Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 471.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana10.10.2020
Hajmi471.08 Kb.
1   2   3   4   5

KARVON QO`NG`IROG`I 

 

Karvon  qo`ng`irog`i  jarangi.  Bugun  va  o`tmish  sadosi  uyg`inlashadi:  ...bir 



yonda  yangi  -yangi,  keng,  ravon  ko`chalar,  osmono`par  zamonaviy  binolar  bilan 

sayqal  topgan  ulug`  poytaxt  –shahri  azim,  mustaqil  yurt  faxri  Toshkent!  O`zini 

anglamoqchi bo`lgan, avvalo, poytaxtni sevadi.  

    


Bir yonda Asaka zavodi. O`zbekning yengil mashinalari. Nelarga qodir emas 

bu  xalq.  Kechagina  “Senlar  bittagina  velosiped  ham  ishlab  chiqara  olmaysan,” 

degan g`animlarimiz ko`rsinlar buni. 

     


Bir yonda Qamchiq dovoni. Yaxshilar yo`l quradi, ko`priklar bunyod etadi. 

“Savob ishni har kuni qil, har dam qil”.  

          Sanasak,  faxr  etgulik  muvaffaqiyat  ko`p,  ammo  ular  orasida  eng  muhimi 

hamma xalqqa, hamma elga suv-u havodek zarur ulug` ne`mat- Tinchlik bayrog`i 

bilan yangi asrning issiq, nurli quchog`iga talpinyapmiz. 

    


“Insoniyat  yangi  XX  asrga  qadam  qo`yganda  bizning  o`rnimiz  qayerda  va 

qanday bo`ladi?” 

“  Xon  bo`lsang-da  bog`  yarat,  gadoy  bo`lsang  bog`  yarat-  bir  kunmas  bir  kun 

mevasini tatirsan”. 

      Yangi  ming  yillikda    O`zbekistondek  bebaho  bog`,  gulshandiyor  bilan  kirib 

boryapmiz. Yangi dunyoga xarobalar emas, mana shunday ko`rkam bog`lar yaratib 

bergan  xalqning  to`ridan  joy  olishga  haqqi  bormi-yo`qmi?  ”Yaxshi  niyat-  yarim 

davlat”.  Bu  so`zni  mendek  nir  qalamkashning  niyati  deb  qabul  qilsangiz  ,  murod 

hosil. Zero , yangi ostonada turgan, avvalo, yaxshi niyat qiladi. 

            Qaysiki oila , qaysiki bino va qaysiki asr poydevori poklik asosida qurilar 

ekan, unda totuvlik, hamjihatlik, adolat va tinchlik barqaror bo`ladi. 


 

33 


      Yangi mingyillik! 

      Yangi asr! 

  Men  senga  pok  g`isht  qo`yishni  istayman.  Karvon  qo`ng`irog`i  eshitilyapti. 

Hayajonli tarixiy damlar. 

 Yana ming yillardan so`ng shunday hayajonli daqiqalarda avlodlarimizning yangi 

dunyoni pok kutib olishlarini istayman.(193) 

 

 

ISMOIL SOMONIY MAQBARASI 



“Ilm-fanni egallash har bir muslima va muslimga farzdir”. Bu da’vat Buxoro 

shahridagi  madrasa eshigining yuqori qismida o’yib bitilgan.  

Buxoro  O’rta  Osiyoning  ko’hna  shaharlaridan.  Bu  o’lkani  va  unda  qad 

ko’targan  dastlabki  shaharni  aholi  qadimda  ”Bug’ora”,  ya’ni  ”tangri  jamoli”  deb 

yuritishgan.  

Buxoro ko’p asrlar davomida O’rta Osiyoning asosiy shahri bo’lib keldi.  Bu 

esa arxitektura yodgorliklarining nihoyatda ko’payib ketishiga sabab bo’ldi.  Hozir 

shaharni  ”muzey  shahar”  desa  arziydi.  Bu  nomga  butun  manzaralari  saqlangan 

holda  o’sib  borayotgan    qurilishlar,  inshootlar  juda  mos  keladi.  Buxoro  tarixiy 

obidalarga juda boy. Bu obidalardan biri Ismoil Somoniy maqbarasi hisoblanadi. 

Ismoil  Somoniy  849-yilda  Farg’ona  shahrida  tavallud  topgan.  14  yoshida 

otasi  vafot  etib,  akasi  Nasr  qo’lida  qolgan.  Ismoil  Somoniy  o’z  hokimligining 

(874-907) dastlabki davrlarida katta qiyinchilikka duch keladi. 

Ismoil Somoniy o’z davrining yirik va aqlli davlat arboblaridan bo’lgan. U 

asosiy diqqat- e’tiborini o’z davri uchun ilg’or hisoblanmish markazlashgan davlat 

tizimini joriy etishga qaratdi. Ismoil Somoniy shunday bir qudratli markazlashgan 

davlat  barpo  qiladiki,  bu  davlat  o’sha  vaqtda  Sharqda  shuhrat  topadi.  Ismoil 

Somoniy  aqlli,  adolatli,  shafqatli,  fikr  va  tadbir  egasi  bo’lgan.  U  907-yilda  vafot 

etadi. Taxtga o’g’li Ahmad(907-914) o’tiradi.  

 

Ismoil Somoniy maqbarasi Somoniylar nomli madaniyat va istirohat bog’ida 



joylashgan. 

Maqbaraning  ichki  va  tashqi  devorlari  jimjimador  tiniq  g’ishtdan  qurilgan. 

O’sha  vaqtlarda  koshin  bo’lmagani  uchun  bino  shunday  usul  bilan  bezatilgan. 

Ustalar  kvadrat  shakldagi  g’ishtlarni  har  xil  usulda  terib,  devorni  badiiy  jihatdan 

juda  chiroyli  qilib  bezatganlar.  Bu  o’ziga  xos  naqsh  maqbaraning  tekis  devorini 

juda  nafis  qilgan.  Ertadan  kechgacha  quyosh  og’ishgan  sari  maqbaraning  g’isht 

bezaklari  ham  har  xil  tusga  kirib  tovlanadi.  Oy  yorug’ida  ,  ayniqsa,  chiroyli 

bo’ladi. Jahon arxitekturasida bu usulda bezatilgan birorta boshqa tarixiy yodgorlik 

yo’q. Shuning uchun ham maqbara jahon ahamiyatiga egadir. Agar bu maqbaraga  

har tomonlama qaraganda 7 xil tovlanadi.  

Maqbaraning  to’rt  tomoni  bir  xilda.  Maqbaraning  yuqori  qismida  binoning 

bir  tomondan  ikkinchi  tomoniga  o’tgan  qirq  darchali  yo’lak  mavjud.  Bu  yo’lak 

yodgorlikning chiroyini biroz ochadi va uning vazmin gumbazini yengillashtiradi.  


 

34 


Maqbara kvadrat shakldagi pishiq g’ishtdan qurilgan. Devorlari tekis bo’lib, 

to’rt tomondan bittadan ravoqli eshigi bor. Yog’och xariga maqbaraning qurilgan 

vaqti va boshqa yozuvlar yozilgan, sharq tomoni binoning old tomoni hisoblanadi. 

Maqbara atrofiga g’ishtdan maydoncha qurilgan. Hozir bu yerga sayohatchilar tez-

tez kelib turadi.  Ismoil Somoniy maqbarasini vatanimizdan tashqari joylarda ham 

yaxshi  biladilar.  Maqbara  kub  shaklida  bo’lib,  yarimsharsimon  qubba  bilan 

yopilgan. Burchaklarda to’rtta kichkina qubba bor. Devori qalin bo’lganligi tufayli 

bu yodgorlik ming yildan beri yaxshi saqlanib kelinadi.  

Ismoil  Somoniy  maqbarasi  har  tomonlama  o’z  davrining  manfaatlari  va 

ruhini aks ettiradi.  

Yozma manbalar va xalq rivoyatlariga qaraganda, bu yodgorlik Somoniylar 

sulolasi Ismoli Somoniyning  o’zi hayot bo’lganda otasining qabri ustiga qurilgan. 

Keyinchalik  o’zi  ham  shu  yerga  dafn  etilgan.  Bu  yodgorlik  892  va  907-yillarda 

qurilgan deb taxmin qilinadi. (339 so’z) 

 

 

9-SINF 



HUSAYN VOIZ KOSHIFIY 

Husayn  Voizning  eng  asosiy  fazilati,  uning  ilm  egasi  ekanligidir.  U  juda 

ko’p  fanlarni  egallagan  va  ularning  har      birida  chuqur  ilmiy  tadqiqotlar  olib 

borgan  mashhur  olimlardan  biridir.  Husayn  Koshifiy  notiq  sifatida  o’z 

zamonasining  mashhur  notiqlaridan  bo’lgan.  Uning  nutqini  eshitish  uchun 

shaharning turli tomonlaridan  yig’ilishar, tinglovchilar soni    shuqadar ko’payib 

ketishi  natijasida  orqada  turganlarga  notiqning  ovozi  yetib  kelolmasa  ham,  uning 

ichki  ruhiy        holatini  turli  holatlar  orqali      ifodalanishini  kuzatar        ekanlar.  Bu 

haqda  Voizning  o’g’li  Faxriddin  Ali  Safiy  o’zining  "Latoyifut-  tavoif”  nomli 

asarida  ta’kidlanishicha,      otasi  masjidi  jome’da  nutq      so’zlayotgan  ekan,  odam 

shunchalik  ko’p  ekanki,  majlisga  kelayotgan  o’sha  davrning        mashhur  so’z 

ustalaridan    Mavlono Sayid G’iyosiddin    tasodifan    o’sha yerdan o’tib qolib 

majlis  ahliga  mahliyo  bo’lib,  o’zi      qatnashish  uchun  ketayotgan  majlisdga  kech 

qoladi.  Ittifoqo  shu      majlisda  Abdurahmon  Jomiy  ishtirok  etayotgan  bo’ladi.   

Sayid  G’iyosiddin  kirib        kelishi  bilan  undan  so’raydi.        Nechun  kechikdingiz, 

Mavlono  G’iyosiddin?        -Meni  ma'zur  tuting,  ustod,  -dedi  G’iyosiddin,  -

kelayotgan edim, masjidi jome`da Husayn Voiz nutq so’zlayotgan   ekan, shunga 

mahliyo bo’lib qolibman.    -Xo’sh, qanday yangilik eshitdingiz? 

-Hech qanday, -deydi G’iyosiddin.  

-Sabab?   

 -Sababi  shuki,-dedi  gunohkor,-odam  juda  ko’p  ekan.      Olomon      meni  turtib  bir 

chetga chiqarib yubordi. Men shunchalik uzoq masofada edimki, uning ba'zi-ba'zi 

so’zlari   zo’rg’a   qulog’imga chalindi.    Unday bo’lsa   nima qilib o’tirdingiz?   

Qarab o’tirdim,-dedi G’iyosiddin, -Husayn Voiz  shunday nutq so’zlayotgan ediki, 

gaplarini   eshitmasam ham uning mahoratiga mahliyo bo’lib, nutqining oxirigacha 

qarab o’tirdim.    

 O’z  zamonasining  ulkan  so’z  san'atkori  Husayn  Voiz        Koshifiyning 

yuksak mahoratiga  hatto Alisher Navoiy va   Sulton Husayn Boyqarolar ham qoyil 



 

35 


qolib tan berganlar, hatto o’z asarlarini rasmiy ijro etish lozim bo’lganda bunday 

ishga Husayn Voizni munosib ko’rganlar.  

Alisher  Navoiy  tomonidan  Husayn  Voizga  bildirgan  ana  shu  ishonchning 

o’ziyoq mamlakatda, ayniqsa, voizlar o’rtasida katta ishonch va hurmatga sazovor 

ekanligidan dalolat beradi. Husayn Voiz notiq sifatida shuqadar hurmatga sazovor 

bo’lganki, buning asosiy sabablaridan biri, uning ovozining shiraligi, ohangi, ichki 

ruhiy  holatini  turli  harakatlar  bilan  ifoda  qila  bilishida  bo’lgan.  Shuning  uchun 

bo’lsa kerak, doimo har yerga taklif etishavergan, shuning natijasida bir aniq jadval 

bilan ishlashga majbur bo’lgan. 

Xondamirning aytishiga qaraganda, u juma kuni ertalab Hirotning markaziy 

Chorsusida  joylashgan  shoh  nomozgohida  va'z  aytgan.  Shu  kun  peshindan  keyin 

Alisher  Navoiyning  masjidida,  seshanba  kuni  Sulton  Husaynning  madrasasi, 

chorshanba  kuni  pir  Mujarrat  Xoja  Abdul  Valid  Ahmad  mozori  boshida, 

payshanba kuni Sulton Ahmad Mirzo mozori boshida nutq so’zlagan. 

Bularning barchasi notiqning har tomonlama bilimdonligidan va jahonning baland 

pastini  yaxshi  bilganligi  uning  nutqining  sermazmun  bo’lishini  ta'minlagan 

omillardan biridir. (402) 

 

BAXT KALITI 

Bir savdogar o’g’lini eng katta donishmandning huzuriga baxtning kaliti — 

sirini bilib kelish uchun jo’natipti. Yigit sahroda qirq kun yo’l yuripti va nihoyat, 

ulkan  tog’ning  tepasida  haddan  ziyod  muhtasham  bir  qasrni  ko’ripti.  U  qidirgan 

donishmand shu qasrda yashar ekan. 

Kutganiga zid o’laroq qasr avliyo odamning xilvat go’shasiga o’xshamasdi. Uning 

ichi  odamga  to’la  edi:  savdogarlar  mollarini  maqtab  har  tomon  yugurishar, 

burchak-burchaklarda  odamlar  to’p-to’p  bo’lib  gurunglashar,  sozandalarning 

kichik  bir  dastasi  qandaydir  nafis  kuyni  ijro  etar,  zalning  o’rtasida  esa  kattakon 

stol,  uning  ustiga  dasturxon  tuzalgan,  dasturxon  esa  bu  yurtning  eng  noyob  va 

tansiq taomlari, bag’oyat xushta'm noz-ne'matlariga to’la edi. 

Donishmand  shoshmasdan  mehmonlar  bilan  birma-bir  ko’rishib  chiqdi.  Yigit 

navbati kelishini ikki soatcha kutib qoldi. 

Nihoyat,  donishmand  yigitning  nima  maqsadda  kelganini  bildi,  lekin  hozir  unga 

baxtning kaliti — siri nimada ekanini tushuntirib berishga vaqti yo’q ekanini aytdi. 

Donishmand  yigitga  chiqib  qasrni  tomosha  qilishni  va  ikki  soatlardan  keyin  bu 

yerga — zalga qaytib kelishni buyurdi. 

«Sendan yana bir iltimosim bor, — dedi u yigitga ichiga ikki tomchi yog’ solingan 

choy  qoshig’ini  uzatib.  —  Bu  qoshiqni  o’zing  bilan  olib  yur,  faqat  ehtiyot  bo’l, 

ichidagi yog’i to’kilib ketmasin». 

Yigit  qoshiqdan  ko’zini  uzmagan  holda  qasrni  aylandi,  uning  zinalaridan  tepaga 

ko’tarildi,  pastga  tushdi  va,  nihoyat,  ikki  soat  o’tgach,  Donishmandning 

ro’parasida yana namoyon bo’ldi. 

«Xo’sh,  qalay,  —  deb  so’z  qotdi  donishmand.  —  Koshonadagi  fors  gilamfari 

senga manzur bo’ldimi? Benihoya mirishkor bog’bonlar o’n yiidan beri ko’zining 

oq-u  qorasidek  avaylab  parvarish  qilayotgan  bog’dagi  gullar  va  daraxtlar  yoqdi-

mi? Kutubxonadagi qadimiy kitoblar va nodir qo’lyozmalar-chi?» 



 

36 


Xijolatdan  qizarib  ketgan  yigit  bularning  hech  qaysisini  ko’rmaganini  tan  oldi, 

negaki,  uning  butun  diqqat-e'tibori  donishmand  unga  ishonib  topshirgan  ikki 

tomchi yog’da bo’lgan ekan.  

«Bor,  orqangga  qayt,  mening  uyimdagi  hamma  mo’jizalarni  ko’rib  kel,  —  depti 

donishmand.  —  Odam  qayer-da  va  qanday  yashashini  bilmay  turib, unga  ishonib 

bo’lmaydi». 

Qo’lida qoshiqcha bilan yigit yana zallar va yo’laklar bo’ylab aylana boshlapti. Bu 

gal  u  o’zini  ancha  erkin  his  qilib-di  va  xonalarni  bezab  turgan  hamma  noyob  va 

g’aroyib  narsalarni  ko’ripti.  U  bog’lami  va  qasr  tevaragidagi  tog’larni  tomosha 

qilibdi, gullar jozibasidan va mohirlik bilan joylashtirilgan haykallar-u rasmlardan 

bahra  olipti.  donishmandning  huzuriga  qaytib  kelib,  ko’rgan  narsalarining  ham-

masini birma-bir sanab beribdi. 

«Men  senga  qoshiqchada  olib  borib,  to’kmay  qaytarib  olib  kel,  deb  bergan  yog’ 

qani?» — deb so’rabdi donishmand. 

Shu choq yigit qarasa-ki, yog’ to’kilib ketgan ekan. 

«Senga berishim mumkin bo’lgan birdan-bir maslahatim ham shu, — depti donolar 

donosi.  —  Baxtning  kaliti  —  siri  ana  shunda:  bu  dunyoni  bezab  turgan,  unga 

joziba,  ajiblik  ato  etib  turgan  nimaiki  bo’lsa,  hammasini  ko’ra  bilmoq  kerak  va 

ayni  choqda  o’sha  choy  qoshiqdagi  ikki  tomchi  yog’ni  ham  zinhor-bazinhor 

unutmaslik zarur». (403ta so’z) 



 

 

 

 

 

Download 471.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling