Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 471.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana10.10.2020
Hajmi471.08 Kb.
1   2   3   4   5

QO`SHIMCHAVOYLAR 

 

Bor  ekanda,  yo`q  ekan,  qadim  va  hozirgi  zamonda  uchta  aka-uka 

qo`shimchalar yashagan ekanlar. Ularning ismlari o`ziga xos ekan. Birinchisining 

ismi  Yasovchibek,  ikkinchisiniki  O`zgartiruvchibek,  uchinchisiniki  Shakl  hosil 

qiluvchi  ekan.  Kunlarning  birida  ulardan  bittasi  shunday  debdi:  ”Nega      bizni 

odamlar qo`shimchalar deb atashadi? ” Shunday deb ular xafa bo`lib o`tirishganda, 

O`zak , So`z, Negizvoylar kelib qolibdi. Ulardan biri gap boshlabdi: ” Biz so`zning 

asosiy  qismimiz,  sizlar  esa  qo`shimchalar”,-  deb  maqtanibdi.  Shunda  bechora 

qo`shimchalar battar o`ksinibdilar va, hatto, yig`lab ham yubordilar. Shu payt asta-

sekin davraga Gap xola kelib qolibdi. Aka – ukalar unga voqeani aytib berishibdi. 



 

10 


O`zak,  Negiz,  So`zlar  qo`shimchalarni  ajratib  qo`yishibdi.  Shunda  gap  xola 

ularning oldiga borib , avval O`zakdan :  

-Qani,  O`zakvoy,  bergan  topshirig`imni  bajardingmi,  menga  bir  necha  gap  tuzib 

bergin, degandim, - debdi. 

      Shunda  O`zakvoy  darrov  qo`shimchalarni  izlabdi,  ammo  Gap  xola  ularni 

axtarib  hech  qayerdan  topa  olmabdi.  O`zakvoy  har  qancha  urinmasin,  gaplar, 

so`zlar ma`nosiz chiqibdi. Shunda  So`z, O`zak,  Negizlar Gap xolaga yalinib, uzr 

so`rashibdi.  Gap  xola  esa  ularni  kechiribdi.  So`ng  O`zakvoy  Qo`shimchalar  bilan 

birga bo`lib, bemalol gaplar tuzibdi, she`rlar to`qibdi. (118 so’z) 

 

 



  

VATAN QAYG`USI 

 

Yotsam  tushimda,  uyg`onsam  yonimda,    ko`z  yumsam,  miyamda,  ko`z  ochsam, 



qarshimda mungli bir xayol kelib turardi! 

       Ey mungli xotin, sen kimsan ? Ey g`amli ona, nechun mungdan  ayrilmaysan ? 

Yonimda,  ko`zimda,      miyamda,  yuragimda  nima  axtarasan,  nechun  ketmaysan? 

Qayg`u  tutunlari  ichra  yog`dusiz  qolgan  ko`zlaring  yosh  yomg`ilarini  nechun 

to`kadur?  Zulm  zanjirlari bilan bog`langan qo`llaring nechun har  yonga  uzatiladi, 

nima  tilaysan?  Oh...bildim...angladim!  Sen  mening vatanimsan,  vatanning  mungli 

xayolisan.  Yirtim,  Turonim,  sendan  ayrilmoq  mening  o`limim.  Sening  uchun 

o`lmoq mening tirikligimdir. 

    Yo`q , sen kimsasiz emassan. Mana men. Borlig`im bilan senga ko`mak qilurga 

hozirman.  Mana  men,  chin  ko`ngil  bilan  sening  yo`lingda  o`lishga  rozi.  Qof 

tog`lari  yo`limga  tushsa,  do’zax`  olovlari  qarshimdan  chiqsa,  yana  sen  sari 

ketaman. 

     Men  sening  uchun  tug`ildim,  sening  uchun  yasharman,  sen  uchun  o`larman. 

(100 so’z) 

                                                                                                ( A. Fitrat) 

 

 



SADOQAT 

 

Qadim  zamonlarda  shunday  bir  yurt  bor  ekanki,  uning  xalqi  mehnatkash, 

podshosi  odil,    hayoti  tinch  ekan.  Shu  bois,  boshqa  bir  mamlakat  shohining  

g`ayirligi  kelib,  o`sha  yurtni  bosib  olmoqchi  bo`libdi.  Biroq  daf`atan  hujum 

qilishga jur`at etolmay, o`sha yurtga o`z xufiyasini yuboribdi. Xufiya o`sha yurtga 

boribdi  va  mulozimlari  safiga  kiribdi.  So`ng  o`z  mamlakatiga  borib,  shohiga  bu 

yurtni  olib  bo`lmaslikni  aytibdi.    ”Qal`asi  mustahkam  emas,  lashkari  ham  ko`p 

emas  ”,  deb  o`zi  guvoh  bo`lgan  voqeani  aytib  beribdi:  Bir  kuni  o`sha  podshoh 

shikorga chiqqan edi: Men ham, yigitlar ham birga bordik. Podsho uchqur bir kiyik 

ortidan  ot  qo`ydi.  Shu  bois,  hammamiz  unga  ergashdik,  biroq  kiyik  narigi 

cho`qqiga    o`tib  ko`zdan  g`oyib  bo`ldi.  Terlab  ketgan  podsho  ro`molcha  bilan 

peshonasini  artmoqchi  edi,  nogahon  shamol  kelib,  ro`molchani  daraga  uchirib 



 

11 


ketdi.  Shu  sababli  qirq  yigitning  hammasi  o`zini  tubsiz  jarlikka  otdi.  Qanchasi 

mayib-  majruh  bo`ldi,  ammo  omon  qolgan  bir  yigit  ro`molchani  olib  chiqdi  va 

podshoga topshirdi.. 

    U  yurtda  bunday  yigitlar  ko`p,  shuning  uchun  ham  bunaqa  yurtni  yengib 

bo`lmaydi.  

                           

                                                            VATAN MADHI 

 

Vatandan  shirinroq  narsa  yo`q.  Axir,  odamlar  nimaniki  muqaddas  deb 



hisoblasa,  nimaniki  teran  mazmun  bilan  sug`orilgan  deb  bilsa,  bularning  barini 

ularga  Vatan  o`rgatgan  emasmi?  Mayli,  ko`pgina  odamlar  o`zga  yurtlarning 

qudrati-yu  ajoyibotidan  zavqlansin,  imoratlarning  dabdaba-yu  vasvasasiga  qoyil 

bo`lsin,  lekin  hamma  Vatanini  sevadi.  O`zga  yurtning  behisob  mo`jizalarini 

ko`pchilik  ko`rgan,  ammo  hech  kim  ularga  mahliyo  bo`lib  o`z  yurtini  unutib 

qo`ygan emas-ku?! 

       Barcha  odamlar  Ollohdan  Vatanini  farovonlikda  boshqa  shaharlarga  teng 

qilishni so`raydi-yu, lekin tanlashga kelganda  har qancha faqir-u ko`rimsiz bo`lsa-  

da, faqat o`z Vatanini tanlaydi. 

          Vatan hamma odamlar uchun shu qadar azizki, qonun chiqaruvchilar hamma 

joyda  eng  katta  jinoyatlar  uchun  oliy  jazo  sifatida  Vatandan  badarg`a  qilishni 

belgilab  qo`yishgan.  Axir,  janglarda  safda  turganlar  uchun  eng    oliy,  eng    ulug` 

xitob  –Vatan  uchun  jangga  undaydigan  xitobdir.  Bu  xitobni  eshitgan  hech  bir 

odam undan bo`yin tovlashni o`ziga munosib bilmaydi-da . Negaki,  ” Vatan” so`zi 

hurkak odamga ham jasorat bag`ishlaydi. 

 

 



 

 

VATAN MAHALLADAN BOSHLANADI 

 

O‘zbeklarda  “Mahallang  -  otang-onang”  degan  gap  bor.  Bu  qadimdan 



shakllanib kelgan, boshqa davlatlarda uchramaydigan mahallachilik bilan bo‘g‘liq. 

Mahallada  begonalar  bo‘lmaydi.  Hamma  inoq,  ahil  yashaydi.  Har  xil 

masalalar  bamaslahat  hal  qilinadi.  To‘ylar,  ma’rakalar  mahalla  ahlisiz  o‘tmaydi. 

Ayniqsa,  mahallaning  keksalari  bu  ishlarga  bosh-qosh  bo‘ladilar,  yoshlarga 

maslahatlar  berib  turishadi.  Mahallamiz  bizning  kichik  vatanimizdir.  Shuning 

uchun unga tegishli har qanday yangilik, hodisalar menga ham tegishlidir. 

Mahalla  -  tarbiya  o‘chog‘i. U  yerda  nafaqat  yoshlar, kerak bo‘lsa, kattalarga 

ham tarbiya berib qo‘yishadi. Mahalla kattalarining nasihatlari yoshlar uchun  katta 

boylik. 

Mahallalar  hududini  obodonlashtirish  uchun  xasharlar  uyushtirib  turiladi. 

Unda katta-yu kichik birdek qatnashadi. Ariqlar, ko‘chalar tozalanadi, axlatlar olib 

ketiladi. Mahalla obod bo‘ladi. Mahalla obodligi esa yurt obodligidir. (110ta so’z) 

 

 

 



 

 

12 


YO‘L QOIDASI – UMR FOYDASI 

 

Shahrimiz  ko‘chalari  gavjum.  Hamma  biror  ish  bilan  qayergadir  shoshiladi. 



Ba’zan yo‘l qoidalariga bee’tibor ham bo‘lishadi.  

Kichik  qoidabuzarlik  katta  ko‘ngilsizlikka  olib  kelishini  unutmaslik  lozim. 

Zero, bizni ko‘rib turgan kichik bolalar bizdan o‘rnak olishlarini hammamiz yaxshi 

bilamiz. Yo‘llarni belgilangan joylarda kesib o‘tish, svetofor ko‘rsatmalariga rioya 

qilish ko‘p ham vaqt talab qilmaydi-ku!? 

To‘xtab  turgan  avtobusni,  trolleybusni  orqa  tomondan,  tramvayni  esa  old 

tomondan aylanib o’tish kerak. 

Yo‘lni kesib o‘tishda avval chap, keyin o‘ng tomonga qaraladi. 

Shu  oddiygina  qoidalarni  bolalikdan  bilamiz.  Keling,  ularga  amal  qilaylik. 

Toki  yollarda  baxtsiz  hodisalar  ro‘y  bermasin.  Do’stim,  svetoforning  ranglari 



qanday ma’no bildirishini bir eslab ko’ring va bayonni davom ettiring. 

Oq yo‘l sizga, azizim! (100 so’z) 

 

 

ODOB OLTINDAN QIMMAT 



 

Odob  keng  qamrovli  tushuncha.  Har  bir  sohaning  o‘z  odob  me’yorlari 

mavjud: nutq odobi, kiyinish odobi, ovqatlanish odobi. 

Ovqatlanish ham bir madaniyat. Unga ham odobga rioya etish zarur. Ovqatga 

kattalardan  oldin    qo‘l  uzatmaslik,  ovqat  yeganda  chapillamaslik,  ovqat  paytida 

gaplashmaslik lozim. 

Biror  narsani  uzatib  yuborishlarini  so‘rashdan  oldin  og‘zingizdagini  yutib, 

salfetka yoki sochiqcha bilan og‘zingizni arting. 

Dasturxon  atrofida  qattiq  kulish,  baqirib  gaplashish  ham  odobdan  emas. 

Taomni qoshiq yoki sanchqi bilan olib yeyish kerak. 

Umuman, ovqatlanayotib ham kishi o‘zining madaniyati darajasini namoyish 

etadi.  


Xalqda  “Bola  aziz,  odobi  undan  aziz”  degan  naql  bor.  U  bejiz  aytilmagan. 

Odobli bolalarnigina katta-yu kichik yaxshi ko‘radi, hurmat qiladi. 

Odobli bola, eng avvalo, xushmuomala bo‘ladi, o‘zidan kattaga salom beradi. 

Jamoat  transportida,  boshqa  yerlarda  o‘zidan  kattalarga  joy  beradi.  Biror  keksa 

odamga  yukini  olib  borib  berish,  yo‘lni  kesib  o‘tishda  yordamlashish  ham 

odobning bir ko‘rinishi. 

Odobli  kishi  izzattalab  ham  bo‘lmaydi.  U  katta-yu  kichikka  birdek  yaxshi 

muomalada bo‘ladi. (130ta so’z) 



 

REGISTON 

 

Samarqand  ko‘hna  tarixiy  obidalarga  boy  shaharlardan  biri.    Shunday 



obidalardan  biri  -  Registon  uchta  salobatli  binodan  tashkil  topgan.  Bular: 

Ulug‘bek, Sherdor, Tillakori madrasalaridir. 



 

13 


Ulug‘bek  madrasasi  1471  -  yilda  barpo  etilgan.    Bu  bino    Ulug‘bek 

qurdirgan madrasalarning eng kattasi va eng hashamatlisi edi.  Uning monumental  

peshtoqlari    yongumbazlari    va  minoralari  hozir  ham  kishini  hayratga  soladi.  Bu 

madrasa o‘z davrida ilm-fanning yirik  markazi bo‘lgan. Madrasada yirik olimlar, 

jumladan, Ulug‘bekning o‘zi ham dars bergan.  

Sherdor madrasasi 1619 – 1636 - yillarda Samarqand hukmdori Yalanto‘sh 

Bahodirning  topshirig‘i bilan  qurilgan.  Bahaybat peshtoq tepasida sher va ohular 

rasmi solingani uchun Sherdor madrasasi deb atalgan. 

Tillakori    madrasasi  1647-1660  -  yillarda  qurilgan.  U  zarhal  naqshlar  bilan 

ishlangani  uchun  shunday  nom  olgan.  Mazkur  bino  qurilishi  bilan  Registon 

maydonidagi ajoyib ansambl mukammal shakl olgan. 

Hozirda  bu  yerga  minglab  sayyohlar    tashrif  buyurishadi.  Istiqlol  davrida 

madrasalar qayta ta’mirlandi. Endilikda u yerda ko‘plab  tadbirlar o‘tkazilmoqda. 

“Sharq taronasi” xalqaro musiqa tanlovi fikrimizning dalilidir. (146ta so’z) 

 

ICHANQAL’A 

 

Ichanqal’a Xiva shahrining ramzidir. Ichanqal’a “ichki qal’a” demakdir. Bu 

nom shaharning tashqi devori qurilgach qabul qilingan.  

 

Ichanqal’a maydoni o‘rta asrlardagi Xiva shahri maydoniga to‘g‘ri keladi. U 



mustahkam devor bilan o‘ralgan. Devorning balandligi 7-8 metrga teng, qalinligi 

5-6  metr. Shimoliy  darvoza  Bog‘cha  darvoza  deb  ataladi va  Urganch  yo‘liga olib 

chiqadi. Sharqiy darvoza “Polvon darvoza” deb atalib, Amudaryo va Xazoraspga 

olib  chiqadi.  Janubiy  va  G‘arbiy  “Ota  darvozalar”  1920-  yilda  nurab  ketgani 

sababli buzib tashlangan.1975- yilda esa qayta o‘z holiga keltirilgan. 

Ichanqal’a  ichkarisida  noyob  me’morchilik  obidalari  va  hovli  –  joylar 

saqlanib qolgan.  

Ichanqal’a devorlari asosan paxsadan qurilgan. Ba’zi orinlarda xom g‘ishtlar 

ishlatilgan.  Arxeologiya  tekshiruvlari  davomida  qal’a  devorlari  yonida  qadimiy 

Xorazm me’morchiligining qoldiqlari topilgan. 

Bu noyob san’at durdonasi davlat himoyasiga olingan bo‘lib, uni ta’mirlash 

ishlari olib borilyapti. (122ta so’z) 

 

QADRIYATLAR QADR TOPMOQDA 

 

  Xalqimizning  bayramlari  ko‘p:  Navro‘z,  Mehrjon,  Hosil  bayrami.  Men  bu 

bayramlarni yaxshi ko‘raman. Bu bayramlarda xalq sayllari o‘tadi. 

  Navro‘zga  bag‘ishlangan  xalq  sayllari,  ayniqsa,  zo‘r  o‘tadi.  Katta-katta 

doshqozonlarda osh, sumalak kabi taomlar tayyorlanadi. 

  Lekin  muhimi  bu  emas.  Shahar  markazlari,  dalalarda,  bog‘larda  xalq  sirki 

artistlarining  tomoshalari  boshlanadi.  Masxarabozlar,  dorbozlar  yig‘ilganlarga 

xushkayfiyat ulashadi. 

  Sayllar milliy o‘yinlarsiz o‘tmaydi. Uloq, qizquvdi kabi o‘yinlar hech kimni 

befarq qoldirmasa kerak... 



 

14 


  Polvonlar  ham  shu  kuni  o‘zlarining  nimaga  qodirligini  ko‘rsatish  uchun 

gilamga  chiqishadi.  Dunyoga  yuz  tutayotgan  o‘zbek  milliy  kurashisiz  sayl 

bo‘larmidi axir. 

Saylda  hamma  xursand.  Har  kim  miriqib  dam  oladi.  Bayramlar  ertangi 

kunimizga ishonchimizni mustahkamlaydi. 

 Xullas, ozod yurtga bayramlar yarashadi. Ona O‘zbekistonimizning har kuni 

bayram bo‘laversin. (107ta so’z) 

                               Yurtim saxovati 

 

O‘rta  Osiyoda,  jumladan,  O‘zbekistonda  yetishtiriladigan  qovunlarning 

dovrug‘i dunyoga taralgan. Farg‘ona vodiysi, Mirzacho‘l dalalarida shirin – shakar 

obinovvot,  bosvoldi,  kampirqovun,  bo‘rikalla,  shakarpalak  qovun  navlarini 

yetishtirishadi.  

Poliz  mahsulotlari  pishganda  qovun  sayli  bo‘ladi.  Bu  bayramda  qovun  – 

tarvuzlarning  eng  yaxshi  navlarini  namoyish  etishadi,  tanlovlar,  ko‘riklar 

o‘tkazishadi.  Eng yaxshi qovun navlarini yetishtirganlarni maxsus mukofot bilan 

taqdirlashadi.  

Poliz  ekinlari  mahsulotlari  yarmarkalarini  tashkil  etishadi.  Qovun  sayli 

shaharliklarga  ham  manzur  bo‘lib  qolgan.    Ulug‘bek  bog‘idagi  bu  tantanani 

karnay-  surnay  sadolari  bilan  boshlashadi.  Turli  xalqlarning  qo‘shiq  va  raqslari, 

askiya,  intermediyalarni  ko‘rsatishadi.  Polvonlar,  dorbozlar,  sozandalar, 

masxarabozlar, ashula, laparlar aytib o‘ynashadi, xursandchilik qilishadi. 

Viloyatlarda  Hosil  bayramida  yana  xo‘roz  o‘yinlari,  ot  sporti  o‘yinlar, 

poyga, tosh ko‘tarish, arqon tortish, polvonlar kurashi musobaqalarini o‘tkazishadi. 

Demak,  Hosil bayramida dehqonlar yil davomida qilgan mehnatlari haqida 

xalqqa hisobot berishadi, erishgan muvaffaqiyatlarini nishonlashadi.(129) 



 

HOSIL BAYRAMI 

Kuz  faslini  eng  mo‘l-ko‘l,  hosilga  boy  mavsum  deb  hisoblashadi.  

O‘zbekistonda  Hosil  bayramini  qadimdan  tantanali  ravishda  o‘tkazib  kelishadi. 

Yoz  oxiri,  kuz  boshi  –  baxmal  mavsumi,  bayram  va  marosimlarga  juda  boy 

bo‘lgan. Yoz oxiri va kuz boshida  bog‘ sayli, qovun sayli, olma sayli, uzum sayli, 

anor sayli, Mehrjon bayrami, xirmon (hosil) to‘yi kabi bayramlarni o‘tkazishadi.  

Bu  bayramlarni  dehqonlarning  mehnat  mavsumi  yakunlanib,  ularning 

bo‘sh  paytlari  ko‘paygan  vaqtida  uyushtirishadi.  Hosil  bayrami  tomosha  – 

o‘yinlarga  juda  boy  bo‘ladi  va  katta  sayilga  aylanib  ketadi.  Dehqonlar  yil  bo‘yi 

qilgan  mehnatlarining    rohatini  ana  shu  bayramda  his  qilishib,  maroqli  dam 

olishadi. Hosil bayramini hamma  joyda,  har bir viloyatda o‘tkazishadi.  

Bunday  tadbir    va    bayramlar  kishilarga  yaxshi  kayfiyat,    ruhiy  quvvat 

beradi.  Ular  kishilar  o‘rtasida  mehr  –  oqibat,  inoqlik,  do‘stlik  kabi  fazilatlarni 

mustahkamlaydi. (118) 

 

 

6-SINF 



 

 

15 


NODONLIK-YOVUZLIK 

Qadim  yunon  faylasufi  Suqrotning  aytishicha,  dunyoda  bitta  ezgulik  bor-

bilim. Bitta yovuzlik bor - nodonlik. Darhaqiqat, shunday: hayotda qanchaki ezgu 

va  oliyjanobliklar  bo’lsa,  bu  bilim  mevalaridir.  Neki  jaholat,  tubanlik, 

maydakashliklar bo’lsa- barchasi nodonlikka borib taqaladi. 

Nodon qo’lida yarog’i yo’q jallod. Shuning uchun jahondagi barcha saltanat 

qotillari  xohlagan  paytlarida  nodonlarga  qurol  tutqizib,  qon  to’kib  maqsadlariga 

erishib  kelganlar.  Bugina  emas,  nodonlar  yer  yuzida  bu  qadar  keng  o’rin 

egallashmaganida  edi,  dunyodagi  har  turli  aldov  va  katta-kichik  yolg’onlarning 

“tegirmonlari” allaqachonlar barham topgan bo’lurdi. “Nodon do’stni do’st soniga 

kiritma: aql shamini uning behuda afsonasi yeli bila o’chirma, -deydi Navoiy.  

Biz, odatda,  o’qishga hafsalasiz, savodi sustroq kishilarni nodonlar deyishga 

moyillik sezamiz. Bu uncha to’g’ri emas. Qadimiy kitoblarda: ”Foydali ilm bilan 

mashg’ul  bo’lingiz,  befoyda  ilmdan  saqlaningiz!”-deyilgan.  Xo’sh,  inson  uchun 

foydali  ilm  nima?  O’zini  oqil  hisoblab  yurgan  bilag’onlarga  shu  savol  bilan 

murojaat 

etib 

ko’ring, 



ularning 

zukkoligida 

naqadar 

gumrohlik 

mujassamlashganligini darrov payqaysiz. Balki ular A.Oripov aytganiday, “hadis-u 

hisobdan” also adashmas. Balki boshlarida “aljabr usuli uyum va uyumdir”. Lekin 

asosiy ilm yo’q ularda.    Bu -Vatanni sevish ilmi. Buni o’tmishda “ Ilmu hubbul 

Vatan”  deb  atashgan.  Sevmoq  uchun  avval  topmoq  kerak.  Ashaddiy  nodonlar 

vatanda bevatan bo’lganlar.   Bundaylardan  harqanday  bedodlikni  kutish  mumkin.  

Axir shundaylar emasmi ibn Sinoday buyuk zotning ruhini ezganlar. U yozgan edi: 

 O’zini dono bilgan bu uch-o’rt nodon, 

Eshak tabiatini qilur namoyon. 

Ular davrasiga qo’shil, eshak bo’l, 

Bo’lmasa, kofir deb qilishar e’lon. 

Manmanlik  nodonlikning  cho’qqilaridan.  Bu  ”cho’qqi”ga    chiqqan  odam 

zaminni unutadi. 

 Qaysiki  elda  haqiqatning  bag’ri t’ilinib, adolat  ystunlari qulatilsa, biling: u 

yurtda g’ofillar baland mavqelarni egallab olishgan. (194 so’z) 

 

 

ONA HAQIDA 



 

Ey farzand, qara, agar kishi qo’lida arzimas yukni biror soat ko’tarib tursa, 

qanchalik qiynaladi. Endi esa, tasavvur qil, agar u shu yukni to’qqiz soat ko’tarib 

yursa nima bo’ladi? Agar to’qqiz kun ko’tarib yursa-chi? Shundan xulosa chiqarib 

olaverki, seni onang to’qqiz soat yoki to’qqiz kun emas, balki to’qqiz oy ko’tarib 

yurgan.  

 Agar sen go’daklik zamoningda onang sen bilan qanday hayot kechirganini, 

o’zingning esa osmon bilan yerning farqini bilmaydigan bir chaqaloq bo’lganingni 

bilishni  istasang,  atrofingdagi  onalarga  qara,  ularning  qo’llaridagi  chaqaloqlarga 

nazar sol, shunda o’z go’dakligingni yorqin tasavvur qilasan, bundan esa o’zingga 

yarasha xulosa chiqarib olasan.  


 

16 


Aqlli,  ziyrak,  zehnli  har  bir  farzand  onaning  haq-huquqini  joyiga  qo’yadi, 

qo’lidan  qancha  yaxshiliklar  kelsa,  onasi  uchun  ado  qiladi,  rizoligi  yo’lida  esa 

barcha  imkoniyatini  ishga  soladi.  Hech  bir  narsada  onaning  jahlini  chiqarmaydi, 

onaning quvvati yetmaydigan narsani talab qilmaydi.  

Onaning  shafqatiga  jafo  bilan,  mehribonligi  evaziga  xafa  qilish  bilan  javob 

qaytaruvchi  farzand  naqadar  razil  farzand.  Ona  aytganlariga  quloq  solmaydigan, 

buyurganining aksini qiladigan, har bir ishda onaning jig’iga tegadigan farzandni 

ota yomon ko’rishidan tashqari, odamlar ham yomon ko’rishi  shubhasizdir. 

Har  bir  farzand  ona  nasihatlarini  jon  qulog’i  bilan  eshitishi,  to’g’ri  yo’lga 

targ’ib  etsa,  qarshilik  qilmasligi  ota  yoki  onadan  birortasi  ish  buyurganda,  shu 

buyurilgan ishda xatolik borligini bilsa ham, yuragini tor qilib, qattiq gapirmasligi, 

kulib  turib,  bu  ishda  xatolik  borligini  yumshoqlik  bilan  isbot  qilib,  ularni 

ko’ndirishi lozim. (168 so’z) 

 

 



IBRAT 

 

Bir ota o‘smir  o‘g‘lini  uyidan  olib  chiqib,  ko‘chaning o‘rtasida  ayamasdan 



savalayotgan emish. Bu sirni kim qanday tushunadi, degan ma’noda ana shu usulni 

tanlagan ekan. Shu payt qo‘shni darvozadan bir qiz chiqib qolibdi. Qarasa, tuppa-

tuzuk yigitchani otasi urayotganmish. Qiz bunga chiday olmay so‘rabdi: 

- Amaki, bu kimingiz bo‘ladi? 

- O‘g‘lim bo‘ladi. – debdi otasi. 

- O‘g‘lingiz nima gunoh qildiki, ko‘chaga chiqib urasiz. 

- Gunohi shuki, - debdi ota, - aytganimni qiladi. 

Qiz hayron qolibdi. Qanaqa ota bu, o‘g‘li aytganini qilsa-yu, rahmat eshitish 

o‘rniga  kaltak  yesa.  Qizning  ko‘z  yosh  qilayotgan  bolaga  rahmi  kelibdi. 

“Mushtumzo‘r”  otadan  xafa  bo‘libdi.  Ota  qizning  holatini  ko‘rib,  ichida  debdi: 

“Hoy  qizim,  sendan  yaxshi  kelin  chiqmaydi.  Sen  sirning  nimaligiga 

tushunmading...” 

Qiz  yo'liga  ketibdi.  Ota  yon-veriga  qarasa,  uzoqdan  ko‘hlikkina  bir  qiz 

kelayotganmish. Qiz yaqinlashishi bilan ota yana o‘g‘lini do‘pposlay boshlabdi. 

Qiz to‘xtab otadan so‘rabdi: 

- Amakijon,  o‘g‘lingiz  nima  gunoh  qildiki,  uyda  emas,  ko‘chaga  chiqarib 

uryapsiz? 

- Nima desam, aytganimni qiladi, qizim. Shuning uchun adabini beryapman, 

- debdi ota. 

- Qattiqroq  uring,  aqli  kirsin,  ana  o‘shanda  o‘z  aqli  bilan  ish  qiladigan 

bo‘ladi,- deb qizcha yo‘lida davom etibdi. 

Buni ko‘rgan ota: “E, farosatingga balli-ey, ona qizim”,- deb izidan termulib 

qolibdi,- albatta, bir kuni seni kelin qilaman”,- deb ko‘ngliga tugibdi. 

(196ta so’z) 



 

NAVRO‘Z 

 

 

17 


 Navro‘z  Yaqin  va  O‘rta  Sharq  xalqlarining  yangi  yil  bayrami  sanalib,  21- 

mart kuni nishonlanadi. 

Bu  bayram  O‘rta  Osiyoda  Islom  dini  o‘rnatilmasidan  oldin  ham 

nishonlangan.  Navro‘z  haqida  ko‘plab  afsona  va  rivoyatlar,  shuningdek,  ilmiy 

asarlar ham mavjud. 

Jumladan,  Umar  Hayyomning  (1048-1132)  “Navro‘znoma”  asarida 

quyidagilarni  o‘qiymiz:  “Navro‘zning  joriy  qilinishi  sababini  aytsak,  u  shundan 

iboratki, oftobning ikki aylanishi mavjud, ulardan biri quyidagicha: Oftob har yuz 

oltmish  besh  kun  -  kecha  -  kunduzning  to‘rtdan  birida  Hamal  burjining  birinchi 

daqiqasiga  chiqib  ketgan  paytining  o‘zida  yana  qaytib  keladi  va  har  yili  bu  davr 

kamaya boradi. 

Jamshid bu kunni tushunganidan keyin Navro‘z deb atadi va bayram qilishni 

odatga aylantirdi… 

Aytishlaricha, birinchi Ajam podshosi Kayumars podshoh bo‘lgandan keyin 

yilining kunlari va oylariga nom berishga hamda odamlar bilsin deb yilnoma joriy 

qilishga  qaror  qilgan,  u  tongda  oftob  Hamal  burjining  avvalgi  daqiqasida  kirgan 

kunni  aniqlab,  Ajam  mubadlarini  yig‘di  va  yil  hisobini  shu  paytdan  boshlashni 

buyurdi”. 

Mana  shunday  qadimiy  bayram  sobiq  sho‘rolar  tuzumi  davrida  deyarli 

unutildi. Uni ta’qiqlab ham qo‘yishdi. 

Shukurki, istiqlol bu ajoyib bayramni xalqimizga qaytarib berdi. Endilikda u 

O‘zbekistonda  bahor,  mehr-muruvvat,  do‘stlik  bayrami  sifatida  keng 

nishonlanmoqda. (177ta so’z) 

 


Download 471.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling