Sana III chorak 83-sahifa 1 mavzu: Geometrik shakllar Uzunlik va uning birligi: santimetr Darsning ta’limiy maqsadi


Download 0.52 Mb.
bet1/3
Sana17.05.2020
Hajmi0.52 Mb.
#107242
  1   2   3
Bog'liq
1-sinf-matematika-3-ch-namuna


sana_______ III chorak 83-sahifa

1 MAVZU: Geometrik shakllar Uzunlik va uning birligi: santimetr

Darsning ta’limiy maqsadi; a) O'quvchilarning ko’pburchaklar haqida egallagan bilimlarini boyitib borish; b) o'quvchilarga «santimetr» haqida bilim berish

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Barkamol avlodga xos odoblilik san’ati va madaniyatini o’rgatish

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi;O’quvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta o’zlashtirilishiga erishish.

O`quv jarayoniga oid kompetetsiyalar: TK1 matematikaga oid turli axborotlarni tinglab, ko‘rib tushunish; sodda matematik matn ma’nosini so‘zlab bera olish.TK3 o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqish. FK2 o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy masaladagi maqsadni ifodalay oladi, o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.

FK1 100 ichida sonlar ketma-ketligining tarkib topish qonuniyatini aniqlay oladi va berilgan yoki tanlangan qonuniyat asosida (sonni bir nechta birlikka oshirish-kamaytirish, sonni bir necha martaga oshirish-kamaytirish) ketma-ketlikni tuza oladi;

Darsning turi: Aralash.

Darsning jihozlanishi:

a) 1-sinf «Matematika» darsligi; b) chiziqlar, tasma.



Darsning borishi:

1. O'quvchilar diqqatini darsga jalb etish.

2. Uy vazifasini tekshirish. 5-misol .

1+3=4 9-1=8 4+4=8

5+2=7 7-5=2 6-3=3

3+6=9 8-5=3 7+1=8

3. O'tilgan mavzuni mustahkamlash:

a) o'qituvchi qalamning orqasi bilan stol ustiga uradi, so'ng qalamdan nechta tovush eshitgan bo'lsangiz daflaringizga shuncha nuqta qo'ying, deb topshiriq beradi;

b) o'qituvchi o'quvchilarning diqqatini magnit taxtachaga yopishtirilgan shaklga qaratadi.

— Qanday shakllarni ko'rayapsiz?

— Qayiqchalar.

— Qayiqchalar nimalardan tashkil topgan?

— To'g'ri to'rtburchak, uchburchaklar...

— Ular nimasi bilan o'xshaydi, nimasi bilan farq qiladi?



Yangi mavzuni bayon etish.

1-misol. O'quvchilarga «santimetr» haqida tushuncha berish maqsadida chizg'ichdan foydalanish. Santimetr uzunlik o'lchoviga kirishini quyidagicha ta'riflash mumkin:

Uzunlik o`lchovlarin Oila farzandiman

Santimetr kim desa Tez turaman, «men» deyman

O'quvchilar chizg'ichlarini unutib qoldirgan bo'lsalar, hechqisi yo'q, daftarning ikki katagi 1 sm ga teng deb tushuntiriladi.

2-misol. Ushbu misolda o’quvchilar chizg’ich yordamida darslikda berilgan qalamning uzunligini o’lchashlari lozim.


Javoblar: qalam 7 sm.



3-misol. Tasmalarni o`lchash. Darslikda berilgan rasm asosida ushbu misolni qanday yechish tushuntiriladi. Ya’ni katakchalar orqali tasmalar uzunligi aniqlanadi. Birinchi tasma 6ta katakchadan iborat. 2 ta katakcha 1sm ga teng bo’lganda 6 ta katakcha 3sm ga teng bo’ladi deb o’quvchilarga tushuntiriladi. Misoldan chiqqan javobni o’quvchilarga chizg’ichlari bilan yana qaytadan tekshirib chiqishlari aytiladi.

Ikkinchi tasma 8 katakdan iborat. 4 sm ga teng

Uchinchi tasma 4 katakdan iborat. 2 sm ga teng.

To’rtinchi tasma 10 katakdan iborat. 5 sm ga teng.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling