Samdchti roman-german tillari fakulteti nemis tili va adabiyoti kafedrasi


Download 13.68 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi13.68 Kb.
#1260340
Bog'liq
master klass


SAMDCHTI ROMAN-GERMAN TILLARI FAKULTETI
NEMIS TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
o’qituvchisi R.X.Masariddinovaning XOXMAX buxgalteriya firmasi xodimlariga Buxgalteriya sohasiga nemis tilidan kirib kelgan atamalar mavzusida o’tkazgan mahorat darsi (master klass)
BAYONNOMASI

Sana: 2023 yil 17 fevral


Qatnashdilar: XOXMAX buxgalteriya firmasi xodimlari
So’zga chiqdi: Nemis tili va adabiyoti o’qituvchisi Masariddinova R. so’zga chiqib chet tillarni o’rganishning jamiyatdagi ahamiyati yuzasidan mulohaza yuritdi. Talabalarni chet tillarni o’rganishiga axborot texnologiyalarni qo’llash haqida gapirdi va bu talabalarni qiziqishlarini yanada kuchaytirishini ta’kidlab o’tdi. Yangi pedagogik texnologiyalarni to’gri tanlab, ularni dars jarayonida qo’llash ko’nikmalari haqida batafsil so’zlab berdi. Shundan so’ng, zamonaviy pedtexnologiyalardan foydalanilgan holda darsning boshlanishini tashkil qilish maqsadida, taqdimot orqali yangi mavzu elektron doskasida o’qituvchilarga tushuntirildi. Bunda o’qituvchi eng avvalo mavzuni dolzarbligini ta’kidlab har xil misollar bilan o’qituvchilarni qiziqtirib, mavzuni qiyinligini bildirmagan holda yoritib berishga muyassar bo’ldi. O’qituvchilar o’z fikr-mulohazalarini aytdilar.
Keyingi bosqichda o’qituvchi Masariddinova R. tinglovchilarni ikki guruhga bo’lib ularga aqliy hujum pedtexnologiyasi yordamida mavzuni mustahkamlashni tavsiya qildi. O’yin davomida zamonaviy pedtexnologiyalar chet tilini o’qitishda qanchalik samaradorligiga yana bir bor amin bo’lishdi.
Master klass yakunida o’qituvchi Masariddinova R. tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi.
Download 13.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling