Samarqand yengil sanoat va iqtisodiyot kolleji bitiruv malakaviy ish


Download 225.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/20
Sana11.11.2021
Hajmi225.09 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
 

 


 



1.BOB.  Asosiy  vositalarning  turkumlanishi  va  ularning 



harakatini hujjatlarda rasmiylashtirish. 

1.1 

ASOSIY 

VOSITALARNING 

UCHYOTINING 

VAZIFALARI,ULARNI 

TURKUMLASH VA BAHOLASH. 

Asosiy vositalar deb, uzoq muddat o`zining tabiiy-ko`rinishini saqlab turadigan, asta-sekin 

eskiradigan va ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga o`z qiymatini asta-sekin o`tkazadigan 

mehnat vositalariga aytiladi. Asosiy vositalarga qiymati eng kam oylik ish xaqishing 15 barobari 

miqdorida  va  undan  ortiq  bo`lgan,  bir  yildan  ortiq  muddat  foydalanishda  bo`ladigan,  natural 

ko`rinishini  o`zgartirmay  ishlab  chiqarish  jarayonida  uzoq  muddat  foidalanishda  bo`ladigan 

vositalar  kiradi.  Ularga  binolar,  inshootlar,  mashina,  uskuna,  xo`jalik  inventarlari,  asbob-

uskunalar va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. 

Asosiy vositalar bo`yicha buxgalteriya uchyotining vazifalari quyidagilardan iborat: 

1)  asosiy  vositalar  harakati  bilan  bog`liq,  hamma  operatsiyalarni  to`gri  va  o`z  vaqtida 

hujjatlarda rasmiylashtirish hamda tegishli hisob registrlarida umumlashtirish; 

2) asosiy vositalarning eskirishi va amortizatsiyasini to`g`ri hisoblash; 

3) asosiy vositalarning taomir mablag`laridan to`g`ri va oqilona foydalanishni nazorat qilish; 

4) asosiy vositalardan samarali foydalanishni nazorat qilish; 

5) asosiy vositalar xavfsizligini saqlashni nazorat qilish; 

6)  ishlab  chiqarish  quvvatlaridan  to`la  foydalanish  uchyotiga  mahsulot  ishlab  chiqarishni 

oshirishning ichki rezervlarini aniqlash. 

Hisob hamda rejalashtirishda asosiy vositalar maolum guruhlarga bo`linib hisobga olinadi va 

rejalashtiriladi.  Chunki  asosiy  vositalarni  hisobga  olish,  rejalashtirishni  to`g`ri  tashkil 

qilishishning  muhim  sharti  ularni  ilmiy  jihatdan  turkumlash  va  baholash  hisoblanadi.  Asosiy 

vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab ishlab chiqarishning asosiy vositalariga 

va ishlab chiqarishga taalluqli bo`lmagan oboektlarga bo`linadi. 

Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va unga xizmat qiladigan mehnat vositalari ishlab 

chiqarishning  asosiy  fondlari  deb  ataladi.  Ularning  ishlab  chiqarish  jarayonida  qatnashishdagi 

roli  har  xil,  baozilari,  masalan,  mashinalar,  asbob-uskunalar  ishlab  chiqarishda  mehnat  quroli 

sifatida  qatnashadi,  ayrimlari  esa  ishlab  chiqarish  jarayonining  to`xtovsiz  ishlab  turishini 

taominlaydi (masalan, inshootlar), yana boshqalari ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib beradi. 

Jumladan, ishlab chiqarish binolari, yo`llar va boshqalar. 

Ishlab  chiqarish  jarayonida  to`g`ridan-to`g`ri  qatnashmaydigan  oboektlarga  uy-joy-

kommunal  xo`jaligi  vositalari,  sog`liqni  saqlash  muassasalari  (kasalxona,  ambulatoriya, 

poliklinika), madaniyat va maorif muassasalari (klublar, teatrlar, kutubxona, bolalar bogchalari) 

va boshqalar kiradi. 

Xalq xo`jaliga tarmoqlarining turkumlanishiga muvofik, asosiy vositalar quyidagi tarmoqlar 



 

va  faoliyat  turlariga  bo`linadi:  sanoat,  kishlok,  xo`jaligi,  transport,  aloka,  qurilish,  savdo  va 



boshqalar.  Masalan,  sanoat  korxonalarida  mahsulot  ishlab  chiqarish  jarayoni  bilan  bevosita 

bog`liq,  bo`lgan  hamda  korxonaning  transport  moddiy-texnika  taominoti,  ombor  xo`jaligi  va 

boshqa  bo`limlarining  asosiy  vositalari  kiradi.  Sanoat  korxonalari  balansida  aks  ettiriladigan 

yordamchi  qishloq,  xo`jalik  bo`limiga  qarashli  oboektlar  «Qishloq  xo`jalik  tarmog`i»,  uy-joy-

kommunal  xo`jaligiga  qarashli  oboektlar  «Axoliga  maishiy  xizmat  ko`rsatish»  va  «Uy-joy-

kommunal xo`jaligi» tarmog`ig`a kiradi. 

Demak,  sanoat  korxonalaridan  tashqari,  boshqa  xalq,  xo`jaliga  tarmoqlariga  qarashli 

oboektlar  ham  foydalanishda  bo`lishi  mumkin,  Shu  nuqtai  nazardan  sanoat  korxonalarining 

asosiy  vositalarini  sanoat  ishlab  chiqarishi  va  boshqa  xalq  xo`jaligi  tarmoqlarining  ishlab 

chiqarish  fondlariga  bo`lish  mumkin.  Xalq  xo`jaligi  tarmoqlarining  asosiy  vositalari  o`z 

foydalanish nuqtai-nazaridan quyidagi guruhlarga bo`linadi: 

1. Bino. 

2. Inshoot, 

3. O`tkazuvchi qurilmalar. 

4. Mashina va uskunalar: 

a) kuch mashinalari va uskunalari; 

b) ishchi mashina va uskunalari; 

v) o`lchov va tartibga soluvchi asboblar, qurilmalar va 

laboratoriya uskunalari; 

g) hisoblash texnikasi; 

d) boshqa mashina va uskunalar. 

5. Transport vositalari, 

6. Asbob-uskunalar. 

7. Ishlab chiqarish inventarlari va jixozlari. 

8. Xo`jalik inventarlari. 

9. Ishchi va mahsuldor mollar. 

10. Ko`p yillik daraxtlar. 

11. Yerni yaxshilash bo`yicha kapital harajatlar (inshootlarsiz). 

12. Boshqa asosiy vositalar. 

Foydalanilishi 

nuqtai 

nazaridan 

asosiy 

vositalar 

harakatdagi, 

zapasdagi 

va 

foydalanilmaydigan oboektlarga, u yoki bu korxonaga qarashliligi nuqtai-nazaridan korxonaning 



o`ziga  qarashli  va  ijaraga  olingan  obbektlarga  bo`linadi,  Asosiy  vositalar  dastlabki  qiymati 

bo`yicha hisobga olinadi. 

Oboektning  dastlabki  qiymati  -  bu  asosiy  vositalarni  qurish  yoki  sotib  olish  bo`yicha 

qilingan  xaqikiy  harajatlar  yigindisidir,  bunga  to`langan  soliqdar  hamda  to`lovlar,  keltirish  va 




 

montaj  qilish,  o`rnatish,  foydalanishga  topshirish,  undan  maqsadli  foydalanish  uchun  ishchi 



xolatiga keltirish bilan to`g`ridan-to`g`ri bog`liq, bo`lgan boshqa hamma harajatlar kiradi, 

Tiklash  qiymati  asosiy  fondlarni  qayti  ishlab  chiqarish  qiymatidan,  yaoni  ularni  maolum 

muddatga harakatdagi bozor baxolari bo`yicha qurish yoki sotib olishdan iborat, 

Asosiy  vositalarning  qoldiq  qiymati  ularning  dastlabki  qiymatidan  eskirish  summasining 

ayrilganiga teng. 

Asosiy  vositalarning  eskirishi  -  bu  asosiy  vosita  oboektlarining  dastlabki  imkoniyatlarini 

yo`qotganliklarini tavsiflovchi jarayondir (fizik va mahnaviy). 

Eskirish  meoyori  asosiy  vositalarning  dastlabki  (tiklash)  qiymatiga  foiz  uchyotida 

ifodalangan eskirish miqdoridir. 

Amortizatsiya eskirishning qiymatdagi ifodasi bo`lib, asosiy vosita aktivining butun xizmati 

davomida mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga va davr harajatlariga qshshiladigan amortizatsiya 

qiymatini sistematik ko`rinishda taqsimlashdir. 

Foydali  xizmat  muddati  -  bu  shunday  muddatki  uning  davomida,  asosiy  vositadan 

foydalanishdan olinadigan iqtisodiy samaradir. 

Normativ  xizmat  muddati  -  bu  shunday  davrki,  uning  davomida  korxona  belgilangan 

meoyorlarga muvofiq, asosiy vositalar bo`yicha eskirish hisoblaydi. 

Dastlabki qiymat korxonada oboekt foydalanishga topshirilgan muddatda vujudga keladi va 

unga  asosiy  vositani  qurish  yoki  sotib  olish  bo`yicha  qilingan  xaqikiy  harajatlar  qiymati 

to`langan  soliqlar  va  to`lovlar,  keltirish  va  montaj  bo`yicha  harajatlar,  o`rnatish,  foydalanishga 

topshirish,  maqsadli  foydalanish  uchun,  uni  ishchi  xolatiga  keltirish  bilan  to`g`ridan-to`g`ri 

bog`liq,  bo`lgan  boshqa  hamma  harajatlar  kiradi.  Asosiy  vositalar  dastlabki  qiymatining  tarkib 

topish manbalari quyidagilardan iborat: 

1) korxona ustav kapitaliga taosischilar ko`shgan ulushi, asosiy vositalar qiymati - tomonlar 

kelishuvi bo`yicha; 

2) korxonashshg o`zida tayerlangan asosiy vositalar hamda boshqa korxona va shaxslardan 

sotib olingan vositalar qiymati - keltirish, montaj va o`rnatish bo`yicha harajatlar bilan xaqikiy 

harajatlar summasida; 

3)  bepul  olingan  asosiy  vositalar  qiymati  hamda  yordam  sifatida  olingan  vositalar  qiymati 

tekshirish yo`li bilan yoki qabul-topshirish hujjatlari maolumotlari asosida aniqlanadi. 

Asosiy  vositalar  ayrim  oboektlarining  dastlabki  qiymati  ular  tiklanganda  yoki 

takomillashtirilganda  ko`payishi  va  oboekt  qisman  tugatilganda  hamda  qismlarga  ajratilganda 

kamayishi mumkin, Quyidagilar asosiy vositalarning dastlabki qiymati bo`lib hisoblanadi: 

1)  1995  yil  1  yanvar  xolati  bo`yicha  qayti  baholangan,  korxona  balansida  hisobda  bo`lgan 

asosiy vositalar uchun - ularning hisobda aks ettirilgan tiklash qiymati; 

2) kapital ko`yilmalar uchyotidan qurilgan yoki sotib olingan asosiy vositalar uchun inventar 



 

qiymat quyidagilardan iborat bo`ladi: 



a)  bino  va  inshootlar  uchun  -  oboektni  qurish  bo`yicha  qurilish  va  montaj  ishlari 

harajatlaridan,  proyekt-qidiruv  ishlari  va  obhekt  inventar  qiymatiga  ko`shilishi  lozim  bo`lgan 

boshqa harajatlardan; 

b)  montaj  talab  qiluvchi  uskunalar  uchun  -  suyanch  yoki  asosni  qurish,  montaj 

harajatlaridan  va  proyekt-qidiruv  ishlari  hamda  oboekt  inventar  qiymatiga  qo`shilishi  lozim 

bo`lgan boshqa harajatlardan; 

v)  montaj  talab  qilinmaydigan  uskunalar  uchun  -  keltirish  hamda  sotib  olish  bo`yicha 

harajatlardan; 

g)  korxonaga  bepul  qabul  qilingan  oboektlar  uchun  -  asosiy  vosita  oboektini  qabul-

topshirish hujjatida ko`rsatilgan qiymati bo`yicha; 

d)  korxona  sotib  olgan,  avval  foydalanishda  bo`lgan  oboektlar  uchun  -  sotish  xaqidagi 

hujjatda ko`rsatilgan obhektni sotib olish bo`yicha eskirish summasi qo`shilgan xolda sotib olish, 

keltirish bo`yicha va oboektni sotib olish bilan bog`liq boshqa harajatlar. 

Tiklash  qiymati  deganda,  asosiy  fondlarni  takror  ishlab  chiqarish  qiymati,  yaoni  maolum 

muddatga harakatdagi bozor baxosi bo`yicha ularni qurish  yoki sotib olish qiymati tushuniladi. 

Yana  Respublika  xukumati  qaroriga  ko`ra  olib  boriladigan  asosiy  vosita  oboektlarini  qayti 

baholash natijasida aniqdangan qiymat ham tiklash qiymati deb hisoblanadi. 

Asosiy  vositalarning  hisob  qiymati  deganda,  ularni  hisobotda  va  balansda  aks  ettiriladigan, 

yaoni balans qiymati tushuniladi. 


Download 225.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling