Samoniylar og’ir ahvoldan chiqib olish uchun nechanchi yil aholidan ikki marta soliq undirib oladi?


Download 20.33 Kb.
Sana09.09.2022
Hajmi20.33 Kb.
#803003
Bog'liq
Tarix test
2-Мавзу, 9- O‘zbek dialektologiyasi-docx, KT Maruza 1, KT Maruza 1, 2 5377433237960264004, 10-INFORMATIKA NAZORAT, ilk orta asrlarda ustrushona, 1 topshiriq, 7-fizika, 4969, Абдуллаев Музроб 123 19УВД Аеродинамика(1), 2 5332631910109677795, 7 - maxzu Milliy xavsizlikni taminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun mohiyati, IMG 20210611 0001, Corel draw dasturining uskunalar paneli

Tarix-test

  1. Samoniylar og’ir ahvoldan chiqib olish uchun nechanchi yil aholidan ikki marta soliq undirib oladi?

  1. 942-yil B) 951-yil C) 960-yil D) 948-yil

  1. 1922-yilgi Ittifoq shartnomasi qachon va qayerda bekor qilingan?

  1. 1991-yil 3-iyunda Nova-Ogaryova

  2. 1991-yil 8-dekabrda Minsk

  3. 1991-yil 21-avgustda Moskva

  4. 1991-yil 10-aprelda Kiyev

  1. Mustamlakachi hukumat uchun paxta Turkiston o’lkasida …..dan keyingi o’rinda turuvchi yuqori daromadli soha bo’lgan.

  1. g’alla va teri B) naft va oltin C) temir D) chorva mahsulotlari

  1. 1873-yilda tashkil etilgan Amudaryo bo’limi Turkiston general-gubernatorligining qaysi viloyati tarkibiga kirgan?

  1. Yettisuv B) Samarqand C) Sirdaryo D) Kaspiyorti

  1. Sovet davlati kuchli iqtisodiy va siyosiy inqirozga kirgan davrda G’arb davlatlari och Rossiyaga yordam ko’rsatdi va minglab odamlarni o’limdan qutqarib qoldi. Bu jarayonlar kimning iltimosi asosida amalga oshirilgan?

  1. Kabo Lorin B) Fritof Nansen C) Vladimir Lenin D) Ivan Dzerjinskiy

  1. 1956-yil fevralda bo’lib o’tgan KPSSning XX syezdida N. Xrushchyov qanday mazmundagi nutq bilan chiqqan edi?

  1. «Shaxsga sig’inish va uning oqibatlari to’g’risida»

  2. «Stalin shaxsini ilohiyashtirish to’g’risida»

  3. «Qaram o’lkalarning ozodligi haqida »

  4. «Sharqning barcha mehnatkash xalqlariga murojaat »

  1. XX asrning ikkinchi yarmida ichki siyosatda hukumatning tez-tez almashinuvi jarayoni qaysi mamlakatning o’ziga xos an’anasiga aylanib qolgan edi?

  1. Buyuk Britaniya B) GFR C) Xitoy D) Italiya

  1. 2017-yilda Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan qanday lavozim joriy etildi?

  1. fuqarolar yig’ini raisi o’rinbosari – yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchi

  2. fuqarolar yig’ini raisi o’rinbosari – xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchi

  3. fuqarolar yig’ini raisi o’rinbosari – diniy-axloqiy tarbiya bo’yicha maslahatchi

  4. fuqarolar yig’ini raisi o’rinbosari – diniy maslahatchi

  1. O’zbekiston Respubikasi Oliy Kengashining « O’zbekiston Respubikasi hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari va o’quv muassasalarini O’zbekiston Respubikasi tasarrufiga olish to’g’risida»gi qarori qachon qabul qilindi?

  1. 1992-yil 14-yanvarda

  2. 1992-yil 10-yanvarda

  3. 1991-yil 6-sentabrda

  4. 1991-yil 15-noyabrda

  1. Qoraqalpoqlarning Ernazarbiy boshchiligidagi qo’zg’olonini bostirish uchun Xiva xoni kimni jo’natgan edi?

  1. Otamurodxonni B) Shohniyozni C) Haqqulini D) Muhammadniyozni

  1. O’zbekistonda ta’lim to’g’risida eski va yangi tahrirdagi qonunlar qachon qabul qilingan edi?

  1. 1992, 1997 B) 1991, 1997 C) 1992, 1998 D) 1993, 1997

  1. XIX asr ikkinchi yarmida qaysi xonlik hududi ma’muriy jihatdan 18 ta beklik va 2 ta noiblikka bo’lingan?

  1. Buxoro amirligi B) Xiva xonligi C) Qo’qon xonligi D) Qoraqalpoq xonligi

  1. XI asr o’rtalarida mamlakatdagi ichki nizolar natijasida o’z vatanini tark etib, 15 yil davomida atrofdagi qardosh xalqlar orasida yurishga majbur bo’lgan allomani aniqlang.

  1. Mahmud az-Zamaxshariy B) Yusuf Xos Hojib

  1. C) Mahmud Koshg’ariy D) Ahmad Yassaviy

  1. Dastlabki paytlarda turkistondagi yangi usul maktablarining ko’pchiligida qayerda nashr qilingan qo’llanmalardan foydalanilgan?

  1. Angliya va Germaniya

  2. Turkiya va Eron

  3. Xitoy va Hindiston

  4. Qozon va Orenburg

  1. Dukchi eshon boshchiligidagi qo’zg’olon vaqtida Chibil bo’lisi quyidagi qaysi hududdagi qo’zg’olonchilarga boshchilik qilgan?

  1. Ketmontepa va Tojikqishloqdagi

  2. Ketmontepa va Ko’gartdagi

  3. Qutchi va Ko’gartdagi

  4. Qo’li va Qutchidagi

  1. Quyidagilar orasidan Eftaliylar davatining dastlabki poytaxti bo’lgan shaharlarni toping.

1)Vardona; 2)Varaxsha; 3)Balx; 4)Naxshab; 5)Poykant.
A) 1,5 B) 2,3 C) 1,4 D) 2,5
17. Qoraxoniylar davlatining tashkil etilishida quyidagi qaysi qabilalar yetakchi rol o’ynagan?
1) qarluq; 2) o’g’uz; 3) yag’mo; 4) chigil; 5) qipchoq; 6) qalmoq.
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 2,3,4,5 D) 1,2,6
18. Erkin iqtisodiy zona –bu …… .
A) davlatning maxsus dasturi asosida, ming gektardan kichik bo’lmagan hududda jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun chet el kapitalini, texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan va alohida huquqiy tartiboti bo’lgan maxsus ajratilgan hudud
B) muayyan mintaqni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojanish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnalogiyalarni jalb etish maqsadida tuziadigan, aniq begilangan ma’muriy chegaralari va aohida huquqiy tartiboti bo’lgan maxsus ajratilgan hudud
C) qonun hujjati asosida, ikki yoki undan ortiq ma’muriy hududni o’z ichiga olgan, bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishga mo’ljallangan alohida huquqiy tartiboti bo’lgan maxsus ajratilgan hudud
19. Kaspiyorti viloyati tuzilgan yili … .
1) Rossiya imperatori Aleksandr II hukmronligi tugadi; 2) Podsho hukumatining O’rta Osiyoni bosib olishidgi yurishning to’rtinchi bosqichi tugadi; 3) Amudaryo bo’imi tashkil etildi; 4) ingliz-rus komissiyasi Buhoro amirligi va Afg’oniston o’rtasidagi chegara chizig’ini belgiladi; 5) Rossiya elchisining Tehrondagi kelishuvi bilan Buxoro amirligi va Eron o’rtasidagi chegaralar begilandi; 6) Turkiston general gubernatori fon Kaufman hukumronligi tugadi.
A) 1,5,6 B) 1,2,5 C) 2,4,6 D) 2,3,5
20. O’zbekiston Respubikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nechanchi yildagi farmoni asosida Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi, Milliy rassomlik va dizayn institutiga Behzod nomi berildi?
A) 1998-yil 28-oktabr B) 1999-yil 18-noyabr C) 2000-yil 26-may D) 1997-yil 23-ynvar
Download 20.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling