubi. Adabiy til uslublari: ilmiy uslub, rasmiy uslub, publitsistik uslub, badiiy uslub. Ushbu uslublarning o‘ziga xos xususiyatlari. Badiiy uslubning keng qamrovliligi. Uning tarmoqlanishi: poetik nutq, dramatik nutq, nasriy nutq kabilar.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
10-mavzu: Tilning tasviriy vositalari

Ko‘chimlar: metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, ironiya, ironiyaning nutq emotsiyasini tashkil etishdagi o‘rni. Ekspressiv-emotsional leksika. Sintaktik figuralar: inversiya, ellipsis, gradatsiya, antiteza, ritorik so‘roq, takrorlarning nutq ta’sirchanligini ta’minlashdagi ahamiyati.

Badiiy nutqda adabiy til me’yorlaridan ma’lum maqsadda chekinishga yo‘l qo‘yilishi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.



2-modul. Mutolaa san’ati

11-mavzu: Mutolaa va voizlikning G‘arb madaniy tafakkurida tutgan o‘rni.

Ritorika tushunchasi asosida nutq, notiqlik degan mazmun yotishi, bunda asosan, nutqdagi marom e’tiborga olinishi. Va’z va voizlik esa sharqona pand-nasihat – didaktikaga asoslanishi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
12-mavzu: Mutolaa va voizlikning SHarq madaniy tafakkurida tutgan o‘rni.

Mutolaa san’ati arabcha «mutolaa – o‘qish, o‘qib o‘rganish» ma’nolarni anglatishi, voizlik esa SHarq va G‘arbda boshqa-boshqa tushunchalar o‘laroq talqin qilinishi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
13-mavzu: Lirik janrlarda marom va ohang.

Lirik janrlar asosida marom va ohang turishi, voiz nutqida ham maqom va ohang ishtirokiga alohida e’tibor qaratish. Ritor tanlagan mavzuga qarab lirik janrlarga xos tez, sekin, yuqori yoki past ohanglarning o‘rin almashinib turishi. She’r vaznlariga xos marom, nutq materiali semantikasiga bevosita ta’sir etishi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
14-mavzu: Dramada ritm va ohang.

Dramatik asarda ritm va ohangning etakchi mavqeda turishi. Dramatik asardagi muallif nutqi asosiy ritm va ohang regulyatori vazifasini bajarishi. Qahramonlararo dialogda, monolog va ichki nutq talqinida notiqlik san’atiga xos marom o‘zgarishlarining muqarrarligi. Shu nuqtai nazardan voizlik va dramatik janrlar mustahkam aloqaga ega bo‘lishi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
15-mavzu: Epik ijodda nutq va mutolaa masalasi.

Epik ijod namunalarining mutolaa san’ati bilan mushtarak holatda yashashi qonuniyligi. Mutolaa jarayonida notiqlikka xos marom, ohang, urg‘u, talaffuz va ifodaning muhim retseptiv vazifa bajarishi. Epik ijodda ham nutqning obrazlar, personajlar, ifoda shakllari, pafos bilan bog‘liq ko‘rinishlari uchrashi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
16-mavzu: Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi.

Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi bir nechta bosqichlardan iborat ekanligi. Birinchi bosqichning psixologik funksiyaga yo‘naltirilishi. Bunda jumla va so‘zning psixologik ta’sir kuchiga ega bo‘lishi. Ikkinchidan, ayni matn bo‘laklarining semantik-struktural vazifalarini bajarishi. Uchinchidan, obraz mohiyatini ochishda va tushunib etishda jumla, so‘z va tovushning zarur retseptiv komponent vazifasini bajarishi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
17-mavzu: Ritorika va zamonaviy adabiyot.

Ritorika, mutolaa zamonaviy adabiyot rivojini ta’minlovchi, o‘quvchi va badiiy asar munosabatini mustahkamlovchi vosita ekanligi, badiiy asarni o‘qish, tushunish, tushuntirish jarayonida ritorika mezonlarining ulkan ahamiyat kasb etishi. Zamonaviy epik, dramatik, lirik janrlarga xos semantik-struktural mohiyat bevosita mutolaa san’ati va ritorika bilan bog‘liqligi

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
18-mavzu: O‘zbek nutqi madaniyatining asosiy xususiyatlari.

Nutqning toʻgʻriligi. Nutqning aniqligi. Nutqning mantiqiyligi. Nutqning tozaligi. Nutqning ta’sirchanligi. Nutqda tashqi koʻrinish, talab, toʻgʻrilik, mantiqiylik, chiroylilik, yorqinlik, ta’sirchanlik, jozibadorlik, obrazlilik, ortologiya, notiqlik san’ati, fonetik, leksik, grammatik, urgʻu, morfologik va sintaktik chalkashliklar, ta’sir, ruhiyat, tildan tashqari omil, mavzu, muvofiqlik, ruhiy vaziyat, auditoriya, bilim, savodxonlik, samimiyat, e’tibor, subyektiv mulohaza, nutq rejasi, nutqiy mashq kabilarning ahamiyati.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
19-mavzu: Oʻzbek muloqot xulqining gender xususiyatlari

Oʻzbek muloqot xulqining jins jihatdan xoslanishining asosiy sabablari, kasb-hunar va yosh bilan bogʻliq jihatlari. Oʻzbek erkak va ayollari muloqot xulqiga xos boʻlgan farqli xususiyatlar.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
20-mavzu: Pedagogning nutqiy madaniyati

Axloq, kasb axloqi, pedagogik axloq tushunchalari. Pedagogik muloqot tushunchasi. Pedagog muloqotida nutq madaniyatining tutgan oʻrni.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
21-mavzu: Istiqlol va notiqlik san’ati

Mustaqillik sharoitida oʻzbek tilshunosligining rivojlanish shart-sharoitlari. Oʻzbek xalqi taraqqiyotining mustaqillik davrida til va nutq madaniyati. Globallashuv va til siyosatining ayrim masalalari.



Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
«NUTQ MADANIYATI VA MUTOLAA SAN’ATI» FANI BO‘YICHA

MASHG‘ULOTLAR TAQVIM-TEMATIK REJASI:
1.1. MA’RUZALAR

t/r

Mavzular mashg’ulotlar nomi va mazmuni

Ma’ruza

O‘tish vaqti

1

«Nutq madaniyati» faniga kirish. Nutq madaniyati tushunchasi, tarixi.

2




2

Notiqlik san’ati tarixi.


2




3

Rim notiqlik san’ati.


2




4

Sharqda voizlik san’ati.

2




5

Nutq madaniyati va adabiy til me’yorlari

2




6

Me’yor ko‘rinishlari: fonetik, leksik, orfografik, orfoepik, so‘z yasash, so‘z qo‘llash me’yorlari; punktuatsion, sintaktik, stilistik me’yorlar.

2




7

Nutqning kommunikativ sifatlari

2




8

Nutq shakllari va turlari.

2




9

Nutq madaniyati va uslubiyat.

2




10

Tilning tasviriy vositalari

2




11

Mutolaa va voizlikning G‘arb madaniy tafakkurida tutgan o‘rni.

2




12

Mutolaa va voizlikning Sharq madaniy tafakkurida tutgan o‘rni.

2




13

Lirik janrlarda marom va ohang.

2




14

Dramada ritm va ohang.

2




15

Epik ijodda nutq va mutolaa masalasi.

2




16

Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi.

2




17

Ritorika va zamonaviy adabiyot.

2




18

O‘zbek nutqi madaniyatining asosiy xususiyatlari

2




19

O‘zbek muloqot xulqining gender xususiyatlari

2




20

Pedagogning nutqiy madaniyati

2




21

Istiqlol va notiqlik san’ati

2







Jami

42




Download 234.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling