Samarqand viloyati Narpay tumani IIB boshlig’i U.Raxmonovga
ARIZA Men Yangiboyeva Zilola Hamdamovna Xo’jaqo’rg’on mahallasi Yangisaroy qishlog’ida tug’ilganman. 2009-yilda Oqtosh shahriga turmushga chiqqanman. Turmush o’rtog’im bilan Rossiya Federatsiyasiga ishga ketganmiz. Shu vaqt oralig’ida Xo’jaqo’rg’on mahalla raisi Rahmatov Orol bilan shu mahalla fuqarosi Omonov Akbar mansab talashib janjallashish oqibatida menga tuhmat qilishadi. Rahmatov Orolni xotini Shukurova Nafisa meni Omonov Akbar bilan ko’ngilxushlik qilishda ayblayapti. Hozirda oilam tinchligi yo’qolgan. Oila bilan ajrashib ketishim mumkin. Shu masalada yordam berishlaringizni so’rab murojaat qilyapman. Men o’zimga ishonaman. Isbot qilib berishlarini talab qilaman.