Samarqand viloyati Payariq tumani


Download 88.92 Kb.
Sana17.11.2020
Hajmi88.92 Kb.
#146978
Bog'liq
PAYARIQ TUMANI TUPROQLARI


Samarqand viloyati Payariq tumani
Samarqand viloyati Payariq tumani tipik bo’z

tuproqlari sharoitida o’tkazildi. Dala tajribasi o’tkazilgan maydon tuprog’i

mexanik tarkibi og’ir qumoq, madaniylashgan, eskidan sug’oriladigan tuproq

hisoblanadi. Tuproqning haydov qatlamida gumus miqdori – 1,60 %, yalpi azot –

0,151 %, yalpi fosfor – 0,177 %, yalpi kaliy – 3,8 % ni tashkil etadi. Harakatchan

shakldagi azot va fosfor bilan kam, almashinuvchan kaliy bilan o’rtacha

ta’minlangan. Ekishdan oldin N-NH4– 14,8, N-NO3– 21,5, harkatchan fosfor – 21,2, almashinuvchan kaliy – 220 mg/kg ni tashkil etadi. Tuproq muhiti reaksiyasi

RN – 7,2 ga teng bo’lib ko’p yillar davomida paxta va g’alla ekilib kelgan maydon

xisoblanadi.

Tuproq analizi

1. Gumus miqdori – Tyurin usulida

2. Yalpi azot, fosfor, kaliy (NPK) – bitta kommunada Malsev – Grisenko

usulida

3. Ammoniy shaklidagi azot (N-NH4) miqdori – Nessler reaktivi yordamida

FEKda


4. Nitrat shaklidagi azot (N-NO3) miqdori Grandvald- Lyaju usulida

5. Harakatchan fosfor – Machigin usulida

6. Almashuvchan kaliy – Protasov – Machigin usulida

7. Tuproq muhiti – potensiometrik usulda





Tuproq va ob-havo sharoitlari

Tuproq hosil qiluvchi ona jinsi asosan lyoss hamda allyuvial yotqiziqlardan

iborat bo’lib, yuqori karbonatlilik uchraydi, shuning uchun ham tuproq suvli so’rim

muhiti neytral va kuchsiz ishqorlidir. Samarqand vohasi tuproqlari Turkiston va

Zarafshon tizmalari orasida Zarafshon vodiysining o’rta qismida joylashgan bo’lib,

V. A. Kovda (1947) ma’lumotlari bo’yicha, kompleks allyuvial yotqiziqlaridan

iboratdir.

Samarqand viloyatining Payariq tumani hududidagi tuproqlar asosan tipik -bo’z tuproq turlaridan bo’lib, mexanik tarkibi bo’yicha o’rta qumoq, sizot suvlari

joylashish chuqurligi 6 – 10 m, daryo o’zaniga yaqin joylarda esa 2 – 3 m ni tashkil

qiladi. Tuproqlari tarkibida keyingi yillarda organik moddalarni kamayib ketganligi

tufayli gumusni miqdori ham kamayib 1 % dan oshmaydi. Buning sababi almashlab

ekishni yo’qligi va organik o’g’itlarni qo’llanmasligidan yoki kam



ishlatilganligidandir.

Bu jadvalda keltirilgan ma’lumotlarni tahlilini ko’rsatishicha tuproqni yuqori

ya’ni, ustki qatlamida (0 – 20 sm) gumusni miqdori va boshqa oziqa elementlarni

ko’proq bo’lishi, pastki qatlamlarda esa ancha kamayishi kuzatiladi.

49

Tuproqdagi harakatchan shakldagi oziqa moddalarning miqdori ham tuproq



qatlamining chuqurlashishi bilan kamayib boradi. Tuproqdagi fosforning miqdori

yuqori qatlamda (0 – 20 sm) 11,4 mg/kg bo’lsa, pastki qatlamda bu ko’rsatkich

qariyib 2 barobarga kamayib boradi.

Harakatchan fosfor miqdoriga ko’ra, tajriba o’tkazilgan maydon kam

ta’minlangan tuproqlarga kiradi. Pastki qatlamda bu ko’rsatkich yanada kamayib

boradi.
Mineral o’g’itlarning tuproqdagi harakatchan oziq moddalar



miqdoriga ta’siri

O’simlikning muqobil oziqlanishi, ekinlar o’sishi, rivojlanishi va

hosildorligida muhim rol o’ynaydi. O’simliklar asosan harakatchan oziq moddalarni

tuproqdan o’zlashtirib, oziqlanadi. Azotli o’g’itlar tuproqdan ammoniy (NH4) va

nitrat (NO3) ionlari shaklida o’zlashtiriladi. Azotli oziqlanish ular ichida eng

muhimi hisoblanadi. Azot tuproqda minimumda bo’lganligi uchun o’simliklarning

u bilan oziqlanishi tabiiy zahira hisobiga normal kechmaydi. Shuning uchun azotli

o’g’itlarni qo’llash va tuproqdagi ammoniy (NH4) va nitrat (NO3) shaklidagi azot

miqdorini dinamikada o’rganish dolzarb masala bo’lib hisoblanadi.

Ammoniy (NH4) va nitrat (NO3) shaklidagi azot yig’indisi mineral azot

deyilib, uning miqdori g’o’zaning azot bilan oziqlanishini to’laqonli ta’minlaydi.

Bulardan birining ko’p bo’lganligi bilan ikkinchisi kam bo’lsa, o’simliklarning azot

bilan oziqlanishi to’laqonli kechmaydi. Shuning uchun oziqlanishga baho berishda

mineral azotni hisobga olish muhim hisoblanadi.

Tuproqda mineral azot ko’proq nitratli azot bilan bog’lik, chunki nitratlar

miqdori ammoniy miqdoridan ko’proq bo’ladi. Bu tuproq shakllanishi jarayonida

yuzaga keladi. Ammoniyning ko’p bo’lishi tirik organizmlarga salbiy ta’sir

ko’rsatadi. Nitratlar yuqori miqdorda ham o’simlikka salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.

Shuning uchun uni tuproqda to’planishi xavfsiz. Ammiakli azotning o’simlik

tarkibida yuqori miqdorda to’planib qolishi xam o’simlikka salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Shuning uchun nitratli azotning tuproq va o’simlikda muqobil nisbatda bo’lishi

muhim ahamiyatga ega.



Payariq tumani haqida umumiy malumot

Payariq tumani - Samarqand viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan (markazi Chelak qishlogʻi boʻlgan). 1953 yil Payariq tumanining bir qismidan Narimonov tumani tuzilgan. 1959 yilda Narimonov tumani Payariq tumaniga qoʻshilgan (markazi Narimonov qishlogʻi). 1991 yilda Payariq tumanidan Chelak tumani ajralib chiqqan. 2001 yilda yana Payariq tumani bilan Chelak tumanlari birlashtirilib, ular negizida Payariq tumani tashkil qilindi (markazi Payariqsh.). Payariq tumani oʻrtacha 610 m balandlikda. Shim.-gʻarbdan viloyatning Qoʻshrabot, gʻarbdan Ishtixon, jan.dan Oqdaryo va Jomboy tumanlari, shim.dan Jizzax viloyatining Forish, shim.-sharqdan Gʻallaorol tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 1,29 ming km². Axrlisi 182,9 ming kishi (2003). Tumanda 2 shahar (Payariq, Chelak), 6 qishloq fuqarolari yigʻini (Guliston, Koʻkdala, Koʻltoʻsin, Sanoat, Choshtepa, Qorasuv) bor. Tuman markazi — Payariq shahri

Tabiati. Tuman hududi Nurota togʻ tizmalarining jan.da joylashgan. Relyefi shim.da togʻlar, adirlar, togʻ oraligʻi botiqlari, jan. qismi tekislikdan iborat. Tuproqlari, asosan, och boʻz tuproq, togʻ etaklarida toʻq boʻz tuproq, jigarrang va qoʻngʻir togʻ-oʻrmon tuproqlari.

Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoqshoʻra aralash efemerlar, bugʻdoyiq va togʻchalachoʻl oʻsimliklari oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, chiyaboʻri, quyon, jayran, jayra, gekkon kaltakesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkemar, koʻrsichqon, tipratikan, kalamush, qushlardan soʻfitoʻrgʻay, chumchuq, chugʻurchiq, zargʻaldoq va boshqa uchraydi. Iqlimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha temperatura 13,4°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 1,2°, iyulniki 27°. Eng yuqori temperatura 45°, eng past temperatura —28°. Vegetatsiya davri 196 kun. Yillik oʻrtacha yogʻin 312 mm, asosan, qishda va bahorda yogʻadi. Togʻlardan oqib tushadigan mayda soylar bahor oylarida Sagʻanoqsoyga borib quyiladi. Jan. tekislik qismidan Zarafshon daryosining irmoqlari — Qorasuv va boshqa mayda soylar oqib oʻtadi. Ekinlarni sugʻorishda Zarafshon va boshqa daryo hamda soylardan foydalaniladi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, turkman, qozoq, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 142 kishi.

Xoʻjaligi. Tumanda paxtachilik bilan birga don yetishtirish va chorvachilik muhim tarmoqlardan hisoblanadi. Tumanda "Baltimor" Rossiya — Amerika qoʻshma korxonasida konserva, kompot, tomat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Qurilish oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Paxta tozalash, gʻisht zavodlari bor. Kichik, xususiy korxonalar faoliyat koʻrsatadi. Tumanda shirkat, fermer xoʻjaliklari mavjud. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarga paxta, don, kartoshka, sabzavot va poliz, yem-xashak ekinlari ekiladi. Mevazor, tokzor va tutzorlar bor.

Tuman xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki boqiladi.

Payariq tumanida 98 umumiy taʼlim maktabi, 2 musiqa, 3 sport, 1 futbol maktablari, 2 adabiyot va til markazi, Chelak sanoat-transport, Payariq, Al Buxoriy qishloq xoʻjaligi kollejlari mavjud. Markaziy kutubxona va uning 61 tarmogʻi, 2 bolalar, 1 maxsus kutubxona, markaziy madaniyat uyi, shahar, 24 qishloq madaniyat uylari, 3 avtoklub, xalq teatri ishlab turibdi.



Tumandagi markaziy kasalxona va uning Chelak, N.Azizov, Oxunboboyev, Navoiy, Oqqoʻrgʻon, Koʻltoʻsin hududiy boʻlimlari, 2 tez tibbiy yordam boʻlimi (jami 565 davolash oʻrni), 2 poliklinika, 30 qishloq vrachlik punkti, 47 feldsher-akusherlik punktida 284 vrach, 1825 oʻrta va kichik tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududidan Samarqand — Payariq — Qoʻshrabot yoʻllari orqali Navoiy, Jizzax viloyatiga, Samarqand — Chelak — Mitan orqali Qoʻshrabottumani hamda Navoiy viloyati yoʻnalishi boʻyicha avtobuslar qatnaydi.

Tumandagi tarixiy va meʼmoriy yodgorliklar ichida eng yirigi Imom al[[Buxoriy yodgorlik majmuidir (qarang [[Buxoriy yodgorlik majmui). Payariq shahrining shim. qismida Tohir shayx maqbarasi va masjidi bor. Chelaktepa, Shoʻrtepa, Uchtepa, Yigirmatepa, Ernazartepa, Qorovultepa, Moylitepa, Yoʻltepa kabi tepaliklar saqlanib qolingan.[1]
Download 88.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling