Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 39-umumta’lim maktabi


Download 315.5 Kb.
bet1/9
Sana21.01.2023
Hajmi315.5 Kb.
#1106364
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
eshnazarova ko\'rsatma 2021 oktabr



SAMARQAND SHAHAR XALQ TA’LIMI BO‘LIMI TASARRUFIDAGI
39-UMUMTA’LIM MAKTABI
OʻQISH DARSLARINI INNOVATSION USULLAR ORQALI TASHKIL ETISH
(umumta’lim maktablarining boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun uslubiy koʻrsatma)


Samarqand - 2021
Eshnazarova Jamila. Oʻqish darslarini innovatsion usullar orqali tashkil etish.Umumta’lim maktablarining boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun uslubiy koʻrsatma. – Samarqand shahar 39-umumta’lim maktab, 2021 -yil. 30 bet.


Taqrizchilar: D. Rabbonayeva – Samarqand VXTXQTMOHM,
Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus
ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi
N.J.Zokirova – Samarqand shahar XTB
boshlang‘ich ta’lim metodisti

Ushbu uslubiy koʻrsatma boshlang‘ich sinf oʻqituvchilari uchun tayyorlangan boʻlib, oʻqish darslarini innovatsion usullar orqali tashkil etish yoritib berilgan.


Uslubiy koʻrsatma Samarqand shahar 39-umumta’lim maktab Pedagogik kengashining 2021-yil ___ _________dagi ___- sonli yigʻilish qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.


Kirish
Ta’lim samaradorligini oshirish, davlat ta’lim standartlarining bajarilishini ta’minlash, ta’limning sifat ko‘rsatkichini kafolatlashda zamonaviy interfaol texnologiyalar hal qiluvchi omillardan biridir.
Mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishning yana bir omili, pedagog o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy texnologiyalarning mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘qituvchilarning fanlar asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar jarayonini zamonaviy shakllarda tashkil etish, loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o‘zlashtirilishi, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishni kafolati bo‘la oladi.
Ayniqsa, boshlang‘ich talim o‘quvchilarning nazariy bilimlarini o‘zlashtirishda, ularning darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda darsning qiziqarli tashkil eilishi, darsda har xil innovatsion usullardan, jumladan interfaol o‘yinlardan foydalanish katta ahamiyatga egadir. Buning uchun esa o‘qituvchi har doim izlanishda va harakatda bo‘lishi zarur.
Jumladan, boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida innovatsion usullardan foydalanish bugungi kunda samarali natijalar bermoqda. Innovatsion usullardan foydalanishni boshlang‘ich sinflardanoq tashkil etishni tajribali pedagoglar ma’qullashmoqda.

Download 315.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling